T. Bushuy, F. Ruzikulov qiyosiy tipologiyaning dolzarb



Download 148,16 Kb.
bet15/40
Sana28.05.2022
Hajmi148,16 Kb.
#614373
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40
Bog'liq
T. Bushuy, F. Ruzikulov qiyosiy tipologiyaning dolzarb muammolar

Emotsional leksika


Tilda so‘zlar ob’ektiv dunyodagi predmet va hodisalarni bildiradi, tushunchalar shakllantiradi va ifodalaydi, boshqa so‘zlar bilan bo‘lgan aloqalarini ko‘rsatish bilan bir qatorda, insonning makonga sub’ektiv munosabatini ifodalash vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Rus tili emotsional xususiyatlarni ifodalash vositalariga juda boy. Unda suffikslar yordamida sub’ektiv baho ifodalovchi, ya’ni kichraytirish, erkalsh, hamdardlik, yuvoshlik, nafrat, past ketish, kinoya, pisand qilmaslik, ko‘paytirish ma’nolariga ega bo‘lgan juda ko‘p so‘zlar yasash mumkin. Taqqoslaymiz: rus. алмазец, братец, билетик, дружок, замочек, диванчик, годик, сестрица, головка, соломенка, хохотушка, печечка, дедушка, калинушка, молочишко, дяденька, лошадёнка, зеркальце, домина, лбина, уродина, арбузище, басище, грязище, ручище va hokazo.
Ingliz tilida suffikslarning keng rivojlanmaganligi sababli emotsionallik, asosan, leksik birliklar yordamida ifodalanadi.
Demak, taqqoslanayotgan tillarda emotsionallik turli vositalar yordamida voqiylanadi. Bu esa har bir til o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi bilan izohlanadi. Masalan, ingl. a little house – rus. домик; ingl. a little cat – rus. кошечка; ingl. petty people – rus.людишки.
Sub’ektiv munosabatni ifodalash vositasi sifatida o‘zining emotsional buyoqdorligini yo‘qotgan tovushga taqlid qilish asosida yasalgan so‘zlar sinonimlari xizmat qilishlari mumkin: ingl. grumble, mumble, crash, smash, clang, twitter, mutter, jingle; rus. ржать, скрежетать, ворчать, визжать, рычать, тарахтеть.
Ingliz va rus tiilari uchun umumiy bo‘lgan xususiyatlardan yana biri bu odamlar xarakteriga baho berishda hayvon nomlarining ishlatilishidir. Masalan, berahm odamlarga nisbatan ingliz tilida a wolf, animal so‘zlari ishlatilsa, rus tilida esa звер, волк so‘zlari ishlatiladi. Tadbirkor odam uchun ingl. a fox, ass, rus tilida осёл; kichkina bola uchun ingliz tilida a kid, rus tilida цыплёнок; imillagan, sekin qimirlaydigan odam uchun ingliz tilida a bull, rus tilida медведь so‘zlari ishlatiladi.
Atrof-muhitga sub’ektiv munosabat maxsus stilistik vositalar orqali ifodalanishi mumkin. Ular orasida asosan mubolag‘a, litota va kinoya katta o‘rinni egallaydi. A.A.Potebnyaning (1905, 355 b.) ta’kidlashicha, inson hissiyotining sarhush bo‘lishi natijasida predmetni asl o‘lchamida ko‘rish qobiliyatini yuqotishi mubolag‘a hisoblanadi. Mubolag‘a gapiruvchining aytilayotgan fikrga munosabatini ifodalaydi, tinglovchining diqqatini jalb qiladi: ingl. thunderstruck, rus. двенадцатиголовый (змей). Mubolag‘a fikrning ta’sirchanligini oshiradi, unga emfatik xususiyat beradi.
Litota – bu antonimning inkor yo‘li bilan qo‘llanilishi bo‘lib, biror predmet, narsa, voqea-hodisaning ijobiy belgisini “kuchsizlantirishdir”: ingl. good – not bad, wise – not foolish, nice – not ugly, rus. хороший – не/плохой, умный - не/глупый, чистый - не/грязный, добрый - не/злой va hokazo.
Keltirilgan misollarda ikkita inkor ishlatilgan: ulardan biri formal belgilar (ingl. not, rus. не) bilan ifodalangan bo‘lsa, ikkinchisi so‘zning o‘zida mujassamlangandir (ingl. bad, foolish, ugly; rus. плохой, глупый, грязный, злой). Lekin bu misollardagi ikkita inkor fikrga ijobiy baho bersa-da, gapiruvchining aytilayotgan fikrga nisbatan munosabati unchalik yaxshi emasligi sezilib turadi.
Kinoya – nozik yoki yashirin kesatish maqsadida so‘zning asl ma’nosiga qarama-qarshi ishlatilishidir. Kinoya gapiruvchining aytilayotgan fikrga tanqidiy istehzoli munosabatini ifodalash uchun xizmat qiladi. So‘zga yangi bunday ma’noni, asosan, uni o‘rab turgan kontekst beradi: It must be delightful to find oneself in the foreign country without a penny in one’s pocket (Ch.Dickens). Rus. Отколе, умная, бредёшь ты голова? Ай, Моська! знать она сильна, что лает на слона! Сильнее кошки зверя нет (I.Krilov).
Bu misollardagi kinoya so‘zning nutq va kontekstdagi ma’nosini amalga oshirishga qaratilgan: ingl. delightful; rus. умная, сильна.
Demak, morfologik va semantik usullar yordamida yangi so‘zlarning yasalishi asosida ingliz va rus tillarida so‘zlar derivatsion ma’no (sub’ektiv baho va sub’ektiv munosabatni ifodalash uchun) kasb etadi. Bu borada ingliz tiliga semantik usul (konversiya) ko‘proq qo‘l keladi.



Download 148,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish