- Qani, Konsel, menga mana bu baliqlarning no
mini ayting-chi, - iltimos qildi Ned Lend.
- Bunisi menga taalluqli emas, - deb javob ber
di Konsel.- Bu masalada xo'jamga murojaat etasiz.
Darhaqiqat, tasniflashda suyagi yo'q bu odam ta-
biatshunos emas edi va tunesni puzankadan ajrata
olarmikan, bilmadim. Bu masalada u istagan baliq-
ning nomini ikkilanmay ayta oladigan amaliyotchi
kanadalikning tamomila aksi edi.
- Bu spinorog, - dedim men.
- Xitoy spinorogi, - deb qo'shib qo'ydi Ned
Lend.
- Spinoroglar nasli, qattiqterililar oilasi, tutash-
jag'lilar guruhi, - deya shivirladi Konsel. To'g'risini
aytsam, Konsel bilan Ned Lendni qo'shsa yaxshi bir
naturalist chiqardi!
Kanadalik xato qilmagan edi. Yalpoq, terila-
ri g'adir-budur, juda ko'p spinoroglar dumlaridagi'
to'rt qator tikanaklarini jilpanglatib «Nautilus» at-
rofida o'ynoqlab yurgan edilar.
Yelkalari kulrang va qorinlari oppoq spinoroglar-
ning tanasiday chiroyli narsa bo'lmasa kerak. Spino-
roglarning yonida shamolda hiipirab turgan bir en
matoday skatlar suzishar edi. Ularning orasida yel-
kasi sarg'ishroq, qorni och pushti rang va ko'zi us-
tida uch nayzasi bo'lgan Xitoy skatini ham ko'rdim;
bu xil skat juda kam uchraydi. Laseped Xitoy skatlari
borligiga umuman ishonmas, chunki bularni u faqat
Yapon suratlari to'plamidagina ko'rgan edi.
Ikki soat davomida «Nautilus»ni butun boshli
suvosti armiyasi kuzatib bordi. Rangining zeboli-
gi va tez harakat qilishi bilan bir-birlaridan qo-
lishmaydigan baliqlar orasida men yashil guban,
yelkasida qo'shaloq qora chiziqli sulton, tanasi ko'k
va boshi kumushrang yapon makreli, nomining o'zi
140
har qanday ta’rif-tavsifning o'rnini bosadigan yal-
tiroq to‘q ko‘k balilqlar, suzgichlari ko‘k va yashil
tovlanadigan yo‘l-yo‘l sparlar, dumining atrofi qora
chiziqli sparlar, oltita «kamar» taqqanday chipor
sparlar, ayrimlarining uzunligi bir metrga yetadigan
loyxo'rak baliqlar, ko'zlari yonib turgan, og'zi keng
va uzunligi olti futli murenni ко‘rdim.
Biz hayajonimizni bosolmasdik. Ned baliqlar-
ning otini atar, Konsel ularni o ‘sha zahoti klassi-
fikatsiyalar, men esa ularning go'zalligi va tez ha
rakat qilishiga mahliyo bo'lib turar edim. Men tirik
baliqlarni o'zining tabiiy muhitida ko'rishga hech
qayerda muyassar bo'lolmagan edim.
Ko'z oldimizdan o'tgan barcha xillarni, Yapon
va Xitoy dengizlaridagi butun baliqlar kolleksiyasi-
ni birma-bir sanab o'tirmayman. Nazarimda, elektr
yog'dusi ularning diqqatini jalb etib, «Nautilus» at-
rofiga to'da-to'da bo'lib kelishar edi.
To'satdan salon yorishdi. Temir darcha bekil-
di. Jozibador manzara yo'qoldi, biroq men hamon
shirin orzular og'ushidan chiqolmagan edim. Sa-
londa osig'liq turgan asboblarga ko'z tashladim,
kompas mili ilgarigiday sharqi shimol - sharq
yo'nalishida turardi, manometr ellik metr chuqur
likda bo'ladigan
Do'stlaringiz bilan baham: