Unitar davlat — davlat tuzilishi shakli; bunda davlat hududi tarkibida, federatsiyadan farqli ravishda, federativ birliklar (shtatlar, yerlar) boʻlmaydi, balki u maʼmuriy-hududiy birliklar (tumanlar, viloyatlar, kantonlar va hokazo)ga boʻlingan boʻladi. Mazkur mustaqil qismlar davlat suvereniteta alomatlariga ega emas. Bunday davlatda oliy organlarning yagona tizimi hamda yagona qonunchilik (Konstitutsiya, fuqarolik, oliy davlat xrkimiyati) buladi
Konfederatsiya nima?
Konfederatsiya (confoederatio -ittifoq, birlashma) — 1) davlat tuzilishining bir shakli; unga koʻra, K.ni tashqil qilgan davlatlar oʻz mustaqilligini toʻla saqlab qoladi, oʻz davlat hokimiyatini tuzadi; maxsus birlashgan organlar esa muayyan (harbiy, tashqi siyosiy) maqsadlarda harakatlarni muvofiklashtirish uchungina tuziladi. hozirgi dunyoda faqat bitta K. — Yevropa Ittifoqi mavjud; 2) biron-bir ijtimoiy yoki boshqa xil tashqilotlarning nomi
Qoraqalpog'iston Respublikasining Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН РЕСПУБЛИКАСИНИНГ КОНСТИТУЦИЯСИ Ўн иккинчи чақириқ Қорақалпоғистон Республикаси Олий Кенгашининг ўн иккинчи сессиясида 1993 йил 9 апрелда қабул қилинган
Hokimiyat tushunchasiga ta'rif bering.
«Hokimiyat - bu kishilar, ijtimoiy guruxlar hamda sinflarning faoliyatiga, xalq-atvoriga, harakatlariga iqtisodiy, siyosiy, g‘oyaviy, ijtimoiy mexanizmlar, shuningdek, kuch ishlatish, zo‘rlik qilish, ishontirish qobiliyatlari bilan ta’sir etuvchi faoliyatning alohida shaklidir».
Hokimiyat - yaxlit va bir butun ijtimoiy hodisadir. Bu esa uning muayyan tarkibiy qismlardan tashkil topganligini inkor etmaydi.
Hokimiyat - bir qator tuzilmalardan iborat bo‘lgan ijtimoiy hodisadir. Uning tarkibiga sub’yekt, ob’yekt va resurslar kiradi.
Hokimiyatning asosiy tarkibiy qismlaridan biri- sub’yekt (aktor) dir. U hokimiyatning bevosita tashuvchisidir.
Oliy Majlis qanday hokimiyatni amalga oshiradi va u qanday palatalardan iborat?
Oʻzbekiston parlamenti keng, koʻp qirrali vakolatlarga ega. U hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga boʻlinish prinsipiga asoslanib, davlatning boshqa idoralari bilan hamkorlik qilib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
Oliy Majlis Senati a'zolari qanday saylanadi?
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hududiy vakillik palatasi boʻlib, Senat aʼzolaridan (senatorlardan) tarkib topadi. Senat aʼzolari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — 6 kishidan saylanadi. Senatga saylov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qoʻshma majlislarida mazкur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Senatning 16 nafar aʼzosi fan, sanʼat, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega boʻlgan hamda alohida xizmat кoʻrsatgan eng obroʻli fuqarolar orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
O'zbekistonda Prezidentlik lavozimi qachon joriy etilgan va Prezident so'zining ma'nosi?
Do'stlaringiz bilan baham: |