T azimov, U. E. Raxmatov organik olamning rivojlanishi va antropologiya (ii-qism)


Odam evolyutsiyasining asosiy bosqichlari



Download 1,17 Mb.
bet59/166
Sana23.01.2022
Hajmi1,17 Mb.
#404070
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   166
Bog'liq
A

Odam evolyutsiyasining asosiy bosqichlari

Belgilarning paydo bo’lish vaqti

Odamga hos belgilar

Qazilma holdagi formalar

Bosh miya og’irligi

10 mln ilgari

Tik yurish

Avstralopitek

500 gramm atrofida

4.5-1.75 mln yil ilgari

Har-xil narsalarni qurol sifa-tida ishlatgan

Avstralopitek

500 gramm atrofida

2mln yil ilgari

Qurol yasash

Homo halilis uquvli odam

750g

2,6 mln yil ilgari

Olovni saqlash ibtidoiy nutq har-hil baqirib chaqirishlardan iborat

eng qadimgi odam

850 -1100g

8i250-40 ming

Olovni yoqish, jamoa bo’lib yashash, hayvonlarni haydab ovlash, yaqinlariga g’amxo’rlik

Qadimgi odamlar neandertal

1500g

40 ming yil ilgari

Xaqiqiy nutq

kromanon

1400g









16-rasm. Odam evolyusiyasining bosqichlari.



Magistrlar bilimini sinash uchun savollar

  1. Yo‘ldoshli sut emizuvchilar qachon paydo bo‘lgan?

  2. Driopiteklarning hayot tarzi va tuzilishi.

  3. Driopiteklardan qaysi tarmoqlar rivojlangan.

  4. Avstralopiteklarlar va ulaming turlari haqida ma’lumot bering.

  5. L.Likining ishlari haqida ma’lumot bering

  6. Arxantroplarning tana tuzilishi va hayot faoliyati haqida ma’lumot bering.

  7. Gominidlar evolyusiyasi haqida umumiy tushuncha bering.

  8. Arxantroplar skeletining qazilma xolda topilmalari qaysi xududlardan topilgan.

  9. Paleantroplarning yashash tarzi va tana tuzilishi haqida ma’lumot bering.

  10. Neontroplarning tuzilishi va yashash ttarzi haqida ma’lumot bering.

6 §. Antropogenezning harakatlantiruvchi omillari Tayanch tushunchalar va bilimlar: biologik omillar, ijtimoiy omillar, irsiyat, o ‘zgaruvchanlik, yashash uchun kurash, tik yurish, embrional rivojlanish, organlar tizimi. Nutq, tafakkur.

Odamning kelib chiqishida rol o‘ynagan omillarni biologik va ijtimoiy omillarga ajratiladi. Biologik omillar barcha tirik mavjudotlar o‘simlik hayvon- larning evolyutsiyasida rol o‘ynagan omillardir. Ularga irsiy o‘zgaruvchanlik, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish kiradi. Ana shu omillar odam evolyutsiyasining dastlabki davrlarida o‘z ta’sirini odamning eng qadimgi ajdodlariga ham o‘tkazadi. Qayd etilgan omillar tufayli qadimgi odamsimon maymunlar organizmi bir qancha morfo - fiziologik o‘zgarishlarga uchragan.

Shularning natijasida tik yurish layoqati daraxtdan pastda - yerda yashashga o‘tgan maymunlarda paydo bo‘lgan. Avstralopiteklarda rivojlangan qo‘l, oyoqlarning funksiyasi taqsimlangan, lekin odamning kelib chiqishida faqat biologik omillarning o‘zi yetarli bo‘lmaydi. Antropogenezda biologik omillardan tashqari ijtimoiy omillar mehnat, jamoa bo‘lib yashash, faoliyat ko‘rsatish, ya’ni nutq hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan.

Antropogenezni harakatlantiruvchi asosiy omil mehnat hisoblanadi. Eng yuksak darajada rivojlangan maymunlar tayyor narsalarni qurol o‘rnida ishlatadilar, lekin ularning o‘zlari qurol yasay olmagan.

Tik yurish layoqatini yuzaga kelishi odam evolutsiyasi uchun, ayniqsa, muhim rol o‘ynagan. Tik yurish natijasida maymunlaming tana kattaligi va vazni orta borgan. Umurtqa pog‘onasiga egiluvchanlik baxsh etgan. S simon bukilma yuzaga kelgan. Gumbazsimon oyoq panjasi paydo bo‘lib, chanoq kengaygan. Dumg‘aza mustahkamlangan, jag‘ apparati ancha engil bo‘lib qolgan.Tik yurishga layoqatli bo‘lish million yillar davomida qaror topgan.Tik yurish biologik jihatdan olganda odamni anchagina mushkul ahvolga solib qo‘ydi. U odamning yurish tezligini chekladi, dumg‘azaning harakatchanligidan mahrum qildi. Uzoq vaqt tik yurish va yuk tashish panjalarning yassilashishiga va oyoq vena tomirlarining kengayishiga sababchi bo‘ldi. Darvinning fikricha, tik yurishga o‘tish maymunlarning odamga aylanish jarayonida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. Tik yurish tufayli odamning maymunsimon ajdodlarida qo‘llar tanani tutib turish vazifasidan xalos etib, xilma-xil harakatlar qila olish layoqatini kasb etdi. Odam shakllanayotgan davrda uning qodlari dastlab sust rivojlangan bo‘lib, eng oddiy harakatlarni bajargan, xolos. Yashash uchun kurashda qodlari mehnat qilish uchun foydali irsiy o‘zgarishlar paydo bo‘lgan. Individlar tabiiy tanlanish tufayli saqlanib, o‘zlarida vujudga kelgan bunday o‘zgarishlarni kelgusi nasllarga berib borgan. Driopiteklardan to homo halilis va pitekantrop, sinantroplarning tabiiy narsalarni qurol o‘rnida ishlatishdan to ularni o‘zi tayyorlaydigan bodguncha oradan million yillar o‘tgan.

Mehnat qurollarining eng oddiylari ham odamni atrof- muhitga qaramligini yengillashtiradi, bilim doirasini kengaytirib, tabiatdagi narsalarni nomoyon bo‘lish xossalarini ochib beradi. Mehnat qurolining rivojlanishi odamning kelib chiqishida biogen omillar ta’sirini susaytirib, ijtimoiy omillar ta’sirini kuchayishiga olib keldi.

Ijtimoiy hayot tarzi odam evolyutsiyasining bosh omilidir. Eng oldin mehnat ijtimoiy bo‘lgan, chunki maymunlar to‘da - to‘da bo‘lib yashagan. Mehnat jamoa a’zolarining jipislashuviga olib kelgan. Ular birgalikda yirtqich hayvonlardan himoyalangan, ov qilishgan, bolalarini tarbiyalashgan. Jamoaning yoshi ulug‘ a’zolari kichik yoshdagilarga ozuqalarni qidirib topishni, qurol yasash sirlarini, ov usullarini, olovni saqlashni o‘rgatib borganlar. Mehnat jarayonining rivojlanib borishi bilan odam ajdodlari bir - birini quvvatlash va bir - biriga yordam berish foydali ekanligini tobora aniq bila borgan. Eng qadimgi ov va baliqchilik qurollari, eng qadimgi odamlaming go‘shtli ovqat iste’mol qilganligidan dalolat beradi. Olovda pishirilgan ovqatni istemol qilish, chaynash apparati pastki jagdarga tushadigan yuklamani kamaytirgan. Maymunlarda baquvvat chaynash muskullari kelib birikadigan tepa suyak qirrasi biologik ahamiyatini yo‘qotib, foydasiz bodib qolgan va yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish jarayonida asta- sekin yo‘qolib ketgan. O‘simlik ovqatlaridan aralash ovqatlanishga odish ichakning qisqarishiga olib kelgan. Olovdan foydalanish organlar va, ayniqsa, miyani zarur moddalar bilan ta’minlashda, sovuqdan, yirtqich hayvonlardan himoyalanishda muhim ahamiyatga ega bodgan. Atrof- muhitni odik va tirik tabiatni bilishda orttirilgan hayot tajribasi avloddan- avlodga berilib, takomillasha borgan. Jamoa bodib yashash odamlarning bir-biri bilan muomala qilish uchun keng imkoniyatlar yaratgan. Jamoa a’zolarining birgalikdagi faoliyati imo-ishora, har xil tovushlar orqali xabarlashib turish zaruriyatini tug‘dirgan. Dastlabki so‘zlar unchalik aniq ifodalanmagan bodsada, ular mehnat yumushlari bilan bogdiq bodgan va ish - harakatlarni bildirgan narsalarni nomlash esa keyinchalik paydo bodgan.

Maymunlarning yaxshi rivojlanmagan hiqildogd bilan ogdz apparati irsiy o‘zgaruvchanlik va tabiiy tanlanish tufayli insonning ma’noli nutq organiga aylangan. Oqibatda odam signallarni so‘z holida idrok eta oladigan boddi. Bu ikkinchi signal sistemasidir.

Nutq ajdodlarimiz aqliy rivojlanishini ma’lum bosqichda paydo bodgan va miyani yanada rivojlanishiga, fikrlash jarayoniga ta’sir ko‘rsatgan. So‘z tufayli aniq narsalarni hayolga keltirish, umumashtirish, xulosalash, ya’ni obstrak tarzda fikrlash amalga oshgan. Bu faqat insonlarga hos xususiyatdir. So‘z orqali odamlar o‘zaro muomalada bodadilar. Katta yoshdagilar o‘z bilimini kelgusi avlodga so‘z orqali beradilar. So‘z insonni tarbiyalashda muhim vazifa hisoblanadi. Nutq ijtimoiy munosabatlarni kuchaytiradi. Insoniyat jamiyati evolyutsiyasi davomida tabiiy tanlanish asta-sekin o‘z ahamiyatini yo‘qotib bormoqda.

Odamda nutqning rivojlanishi. Odamning xulq atvori eng yuqori rivojlangan hayvonlar xulq - atvoridan keskin farq qiladi. Oliy rivojlagan ong, mustaqil fikrlash va u bilan bog’liq xoldagi nutq kabi bosh miya faoliyatini bunday murakkab ko’rinishlari faqat odamlarga xos. So’z odamlarning jamoa bo’lib yashash, mehnat faoliyati natijasida tarixiy jarayonda rivojlangan. So’z odamlar orasidagi aloqa vositasi sifatida paydo bo’lgan. Hayvonlardagi bir -biri bilan hatti - harakati orqali qo’rqish, qo’rqitish, tobelikni ifoda qilish faqat yorug’likda samarali bo’ladi. Hayvonlarda o’zaro aloqa hid orqali ham amalga oshiriladi. Masalan tulki, ayiq yoki bo’rilarning ov qiladigan hududi siydik yoki muskus bezlaridan ajraladigan suyuqlik bilan chegaralab qo’yish o’zaro aloqa vositasi sanalanadi. Lekin hayvonot dunyosida tovush orqali o’zaro aloqa bog’lash nihoyatda samarali hisoblanadi. Chunki y orqali ko’p axborot berish masalan hasharotlar ayniqsa arilar bir birlariga ozuqa manbai, uning qayerda ekanligi to’g’risida axborot beradilar. Tovush orqali aloqa qilish hayvonot dunyosida nihoyatda katta o’rin tutishi bilan bir qatorda nutqning paydo bo’lishida zamin vazifasini o’tagan. Tovushni har xil qilish orqali sutemizuvchi hayvonlar, qushlar o’zlarini turgan joylarini, ko’rgan narsalarini qaerda ekanligini qo’shni hayvonlar axvoli to’g’risida bir birlariga axborot beradilar. Tovushlar buyruq yoki olingan axborotga javob tariqasida bo’lishi mumkin. Hayvonlarning hayajonlanishi ham tovushni o’zgartirish orqali boshqa hayvonlarga yetkaziladi. Ota - ona hayvonlar bilan ularning nasllari orasidagi aloqa ham tovushlar orqali amalga oshiriladi.

Odam jamiyatda til orqali ming yillar davomida to’plagan axborotni kelgusi nasllarga yetkazadi. Agar hayvonlar o’z tuyg’ularini, fe’l-atvorlarini imo-ishora, tana harakati, tovush orqali ma’lum qilsalar, ulardan farqli ravishda tovush orqali odamlar o’zaro aloqa bog’laydilar.

Olimlarning aniqlashicha - maymunlardan chiqqan tovush ikki xilga ajratiladi. Ulardan biri tuyg’uni ifodalovchi qiyqiriq, ikkinchi tovush apparati qatnashmaydigan shovqinlar bo’lib u tuyg’uni ifodalashga yo’nalmagan A.A.Leontev “Tilning paydo bo’lishi va birlamchi rivojlanishi” deb nomlangan asarida qiyqiriq bilan ifodalangan tovushlar ko’p axborotli bo’lib avstrolopiteklarni bir - bin bilan bo’lgan aloqasida muxim o’rin tutgan va ular odamlarda tovush orqali so’zlashni shakllanishida ahamiyat kasb etgan bo’lishi mumkin deb qayd qilib o’tadi.

Olimlarning aniqlashicha shimpanze 25-30 so’zni tovush orqali bildirgan. Lekin L.A. Firsav, V.Yu. Plotnikov qayd etishicha shimpanzeni o’zaro tovush orqali aloqada bo’lishi odamning so’zlash faoliyatini asosini tashkil etmay, balki unga paralel ravishda rivojlangan.

Alekseev V.A ta’kidlashicha odam nutqi nihoyat ibtidoiy, sodda bo’lmasin yangi ko’rinish tarzida paydo bo’lgan.

So’z faqat odam tomonidan qabul qilinadi. So’z ko’pchilik shartli reflekslar uchun o’ziga xos ta’sirlovchi sanaladi. Biroq odam uchun so’zning ahamiyatini shartli ta’sirlovchi sifatidagi funksiyasi bilan cheklanib qolmaydi. So’z odamlarning mehnat faoliyatida aloqa vositasi sifatida paydo bo’lgan. Odam o’z hayoti davomida bir-biri bilan so’z orqali aloqada bo’ladi. So’z odam tushunchalarini ifoda etadi. So’zlar yordamida fikr yuritiladi. Shunga ko’ra tafakkurni asosi so’z xisoblanadi. Og’zaki va yozma nutq kishilik jamiyatini taraqqiy etishida g’oyat katta rol o’ynaydi. Odamlarning ongi bosh miya po’stlog’ining faoliyati bilan uzviy bog’liq. Ba’zan bosh miya po’stlog’ining jarohatlanishi ro’y berganda odam fikr yuritish qobiliyatini yo’qotishi mumkin.


Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish