Intizomiy javobgarlik -OʻzRda oʻz mehnat burchlarini qonunga muvofiq ravishda yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun aybdor boʻlgan xodimga taʼsir koʻrsatish vositasi. Xodimning oʻz mehnat vazifalarini jinoiy javobgarlikka tortishga sabab boʻlmaydigan darajada, ammo oʻz aybi bilan qonunga muvofiq ravishda bajarmasligi yoki nobop bajarishi intizomga xilof nojoʻya harakat hisoblanadi. Bu, odatda, xodim zimmasiga mehnat shartnomasi yoki korxona, muassasa, tashkilotdagi ichki mehnat qoidalarini tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlar bilan yuklangan mehnat vazifalarini buzishda va uning oʻz aybiga koʻra, qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida qilgan harakati yoki harakatsizligida ifodalanadi.
Fuqarolik huquqbuzarlik nima, unga misollar keltiring?
Fuqarolik huquqiy javobgarlik — yuridik javobgarlikning mustaqil turi. Mulkiy xususiyatga ega boʻlgan sanksiyalar koʻrinishida ifodalanadi. Odatda, Fuqarolik huquqiy javobgarlikj. majburiyatlarning buzilishi natijasida vujudga keladi. Fuqarolik huquqiy javobgarlikj. qarzdorga yoki huquqbuzarning mulkiy ahvoliga salbiy taʼsir etish orqali huquqi buzilgan shaxsning yoki jabrlanuvchining huquqlarini tiklashga va mulkiy ahvolini yaxshilashga qaratilgan javobgarlik shaklidir. Neustoyka va yetkazilgan zararni qoplash Fuqarolik huquqiy javobgarlikj. choralari hisoblanadi.
Jinoyat va jinoiy javobgarlik deganda nimani tushunasiz?
Jinoiy javobgarlik - yuridik javobgarlik turlaridan biri, jinoyat sodir etishning huquqiy oqibati. J. j. aybdorga nisbatan jazolash shaklidagi davlat majburlov chorasini qoʻllashdan iborat. J. j.ka jalb etish jinoyat ishini qoʻzgʻatish, tergov qilishni va sudda muhokama qilishni (qarang Sud muhokamasi) bildiradi. Huquqiy davlatda jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxs ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ravishda koʻrib chiqilib, aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. J. j.ka tortish masalasi qonunlarning tegishli moddalarini qoʻllanish orqali hal qilinadi. Bu hol fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashning muhim kafolati hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi JK ga koʻra, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etish paytida qonunda belgilangan yoshga yetgan va aqli raso shaxslargina J. j.ka tortiladi. J. j.ka jinoyat sodir etishga tayyorgarlik koʻrish, suiqasd qilish; ogʻir jinoyat sodir etilayotganligi haqida aniq bila turib, tegishli organlarga xabar bermaslik yoki jinoyat vositasi yoki jinoyat natijasida qoʻlga kiritilgan narsalarni olish yoki sotish; shuningdek, jinoyat sodir etilishiga qiziqtirganlik (dalolatchi), tashkil qilganlik (tashkilotchi) va yordam berganlik (yordamchi) ham jinoyat hisoblanadi va J. j.ni vujudga keltiradi (yana q. Jinoyatda ishtirokchilik).
Ma'muriy huquqbuzarlik deganda nimani tushunasiz va unga misollar keltiring?
Do'stlaringiz bilan baham: |