Indoneyziya (lama, muskus o’rdagi, dengiz cho’chqasi).
Qo’shimcha yana yetita kichik markazlar ajratiladi.
Tibet- pamir (qo’tos)
Sharqiy Turkiston (ikki o’rkachli tuya)
Sharqiy Sudan (bir o’rkachli tuya)
Janubiy Arabiston (bir o’rkachli tuya)
Absissiya (nubiya eshagi, adinson arisi)
Janubiy Meksika (tustovuq)
Sayan - Oltoy (dumbali qo’y, shimol bug’usi)
O’simlikshunoslikdagi kabi bu yerda uy hayvonlarini diskret - alohida - alohida shakllanganligi haqida so’z yuritiladi. Snunga ko’ra hayvonlarning ba’zi turlari har xil markazlardan paydo bo’lgan deb ta’kidlanadi.
Markazlarning geografik o’rni zoologik, geografik dalillarga asoslangan, chunki arxeologik dalillar bu soha bo’yicha juda ham kam.
Ayrim hayvon turlarini xonakilashtirishdagi izchillik. O’simliklarni madaniylashtirish, hayvonlarni xonakilashtirishga nisbatan qiyin, chunki o’simliklar passiv, odamlar va faol hayvonlarning xulq-atvori evolyutsiya jarayonida tarkib topgan. Har bir hayvon evolyutsiya davomida o’ziga xos xulq- atvorga ega bo’lgan. Hayvonlarning o’ziga xos xulq - atvori ularni qo’lga o’rgatishda katta to’siq hisoblanadi. Hozir ham hayvonlarni qo’lga o’rgatish qiyin. Bizni bilimlarimiz qadimgi odamlarga qaraganda yuqori bo’lsa-da.
Mushuklar uylarda yashasa ham yirtqichlik xususiyatini tashlagan emas. Hayvonlar xulq- atvori - ishonmaslik, qo’rqish, yirtqichlilik instinktlari ularni xonakilashtirishda doimo to’siq bo’lib kelgan. Qadimgi Misrda dastlabki davrda xonakilashtirilgan turlar ohu (kiyik) tulki, giena, turna, maymunlarning ayrim turlarini to’liq xonakilashtirib bo’lmagan. Itlar esa o’zining faolligi harakatchanligi, qiziquvchanligi, qo’rqmasligi tufayli o’ng’aylik bilan qo’lga o’rgangan. Ko’p olimlarning qayd etishicha, bo’rilar va chiya bo’rilarning ayrimlari odamlar orqasida harakatlanishi, odam yashaydigan joydan uzoqda bo’lmasligi, odamga qiziqishi ulami qo’lga o’rgatishga qulaylik tug’dirgan.
Keyingi yillarda texnikaning rivoji tabiat haqidagi bilimlari kengayishi insoniyat tabiatning noqulay sharoitlariga qarshi kurashi tufayli tabiatni yanada o’zlashtirish imkoniga ega bo‘ldi.
Hayvonlarni xonakilashtirish jarayonida ularning ko’p belgilari yovvoyi ajdodlariga nisbatan bir yo’nalish bo’yicha katta o’zgarishlar ega bo’lgan. Bularga birinchi navbatda kalla skeletining o’zgarishi kiradi. Yovvoyi ajdodlarga nisbatan xonakilashtirilgan barcha hayvonlarda oliy nerv faoliyati pasaygan, hatto, harakat diapozoni kamaygan va ular birmuncha kamharakat bo’lib qolganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |