1
Verf -
kema yasaydigan va remont qiladigan joy.
126
- So'rang, professor.
- Siz juda boymisiz?
- Men juda boyman, hatto Fransiyaning o'n
milliardli davlat qarzini sira qiynalmay to'la-
shim mumkin va bu bilan boyligim kamayib, kam-
bag'allashmasdim ham.
Men bu g'alati odamga tikilib qoldim. U mening
soddadillik bilan ishonayotganimdan foydalanma-
yotganmikin? Buni kelajak ko'rsatishi kerak edi.
0 ‘ n t o ‘ r t i n c h i b o b
«QORA DARYO»
t
1
Yer kurrasining uch yuz oltmish bir million
kvadrat kilometri suvdan iborat. Bu suvning haj-
mi bir ming uch yuz yetmish million kub kilometr-
ga tengdir. Demak, yer yuzidagi suvning vazni bir
ming uch yuz yetmish kvintillion tonnadir.
Bu sonning naqadar kattaligini idrok etish
uchun shu narsani bilish kerakki, milliard oldida
bir qanchalik kichik raqam bo'lsa, kvintillion oldida
milliard ham shunchalik ushoq sondir yoki boshqa
so'z bilan aytganda, milliardda qancha bir bo'lsa,
kvintillionda shuncha milliard bor.
Yer yangi paydo bo'lgan kunlarda olov davridan
so'ng suv davri boshlangan. Boshda okean butun
yer yuzini qoplagan edi. Keyinchalik, asta-sekin
siluriy davrida, tog'larning paydo bo'lish jarayo-
ni boshlandi. Okeandan tog' uchlari chiqdi. So'ng
orollar paydo bo'ldi; ular suv toshqinlari natijasi-
da yana yo'qoldi, so'ngra yana paydo bo'lib, mus-
tahkamlandi va qit’alami vujudga keltirdi; nihoyat
quruqlik biz hozir ko'rib turgan holga keldi. Quruq-
lik suvdan bir yuz qirq million olti yuz ming yetti
kvadrat m etr joyni tortib oldi.
127
Qit’alarning joylashishiga qarab yer yuzidagi
suvni besh asosiy qismga bo'lish mumkin:
Shimoliy Muz okeani,
lanubiy Muz okeani,
Hind okeani,
Atlantika okeani va
Tinch okean.
Tinch okean shimoldan janubga har ikki qutb
doirasi orasida va g‘arbdan sharqqa Osiyo bilan
Amerika o'rtasidagi uzunlikda bir yuz qirq besh
gradus joyni egallab yotibdi. U okeanlar ichida eng
osoyishtasi; u vazmin, salobat bilan oqadi va unda
suv ortiqcha ko'payib, kamayavermaydi, shu bilan
birga seryogindir.
Mening odatdan tashqari sayohatim ana shu-
naqa okeandan boshlandi.
- Istasangiz, professor, - dedi menga kapi
tan Nemo, - qayerda turganimizni - qayerdan s'a-
yohatga chiqib ketayotganimizni aniqlab olishi-
miz mumkin. Hozir soat chorakam o‘n ikki. Men
hozir «Nautilus»ga zudlik bilan okean sathiga
ko‘tarilishini buyuraman.
Shu so‘zlarni aytib, kapitan elektr qo‘ng‘iroq
tugmachasini uch marta bosdi. Nasoslar rezer-
vuarlardagi suvni siqib chiqara boshladilar. Mano-
m etr mili harakatga kelib, siferblat bo‘ylab yuqo-
riga chiqib, bosim tobora kamayib borayotganini
ko'rsatardi. Nihoyat, u nolga kelib to'xtadi.
- Biz suv sathiga ko‘tarildik, - dedi kapitan
Nemo.
Men markaziy trap tomon yurib, uning tem ir zi-
napoyalaridan yuqoriga ko'tarildim va ochiq lyuk-
dan «Nautilus» palubasiga chiqdim.
U suvdan sakson santimetrcha chiqib turar edi.
«Nautilus»ning urchuqsimon korpusi darhaqiqat
128
uzun sigarani eslatar edi. Men uning ustki qopla-
masi yerdagi o'rmalovchilarning badani singari
tangachasimonligiga e’tibor berdim. Barcha kema-
lar «Nautilus»ni dengiz maxluqi deyishlarining sa-
babini endi tushundim.
«Nautilus» korpusida yarim berkitilgan qayiq
palubaning o'rtasida uncha katta bo'lm agan do‘ng-
lik hosil qilgan edi. Kema tum shug'i va quyrug'ida
devorlari qiya, uncha baland bo'lmagan, qalin qa-
bariq billur oynali ikkita kabina do‘ppayib turar-
di. Old tomonda «Nautilus» rul boshqaruvchisi
uchun hujra, orqada yo'lga yog'du sochadigan yor
qin elektr projektor bor edi.
Dengiz juda ajoyib, osmon tiniq edi. Uzun kema
keng okean to'lqinlarida bilinar-bilinmas chayqa-
lardi. Sharqdan esayotgan yengil shabada suv sathi-
ni jimirlatar edi. Tiniq, ko'zga yaqqol tashlanib tu r
gan ufq atrofni bemalol kuzatish imkonini berardi.
Dengiz sathi tamoman bo‘m -bo‘sh edi. Na orol-
cha, na qoya ko'rinardi. «Avraam Linkoln» ham
ko'rinmas edi.
Bizni bepoyon, ulug'vor bo'shliq o'rab olgan edi.
Kapitan Nemo peshinda ko'zlarini sekstant-
ga1 tikdi va quyoshning balandligini aniqladi - bu
unga joyning kengligini bildirardi. Kuzatayotganida
uning biror muskuli ham qimir etmas va sekstant
marmar haykal qo'lida ham shunchalik qimirlamay
turmas edi.
-
Peshin bo'ldi, - dedi u. - Professor, pastga
tushsakmikin?
Men dengizga so'nggi m arta nigoh tashladim.
Uning suvi sarg'ishroq bo'lib, bu Yaponiya sohil-
lariga yaqinlashayotganimizdan dalolat berar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |