bosimni, elektr lag
esa soatiga o'n besh milya tezlikni ko'rsatar edi.
Men kapitan Nemoni kutar edim. Ammo u kel-
madi. Xronometr kech soat beshni ko'rsatar edi.
Ned Lend bilan Konsel kayutalariga qaytib ke-
tishdi. Men ham xonamga qaytib ketdim. Stol usti-
da tushlik ovqat turar edi. Taom toshbaqa sho'rvasi,
jigari alohida pishirilgan sulton go'shtidan qilingan
juda mazali kabob, dumaloq bosh tikan ko'zlining
sulaymonbaliqnikidan xushta’mroq qovurmasidan
iborat edi.
Uyqu bosa boshlagach, karavotga cho'zilib, qattiq
uxlab qolibman. Bu payt «Nautilus» «Qora daryo»
oqimi bo'ylab sirg'alib borar edi.