Suv ostida sakson ming kilometr


«Janob professor Aronaksga



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km

«Janob professor Aronaksga.

16-noyabr 1867-yil

Kapitan  Nemo  professor Aronaksni  ertaga  ertalab 

Krespo  oroli  o'rmonlarida  b o ‘ladigan  ovda  ishtirok 

etishga  taklif  etadi.  Janob  professorning  hamrohlari 

ham  bu  ekskursiyaga  qo‘shilish  istagini  bildirishsa, 

kapitan Nemog'oyat mamnun  bo‘Iur edi.

«Nautilus» komandiri kapitan Nemo».

-

 Ov!  -  deya qichqirib yubordi Ned.

-   Ha,  yana  Krespo  oroli  o‘rmonlarida-ya!  -   deb 

qo'shib qo'ydi Konsel.

-  Demak, bu odam ba’zan quruqlikka ham chiqib 

turar ekan-da? -  so'radi Ned.

-   Menimcha,  juda  aniq  aytilgan,  -   deb  javob 

berdim men xatni qayta o'qigach.

-   Mayli,  unday  bo'lsa  taklifni  darhol  qabul  qi­

lish  kerak,  -   dedi  kanadalik.  -   Quruqlikka  chiqqa- 

nimizdan  keyin  esa  vaziyatga  qarab  nima  qili- 

shimiz  kerakligi  rejasini  tuzamiz.  Bularning  ham- 

masini yig'ishtirib qo'yib, bir parcha toza go'shtdan 

jon deb tanovul qilgan bo'lardim.

Men  kapitan  Nemoning  qit’alar  va  orollarga

145



nisbatan  nafrat  bilan  qarashi  haqidagi  so‘zlari-yu, 

o'rmonga,  ovga  taklifi  o'rtasidagi  yaqqol  qarama- 

qarshilikka  e’tibor  ham  bermay,  quyidagi  javob  bi- 

langina cheklandim:

-   Kelinglar, yaxshisi,  aw al  Krespo  orolining qa- 

naqaligini bir ko'rib olaylik.

Xaritadan qidirib shimoliy kenglikning 32-gradus 

40-minuti  va  garbiy  uzunlikning  167-gradus  50- 

minutidan bu orolni topdim. Uni  1801-yilda kapitan 

Krespo  ochgan  edi.  Eski  ispan  xaritalarida  u  Rokko 

de la Plata deb atalgan bo'lib, buning tarjimasi «ku- 

mush  qoya»  demakdir.  Bu  orolcha  biz  chiqqan yer- 

dan  taxminan  bir  ming  sakkiz  yuz  milya  masofada 

edi;  shunday  qilib  «Nautilus»  oldingi  yo'lini  biroz 

o'zgartirib, janubi sharq tomon suzayotgan edi.

Men  do'stlarimga  xaritadan  Tinch  okeanning 

shimoliy qismida  arang ko'rinayotgan kichkinagina 

nuqtachani ko'rsatdim.

-   0 ‘z-o‘zidan  ayonki,  kapitan  Nemo  ba’zan  qu- 

ruqlikka chiqqanda ham,  u buning uchun odam qa- 

dami yetmagan joyni tanlar ekan.

Ned  Lend  indamay  bosh  qimirlatib  qoya  qoldi. 

So'ngra u Konsel bilan chiqib ketdi.

Vazmin  va  soqovga  o'xshagan  styuard  bergan 

kechki taomdan keyin biroz notinchroq uxladim.

Ertasi  kuni,  17-noyabrda,  uyqudan  turib,  «Nau- 

tilus»ning  harakatsiz  turganini  sezdim.  Apil-tapil 

kiyinib,  salonga  chiqdim va u yerda kapitan Nemo- 

ga duch keldim.

U meni ko‘rib o‘rnidan turdi,  ta’zim etib, u bilan 

hamroh bo'lishga roziligimni so'radi.

Sakkiz  kun  ko'rishmaganimiz  haqida  og‘iz  och- 

magani  uchun  bu  to‘g‘rida  bir  narsa  deyishga  iy- 

mandim va lo‘nda qilib hamrohlarim va o'zim u bi­

lan borishga roziligimizni aytdim.

146



-   Ruxsat  eting,  kapitan,  -   deb  qo'shib  qo'ydim 

men, -  bitta savolim bor.

-   Marhamat,  professor,  -   dedi  u.  -   Qo'limdan 

kelsa javob beraman.

-  Yer bilan aloqangizni uzgan ekansiz, kapitan, -  

deb  so'radim  men,  -   Krespo  orolida  o'rmoningiz 

borligini qanday tushunsa bo'ladi?

-   Bilasizmi,  professor,  -   deb  javob  berdi  ka­

pitan,  -   mening  o'rmonlarim  quyoshning  issig'iga 

ham,  nuriga  ham  muhtoj  emas.  Ularda  arslonlar 

ham,  sherlar  ham,  qoplonlar  ham,  umuman  to'rt 

oyoqlilar  yo'q.  Bu  o'rmonlarning  borligini  yolg'iz 

o'zimgina  bilaman.  Ular  ham  faqat  men  uchun- 

gina  mavjud...  Bular  yerdagi  emas,  suv  ostidagi 

o'rmonlar.

-   Suv  ostidagi  o'rmonlar?!  -   deya  qichqirib  yu- 

bordim men.

-  Ha, professor.

-   Siz  meni  o'sha  yoqqa  borishga  taklif  etyap- 

sjizmi?


-  Xuddi shunday.

-  Yayov-a?

-  Hatto oyoqlaringizni ham ho'llatmay. 

j  -  Ov ham qilamizmi?

-  Ha, ov qilamiz.

-  Miltiqdami?

-   Miltiqda.  Men  kapitan  Nemoga  qaradim,  un- 

dan biron mazmun uqib ololmadim.

«Bu  odamning,  -   deb  o'yladim o'zimcha,  -   jinni 

bo'lganiga  imonim  komil;  u  sakkiz  kun  davom  et- 

gan  tutqanoqdan  keyin  hozirgina  turib  kelgan,  eh- 

timol,  shu  topda  ham  o'ziga  kelmagandir.  Attang! 

Menga  qolsa,  bu  odam  g'alatiroq  bo'lsa  ham  jinni 

bo'lmasa yaxshi edi».

Mening o'ylayotganlarimni yuzimdan ham oson-

147



lik  bilan  uqib  olish  mumkin  bo'lgandir.  Kapitan 

Nemo  indamay,  orqasidan  yurishga  ishora  qildi  va 

men barcha  ko'ngilsiz  tasodiflarga  ham  tik boqish- 

ga tayyor odamday uning izidan yurdim.

Biz  oshxonaga  bordik,  u  yerda  nonushta  tayyor 

turar edi.

-   Janob  Aronaks,  -   dedi  kapitan,  -   marhamat, 

o'tiring va sira tortinmay ovqatlanib oling. Men siz­

ga  suvosti  sayohati  va’da  qildim,  suvosti  restora- 

ni  emas.  Shuning  uchun  ham  durustroq  nonushta 

qilib  olishni  taklif  etyapman,  chunki  faqat  kechga 

borib ovqatlanamiz.

Men  maslahatga  amal  qilib,  nonushtani  zo‘r  qi­

lib oldim.

Nonushta  ustiga  dengiz  o'tlari  solingan  turli  xil 

baliq taomlardan  iborat edi.  Nonushtadan so‘ng biz 

suv ichdik,  kapitanga qarab men ham suvga «parda- 

simon rodomeniya» deb  ataladigan  suv o‘ti  sharba-' 

tidan bir necha tomchi soldim.

Boshda  kapitan  Nemo  nonushta ustida  indamay 

o'tirdi.  So'ngra dedi:

-   Menimcha,  professor,  siz  mendan Krespo  oro- 

liga  ovga  borishga  taklifnoma  olganingizda  meni 

betayin  deb  hisobladingiz.  Sizni  suvosti  o'rmoniga 

taklif  etayotganimni  bilganingizda  esa  meni  jinni- 

ga  chiqarib  qoydingiz.  Janob  professor,  odamlar 

to‘g‘risida  bunaqa  yengil-yelpi  hukm  chiqarish  ya- 

ramaydi!


-  Ammo, kapitan, ishoning, men...

-   Marhamat  qilib  eshitsangiz,  meni  betayin- 

likda  yoki  telbalikda  ayblab  bo'ladimi,  yo‘qmi,  ke­

yin hukm chiqaravering.

-   Qulog'im sizda.

-   0 ‘zingizga  ham  ma’lumki,  professor,  odam 

nafas  olishi uchun yetarli miqdorda havo  olib tush-

148



gan  taqdirdagina  suv  ostida  turishi  mumkin.  Suv 

o'tkazmaydigan  kiyim  va  boshlarini  saqlash  uchun 

temir  shlem  kiyib  olgan  ishchi-g'aw oslar  suvosti 

ishlarini  olib  borayotganda  havoni  yuqoridagi  na- 

sosga ulangan maxsus shlang orqali olib turadilar.

-  Ha, bu ust-bosh skafandr deb ataladi.

-   To'g'ri.  Ammo  skafandr  kiygan  g'aw os  erkin 

emas.


U  nasoslar  orqali  havo  kelib  turadigan  rezina 

shlang bilan ulangan.  Bu uni yerga bog'lab  qoygan 

haqiqiy  zanjir.  Agar  biz  shlang  bilan  «Nautilus»ga 

bog'langanimizda edi, uzoqqa borolmasdik.

-   Bundan  boshqa  qanaqa  yo'l  bor?  -   so'radim 

men.


-   Rukveyrol-Deneyruz  qurilmasidan  foydala- 

nish  kerak.  Bu  qurilmani,  janob  professor,  sizning 

ikki  vatandoshingiz  yaratgan  va  men  uni  shu  qa­

dar takomillashtirdimki,  endilikda  u bilan tamomi- 

la  bo'lak  fiziologik  sharoitlardagi  suvosti  muhitiga 

tushishingiz  mumkin,  bunda  sog'lig'ingizga  zar- 

racha  ham  putur  yetmaydi.  Bu  apparat  ichiga  el­

lik  atmosfera  bosimda  dam  berilgan  qalin  tunuka 

rezervuardan  iborat.  Rezervuar  tasma  yordamida

:  g'aw osning yelkasiga soldat xaltasiday taqib olina- 

di.  Uning yuqori  qismida  chigirtka  tukiga  o'xshash 

moslama  bo'lib,  bu  havo  bosimini  normal  holatga 

yetkazadi  va  shundan  keyingina  klapan  orqali  chi- 

qaradi.  Rukveyrol-Deneyruzning  odatdagi  quril- 

masida  rezervuarga  ulangan  ikkita  rezina  naycha 

g'aw osning  og'zi  va  burniga  kiygizilgan  maxsus 

maskaga  olib  boriladi.  Bu  naychalardan  biri  rezer­

vuardan  havo  olishga,  ikkinchisi  karbonat  angidrid 

chiqarishga xizmat qiladi.  G'awos nafas olayotgan- 

da  yoki  chiqarayotganida  naychalardan  goh  birini, 

goh boshqasini tili bilan ochib turadi. Ammo dengiz

149



ostida  suvning yuqori  qatlamlari  bosimiga  ko'proq 

bardosh  bersin  deb  men  bu  maskani  mis  shlem  bi­

lan  almashtirdim  va  nafas  olish  hamda  chiqarish 

naychalarini shunga mosladim.

-   Juda soz, kapitan. Ammo siz o'zingiz bilan olib 

tushgan havo tez tugab qolishi kerak, unda kislorod 

miqdori  o‘n  besh  protsentdan  pastga  tushgandan 

keyin esa nafas olish uchun yaramay qoladi-ku.

-   Gapingiz  to‘g‘ri,  professor.  Men  oldin  aytgan 

edim-ku,  «Nautilus»  nasoslari  rezervuarga  havoni 

juda  kuchli  bosim  bilan  siqib  kiritish  imkoniyatini 

beradi.  Bunday  sharoitda  rezervuardagi  zapas  havo 

to ‘qqiz-o‘n soat nafas olishga yetarli bo'ladi.

-   Boshqa  e’tirozim  yo‘q,  -   dedim  men.  -   Faqat 

ruxsat  bersangiz,  bir  narsani  so'rasam,  siz  okean 

qa’rida yo'lingizni qanday yoritasiz? U yerda zulmat 

hukm sursa kerak,  axir!

-   Rumkorf  apparati  bilan,  professor.  Siqilgan  > 

havo  to'latilgan  rezervuar  yelkaga,  bu  apparat  esa 

bejga  osiladi.  U  Bunzen  elementidan  iborat  bo'lib, 

uni  men  odatdagiday  kaliy  bixromat  bilan  emas, 

balki  natriy  bilan  zaryadlayman.  Induksion  g'altak 

olinayotgan  tokni  yig'ib,  so‘ng  uni  maxsus  kon- 

struksiyali  fonarga  yuboradi.  Bu  fonar  ilonsimon 

shisha  naychadan  iborat  bo'lib,  ichiga  karbonat 

angidrid  to'ldirilgan.  Apparat  elektr  toki  hosil  qil- 

ganda  gaz  yorqin  oq  nur  taratadi.  Shunday  qilib, 

men suv ostida ham nafas olaman, ham ko'raman.

-   Kapitan  Nemo,  mening  barcha  e’tirozlarim- 

ga  siz  shu  qadar  aniq  va  to'la  javoblar  beryapsiz- 

ki,  endilikda  biron  narsadan  shubhalanishga  o‘rin 

qolmadi.  Biroq  Rukveyrol  va  Rumkorf  apparatlari 

bilan  men  o'zimni  mag'lub  hisoblasam  ham,  suv­

osti  ovida  bizni  qurollantirishga  va’da  bergan  mil- 

tiqlaringiz bilan sizni yengish umididaman.

150



-   Biroq  bu  miltiqlar  porox  bilan  zaryadlangan 

o‘t ochuvchi qurollar emas,  -  dedi kapitan.

-   Demak,  sizning qurollaringiz siqilgan havo bi­

lan ishlar ekan-da?

-   Albatta.  Axir  o'zingiz  o'ylang,  selitra  ham, 

oltingugurt  ham,  ko'mir  ham  bo'lmagan  «Nau- 

tilus»da qanday qilib porox tayyorlashim mumkin?

-   To‘g‘ri-yu,  ammo  otishma  suv  ostida  -   havo- 

ga nisbatan bir ming sakkiz yuz  ellik marta  zichroq 

muhitda  bo'lgach,  o'q  juda  katta  qarshilikni  yorib 

o'tishi kerak-ku.

-   Bu  qarshilik  mening  qurolimdan  otishga 

to'sqinlik  qilolmaydi.  Sirasini  aytganda,  Fultondan 

keyin  ingliz  Filipp  Kols  va  Berley,  fransuz  Fursi  va 

italyan Landi  tomonidan takomillashtirilgan  qurol- 

dan  o'sha  sharoitda  ham  o'q  uzib  bo'ladi.  Ammo 

yana  qaytarib  aytaman,  porox bilan  emas,  men uni 

o'z qurollarimda siqiq havo bilan almashtirdim, bu­

ning  zapasi  esa  albatta  «Nautilus»ning  elektr  na- 

soslari tufayli cheklanmagan.

-   Ammo  bu  zapasni har  gal  o'q uzgandan  so'ng 



yangilab turish kerak-ku.

-   Nima  bo'pti,  axir  yelkamda  Rukveyrol  re- 

zervuari  turgach,  qurolimni  istagancha  zaryad- 

layveraman-da.  Buning  uchun  murvatni  burasam 

bas.  Hali  o'zingiz  ko'rasiz,  professor,  suvosti  siqiq 

havo ham, o'q ham unchalik ko‘p sarf bo'lmaydi.

-   Biroq,  menimcha,  nim  qorong'ida,  zich  suyuq 

muhitda  uzilgan  o'q  uzoq  masofaga  yetib  borib, 

o'ljani o'ldirolmasa kerak.

-   Aksincha,  professor,  mening  qurollarimdan 

otilgan  o'qning  barchasi  o'ldiradi.  O'ljaga  o'q  sal 

tegib o'tsa ham u yashin urganday qulaydi.

-  Nega?

-   Chunki mening qurollarimdan oddiy o'q emas,



151


balki  avstriyalik ximik Lyonibrek kashf etgan  max- 

sus  snaryadlar otiladi.  Bu  -   o‘rtasida qo‘rg‘oshin va 

po'lat  qobiqli  shisha  soqqalardir.  Boshqacha  qilib 

aytganda, Lyonibrek o'qlari ichida juda yuqori quv- 

vatli  elektr  zaryadi  bo'lgan  kichkina  leyden  banka- 

laridan  boshqa  narsa  emas.  U  ozgina  turtki  bilan 

razryadlanadi va  qanchalik katta hayvon bo'lmasin, 

o‘sha  zahoti  o'ldiradi.  Shuni ham  aytishim kerakki, 

bu  shishachalar  to'rtinchi  nomerli  pitradan  katta 

emas va o'qdonga kamida o‘nta zaryad sigadi.

-  

Yengildim,  -   dedim  men  stol  ortidan  tura- 



yotib.  -   Siz  mening  barcha  e’tirozlarimni  chil- 

parchin  qilib  tashladingiz.  Men  uchun  qo‘lga  qurol 

olib,  siz  boshlagan  yerga  orqangizdan  boraverish- 

dan bo'lak chora qolmadi.

Kapitan  Nemo  meni  «Nautilus»  tumshug'iga 

boshlab  bordi.  Ned  Lend  va  Konsel  kayutasi  yoni- 

dan o‘ta turib, ularni chaqirdik.  Ular shu zahoti biz-  > 

ga qo'shilishdi.

Biz  hammamiz  birga  mashina  zali  orqasida  joy- 

lashgan kameraga kirdik. Bu yerda bizlar suvosti sa- 

yohatiga  chiqish  uchun  skafandrlar  kiyishimiz  ke­

rak edi.



Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish