Suv ostida sakson ming kilometr



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km

b o 'y o q la ri 

saqlanib qolgan gerbariylarni titkiladim.

Butun  kun  shu  yo'sinda  o'tdi.  Kapitan  Nemo 

ko'rinmadi.  Salondagi  temir  derazalar  ochilmadi. 

Ehtimol,  bu  ajoyib  mo'jizalar tez  me’damizga tegi- 

shidan qo'rqishayotgandir.

«Nautilus»  oldingiday  sharqi  shimol  -   sharq 

yo'nalishida  ellik-oltmish  metr  chuqurlikda  soati- 

ga o'n ikki milya tezlik bilan borar edi.

Keyingi  kun,  10-noyabr  ham  xuddi  shunday 

yolg'izlik  bilan  o'tdi.  Men  «Nautilus»  komandasi- 

dan biron kishini ham ko'rmadim. Ned bilan Konsel 

deyarli  kun  bo'yi  men  bilan  birga  bo'lishdi.  Kapi­

tanning  ko'rinmayotganidan  ular  ham  tashvishda 

edilar.  Balki bu g'alati odam betob bo'lib qolgandir? 

Yoki bizga nisbatan qarorini o'zgartirdimikin?

Haqiqatan  ham,  Konsel  aytganday,  bizning  shi- 

koyat  qiladigan  yerimiz  yo'q  edi.  Tamomila  erkin 

odamlarmiz,  bizga  to'ygunimizcha  shirin  taom­

lar  berishadi.  Xo'jayinimiz  kelishilgan  shartlarga 

qat’iyan amal  qilayotgan edi.  Buning ustiga hozirgi 

g'ayriodatiy holatimizdan shu qadar mamnun edik- 

ki, taqdirdan noliy olmasdik.

!  Shu  kundan  boshlab  barcha  voqealarni  yozib 

bordim  -  bu menga endilikda ular haqida juda aniq 

gapirib  berish  imkonini  bermoqda.  Yana  bir  qiziq 

narsaga  e’tibor  bering:  men  kundaligimni  dengiz 

o'simliklaridan tayyorlangan qog'ozga yozar edim...

O'n  birinchi  noyabr  erta  tongda  toza  havo  oqi- 

mining  kirib  kelishi  biz  kislorod  zapaslarini  to'l- 

dirish uchun okean sathiga chiqqanimizdan dalolat 

berar edi.

Men trap tomon yurdim va «Nautilus» palubasi- 

ga chiqdim.

Ertalab  soat  olti.  Havo  bulut.  Dengiz  kulrang,

143



ammo  sokin;  uning  sathi  bilanar-bilinmas  jimirlar 

edi.


Kapitan  Nemo  yuqoriga  chiqarmikin,  degan  sa- 

vol  menga  tinchlik  bermas  edi.  Hozircha  kema  us­

tida  oynaband  xonasiga  qamalib  olgan  rul  boshqa- 

ruvchidan bo'lak kishi ko'rinmas edi.

To'ntarib  qoyilgan  qayiq  hosil  etgan  do'nglik- 

ka  o'tirib,  tuz  hidi  anqib  turgan  dengiz  havosidan 

to‘yib-to‘yib nafas olar edim.

Quyosh nuri ta’sirida asta-sekin tuman ham tar- 

qaldi.  Sharq  tomondan  ufqqa  yorqin  yogdu  sochib 

quyosh  ko'tarildi.  Dengiz  uning nurlaridan  charaq- 

lab  ketdi.  Parquga  o'xshagan  parcha-parcha bulut- 

lar bugun  shamol bo‘lishidan darak berib,  juda ajo- 

yib boyoqlarda tovlanar edi.

Ammo  hech qanday bo'ronlarni  ham pisand  qil- 

maydigan «Nautilus»  uchun shamolli kun nima de­

gan gap?


Ortimdan  oyoq  tovushi  eshitilganda,  barq  urib 

chiqayotgan  quyoshni  tomosha  qilayotgan  edim. 

Kimdir palubaga chiqdi.

Kapitan Nemomi  deb,  endi ta’zim qilishga  shay- 

langan  edim,  uning yordajjjchisi  ekan.  Men  uni  il- 

gari,  kapitan  bilan  birinchi  uchrashuvda  ko'rgan 

edim.  U  meni  ko'rmaganday  palubaga  chiqdi.  Juda 

o‘tkir  durbinni  ko'zlariga  tutib,  zo‘r  diqqat  bilan 

ufqni  ko'zdan  kechira  boshladi.  So‘ngra  lyukka ya- 

qinlashib, quyidagi so'zlarni aytdi,  -  men bu so'zlar 

talaffuzini aniq eslab qoldim, chunki, har gal bu va- 

ziyatda ular qaytarilardi:

-  Hautron respoc orni virch!

Men bu so'zlarning ma’nosini bilmayman.

Yordamchi  shu  so'zlarni  aytib,  zinadan  pastga 

tushib  ketdi.  «Nautilus»  hozir  suvga  cho'ktiriladi 

deb oylab, men ham tezda pastga tushdim.

144



Xullas,  besh  kun  hech  qanday  o'zgarishsiz  shu 

zaylda  o'tdi.  Har  kuni  ertalab  men  palubaga  chiqar 

edim.  Har kuni  ertalab  boyagi  kishi  haligi  so'zlarni 

aytardi. Ammo kapitan Nemo ko'rinmas edi.

16-noyabr  kuni  endi  uni  ko'rishdan  umidim- 

ni  uzib  turganimda  Konsel  va  Ned  Lend  bilan  xo- 

namga  kirib,  stolim  ustida  menga  atalgan  xatni 

ko'rib qoldim.

Men  shoshilgancha  konvertni  ochdim.  Xat  fran­

suz tilida puxta va chiroyli yozilgan edi, ammo harf- 

lar nemis alfavitining gotik harflariga o'xshar edi.

Xatning mazmuni quyidagicha:




Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish