T azimov, U. E. Raxmatov organik olamning rivojlanishi va antropologiya (ii-qism)


Magistrlar bilimini sinash uchun savollar



Download 1,17 Mb.
bet70/166
Sana23.01.2022
Hajmi1,17 Mb.
#404070
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   166
Bog'liq
A

Magistrlar bilimini sinash uchun savollar

  1. Muzlik davri va u haqida olimlarning qarashlari haqida ma’lumot bering.

  2. Kichik muzlik davridagi hayvonot va o‘simliklar olami haqida ma’lumot bering.

  3. Ilk paleolit odamlarining ijtimoiy munosabatlarni shakllanishi.

  4. Arxantroplarning hayot tarzi haqida ma’lumot bering.

  5. Urug‘chilik jamoasining rivojlanishi insoniyat rivojiga ta’sirini tushuntiring.

  6. Mezolit va neolitda ona urug’i davri odamlarining yutuqlari.

  7. Urug’chilik tuzimining rivoj topishini tushuntiring

  8. Matriarxatdan patriarxatga o’tilishni ijobiy tomonlarini tushuntiring

9§. Ibtidoiy dehqonchilikni paydo bo‘lishi. Ibtidoiy chorvachilikni

paydo bo’lishi



Tayanch iboralar va tushunchalar: ibtidoiy dehqonchilik, chorvachilik, madaniy, manzarali o „simliklar, markazlar, arxeologik dalillar, xonakilashtirilgan

hayvonlar, madaniylashtirilgan o ’simliklar.

Dastlabki dehqonchilik va chorvachilikning kelib chiqish muammosi bilan arxeologiya, siyosiy iqtisod, evolyutsiya, genetika kabi fanlar shug’ullanadi. Darvinning “Madaniy o’simliklar va xonakilashtirilgan hayvonlarning kelib chiqishi” (1868) degan asaridan ancha oldin mazkur muammo bilan R.Broun, Xristofor, Smit, Dekandol shug’ullangan. Shvetsariya olimi Dekondolning 256ta kitobining uchdan bir qismi madaniy o’simliklarning kelib chiqishiga bag’ishlangan. Uning 1888 nashr qilgan “Madaniy o’simliklarning kelib chiqishi” deb nomlangan asarida botanika, geografiya, tarixiy, arxeologik metodlar bayon etilgan va ibtidoiy dehqonchilik bilan bog’liq holda 247ta madaniy o’simliklar

haqida ma’lumot keltirilgan. Ularning 199 tasi eski dunyodan 45 tasi Amerikadan kelib chiqqan. Darvin o’zining “Madaniy o’simliklar va xonakilashtirilgan hayvonlaming o’zgaruvchanligi” degan asarida Dekondolning yuqorida qayd etilgan asaridan keng foydalangan holda bir qancha yangi fikrlami bayon etgan.

Darvin Avstraliya, Yangi Zelandiya orollarida ko’p o’simliklar borligini qayd qilgan. Lekin mahalliy qabilalarning rivojlanish darajasi nihoyatda past ekanligini ta’kidlab o’tgan. Shu sababli ular hatto ibtidoiy dehqonchilik bilan ham shug’ullanmaganlar. Bunga qarama - qarshi ravishda Markaziy Amerika mamlakatlarida ko’p mevali o’simliklar mavjud, bunga sabab mahalliy xalqlarning xo’jalik yuritishlari yuqori ekanligi va yovvoyi o’simliklarning ko’pligidir.

Madaniy o’simliklarning kelib chiqishi, geografiyasi, sistematikasi, genetikasini tadqiq qilishda N.I. Vavilov va uning safdoshlarining xizmatlari nihoyatda kattadir. Uning “Madaniy o’simliklarning kelib chiqish markazlari” degan asari dunyo bo’ylab u qilgan safarlari asosida yozilgan. Mazkur asarda dunyoning qayerlarida odamlar ibtidoiy dehqonchilik bilan shug’ullanganliklari haqida qimmatli ma’lumotlar to’plangan. 1935 - yili dunyo bo’ylab qilingan safarlarga asoslanib N.I. Vavilov madaniy o’simliklar Xitoy, Hindiston, Hindi- Malay, O’rta Osiyo, janubiy Osiyo, O’rta yer dengizi, Xabashiston, Janubiy Meksika (Peru, Ekvador, Boliviya) markazlariga bo’lishni tavsiya etdi. Shu yerlardagi mahalliy xalq qadimdan dehqonchilik bilan shug’ullanganliklarini ma’lum qildi.

N.I.Vavilov o’z asarlarida madaniy o’simliklarning kelib chiqish markazlari haqida mulohaza yuritganda asosan- geografik ma’lumotlar, o’simliklarning mahalliy nomlariga asoslangan. O’sha vaqtlarda va hozirgi vaqtda ham madaniy o’simliklarning kelib chiqishi bilan bog’liq arxeologik ma’lumotlar nihoyatda kam bo’lgan.

Boshqa rus olimi akademik V.L.Komarov tomonidan 1931- yili nashr qilingan “Madaniy o’simliklarning kelib chiqishi” degan asarida biz ko’pgina madaniy o’simliklarning yovvoyi formalarini topolmadik, bundan key in ham topolmaymiz. Buning sababi madaniy o’simliklar bir tur emas, balki bir nechataga yaqin yovvoyi tur madaniylashtirilishi oqibatida, ulaming o’zaro chatishishi va ongsiz tanlash keng maydonda olib borilishi natijasida kelib chiqqan deydi. Keyinchalik o’tkazilgan tadqiqotlar ham duragaylash madaniy o’simliklar evolyutsiyasida muhim rol o’ynaganligini ko’rsatadi. N.I.Vavilov qolgan umrini ibtidoiy dehqonchilikni paydo bo’lishi va rivojlanishini o’rganishga bag’ishlamoqchi edi. Lekin 1943 - yili Lisenko va boshqa olimlarning tuhmatiga ko’ra Saratov turmasida ochlikdan vafot etadi.

Hozirgi davrda 1940 - yillarga nisbatan ibtidoiy dehqonchilikka tegishli arxeologik, botanik, geografik ma’lumotlar kengaydi. Ular ibtidoiy dehqonchilik markazlari bir necha ekanligini shu jumladan O’rta Osiyo ham ana shu markazlardan biri ekanligini ko’rsatdi.

P.M. Jukovskiy “Madaniy o’simliklar va ularning yovvoyi formalari” degan asarida hamda N.N.Bazilevskaya “Manzarali o’simliklarning kelib chiqish markazlari” (1960) asarlarida, shuningdek, Ye.N. Sinskayaning 1969 - yili nashr qilingan “Madaniy o’simliklarning tarixiy geografiyasi” degan asarlarida yanada madaniy o’simliklarning kelib chiqish markazlari bo’yicha yangi fikr mulohazalar o’rtaga tashlandi.

Jukovskiyning fikricha, madaniy o’simliklarning kelib chiqish markazlari 12ta. Bular Xitoy - Yaponiya, Indoneziya, Hindi - Malay, Avstraliya, O’rta Osiyo, Old Osiyo, O’rta Yer dengizi bo’yi, Afrika, Yevropa - Sibir, Markaziy Amerika, Janubiy Amerika, Shimoliy Amerika markazlaridir.

N.N.Bazilevskaya N.I.Vavilovning madaniy o’simliklarning kelib chiqish markazlariga yana 5ta markazni kiritdi. Bular manzarali o’simliklarning kelib chiqish markazlari bo’lmish Janubiy Afrika (asosan Kapskiy viloyat) Yevropaning mo’tadil qismi, Afrikaning g’arbiy qirg’oqlari, Kanar orollari, Avstraliya va Shimoliy Amerika markazlaridir.

Ye.N. Sinskaya “Ilk dehqonchlikda madaniy o’simliklarning kelib chiqishi” muammosini arxeologik materiallar asosida yechishni maqsad qilib qo’ydi. Shunga asoslanib u madaniy o’simliklarning kelib chiqishi markazlari 5 viloyatga 10 kichik viloyatga ajratadi.


Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish