T. Bushuy, F. Ruzikulov qiyosiy tipologiyaning dolzarb



Download 148,16 Kb.
bet16/40
Sana28.05.2022
Hajmi148,16 Kb.
#614373
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40
Bog'liq
T. Bushuy, F. Ruzikulov qiyosiy tipologiyaning dolzarb muammolar

Tayanch so‘z va iboralar


leksik tipologiya, deyktik so‘zlar, so‘zlarning belgilanganligi, semantik derivatsiya, emotsional leksika, mubolag‘a, kinoya, litota.

Savol va topshiriqlar


  1. Ingliz va rus tillari leksik tipologiyasi o‘rganish ob’ekti nima?

  2. “Belgilanganlik” atamasi nimani bildiradi?

  3. “ Belgilanganlik” til sistemalarida so‘z yasash an’analariga ta’sir etishi mumkinmi?

  4. Ingliz va rus tillarida belgilanganlikning qaysi tiplari kuzatiladi?

  5. Taqqoslanayotgan tillarning qaysi birida belgilangan so‘zlar ko‘p uchraydi?

  6. Ingliz va rus tillarida fonetik belgilangan so‘zlarning kam uchrashi nima bilan izohlanadi?

  7. Ingliz va rus tillarida strukturasiga ko‘ra qaysi so‘zlar ko‘proq uchraydi?

  8. Bir bo‘g‘inli so‘zlar taqqoslanayotgan tillarning qaysi birida ko‘proq uchraydi?

  9. Kishi nomlarining leksik jihatdan to‘liq ma’noga ega emasligi nimadan iborat? Nutqda ular ko‘p ishlatiladimi?

  10. Bog‘lovchi so‘zlarning asosiy vazifasi nimadan iborat. Har ikkala tilda ularning roli va o‘rnini ko‘rsating.

  11. Nima uchun ba’zi olmoshlar o‘rindosh so‘zlar deb ataladi?

  12. Ingliz va rus tillarida o‘rindosh so‘zlarning asosiy vazifalari nimadan iborat?

  13. Qanaqa so‘zlar deyktik so‘zlar deb ataladi?

  14. Ingliz va rus tillarida gapiruvchining berilayotgan xabarga nisbatan baho ifodalovchi munosabati qanaqa vositalar orqali beriladi?

  15. Tovushga taqlid orqali yasalgan so‘zlar his-tuyg‘u ma’nosini ifodalash vositasi bo‘lib xizmat qilishi mumkinmi?




Reja

  1. Sinonimlar.

  2. Antonimlar.

  3. Omonimlar.

Ma’ruza 7 Tillarning leksik sistemasi




Sinonimlar

Tillarda so‘zlar bir-birlari bilan munosabatda bo‘lishlari bilan ajralib turadi. Bu munosabatlar sinonimik, antonimik va omonimik xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin
Sinonimik qatorlar ma’lum so‘z turkumlarida namoyon bo‘lishi taqqoslanayotgan tillar uchun umumiy hodisadir: ingl. all, whole (olmosh), attempt, trial, endeavour, effort (ot); rus. путь, дорога (оt), научить, наставить, вразумить (fe’l).
Taqqoslanayotgan tillarda o‘xshash belgilariga ko‘ra asosan absolyut sinonimlar farqlanadi (ingl. motherland-fatherland, breathead – voiced; rus.языкознание – языковедение, естествознание- естествоведение; ingl. perfect – wonderful-divine-beautiful, rus. обычный – будничный – рядовой – заурядный; ingl. to die-to pass, rus. смотреть, глазеть).
Ingliz va rus tillari sinonimik qatorlarida dominantaning mavjudligi bilan ajralib turadi: ingl. to ask – to beg, to request, to implore, to inquire, to claim, to demand, to question, to interrogate; rus. вид – панорама, картина, пейзаж, ландшафт.
Taqqoslanayotgan tillar uchun umumiy belgilardan biri sinonimiyaning asosan kontekstda namoyon bo‘lishi hisoblanadi: ingl. Many a man has ability of managing a concert, but a few have capacity of conducting it (G.Grabb). Rus. Уж как нынешние люди догадливые, переводливые, накутят, намутят, с тобой, милый, разлучат (Народная песня). Bundan tashqari, bu ikki tilda ba’zi situativ sinonimlarning nutqda ishlatiladigan sinonimlarga aylanish holatlari kuzatiladi: ingl. a rubber neck (curious man).
Sinonimiya tilda katta rol o‘ynaydi, chunki sinonimlar ma’noning nozik tomonlarini ochishga yordam beradi. Leksik sinonimlar esa aniqlik, ifodalilik va buyoqdorlik xarakteriga ega bo‘ladi.
Rus tili sinonimlariga pleonazm xususiyati xos. Buni quyidagi misollarda ko‘rishimiz mimkin: rus. вор-разбойник, травушка-муравушка, разлучила – развела. Ingliz tilida bunday holatlarda frazeologik birliklar ishlatiladi, masalan: sick and tired, clean and neat, really and truly, well and good, weak and feeble, aim and object va hokazo.
Sinonimlarning parallel ishlatilishi uslubiy sinonimikaning o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir. Masalan, ingliz tilidagi cripple so‘zining shunday sinonimik parallellari mavjud: 1) to make a cripple of, to lame, to wound, to mutilate, to main; 2) to damage, to weaken. Gaplarni taqqoslaymiz: Smith was crippled in the war. Reactionaries cripple the national movement in the colonies. Rus tilida esa калечить fe’lining mos parallellari rivojlanmagan (подрывать, ослаблять).
Ingliz tilida kuchlilik tushunchasi aniqlanmishning tabiatiga ko‘ra turli sinonimlar bilan ifodalanadi: powerful machine, fierce heart, keen appetite, intense feeling, violent anger, potent argument, hard frost, heavy rain, strong smell, violent passion, strong will, good at English va hokazo. Xuddi shu holat bo‘lak

tushunchasiga ham tegishli bo‘lib, u ingliz tilida bir necha so‘zlar orqali berilishi mumkin: a piece of news, a lum of sugar, a cake of soap, a slice of cheese, a bar of chocolate, a morsel of bread, a chunk of wood: rus. кусок, ломоть, лоскут.
Rus tili sinonimik qatorlarlarga kiradigan so‘zlarning ko‘pligi bilan ajralib turadi: сказал – брякнул, бухнул, выдавил, завопил, загвоздил, замямлил, пикнул, рявкнул, процедил; научил –наставил, вразумил, образумил, направил, натолкнул, вывел; ввойти – ввалиться, втащиться, втиснуться, влететь; борьба – бой, битва, сражение, стычка, схватка, единоборство, поединок va hokazo.
Rus tilida sinonimik shakllanish manbalari quyidagilar hisoblanadi:

    1. so‘z yasash: rus. упрямый - волевойволя, обычный - будничныйбудни, рядовойряд, красивый - изумительныйизумить;

    2. o‘zlashtiirma so‘zlar: rus. мечтать – фантазировать, прогресс – успехи, транспортировать – перевозить, лексический – словесный va horazo;

v) ma’nolarning semantik ko‘chishi: rus. умный – блестящий, яркий – живой, глупый – тупой, бояться – терпеть va hokazo.
Ingliz tilida ham sinonimlar rus tilidagi singari, ya’ni so‘z yasash, o‘zlashtirish va ma’nolarning semantik ko‘chishi kabi yo‘llar bilan yasaladi. O‘z navbatida har bir modelning o‘rni va qo‘llanilishi konkret til sistamasiga bog‘liq bo‘ladi.
So‘z yasash: to listen – to ear, to pass – to hand, to bear – to stomack, to glance – to look, to eye, to write – to pen, changeable – changeful, middle-midst, political-politic, bicycle-bike, vacation-vac va hokazo.
So‘z o‘zlashtirish: to ask - to question, to interrogate; teaching - guidance, instruction, to gather- to assemble, to collect.
Ma’nolarning semantik ko‘chishi: hand - worker, writer-pen, glasses-spectacles, dress - coat, tongue - language, men - soldiers, table - scheme va hokazo.



Download 148,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish