15-ma`ruza. SUYUQLIKNING HARAKATI NAPORLI VA NAPORSIZ BO`LGANDA, O’TKAZGICH QUVURNING GIDRAVLIK HISOBI.
Reja:
15.1 Oddiy o`tkazgich quvurlar hisobi
15.2. O’zgarmas diametirli uzun quvurlarning hisobi.
Tauanch iboralar: Oddiy o’tkazgich quvur, tarmoqlanmagan o’tkazgich quvur, tarmoqlangan o’tkazgich quvur, uzun va qisqa quvurlar, sarf xaraktiristikasi, quvurning solishtirma qarshiligi.
15.1 Oddiy o`tkazgich quvurlar hisobi
Oddiy o’tkazgich quvur deb, bir xil diametr va bir xil materialdan ishlangan, hamda tarmoqlanmagan o’tkazgich quvurga aytiladi. O’tkazgich quvurdagi suyuqlikning harakati istemolchi yoki qabul qilish rezeruvarlardagi yoki istemol
|
15.1-rasm. Oddiy o’tkazgich quvurlar sxemalari
|
rezeruari va quvurdan oqib chiqish oqimchalarining H napor farqlari bilan ifodilanadi (15.1-rasm). Agar bu H napor vaqtga bog’liq holda o’zgarmasa, unda harakat barqaror bo’ladi.
O’tkazgich quvurining turli uchastkalarida harakat tekit va notekis bo’lishi mumkin. Bizga ma’lumki, mahalliy qarshliklarning ta`sir doirasida notekis harakat hosil bo’ladi. O’tkazgichning har birida napor bir qismining yo`qolishi sodir bo’ladi.
Tekis va notekis harakat uchastkalarida yo’qolgan suyuqlik harakati qarshiliklarini yengishga ketgan naporlar nisbatiga ko’ra, oddiy o’tkazgich quvurlar uzun va qisqa o’tkazgich quvurlarga bo’linadilar.
Gidravlik uzun yoki (oddiy uzun) quvurlarda uzunlik bo’yicha yo’qotilgan napor, mahalliy va tezlik napor yo’qotilishlaridan nihoyatda katta bo’lgani uchun
yigindi hisobga olinmaydi, lekin hl uzunlik bo’yicha napor yo’qolishining qandaydir qismi qabul qilinadi.
Uzun o’tkazgich quvurlar hisobida uzunlik bo’yicha yo’qolgan bosim topiladi, keyin esa topilgan qiymatni 5…10 % ga ko’paytirib, mahalliy napor yo’qolishi yig’indisi hisoblanadi.
Qisqa o’tkazgich quvurlarda uzunlik bo’yicha napor yo’qolishi va mahalliy napor yo’qolishlari qiymatlariga ko’ra yaqinroq , qisqa o’tkazgich quvurlarning gidravlik hisobida uzunlik bo’yicha napor yo’qolishi ham, mahalliy napor yo’qolishlari ham hisobga olinadi, naporlar balansida esa oqim qismidagi tezlik naporlari ham hisobga olinadi.
Aniqlanadigan kattaliklarga va oddiy o’tkazgich quvurlar hisobiga ko’ra masalalar uch guruhga bo’linadi:
1) berilgan H napor, quvurning l uzunligi va g’adir-budurligi, hamda suyuqlikning ρ zichligi va qovushqoqliklarida Q sarifni aniqlash;
2) berilgan Q sarf, quvurning uzunligi, diametiri va g’adir-budurligi, hamda suyuqlikning zichligi va qovushqoqliklarida H naporni aniqlash;
3) berilgan Q sarf va H naporda, quvurning uzunligi va g’adir-budurligida, hamda suyuqlikning zichligi va qovushqoqligida quvurning d diyametirini aniqlash.
Har qaysi masala Bernulli va uzluksizlik tenglamalari yordamida yechiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |