Shunga ko’ra Maltus tug’ilishni cheklash, axloq tadbirlarini chunonchi kechki nikox oilalar sonini kamayishiga olib kelishini oqlaydi.
Ba’zi bir nazariyotchilar populyatsiya dinamikasini taxlil qilar ekan tuban odam uyushmalarini holatini Maltus bo’yicha tushuntirishadi. Ularning fikricha odam populyatsiyasining o’zgarishi to’g’ridan - to’g’ri ozuqa zaxiralariga bog’liq. Geografik jihatdan aloxidalashgan populyatsiyalarda tashqi tomondan yordam ololmaslik natijasida populyatsiyadagi odamlar soni muxit o’zgarishiga to’liq bog’liq bo’ladi. Agar qurg’oqchilik, suv toshqinlari yoki zarakunanda hayvonlar ta’sirida ozuqalar nobud bo’lsa, odamlar o’la boshlaydi. Shunday qilib maxalliy sharoit biotik muxit odamlar populyatsiyasi uchun turg’un bo’lmagan omil sanaladi va xo’jalik past darajada bo’lishiga olib keladi.
Tosh davrida yashagan odamlaming umr uzunligi skelet qoldiqlariga qarab aniqlanadi. Yoshni aniqlashda 1) tish apparatini holati 2) bilakuzuk suyaklarining ossifikatsiyasi 3) naysimon suyaklar epifizar suyaklarning bitilganlik darajasi, kalla suyaklar chokini birikish darajasi e’tiborga olinadi.
Skeletning 5 - 4 - 5 yoshlik davrlarga bo’linib o’rganiladi 1) tug’ilgan- dan 12 - 13 yoshgacha o’smirlar va yoshlar 12, 13dan 21yoshgacha, katta yoshlilar 21 - 40 yoshgacha, 60 va undan yuqori yoshlilar. Mavjud dalillarni ko’rsatishicha kishilik jamiyati tarixida o’lim doimo erta bolalik davrida ro’y berar ekan (hozirgi vaqtga qaraganda). Axolining atiga 10%i 40 yoshdan ortiq yoshda, 50% aholi esa 20 yoshga yetmasdan o’lgan. Yuqori paleolitda Yevropa va Osiyoda yashagan Homo sapiensning 65 ta individidan atiga ikkitasi 50 yoshga kirgan. Neolit skeletlaridan 94 tasidan atiga 4 odam 50 yoshdan oshgan xolos. Bunday raqamlar hozirgi davrda yashab termachilik qilib yashovchilar hamda ibtidoiy dehqonchilik bilan shug’ullanuvchilar va ovchilarga xos.
Indeyslarning ibtidoiy dehqonchilikkacha bo’lgan vakillarida 21 yoshdagi o’lim aholini 57 % iga to’g’ri kelgan. Keyinchalik oziqlanishni yaxshilanish hisobiga umr uzunligi sekinlik bilan ortgan. U faqat oziqlanish bilan emas hayot sharoiti shuningdek tibbiy hizmatni yaxshilanishi bilan ham ro’y bergan. Bundan 2000 yil muqaddam Rim imperiyasi vaqtida Misrda umr uzunligi 22 yosh bo’lgan.
Keyingi 500 yil davomida umr uzunligini o’zgarishi juda kam bo’lgan keyinchalik Homo sapiens avlodlarida umr uzunligi 35.5 yoshdan 40 yosh atrofida bo’lgan AQSHda 1945 yili umr uzunligi 69.8 yoshni tashkil etgan. Magistrlar bilimini sinash uchun savollar