gulzorga o'xshar edi. Ammo ko‘k tikanaklari jim-
jimador, yoqali porpitlar, qumda behisob yulduz-
lar olamini tashkil etgan dengiz yulduzlari, shoxlab
ketgan va burama nur taratadigan ofiurlar - astro-
fitonlar bu dengiz bogining eng yaxshi bezaklari
hisoblanar edilar.
Men boshmoqlarim bilan dengiz tubini qopla-
gan minglab molluskalar: bolgachalar, donatsiylar,
sakrayotgan taroqchalar, troxuslar, strombuslar,
dengiz quyonlari - apliziylar va bitmas-tuganmas
boyliklarga serob okeanning boshqa jonivorlarini
har bosib olganimda astoydil xafa bo'lar edim.
Ammo oldinga yurishimiz kerak edi va shuning
uchun ham biz ketaverdik.
Tepamizda havorang tikanakli fizaliylar guruhi
va och pushti yoki shaffof shlapali, chetlariga ko‘k
chiziq tortilgan meduzalar bamaylixotir suzib bo-
rardilar. Shuningdek, meduza-pelagiyani ham uch-
ratdik. Hozir qorong'i bo'lganida o'zining fosfor
nurlari bilan yo'limizni yoritgan bo'lar edi.
Barcha bu mo‘jizalarni men chorak milcha borar-
bormas masofada ketaturib yo‘l-yo‘lakay ko‘rdim.
To‘xtamay ildam borayotgan kapitan Nemodan ort-
da qolmaslik kerak edi.
Ko‘p o‘tmay yer tusi o'zgardi. Qumloq amerika-
liklar «zanjir» deb atovchi yopishqoq loyqa qat-
lam bilan almashdi. Bu loyqa tosh yoki ohakli chi-
g‘anoqlardan iborat edi. So'ngra suv o‘tlari bilan
qoplangan yalanglikdan o‘tdik. Suvosti o‘tloqlari
qalin o'simliklar bilan qoplangan bo'lib, oyoq osti
chapdast usta to ‘qigan yumshoq gilam to'shalgan-
day edi.
Oyog'imiz ostidagina emas, tepamizda ham
o'simliklar yoyilib yotardi. Biz usti suv o‘simliklari
bilan yopilgan berk yo‘lkadan borayotganday edik.
158
Bu yerda fukuslarning uzun tasmalari, sharsimon
yoki naychaga o'xshash laurensiyalar, yaproqla-
ri yupqa kladosteflar, kaktuslarning yelpig'ichiga
o'xshagan keng yaproqli rodomeniyalar bor edi.
Yashil suv o'simliklari dengiz sathiga yaqin, qi-
zillari o'rta chuqurlikda, jigarrang va qoralari esa
okeanning ancha chuqur qatlamlarida gulzor va
bog'larni tashkil etar ekan.
Suv o'simliklari - tabiatning chinakam m o'ji-
zasi. Qariyb ikki ming a’zosi bo'lgan bu oilaga dun-
yodagi eng kichik o'simliklardan tortib eng yirigi-
gacha taalluqlidir. Chunonchi, qirq ming donasi
besh kvadrat millimetr yerga joylashadigan mik-
roskopik o'simliklar bilan birga uzunligi besh yuz
metrdan ortiq suv o'simliklari ham bor.
Biz «Nautilus»dan chiqib ketganimizga bir yarim
soatcha bo'ldi. Kun peshinga yaqinlashyapti. Men
buni quyosh nurlari suvda sinmay, tik tushib tur-
ganidan bildim. Ta’rifga sigm as zumrad bo'yoqlar
bizning gumbazimizdan yo'qoldi. Biz bir marom-
da qadam tashlab borar edik va qadamlarimizning
ovozi aniq eshitilib turar edi. Tiq etgan tovush ham
quloq odatlanmagan darajada tez yoyilar edi. Ha,
suv chindan ham tovushni havoga nisbatan yaxshi
o'tkazadi va unda tovush to'rt marta tezroq tarqa-
ladi.
Shu orada suvosti sezilarli darajada qiyalashib
borardi. Biz yuz metr chuqurlikda bo'lib, o'n at
mosfera bosim ostida edik. Ammo, aftidan, ska-
fandrim shu sharoitga moslashtirilganday yuqori
bosim menga sira ta’sir etmas edi.
Barmoqlarimning bo'g'inlari bilinar-bilinmas si-
qilayotganinigina sezardim, xolos. Ammo bu biroz
noxush holatga ham ko'p o'tmay o'rganib qoldim.
Bu ust-boshga odatlanmaganimga qaramay, ikki
159
soat yurib sira charchamagan edim. Suv o‘rab olgan
bu kiyimda men odatdan tashqari oson harakat qi-
lar edim1.
Uch yuz fut chuqurlikdan ham quyosh nurining
jimirlab turganini ko'rdim, ammo u endi arang
ko'zga tashlanar edi. Running yorqin yog'dusi
o'rnini qizg'ish qorong'ilik - kun bilan oqshom
o'rtasidagi holat egalladi. Biroq biz yo'lni aniq
ko'rib turar edik va hozircha Rumkorf lampalarini
ishga solishga hojat yo‘q edi.
Rapitan Nemo to'satdan to'xtadi. U yaqinlashu-
vimni kutib turdi va barm ogini oldinga cho'zib,
nim qorongida aniq ko'zga tashlanayotgan alla-
qanday qora narsani menga ko'rsatdi.
«Bu Rrespo orolining o'rmoni bo'lsa kerak»,
oyladim men va xato qilmagan edim.
Do'stlaringiz bilan baham: