Suyuqlik va gaz mexanikasi


Natijalarni qayd etish jadvali 50 Adabiyotlar 52 KIRISH



Download 7,34 Mb.
bet3/21
Sana17.12.2022
Hajmi7,34 Mb.
#889761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Услубий кулланма Б Норrулов,)

. Natijalarni qayd etish jadvali 50

  • Adabiyotlar 52



    KIRISH

    Insoniyat o‘zining ish faoliyatida uchraydigan hayotiy muammolarni hal qilishda ko‘pincha har xil suyuqliklarning harakati hamda ularning qattiq jismlarga bo‘lgan ta’sirini o‘rganadi.


    Agar inson organizmida qonning harakati uning tirikligini belgilasa, Ona Zaminimizda suyuqliklar harakati tufayli hayot mavjudligi uchun omil ekanligini ta’kidlash mumkin.
    Yuqorida qayd etilgan muammolarni o‘rganish va tadqiqot qilish natijasida “Suyuq jismlar mexanikasi” yoki “Suyuqliklar mexanikasi” deb nomlanuvchi keng qamrovli fan yuzaga kelgan. Bu fan grek tilidagi atama bilan “Gidromexanika” deb yuritila boshlandi.
    Bu fan o‘z navbatida suyuqliklar statikasi - «Gidrostatika» va suyuqliklar dinamikasi-«Gidrodinamika» bo‘limlarga bo‘linib, ikkinchi bo‘lim “Suyuqliklar kinematikasi” ni ham o‘z ichiga oladi.
    Gidrostatika - suyuqliklarning nisbiy tinch holat qonuniyatlarini o‘rganib, ularni amaliyotda qo‘llash uchun uslubiyatlar yaratadi.
    Gidrodinamika-suyuqlikning harakat qonuniyatlarini va ularning paydo bo‘lish sabablarini o‘rganish bilan birgalikda ularning tuzilish strukturalarini ham o‘rganadi.
    Gidravlika fani, asosan, ikki yo‘nalishda rivojlangan:
    1. Nazariy yo‘nalish - nazariya asoslarini matematik qonuniyatlar asosida o‘rganganligi sababli u Nazariy Gidrodinamika deb nomlangan.
    2. Texnik yo‘nalish, ya’ni suyuqliklarning nisbiy tinch holati va harakat qonuniyatlarini amaliyotda qo‘llashga doir tadqiqotlarni olib borish bilan o‘rganganligi sababli, u Texnik Gidrodinamika deb nomlangan.
    Texnik yo‘nalish - suyuqliklarning texnik atamasi, ya’ni “Gidravlika” deb atala boshlagan. Amaliyotdagi muammolarni yechishni yengillashtirish uchun ayrim cheklanishlar va taxminlarga yo‘l qo‘yiladi. Ishlab chiqarish amaliyotida suyuqliklar bilan bog‘liq gidravlik jarayonlarni o‘rganishda ma’lum masshtabdagi tadqiqot va eksperimentlar o‘tkazilib, ular natijasida asosan, imperik va yarim imperik formulalar olinadi hamda hisob-kitob va loyixalashtirishda ulardan keng foydalaniladi.
    Gidravlika so‘zi grekcha “xyudor” va “aulos” so‘zlari birikmasidan olingan bo‘lib, “suv” va “quvur” degan ma’nolarni bildiradi. Suyuqlik va suyuqlik oqimi muammolarini o‘rganuvchi Gidravlika fani - fizika va nazariy mexanika qonunlariga asoslangan. Gidravlika fanida uchraydigan murakkab masalalarni hamma vaqt nazariya asosida yechib bo‘lmaydi. Nima uchun? Chunki, ro‘y berayotgan jarayonlarni matematik differentsial tenglamalar yordamida tavsiflash mumkinligini bilamiz. Bu fizik jarayon matematik differentsial tenglamalar yordamida yozilganda sistema tarkibidagi tenglamalar soni va ro‘y berayotgan gidravlik jarayonni to‘liq talqin qiluvchi bu tenglamaga kiruvchi noma’lum parametrlar orasida nomutanosiblik mavjud bo‘ladi, hamda bu nomutanosiblikni hozirgi tafakkurimiz doirasida faqat amaliy tajribalar natijasiga asoslanib, talqin qilish mumkin. Shuning uchun gidravlikada amaliy tajribadan keng foydalaniladi, ya’ni ilmiy tajriba keng qo‘llaniladi. Gidravlikada amaliy tajriba yo‘li bilan birinchidan, nazariy formulalarga kiruvchi koeffitsientlar va tuzatishlar, ikkinchidan, tajribaga asoslangan yangi formulalar kashf etiladi. Nazariya bilan amaliy tajribaning o‘zaro aloqasi va ilmiy-tekshirish ishlarini keng tashkil etilishi Gidravlika fanini kelgusida yuqori ko‘rsatkichlarga erishishida, xalq xo‘jaligida muhim masalalarni yechimini topishda amaliy imkoniyat yaratadi.
    Shunday qilib, Gidravlika fanining predmetini aniqlab, unga qisqacha quyidagicha ta’rif berish mumkin: Gidravlika - tabiiy fanlardan biri bo‘lib, suyuqlikning nisbiy tinch holat va harakat qonuniyatlarini o‘rganadi va bu qonuniyatlarni kishilar jamiyatining mehnat faoliyatida qo‘llash uchun uslublar yaratadi.
    Umuman, fan, o‘zining o‘rganilish jarayonida o‘ziga xos yo‘nalishlarga bo‘linadi. Masalan, qurilish mutaxasisliklarida gidravlik inshootlar qurilishiga va ekspluatatsiyasiga bog‘liq bo‘lgan muammolar bilan shug‘ullanadi yoki mashinasozlik, aviasozlik mutaxassisliklarida - bu sohalarga bog‘liq bo‘lgan fizik xodisalarni texnikada qo‘llash uchun loyihalashtirish va ekspluatatsiya jarayonini o‘rganadi.
    Fanning rivojlanishi bilan hozirda, Gidravlika fanida o‘rganiladigan ob’ekt sifatida, nafaqat suvni, balki, barcha tabiatda mavjud bo‘lgan suyuqliklar qabul qilingan. Bo‘lg‘usi shifokorlarning ham fiziologiya fanini Gidravlika fani bilan qo‘shib o‘rganishi foydadan holi emas. Fikrimizning dalili sifatida Belgiyaning Gent universiteti «Gidravlika» kafedrasi olimlari tomonidan yaratilgan sun’iy inson yuragi modelidan sun’iy klapanlar sinovida keng foydalanayotganligini keltirish mumkin.
    Gidravlika qonunlari texnikaning barcha sohalarida qo‘llanilganligi uchun bu fanning amaliy ahamiyati benihoya kattadir. Gidravlika fanini qo‘llanish sohalari - gidrotexnika, suv xo‘jaligi va melioratsiya, gidroenergetikani suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya, mashinasozlik, aviatsiya va xokazo.
    Gidrostatika ko‘plab loyihalash sohalarida katta ahamiyatga ega, masalan, sanitar va muhandisklik tarmoqlari, binolarning muhandislik bo‘yicha uskunalarining loyihalashtirilishi, nasoslarni ishlab chiqarish, shuningdek, samolyot va kosmosda uchuvchi uskunalarning ishlab chiqarilishi.

    Download 7,34 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish