Xalqaro shartnoma - davlatlar yoki xalqaro huquqning boshqa subʼyektlari oʻrtasida siyosiy, iktisodiy, madaniy yoki boshqa sohalarga oid oʻzaro huquq va majburiyatlarni belgilab beradigan kelishuv; xalqaro huquqning asosiy manbai. Xalqaro shartnoma 2 tomonlama va koʻp tomonlama shartnomalarga boʻlinadi. Koʻp tomonlama shartnoma ochiq boʻlishi (unga boshqa davlatlar qoʻshilishi) va yopiq boʻlishi (unga boshqa davlatlar Xalqaro shartnoma ishtirokchilarining roziligi bilangina qoʻshilishi) mumkin.
Agressiya nima?
Agressiya (lot. agressio – hujum qilish), tajovuz – bir davlat (davlatlar guruhi) tomonidan boshqa davlatning yoki xalqning (millatning) suve-reniteti, hududiy daxlsizligi yoki siyosiy mustaqilligiga qarshi BMT Ustavi nuqtai nazaridan gʻayriqonuniy boʻlgan har qanday kuch ishlatish. A.ning eng xavfli koʻrinishi qurolli kuch ishla-tishdir; bir davlatning boshqa davlatga qurolli hujumi tinchlik va xalqlar xavfsizligiga qarshi ogʻir xalqaro jlnoyat hisoblanadi.
BMT harbiy kuchlari nima uchun xizmat qiladi?
BMT harbiy kuchlari xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun xizmat qiladi.
YuNISEF qanday faoliyat bilan shug'ullanadi?
UNICEF Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiyaga amal qilib, uning qoidalari bolalarga nisbatan etika tamoyillari va xalqaro standartlarga muvofiq amalga oshirilishini ilgari suradi.
«Ma'muriy huquqbuzarlik» tushunchasiga ta'rif bering?
Maʼmuriy huquqbuzarlik -huquqbuzarlikning bir turi. Oʻzbekiston Respublikasi MJKga koʻra, qonun hujjatlariga binoan maʻmuriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi gʻayriqonuniy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi
Aqli norasolikka ta'rif bering.
Aqli norasolik – (jinoyat huquqida) ijtimoiy xavfli qilmishni sodir qilish vaqtida shaxsning ruhiy kasalligi tufayli oʻz harakatlari yuza-sidan oʻziga hisob bera olmaydigan va oʻz harakatlarini idora qila olmay-digan holati. Aqli norasolik ikki mezon: tibbiy (biologik) va yuridik mezon orqali aniqlanadi.
Aqli rasolikka ta'rif bering.
Aqli rasolik – odamning ruhiy jihatdan sogʻlom holati; jino-yat huquqida shaxsning sodir qilgan ijtimoiy xavfli qilmishini jinoyat deb hisoblash va jinoiy javobgarlik-ka tortishning huhuqiy shartlaridan biri. Aqli raso shaxs har qanday ji-noyatni sodir qilganda oʻz harakat yoki harakatsizligining jinoyat ekanligini anglaydi va undan kelib chiqadigan oqibatni biladi.
Ayblanuvchiga ta'rif bering.
Ayblanuvchi – jinoiy javobgarlikka daxldor shaxs.
Ayblanuvchi – Oʻzbekiston Respublikasi JPKda bel-gilangan tartibda A. tariqasida jinoyat ishida ishtirok etishga jalb qilinishi haqida ayblov qarori chiqarilgan shaxs. Bunday qaror tergovchi yoki prokuror to-monidan chikariladi
Do'stlaringiz bilan baham: |