T azimov, U. E. Raxmatov organik olamning rivojlanishi va antropologiya (ii-qism)


Gibraltarda topilgan bo’lsada unga yetarlicha ahamiyat berilmagan. 1856 yili esa Germaniyaning Dyusseldorf yaqinida uning yaxlit skelet suyagi topilgan



Download 1,17 Mb.
bet58/166
Sana23.01.2022
Hajmi1,17 Mb.
#404070
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   166
Bog'liq
A

Gibraltarda topilgan bo’lsada unga yetarlicha ahamiyat berilmagan. 1856 yili esa Germaniyaning Dyusseldorf yaqinida uning yaxlit skelet suyagi topilgan. Avvalo qadimgi odamlar odamni ajdodi ekanligi tan olinmagan. Lekin keyinchalik bunday suyaklar Yevropaning ko’p qismida Afrikada Aljirdan Keniyagagha, oldingi va markaziy Osiyo hamda Xitoydan topildi. Ular bundan 150 ming yil ilgari muzlik davrida yashagan. Neandertallarni tashqi qiyofasi bir xil bo’lmagan. Ularda turg’un belgilar bilan birga rivojlanayotgan belgilari bo’lgan. Hozirgi paytda bir - biridan bir qancha farq qiladigan neandertallarning bir necha guruhi e’tirof etiladi. Neandertallarni ko’pchiligini bo’yi 135-158sm tanasi biroz engashgan bo’lgan. Peshonasi qiya, qosh usti suyaklari kuchli rivojlangan pastki jag’I iyak do’mbog’I yoki iyak suyagi sust rinojlangan do’mboqchalidir. Miyaning hajmi taxminan 1400sm va undan ortiqroq bo’lsada, ammo pushtalari kamroq. Umurtqa pog’onasi bel sohasidagi bukilma hozirgi odamlarnikidan kamroq. Tana muskullari yaxshi rivojlangan. Neandertallarning evolutsiyasi ikki yo’nalishda bo’lgan. Birinchi yonalish nendertallarning kuchli jismoniy rivojlanishi bilan bog’liq bo’lib ularning peshonasi qiya gardani, ensasi, bo’yni past, qosh yoylari tekis iyak do’mboqchasi ilinear bilinmas, tishlari yirik gavda uzunligi 155-165 sm bo’lib tana muskullari kuchli rivojlangan. Bosh miyasi 1500g bo’lgan.




14-rasm. Neandertal.




Neandertallaming ikkinchi yo’nalishida peshonasi kamroq qiya bo’lgan, qosh yoylari birmuncha rivoj topgan. Jag’lari kichik iyagi bir muncha oldinga chiqqan. Umuman jismonan qaraganda ular birinchi yo’nalishdagi neandertallarga qaraganda kuchliroq bo’lgan. Bularing o’rnida ularda bosh miyasi yarim sharlari ko’proq rivoj topgan. Bu yo’nalishdagi neandertallar jismonan kuchli bo’lishi xisobiga emas balki jamoa ichidagi aloqasini kuchaytirish (ov, dushmanlardan ximoyalanish, noqulay sharoitdan saqlanish) kuchlarni birlashtirishi xisobiga yanada rivojlangan. Neandertallar muzlik davrida yashaganligi sababli ustiga teri yopinib yurishgan. Ular olovni saqlashni va olov hosil qilishni bilihsgan, ozuqa sifatida hayvon va o’simliklardan foydalanishgan. Kannibalizim bilan ham shug’ullanishgan. Neandertallar tosh suyak qurollar yasashgan. Chamasi yog’och qurollar ham bo’lgan.

Bosh skeleti va yuz suyaklarining qoldiqlariga qarab neandertallar o’zaro muomila qilganda imo - ishoralar aniq ma’no bermaydigan tovushlardan, dastlabki ma’noli nutqdan foydsalanishgan. Ular 50-100 tadan iborat bo’lib yashashgan. Klassik neandertallar bundan 60 - 50 ming yil muqaddam yashagan. Olimlarning bir guruxi ilgari surgan farazlariga muvofiq, klassik neandertallar hozirgi odamlarning ajdodi bo’lgan yon tarmoq hisoblanadi.







15-rasm. Neandertallarning hayot tarzi.

Hozirgi davrga kelib qadimgi odamlarning 700-300 ming yil muqaddam yashagan. G’arbiy Yevropa yashagan neandertallar klassik neandertallarga nisbatan anchagina takomillashgan (rivojlangan) gavdali bo’lganlar. Ulami kalla suyaklarining tepa qismi baland peshona unchalik qiya bo’lmagan yuzlari ham oldi tomonga chiqqan. 50 ming yil oldin yashagan bunday neandertallarda umumiy yuksalish ro’y bergan Palastin va Iroqda topilgan neandertal suyak qoldiqlarini o’rganish ular marfologik jihatdan hozirgi odamlarga yaqin ekanligi, yani bosh suyaklari miya qutisiga nisbatan tepa ekanligi, peshonasini yuqoriga tikligi, iyak bo’rtmasining oldinga chiqqanligini buni ko’rsatadi. Bosh miyasining hajmi hozirgi odamlarnikiga yaqin bo’lgan. Kalla suyagining ichki tomonidan nusxa olish miya yarim sharlarining ayrim qisimlari, xususan nutq va nafas olish bilan bog’liq qisimlari kengayganligini ko’rsatadi. Bu o’z navbatida neandertallarda nutq va tafakkur murakkablashganligidan darak beradi. Shunga asoslanib bunday neandertal arxantrop bilan neandertal va hozirgi zamon kishilari o’rtasidagi oraliq forma emas. XX asr oxiriga kelib ko’pchilik paleantologlar bunday fikr unchalik asosli emasligini etirof etganlar. Bunga asosiy sabab olimlar neandertallarni aqliy qobilyatlarini imkonini yetarlicha baxolashmaganliklari bilan aloqadordir. Qazilma holdagi neandertallar topilgan joylarda hayvonlarning kuygan suyaklari gulxan qoldiqlari topilgan. Bu ularni ovqat pishirishda olovdan foydalanganliklarini ko’rsatadi. Ularning yasagan qurollari anchagina nafis va murakkab bo’lgan. Bosh miyasining og’irligi 1500 gramm ekanligi yuqorida ham aytilgan. Nutq markazlarini rivojlanganligi, yaqin Sharqda neandertal odamlar tomonidan o’liklarni marosim, rasm - rusum bilan ko’mish kabilar hozirgi odamlar yani neontroplar bilan keyinchalik rivojlangan neandertallar orasida keskin farq yo’qligini tasdiqlaydi. Shunga ko’ra XX asrning 60 - yillariga kelib Homo sapiens kenja turi deb baxolab uni Homo sapienus neandertalenusis deb tariflashgan. Neandertallarni esa Homo sapiens deb atashgan. Uni endi kenja tur deb baxolanmoqda. Paleantrop va neandertallarni haddan tashqari ko’p suyaklari, qurollarini Yevropada ham topilgan va bu ikki kenja tur 37-25 ming yil oldin bir vaqtda yashagan. Bu vaqtda neantroplar Afrika va Yevropadagina emas Osiyoning ayrim uzoq xududlari masalan, Tayvan (Okikova) orollarida xatto Amerikada ham yashaganlar. Homo sapiens neanderholensis suyak qoldiqlari 25 ming yildan keyin topilmagan. Ulami tezda yo’qolishi neontroplar bilan bo’lgan raqobatda siqib chiqarilganlar. Neantroplar yasagan qurollar murakkab texnik asosida yaratilgan. Neantroplar bilan neandertallar orasidagi nikoh ham sababchi deb ko’rsatiladi. Hozirgi zamon tipidagi odamlarning kelib chiqishi odam evolutsiyasi biologik omillarning roli ma’lum darajaga pasayib ular o’z o’rni ijtimoiy omillarga bo’shatib berganligini ko’rsatadi.

Neoantroplarning suyak qoldiqlari birinchi marotaba Fransiyaning janubidagi Kromanon degan joydan topilgan. Kalla suyaklari bilan birga ular tomonidan yasalgan qurollar, tosh nayza, shoxdan yasalgan otiladigan nayza, suyak qarmoq, yog’och nayza, tish pichoqlar, keskirlar ko’p topilgan. Homo sapiens manzilgoxlari Samarqand hududida, Toshkent viloyati Ko’lbuloq manzilida, Farg’ona vodiysida ham topilgan. Mehnat qurollari chaqmoqtoshdan yasalgan qirg’ich, pichoq, chopqich, to’g’nog’ich, keskichlardan iborat. Ular yovvoyi ho’kiz, sayg’oq, kiyiklarni ovlaganlar. Kramanon odamlarning bo’yi 180 sm bo’lib peshonasi keng tik tushgan. Kalla qutisining hajmi 1600sm ko’z kosasi ustida yaxlit do’nglik bo’lgan. G’orlarni devorlarida ov epizodlari, raqsga tushayotgan odamlar ko’rinishidagi rasmlar tasvirlangan. Ular axro va mineral bo’yoqlar bilan ishlagan. Kromanon odamlar hayvon terisidan tosh va suyak ignalar bilan to’qilgan kiyim kiyib yurgan. Mehnat qurollari va buyumlar yasash, texnikasi neander- tallarnikiga qaraganda ancha mukammal bo’lgan.

Kromanon odam narsalarni jilolash parmalashni, kulolchilikni bilgan. Bundan taxminan 8-9 ming yil ilgari kramanon odamlar hayvonlari qo’lga o’rgatgan va dehqonchilik bilan shug’ullangan. Kromanon odamlar jamoa bo’lib yashagan va ularda din shakllana boshlagan. Kromanon odamlarda biologik evolutsiyadan sotsial evolutsiyaga o’tish boshlangan. Ularni rivojlanishida ta’lim - tarbiya berish tajriba o’rgatish muxum ahamiyat kasb etadi. Odamlar populyatsiya yashash uchun kurashda faqat chaqqonlik ziyraklik bilan boshqa populyatsiyalardan ustun bo’lib qolmagan. Balki inson o’z kelajagi bo’lmish nasli haqiga g’amho’rlik qilishi. Hayot davomida to’plangan tajribalarni tirik manbalar bo’lgan qariyalardan ov usullarini, qurollar yasashni, anana, urf odatlarni biladigan kishilami asrab avaylab borishii va populyatsiya, qabila, oila yo’lida o’zining qurbon qilish xususiyatlariga ega bo’lishi kabilar sabab bolgan. Odamzodni ijtimoiy rivojlanishida, ijtimoiy hayot qonunlari yetakchi rol o’ynaydi. Shuni takidlash lozimki Homo sapiens yoki kromanon odam 40 ming yil oldin paydo bo’lgan.



Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish