Bilimni sinash uchun savol va topshiriqlar 1.O‘zbekiston xududining odam ajdodlari yashashi uchun imkon beruvchi sharoitlar haqida ma’lumot bering.
2.O‘zbekiston xududidan topilgan odam ajdodlari xaqida ma’lumot bering.
A.P.Okladnikov tadqiqotlari haqida ma’lumot bering.
M.R.Qosimovning antropologiya sohasida olib borgan ishlari nimalardan iborat
O‘zbekistonda topilgan qadimgi odam ajdodlari xaqida ma’lumot bering.
14§.O’zbekistonda topilgan qadimgi odamlarning makonlari Obirahmat g’or maskani. Toshkent shaxridan 100 km Shimoliy - Sharqda, G’arbiy Tyan-shanning Chotqol tizmasidagi Paltov soyining yuqori soxilida joylashgan. Bu yerda odamlar 120 - 40ming yillar muqaddam yashaganliklari aniqlangan. G’or - makonda 70 ming yil oldin yashagan odamlarni tish va kalla suyagining bo’laklari topilgan. Mazkur topilma bo’yicha 2004 yilda xalqaro simpozium o’tkazildi. Simpoziumda qatnashgan antropolog va arxeologlar Obirahmat odamda neandertal va xomo sapiens odam belgi xossalari o’zida saqlaganligini ta’kidladilar. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida olimlar Obirahmat odamlarining o’rta paleolitda uzoq tadrijiy rivojlanish orqali yuqori paleolit davriga o’tishgan degan xulosaga kelishdi. G’or - makondan 30mingdan ortiq oxaktoshli chaqmoqtoshdan yasalgan mehnat qurollari - nukleuslar, paraqalar, o’tkir uchli sixchalar, qirg’ichlar, pichoqlar hamda hayvon suyagidan ishlangan bigizlar, gulxan izlari kul, ko’mir, bug’u, tog’ echkisi, to’ng’iz, jayron, g’or sheri, arxar va boshqa hayvonlarning suyaklari topilgan. G’or-makon R.X. Sulaymanov tomonidan o’rganilgan.
Xo’jakent manzilgoxi Toshkent shaxridan 80 km Shimoliy-Sharqda Xo’jakent qishlog’i yaqinida joylashgan. Makonda 1958 - 59 yillarda A.P.Okladnikov va X. Nasridinovlar tadqiqot o’tkazishgan. Makondan 524 tosh qurollar-parahalar, nukleuslar, tosh uchirmalari va siniqlari topilgan. Topilgan tosh qurollar Obirahmat va Teshiktosh makonlaridagi Ko’lbuloq makonida muste davriga oid 8300 dan ortiq toshqurollar: har xil shakldagi nukleuslar siniq uchrindilar, qirg’ichlar, qo’l pichoqlar, gulxan izlari kul, bug’u, tog’ echkisi, ayiq, arxar va boshqa hayvon suyak qoldiqlari topilgan. Shuningdek tosh qurollar Toshkent voxasidagi Zag’ariq, Bo’zsuv, Farg’ona vodiysining Qayroqqum, Sho’rko’l punktlaridan ham topilgan. Topilmalar neandertal odamlar Sirdaryoning qadimgi irmoqlari bo’ylab bir necha manzilgoxlarda yashaganliklari va ovchilik, termachilik bilan shug’ullanganliklaridan guvoxlik beradi.
Jarqo’ton makoni Farg’ona vodiysining Shaxriston daryosi qirg’og’ida joylashgan. Bu makondan 670 ta tosh buyumlar yig’ib olingan. Ular orasida nukleuslar tosh sixcha, nayza tig’lari pichoqlar yig’ib olingan.
O’rta paleolit davrini o’rganishda Zarafshon vohasi aloxida o’rin egallaydi. Chunki bu xudud Omon qo’ton, Zirabuloq, Gardara va Takalisoy kabi makonlar arxeolog olimlarga ko’p manbalar bergan.
Omon qo’ton g’or makoni Urgut tumanida bo’lib undan 220 dan ortiq tosh qurollar topilgan. Ular orasida turli xildagi nukleuslar - gardishsimon, prizma shaklidagi paraqalar levallua-musta madaniyatini eslatadi. Qurol tig’lari arrasimon va to’lqinsimon bo’lgan. Hayvon suyaklari ham topilgan.
Takalisoy g’oridan chaqmoqtosh siniqlar, pichoqsimon qurol gulxan izlari va havon suyaklari Mustening so’ngi bosqichiga oid. Bu makonda neandertal odamlar vaqtincha yashagan. Takalisoy, qo’tirbuloq makonidagi ashyolar neandertal odamlar Zarafshon vohasida muste davrining boshidan oxirigacha uzluksiz yashaganliklaridan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |