Individual xilma - xillik genetik omillarga muhit ta’sirining sababi orqali tushuntiriladi. O’sish va yetilish sekin emas siklik harakterda bo’ladi.
Oqibatda o’sish tezligining ortishi uning sekinlashishi bilan almashinib turadi. Yaponiyalik olimlar 7,5 va 6 yoshli bolalarni har kuni bo’yini o’lchash natijasida bo’y cho’zilishi asosan oyoqlar uzayishi hisobiga bo’lishini aniqladi. Faqat bahor paytida tana-gavda jadal o’sadi.
Odamning po’stembrional davrida o’sishini o’rganish metodlari
Bolaning tug’ilgandan keyin o’sishini o’rganishida antropologik o’lchovlar asosiy sanaladi. U bolaning miyasiga qarab, ham bo’yiga ham eniga o’sishini ko’rsatadi. Bo’yiga o’lchash longitudinal, eniga o’chash orqali bolalarni gavda og’irligi, bo’yiga o’sganligi sistematik ravishda aniqlab boriladi. Bolalar gavdasining eniga o’lchash har hil yoshda ko’p bolalarda olib boriladi. Bo’yiga o’lchash bir xil bolalarda o’tkaziladi. Bu ikki metod auksologiyada keng qo’llaniladi. Bolalar gavdasini eniga o’lchash odatda tashqi har hil ta’sirotlarni odamga ko’rsatgan ta’sirlarini o’rganish orqali populyatsiya standarti bilan taqqoslash yo’nalishida olib boriladi. Ikkinchi tomondan o’sishni haqiqiy tezligini faqat bo’y uzunligini o’lchash orqali qo’lga kiritiladi.
1990 - yilda birinchi marta 7 - 12 yoshli bolalarni ikki guruhi 5 yil davomida bo’yini o’shishi o’rganildi. Oqibatda 7 - 12 yoshli va 12 - 17 yoshli bolalarni bo’yi o’lchanib borildi. Bu metodni afzalligi vaqtni tejashidir. Chunki haqiqiy bo’yni o’lchash uchun yana 5 yil kerak bo’lar edi. Lekin bu metodning kamchiligi shundan iboratki ularni kesishish joyini bo’lmasligidir. Tadqiqot metodini tanlash maqsadga yo’nalgan bo’lishi kerak. U yoki bu populyatsiyalarni jismoniy taraqiyoti bo’lishi uchun ularni gavdasini eniga katta bo’lishini o’lchash kifoya. Agar bo’yiga o’lchashda aniqlik kiritish uchun esa uni faslga qarab o’lchash metodini idial deb hisoblashadi.
Auksologiyada bir vaqtning o’zida odamlarni, ham bo’yini, ham og’irligini o’lchash keng tarqalgan metod sanaladi. Bo’y oyoqlar, qo’llar, gavda uzunligi va ularni o’zaro mutanosibligi bilan juda ahamiyatlidir. Bunda gavdani tik tutish, oyoqlarni orasi 10 - 15 sm bo’lishi, yelka biroz orqada, ko’krak biroz oldinga chiqishi, qo’llar to’g’ri bo’lishi va gavdaga yopishgan holatda bo’lishi shart. Gavdani o’lchaganda odam yalang’och, faqat tursikda bo’lishi kerak. Bunda albatta odam, bo’yini sutkalik o’zgarishini ham etiborga olish lozim.
O’sish va jinsiy balog’atga yetish barcha insonlarga hos bo’lsa ham ular o’rtasida, shaxsiy va populyatsion tafovutlar ko’zga tashlanadi. Tafovut o’sish va balog’atga yetish tezligi va gavda kattalashishida namoyon bo’ladi. Ularning barchasi ,,biologik yosh’’ bilan aloqador. Bu atama XX asrning 30 - 40 yillarida rus olimlari Shtefka va Roxlina tomonidan fanga joriy qilingan.
Biologik yosh va passport bo’yicha yosh vaqtincha xarateristika bo’lib, passport yoshidan shaxsiy o’sish tezligi, rivojlanishni, balog’atga yetishni va keksalikni ifodalaydi. Passport bo’yicha bir xil yoshdagi bolalarning har hil guruhida yosh jihatdan nisbatan katta ba’zilari esa nisbatan yosh ko’rinadi. Odamlarning aniq yoshi ularning balog’atga yetish davridagi tafovutni ifodalay olmaydi. Bu pejada odamlarning bo’yini o’lchash yoki og’irligini bilish ham keraksiz hisoblanadi. Bolalarni balog’atga yetganligini aniqlashning boshqa mezonlari ham mavjud. Biologik yosh faqat ayrim davrda emas, balki odam shaxsiy taraqqiyotining hamma davrida qo’llanilishi lozim. Chunki u o’z tengilariga nisbatan yosh yoki qari (katta) ko’rinadi degan ibora faqat yoshlarga emas keksalarga ham qo’llaniladi. Biologik yosh deganda ayrim individlarni morfofunksional holatiga ko’ra o’sish va rivojlanish darajasini mosligini (jinsiy yetilish, bo’y - bast) ifodalaydi. Shunday qilib biologik yosh shaxsning yosh holatini baholaydi. Mazkur baho organizmning har qanday sistemasiga nisbatan qo’llanilishi mumkin. Biologik - yoshni aniqlash uchun olingan belgilar avvalo yosh o’zgarishini aniq ifoda etishi u odam sog’ligiga zarar keltirmasligi kerak.