Ibtidoiy shorvachilikning paydo bo’lishi
Madaniy o’simliklarning kelib chiqishi haqidagi nazariya o’zlashtiruvchi iqtisodiyotdan, ishlab chiqaruvchi iqtisodga o’tish, uy hayvonlarini xonakilash- tirish muammosini chetlab o’tmadi. Lekin hayvonlarni xonakilashtirishga oid nazariya o’simliklardagi singari to’liq, atroflama yartilmagan.
N.I. Vavilov boshliq chorvachilik bilan shug’ullanuvchi olimlar hayvonlarni xonakilashtirishni besh markazga bo’lgan. Bular
Xitoy - Malayziya (cho’chqaning bir necha turi, tovuq, o’rdak, Xitoy g’ozi, to’ti, ipak qurtini bir necha turi, Xitoy arisi, oltin baliq, chamasi it ham)
Hindiston markazi (zebra, Osiyo qo’tosi, qoramol, Hindiston mushugi, hind arisi, hind fili, tovuq, it, tovus).
Janubiy - G’arbiy Osiyo (yirik qoramol, sharq oti, qo’y, echki, cho’chqa, bir o’rkachli tuya, ari turi, kaptar).
O’rta yer dengizi markazi (shoxli qoramol, g’arb oti, qo’y, echki, cho’chqa o’rdak, g’oz, quyon).
Do'stlaringiz bilan baham: |