Federativ davlat belgilari quyidagicha:
1) federatsiya hududi uning sub'ektlari hududidan tashkil topadi;
2) oliy qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati federal davlat
organlariga tegishli bo‘ladi;
3) federatsiya sub'ektlari va federatsiyaning o‘zi o‘rtasidagi vakolatlar ittifoq
konstitutsiyasi bilan ajratiladi;
4) federatsiya sub'ektlari o‘z konstitutsiyasi, oliy qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi
va sud organlariga ega;
Ombudsmanga ta'rif bering.
Ombudsman (shvedcha ombudsman — biron kishi manfaatlarining vakili) — turli xil maʼmuriy organlar, baʼzi mamlakatlarda esa — shuningdek, xususiy shaxslar va birlashmalarning inson huquqlariga rioya etishini nazorat qilish uchun maxsus saylab (tayinlab) qoʻyiladigan mansabdor shaxs. O. nazoratni amalga oshiradi va prokuraturadan farqli ravishda na-faqat qonuniylik, balki shu bilan birga samaradorlik, maqsadga muvofiqlik, adolatparvarlik nuqtai nazaridan ham tekshirish olib boradi. Bu xildagi mansabdor shaxslar har xil nom bilan ataladi
Referendumga ta'rif bering.
Referendum (lotincha: referendium) bu fuqarolarningg davlat, viloyat yoki mahalliy koʻlamda eng muhim masalalar boʻyicha ovoz berish yoʻli orqali oʻz fikrlarini bevosita bildirishlaridir.
Referendum (lot. referendum — bildirilishi kerak boʻlgan) — umumxalq ovoz berish yoʻli bilan qonunlar qabul qilish va davlat ahamiyatiga molik eng muhim masalalarni hal qilish shakli. Bevosita demokratiyaning muhim vositasi.
O'zbekiston Respublikasining pul tizimi haqida nimalarni bilasiz?
Oʻzbekiston Respublikasining hozirgi Pul tizimi 1995-yil 21 dek.da qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida"gi konunga muvo-fiq tashkil etilgan. Rasmiy pul birligi soʻm. Soʻmning chet el valyutalariga nisbatan kursini OʻzR Markaziy banki belgilaydi va matbuotda eʼlon qiladi. Oʻzbekiston hududida nakd pullar (banknotlar va tangalar) ʻva naqd boʻlmagan pullar (kredit muassasalarida hisobvaraqlardagi mablagʻlar koʻrinishida) amal qiladi.Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki nakd pullarni chiqarish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi xudu-dida muomalada boʻlishini tashkil etish va muomaladan chiqarish boʻyicha mutlaq huquqlarga ega.[1]
Kimlar siyosiy partiyalarga a'zo bo'la olmaydi?
Quyidagilar siyosiy partiyalarga a’zo bo‘la olmaydilar:
sudyalar;
prokurorlar va prokuratura tergovchilari;
ichki ishlar organlari, milliy xavfsizlik xizmati xodimlari;
harbiy xizmatchilar;
xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar.
O'zbekistonda nikoh yoshini va nikoh tuzish shartlarini aytib bering?
Nikoh yoshi Oʻzbekistonda erkaklar uchun 18, ayollar uchun 17 yosh etib belgilangan. Uzrli sabablar boʻlganida, alohida hollarda nikohlanuvchilarning iltimosiga koʻra, nikoh davlat roʻyxatidan oʻtkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini koʻpi bilan 1 yilga kamaytirishi mumkin. Loaqal bittasi roʻyxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar oʻrtasida, nasl-nasab shajarasi boʻyicha toʻgʻri tutashgan qarindoshlar oʻrtasida, farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar oʻrtasida, loaqal bittasining ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar oʻrtasida nikoh tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi. Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish shart qilib qoʻyilgan. Unga koʻra, nikohlanuvchi shaxslar davlat sogʻliqni saqlash tizimi muassasalarida bepul tibbiy koʻrikdan oʻtadila
Qanday hollarda nikoh haqiqiy emas deb topilishi mumkin?
Nasl-nasab shajarasi boʻyicha toʻgʻri tutashgan qarindoshlar oʻrtasida, farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar oʻrtasida, loaqal bittasining ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar oʻrtasida nikoh tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi. Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish shart qilib qoʻyilgan. Unga koʻra, nikohlanuvchi shaxslar davlat sogʻliqni saqlash tizimi muassasalarida bepul tibbiy koʻrikdan oʻtadilar. Belgilangan shartlarning buzilishi sud tomonidan nikohni haqiqiy emas deb topish uchun asos boʻlishi mumkin
Davlat tuzilish shakli deganda nimani tushunasiz?
Davlatlar tuzilish jaxatidan oddiy (unitar) va murakkab (federativ, konfederativ) boMishi
muiukin. Unitar davlatda butun bir mamlakat miqyosida umumiy tizimga ega bo‘lgan qonunchilik ijroiya va sud idoralari bo‘ladi.
Unitar davlatga ta'rif bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |