0 ‘ n о I t i n c hi b o b
SUVOSTI TEKISLIGI BO'YLAB SAYR
Bu kamera «Nautilus»ning ham qurolxonasi,
ham kiyim yechadigan xonasi xizmatini o'tar edi.
Uning devorlarida ovchilar uchun o‘n ikkita ska-
fandr osig'liq turar edi.
Ned Lend skafandrlarga qarab, yuzini norozi qi-
yofada burishtirdi. Uning bu og'ir kostumni kiyib
olishga sira tobi yo'qligi shundoq ham bilinib turar
edi.
152
- Shuni bilingki, Ned, - dedim men jasur kana-
dalikka, - Krespo orolining o'rmonlari suv ostida!
- Bunisi qiziq bo‘ldi-ku! - norozi ohangda
cho'zib gapirdi garpunchi bir parcha toza go'sht ha
qidagi orzusi chippakka chiqqanini ko‘rib. - Siz, ja
nob professor, - deb so'radi u mendan, - shu egar-
jabduqning ichiga kirmoqchimisiz?
- Albatta, azizim Ned.
- Har kimning ixtiyori, - dedi Ned Lend yel-
kalarini qisib, - ammo meni, bordi-yu, kuch bilan
majbur qilishmasa, o‘zim uning ichiga sira ham kir-
mayman!
- Sizni hech kim majbur qilmaydi, mister
Lend, - dedi noxushlik bilan kapitan Nemo.
- Konsel boradimi? - so'radi Ned.
- Konsel xo'jasi izidan suvgagina emas, balki
o‘tga ham tushadi! - javob berdi Konsel.
Kapitanning topshirigi bilan ikki matros bizga
yaxlit rezinadan qilingan bu suv o'tmas og‘ir ust-
boshni kiyib olishda yordamlashish uchun kel
di. Yuqori bosim uchun mo'ljallangan skafandrlar
o'rta asr ritsarlarining zirhli kiyimiga o‘xshardi-yu,
ammo egiluvchanligi bilan farq qilardi.
Kiyim kamzulcha bilan ishton hamda tag charm
o'rniga qo‘rg‘oshin qoqilgan qalin choriqlardan
iborat edi. Kamzulning matosi mis halqalarga tor-
tilgan bo'lib, bu ko'krak qafasini suv bosimidan
saqlash va erkin nafas olish uchun xizmat qilar edi.
Barmoqlarning bemalol harakat qilishi uchun kam
zulning yenglariga yumshoq qo'lqoplar tikilgan.
Kapitan Nemo, uning matroslaridan biri, ko‘ri-
nishidan chinakam Gerkules deysiz, aftidan, juda
baquwat ham bo'lsa kerak, Konsel va men - ham-
mamiz birpasda skafandrlarni kiyib oldik. Bo-
shimizga mis shlemni ilib olishimiz qoldi, xolos.
153
Ammo ungacha kapitandan menga beriladigan
qurolni ko'rib olishga ruxsat etishni so'radim.
Matroslardan biri menga ko'rinishdan oddiy
miltiqqa o'xshagan, qo‘ndog‘i odatdagidan kat-
taroq, ichi bo'sh va po'latdan yasalgan qurolni
uzatdi. Uning qo‘ndog‘i siqilgan havo uchun rezer-
vuar vazifasini o'tab, tepkini bosganda rezervuar-
ning qopqogi surilib, miltiq ogziga havo kirardi.
0 ‘qdongayigirmatacha elektr o ‘q sig ard i. Bu o'qlar
maxsus prujina yordamida avtomatik suratda joy-
lanardi. Quroldan bir o‘q otilishi bilanoq o‘miga
boshqasi kelib turar edi.
- Kapitan Nemo, - dedim men, - bu juda ajoyib,
buning ustiga tuzilishi ham oddiygina qurol ekan.
Uni amalda sinab ko'rmagunimcha ko'nglim o'rniga
tushmaydi. Ammo biz qanday qilib suvostiga tushib
olamiz?
- «Nautilus» hozir suv tagida, o‘n metr chu
qurlikda turibdi. Biz chiqishimiz mumkin, pro
fessor.
- Biroq kemadan qanday qilib chiqamiz?
- Hozir ko'rasiz.
Shunday dedi-yu, kapitan Nemo boshiga mis
shlemni kiyib oldi. Konsel bilan men ham xuddi
shunday qildik. Ha, aytganday, Ned Lend xayrla-
sha turib ovimizga kinoya bilan omad tiladi. Kam-
zulning yoqasida rezbali mis halqa bo'lib, shar-
ga o'xshagan shlem unga burab mahkamlanar
edi. Shlemning uchta qalin oynasidan boshni ay-
lantirib, oldinga va yon tomonlarga qarash mum
kin edi.
Rukveyrol apparatining havo jo'mragini ochib,
belimdagi tasmaga Rumkorf lampasini ildim va
qo'limga qurolni oldim. O gir skafandr, ayniqsa
tagiga qo'rgoshin qoqilgan choriqlar meni polga
154
mixlab qo'yganday edi. Nazarimda bir qadam ham
jilolmaydiganday edim.
Ammo, aftidan, bu xuddi shunday bo'lishi ke-
rakday tuyuldi keyinchalik. Meni kiyim yechadigan
xonaning yonidagi kichkina kabinaga sudrab kirish-
di. Hamrohlarimni ham mening ketimdan xuddi
shunday itarib kirgizishdi. Kirishimiz bilan orqa-
mizdan eshik yopilganini eshitdim va biz zim-ziyo
qorong‘ilikda qoldik.
Bir necha minutdan so'ng quloqlarimga qattiq
hushtak tovushi chalindi. Oyoqlarimdan ko'kra-
gimgacha sovuq bir narsa chiqayotganini sezdim.
Aftidan, mashina zalidagi dengiz suvini ochadigan
jo'mrakni burashganga o'xshaydi va hozir biz tur
gan kabinaga suv kira boshlagandi. Suv tepagacha
chiqib, kabina to'lgach, «Nautilus» bortidagi ikkin-
chi eshik ochildi va nim qorong'i yorug'lik ko'rindi.
Birozdan keyin biz dengiz tubida yurib borardik.
Dengiz tubida sayr qilib yurganda olgan taas-
, surotlarimni qanday tasvirlasam ekan? Hatto ras-
som mo'yqalami ham chizib ko'rsatishga ojizlik
qiladigan suv stixiyasidagi ajoyib go'zalliklarni, o'z
ko'zim bilan ko'rgan mo'jizalarni qay til bilan ba-
yon etay?
Kapitan Nemo oldinda borar edi. Matros saf
oxirida kelardi. Konsel bilan men mis shlemda-
ligimizga qaramay, go'yo taassurotlarimizni bir-
birimizga aytsa bo'ladiganday yonma-yon borar
edik. Men skafandr, qo'rg'oshin choriqlar, siqilgan
havo to'latilgan rezervuarlar va ichida boshim pis-
ta po'chog'idagi mag'iz singari liqillab turgan mis
shlemning og'irligini ortiq his etmas edim. Barcha
bu narsalar suvga cho'kkach, ular siqib chiqargan
suv miqdorichalik yengillashdi. Harakat qilishimga
imkoniyat bergani uchun men fizikaning o'z vaqti-
155
da Arximed ochgan bu qonuniga sajda qilishga ham
tayyor edim.
0 ‘ttiz futli suv qatlami ostida bo‘lishimizga qa-
ramay, dengiz tubiga taralayotgan yorqin yog'du
meni hayratga soldi. Quyosh nurlari shunchalik qa-
lin suvni yorib o'tib, uni rangsizlantirgan edi. Men
mayda narsalarni ham yuzlab metr masofadan aniq
ko'rar edim. Undan u yog'iga narsalar xiralashib,
bo'yoqlar jimirlab qorayardi va nihoyat allalqanday
moviynamo rangga aylanardi-da, ko'zdan g'oyib
bo'lar edi. Atrofimni o‘rab olgan muhit o‘sha-o‘sha
havoga o‘xshardi-yu, ammo yerdagi atmosferaga
qaraganda zichroq, musaffolikda ham undan qo-
lishmasdi. Boshim uzra sokin dengiz sathini ko‘rib
turar edim.
Biz zich o'rnashib olgan mayda qum ustida bo-
rar edik. U to'lqin sohilda qoldiradigan g‘adir-budur
emas, nihoyat darajada silliq qum edi. Ko'zni qa-
mashtiradigan bu gilam quyosh nurlariga chinakam
reflektor xizmatini o'tar edi. Oalin suv qatlamlari-
ning har bir zarrasigacha yaltillab turishining boisi
ham shunda edi. Hozir men o'ttiz fut chuqurlikda
suv sathida havo ochiq bo'lgan kundagiday yorug'
edi desam, ishonisharmikin?
Chorak soat davomida biz milliardlab ko'zga
ko'rinmas darajada mayda chig'anoqlardan iborat
qum-gilam ustida bordik. «Nautilus» korpusi ort-
da qolib, arang ko'rinardi; uning uzoqqa nur ta-
rata oladigan yorqin projektori tunda bortga qay-
tishimizga yordam berishi kerak edi.
Biz hamon ilgarilab borardik, bepoyon qum te-
kislikning oxiri yo'qday tuyular edi. Men qo'llarim
bilan suyuqlik pardasini ikki yoqqa surib qoyishim
bilan ular o'sha zahoti ortimdan yana zichlashib
156
olar va suv bosimi zudlik bilan qumdagi oyoq izla-
rimni tekislab yo'q qilar edi.
Nihoyat, uzoqda allaqanday shakllar elas-elas
ko'rina boshladi. Yaqinroq borganda zoofitlar bilan
qoplangan suvosti qoyalari ko‘rindi. Bu yerda su-
yuqlik muhitigagina xos yorug‘likdan ko‘zlarim qa-
mashib ketdi.
Ertalab soat o'nlar chamasi edi. Suv sathiga qiya
tushayotgan quyosh nurlari prizma orqali o‘tganday
sinib, qoya chetlarini, poliplarni, o'simliklarni o'z
spektrining yetti rangi bilan jilolantirar edi. Suvda
binafsha, ko‘k, havorang, yashil, sariq, zarg'aldoq
va qizil bo'lib tovlanayotgan yorqin ranglar mohir
rassomning boyoq taxtachasiday ko'zni quvontirar
edi.
Men o'z tuyg'ularim, quvonch va hayajonlarim-
ni Konselga aytolmasligimga achinardim... Kapitan
Nemo matros bilan gaplashayotgan imo-ishora ti-
lini bilmaganimga achinardim! Shunda ham jim tu-
rolmasdim. O'zimga o'zim gapirib, baqirib-chaqirib
allanimalar derdim va bu bilan qimmatli havo zapa-
sini sira ayamay behuda isrof qilar edim.
Konsel ham men singari bu ajoyib manzara oldi
da dong qotib qolgan edi.
To'g'risini aytsam, bu ajoyib odam zoofitlar va
molluskalarni ko'rib, nazarimda ularni zudlik bilan
tasniflay boshlagan edi.
Suv tubi ko'plab poliplar va tikanterililar bi
lan qoplangan. Turli xil marjon izidlar, tanholikda
yashaydigan terili marjonlar - kornulariylar, ilgari
«oq marjonlar» deb atalgan o'tkir ko'zli marjonlar
gruppasi, shampinonga1 o'xshagan marjon fungiy-
lar, og'zining atrofini tikanaklar toj singari qop-
lagan aktiniylar - bularning barchasi chinakam
Do'stlaringiz bilan baham: |