T azimov, U. E. Raxmatov organik olamning rivojlanishi va antropologiya (ii-qism)


Urug’chilik jamoasi. Keyingi paleozoy (40 - 14mln yillar ilgari) tabiiy sharoitlari, odamlarning mehnat qurollari, turar- joylarga o’rnashishlari kuzatilgan



Download 1,17 Mb.
bet68/166
Sana23.01.2022
Hajmi1,17 Mb.
#404070
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   166
Bog'liq
A

Urug’chilik jamoasi. Keyingi paleozoy (40 - 14mln yillar ilgari) tabiiy sharoitlari, odamlarning mehnat qurollari, turar- joylarga o’rnashishlari kuzatilgan.

Keyingi paleolitda qurollar shakl jihatdan xilma- xil, ishlatish bo’yicha ancha takomillashgan va xizmat vazifasi jihatdan xilma- xil bo’lgan. Masalan, tarashlagichlar, pichoqlar, teshgichlar, tig’lar, nayza uchlari, sanchiqi nayzalar, nayza irqitlar, garpun kabilar.

Toshga ishlov berish texnikasi takomillashib borgan. Qurol ishlatishning yangi usuli qurolni simmetriyalash (mutanosib qilish) uni ish bajaradigan chetini o’tkirlashtirish uchun toshga ikkilamchi ishlov berishda qo’llaniladigan siqma (otjim) keng yoyiladi. Siqish texnikasi toshni ingichka suyak tayoqcha bilan sekin bosib undan yupqa tangachalar (parchalar) ajratib olishdan iboratdir.

Keyingi paleolitda qurollar yasash uchun hayvon suyaklari va shoxlardan keng foydalana boshlaganlar. Keyingi paleolitda ovchilik terib - termachalab ovqat topish tirikchilik manbalari bo’lib qola bergan. Baliq ovlash yuzaga kelgan. Keyingi paleolitda aholi zichligi kamroq bo’lgan, shuningdek, ovchilar mamontlarni G’arbiy Yevropadagi kabi ma’lum darajada qirib yubora olishmagan. Ovchilik muvaffaqiyatli bo’lgan.

Odamlar g’orlardan turar - joy sifatida foydalanishgan va tabiiy sharoitga qarab o’zlari turar - joylar, bostirmalar, chayla, kapalar, ishlatiladigan yerto’lalar (o’rtasida o’chogi bo’lgan) odamlar hayvonlarni qirib biturgunicha bir joyda yashab keyin esa turar- joylarini yangi yerlarga olib borganlar. Mehnat unumdorligining orta borishi va turmush jarayonlarini ancha yaxshilanishi tufayli aholining zichligi orta borgan va shu bilan hayvonlarni ko’plab haydab kelib ovlash kuchaygan. Keyingi neolit davrida hozirgi jismoniy tipdagi odamlar shakllanadilar. Endazimiya cheklansh ekzogamiya nikoh bir guruh odamlar jamoasining erkaklari bilan boshqa odamlar jamoasining ayollari nikohlagan. Irqiy farqlar ming yillar davomida tashqi qiyofasiga muhitning ta’siri ostida shakllana borgan. Geografik muhitga moslanuvchanlik odamning biologik xususiyatlari (miyasining tuzilishi, oyoq qo’l tanalari) qabilalarga daxl qilmagan. Odamlarning tashqi jismoniy xususiyatlari nasldan- naslga meros bo’lib qolish va alohidalashgan irq genining ikkinchi omili sifatida mustahkamlana borgan. Frantsu va Bernvo 1675 -yilda irq tushunchalarini odamga nisbatan birinchi marta qo’lladi. 1735- yilda Klinni odamning tashqi jismoniy farqlari asosida inson irqlarini klassifikatsiya qildi.

Urug’ning vujudga kelishi. Galaning urug’ jamoasiga aylanishi ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’sishi va shu bilan bog’liq ishlab chiqarish munosabatlarining o’sishi va o’zgarishi, shuningdek, yaqin qarindosh bilan jinsiy aloqada bo’lishni bartaraf qilinishi bilan bog’liqdir. Keyingi neolitdagi mustahkam o’troqlik va ovchilik hamda turar-joylar xarakteri o’sha davrda ishlab chiqarish birlashmalaridan iborat katta inoq jamoa mavjudligini ko’rsatadi. Har bir turar- joyda kamida 50 nafar odam yashagan. Manzilgohlarda ikki yoki uchta turar joy bo’lgan.

Birgalikdagi mehnat faoliyati, umumiy turar - joy, nisbiy o’troq jamoa a’zolarining jipslashuviga va qarindoshlik aloqasining anglashga olib kelgan. Qarindoshlik haqidagi tushuncha jismoniy qarindoshlikni emas, balki jamoa iqtisodiy va ijtimoiy birligining ifodasi bo’lgan. Qarindoshlikni guruh qarindoshligi sifatida anglashi tojemlar g’oyasi asosida bo’lgan (tojem - hindcha urug’ degan). Ayol urug’ning boshlig’i hisoblangan, bolalar uning atrofida to’plana borgan. Ayol jamoaning qon-qarindoshlari o’rtasida nikohlarning ta’qiqlanishi bilan homo sapiensda ekzogamiya vujudga kelgan. Bu davrda ikki urug’ o’rtasida nikohlanish natijasida urug’ paydo bo’lgan, ba’zi olimlar fikricha, ikkita urug’ birlashgan va natijada nikoh endogamiyaga aylangan.

Mezolit va neolitda ona urug’i davri odamlarining yutuqlari. Muzlik davrining tugashi bilan eng uzoq davom etgan davr paleolit tomom bo’ldi va mezolit boshlanadi. Mezolit 14 - 7 ming yillar ilgari bo’lgan. Iqlim, flora va fauna asta- sekin hozirgi holatga kelgan. Muzliklaming chekinishi bilan mamont, serjun karkidon boshga hayvonlar neolit ko’p ovlanishi natijasida qirib yuborilgan.

Shimol bug’usi muzlik davrida shimol tomon ketib qolgan. Muzliklardan keyin janubda ochiq dashtlarga yaqin joylarda qarag’aylar, emanlar, qayinlar, kashtanlar, archalar ko’karib o’rmonlar hosil qilgan. Los, yovvoyi cho’chqa, ayiq va baliq kabi hayvonlar urchiy boshlagan. O’rmon hayvonlari maydaroq chaqqon bo’lgan. Ilgarigi ov usullari, qurollari ov uchun yaroqsiz bo’lib borgan. Mitrolitlar (kichik toshlar) 1- 2 sm uzunlikdagi pichoqsimon o’tkir uchli shakldagi chaqmoqtosh buyumlari keng yoyilgan. Bumerang mezolit qabilalarining o’ziga xos ixtirosi bo’l­gan. Bumerang egilgan yassi yog’och parchasi shaklida o’roqsimon irg’itma, gurzi (cho’qmor) faunaning o’zgarishi tufayli hayvonlarni o’rab olib ovlash ikkinchi darajali bo’lgan. Ovchilik ma’lum darajaba yakka yakka hayvonlar qidirish va ularni kamon o’qlari bilan ovlash amalga oshgan. O’ljaning bir qismini yaralangan hayvon yoki hayvon bolalarini saqlash imkoni paydo bo’lgan. Itni qo’lga o’rgatishga asos bo’lgan. Undan odam ov qilish uchun, manzillarini qo’riqlash uchun foydalangan.

Urug’chilik tuzimining rivoj topishi. Keyingi poleolitda ona urug’ning rivojlanishi yuqori bosqichga o’tdi. Mezolitda qabila bir necha urug’dan tashkil topa boshlagan, ular o’rtasidagi aloqalar murakkablasha borgan. Mehnatning tabiiy taqsimoti aniq ifodalanadi. Erkaklar ovchilik, ayollar terib- termachilik, ovqat topish bilan shug’ullanganlar. Ularning ijtimoiy mavqeyi teng huquqli bo’lgan. Jamiyat a’zolaridan farq yoshga qarab bo’lgan. Jamoa yosh bo’yicha keksa odamlar, katta yoshli odamlar va bolalar guruhlariga bo’linganlar. Har bir guruhning o’z huquqlari va burchlari bo’lgan. Masalan, bolalar urushlarda qatnashmas, yig’ilishlarda ovoz bera olmas, keksa odamlar esa, urf -odatlarni saqlovchilar bo’lib, ko’pincha ularning shaxsiga sig’inishgan. Ular bilim va tajribalariga ega bo’lganliklari uchun jamiyatga katta ta’sir ko’rsatadilar. Katta yoshli odamlar guruhiga o’tishda yigit va qizlarga mehnat malakalari va boshlang’ich ilmiy bilimlar berish, urug’chilik urf-odatlari, rivoyatlar, sirlar, e’tiqod

Aholining son jihatdan ko’payishi tufayli qabilalar chegarasi bir - biriga yaqinlashgan. Nikoh onalarning istagi bo’yicha bo’lgan. Er va xotinning joylashuvi matriarxal, ya’ni er xotinning oilasiga ko’chib o’tgan. Lekin erkin nikoh uzoq vaqt davom etgan. Juft oila mustaqil xo’jalik yuritgan. Qabilalararo urushlar davomida ko’pincha manzilgohlar yo’q qilingan, aholi qirilgan va asir olingan. Harbiy asirlarni ba’zan yeb qo’yishgan, ammo ko’pincha o’ldirilgan.


Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish