Konstitutsiyaviy huquq - asosiy ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yigʻindisi, huquq tizimining yetakchi sohasi. Konstitutsiyaviy huquq normalari davlatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va hududiy tuzilishi, uning fuqarolik jamiyati institutlari bilan munosabatlari tartibini, fuqaro va shaxs huquq hamda erkinliklaribh amalga oshirilishining asosiy tamoyillarini, davlat hokimiyati organlari tizimini belgilaydi. Bir qancha mamlakatlarda (jumladan, OʻzRda ham) ushbu huquq sohasini belgilash uchun davlat huquqi tushunchasi qoʻllanadi.
Konstitutsiyaviy huquqning asosiy tamoyillari: boshqaruvning respublika shakli, inson va fuqarolar huquq hamda erkinliklarining ustunligi, hokimiyatlarning boʻlinishi. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy huquqi Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumi asoslarini; inson va fuqarolarning asosiy huquq hamda erkinliklari, ularning kafolatlarini; maʼmuriy-hududiy va davlat tuzilishini; saylov tizimini; hokimiyat tizimi va davlat organlari tizimini tashqil etish hamda faoliyatining asosiy tamoyillarini; fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish asoslarini mustahkamlayd
Jinoyat huquqi sohasi orqali qanday munosabatlar tartibga solinadi va unga misollar keltiring?
Jinoyat huquqi - huquq tizimining bir tarmogʻi; oliy davlat hokimiyati organi tomonidan oʻrnatilgan, qonun bilan qoʻriqlanadigan, ijtimoiy munosabatlar uchun xavfli boʻlgan tajovuzlarning jinoyat ekanligi va jazoga loyiqligini, jazo choralari tayinlash shartlari va tartibini hamda jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod qilishni belgilaydigan huquqiy meʼyorlar yigʻindisi. OʻzRda J. h.ning asosiy manbai Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va jinoyat qonunidir. J. h. jinoyat qonunining amalda tatbiq qilinishidan kelib chiqadigan munosabatlarni oʻrganadi, jinoiy javobgarlik asoslari va tamoyillarini belgilaydi. J. h.ning vazifalari shaxcni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muxitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoii tajovuzlardan qoʻriqlash, shuningdek, jinoyatlarning oldini olishdan, fuqarolarni Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish ruxida tarbiyalashdan iborat
Huquq institutlari nima va unga misollar keltiring?
Hukumat qarori bilan Fanlar akademiyasi tizimida Davlat va huquq instituti tashkil etildi. Muassasa qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlarga ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish bo‘yicha takliflar beRDI. 30 oktyabrda Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimida Davlat va huquq institutining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.Ushbu hujjat bilan Fanlar akademiyasi tizimida Davlat va huquq instituti tashkil etilmoqda.
Huquqiy munosabatlar deganda nimani tushunasiz va unga misollar keltiring?
Do'stlaringiz bilan baham: |