Veroneze -
mashhur italyan rassomi.
490
suzdik. Eng yaqin yer suv sathida xarsangtoshlari
ko'rinib turgan Bagama orollari edi. Yonlarini suv
silliqlagan va ulkan yo'sinlar qoplab yotgan baland
suvosti qoyalari chiqib turar edi. Bu titanlar olami
ga munosib chinakam dengiz bog'i edi!
G'oyat katta bu o'simliklar bizni tabiiy ravish-
da bahaybat dengiz hayvonlari haqida o'ylashga
majbur qildi. Biroq «Nautilus» derazalaridan uzun
suvosti novdalari ustida men qisqichbaqasimonlar
oilasining faqat ayrim namunalarini - uzun qis-
qichli binafsharang qisqichbaqalarni ko'rdim.
Ned Lend baland suv o'tlari orasida bir nima
bo'lyapti, deb diqqatimni jalb etayotganida soat o'n
bir edi.
- Bu sakkizoyoqlar uchun juda qulay joy, - de
dim men, - va bu yerda u bahaybat maxluqlarni
ko'rguday bo'lsam, sira ajablanmas edim. Ammo
do'stim Ned, aftidan, adashganga o'xshaydi, chun
ki bu yerda shubhalantiruvchi biror narsa ko'r-
mayapman.
- Attang, - dedi Konsel. - Eshitishimcha bu
tun boshli kemalarni tubsiz dengiz qa’riga sudrab
keta oladigan shu sakkizoyoqlardan birini jon deb
topiosha qilgan bo'lardim. Bu bahaybat maxluqlar
krak...
- Krak ham, boshqa hamma narsa ham shu yer
da! - deb kinoya bilan uning so'zini bo'ldi Ned.
- ...krakenlar, - deya masxara qilinayotganiga
sira parvo qilmay so'zini tugatdi Konsel.
- Dunyoda shunaqa bahaybat maxluqlar borligi-
ga, - dedi Ned Lend, - sira ishonmayman.
- Nega endi? - deya e’tiroz bildirdi Konsel.
- Axir biz narvalning mavjudligiga ishongan
edik-ku.
- Ammo adashgan ekanmiz, Konsel!
491
- Shubhasiz! Biroq boshqalar uning mavjudligi
ga hamon ishonishmoqda.
- Ehtimol shundaydir, Konsel, ammo menga
qolsa bu bahaybat maxluqlarni o'z qo'lim bilan yo
rib ko'rganimdagina ularning mavjudligiga ishona-
man, - dedim men.
- Shunday qilib, - dedi Konsel, - xo'jam sakkiz-
oyoqlar borligiga ishonmas ekanlar-da?
- Ilgari birov ishonganmidi? - deya qichqirdi
Ned Lend.
- Juda ko'p odamlar ishongan, do'stim Ned.
- Faqat baliqchilar emas! Olimlar - bo'lishi
mumkin.
- Meni kechirasiz, - Ned, - baliqchilar ham,
olimlar ham.
- Ammo men, shaxsan o'zim, - dedi Konsel
juda jiddiy qiyofada, - sakkizoyoqning changalida
katta kemaning chuqurlikka cho'kayotganini o'z
ko'zlarim bilan ko'rganman.
- Shaxsan o'zingiz ko'rganmisiz? - deb so'radi
kanadalik.
- Ha, Ned.
- O'z ko'zlaringiz bilan, a?
- Ha, do'stim Ned.
- Qayerda, bilsak bo'ladimi?
- Sen-Maloda, - deb parvosizgina javob berdi
Konsel.
- Portdami? - masxaraomuz so'radi Ned.
- Yo'q, cherkovda, - javob berdi Konsel.
- Cherkovda? - taajjub ichida xitob qildi kana
dalik.
- Ha, do'stim Ned. Bu biz xuddi hozir gapir-
ganimizday sakkizoyoq tasvirlangan surat edi.
- Ha, bundoq deng! - deya qichqirdi Ned Lend
va qah-qah otib kuldi. - Konsel meni kalaka qilyapti!
492
- Axir Konsel to'g'ri aytyapti, - dedim men. -
Men bu surat haqida eshitganman. Uning suje-
ti afsonadan olingan, tabiiyot tarixiga doir afso-
nalarga qanday munosabatda bo'lish kerakligini
bilasizmi, ayniqsa, gap bahaybat maxluqlar usti
da borganda. Bu o'rinda tasawurning chegarasi
bo'lmaydi. Odamlar butun boshli kemani dengiz
qa’riga cho'ktiradigan sakkizoyoqlar haqidagi hiko-
yalar bilangina kifoyalanayotganlari yo'q. Nikolay
Magnus degan kishining aytishicha, u uzunligi bir
milyaga yetadigan va tirik mavjudotdan ko'ra orol-
ga o'xshagan sakkizoyoqni ko'rgan ekan. Boshqa
«o'z ko'zi bilan ko'rgan» kishining xabar berishi-
cha: bir kuni yepiskop Nidrosskiy katta qoya usti
ga mehrob qurgan ekan. Ibodat qilib bo'lgach, qoya
o'rnidan qo'zg'alib dengizda suzib ketibdi. Ma’lum
bo'lishicha, u qoya emas, sakkizoyoq ekan.
- Hammasi shumi? - so'radi kanadalik.
- Yo'q, - deb javob berdim men. - Boshqa bir
yepiskop, Pontoppidan Berxemskiy ustida butun
bir otliq askarlar polki bemalol mashq o'tkazgan
sakkizoyoq haqida xabar qilgan.
- Ammo bu yepiskoplar qanchalik yolg'onchi-
ya! - dedi Ned.
I - Nihoyat qadimgi tabiatshunoslar og'zi butun
bir qo'ltiqday keladigan, o'zi shu qadar kattaki, Gib
raltar bo'g'ozidan sig'magan bahaybat maxluqlar
haqida hikoya qilganlar.
- Kattaligini qarang-a! - dedi kanadalik.
- Ammo shu hikoyalarning birontasida loaqal
zig'ircha haqiqat bormi? - deb so'radi Konsel.
- Hech qanday haqiqat yo'q, do'stlarim. Bularda
hatto haqiqatning soyasi ham yo'q. Hikoya qiluv-
chilarning tasawuriga bahona bo'lmasa ham turtki
kerak bo'lgan. Kattagina sakkizoyoqlar va kalmar-
493
lar borligini inkor etib bo'lmaydi, ammo baribir ular
kattalikda kitsimonlardan ortiq emas. Chunonchi,
Aristotel, uzunligi besh tirsak, ya’ni uch metr-u o'n
santimetr keladigan kalmarlar borligini tasdiqlagan.
Bizning baliqchilarimiz uzunligi qariyb ikki metrga
yetadigan kalmarlarni tez-tez uchratib turganlar.
Tabiatshunoslarning hisobiga ko'ra boshoyoqli -
kalmar yoki sakkizoyoqlar - diametri atigi olti fut-
lisining rosa yigirma yetti futli changali bo'ladi.
Bahaybat maxluq bo'lib ko'rinish uchun shuning
o'zi tamoman kifoya!
Hozirgi kunlarda ham sakkizoyoqlarni ushlasha-
dimi? - deb so'radi kanadalik.
- Ushlashadimi, yo'qmi, bunisini bilmayman-u,
ammo dengizchilar ba’zan ularni uchratishadi.
Do'stlarimdan biri, gavralik kapitan Pol Bos Hind
okeanida juda katta sakkizoyoqqa duch kelganini
aytgan edi. Ammo bu bahaybat hayvonlarning bor-
ligiga shubha qoldirmagan eng hayratomuz voqea
1861,-yili sodir bo'lgan edi.
- U qanday voqea ekan? - deb so'radi Ned Lend.
- Hozir aytaman. 1861-yili Tenerifning shi-
molisharqida, deyarli biz hozir turgan kenglikda,
turli joylarga yuboriladigan «Alekton» kemasining
ekipaji o'zidan uncha uzoq bo'lmagan yerda dah
shatli sakkizoyoqni ko'rdi. Kema komandiri Buge
maxluqqa yaqinlashdi va garpun, hamda qurollar-
dan o'q uzib, hujum boshladi, ammo ko'ngildagi
natijaga erishilgani yo'q. Chunki o'q va garpunlar
uning yumshoq tanasiga xamirga tushganday bo-
tib qolaverar edi. Uzoq davom etgan, ammo nati-
jasiz urinishlardan so'ng ekipaj maxluq tanasiga
sirtmoq tashladi. Arqon dum suzgichiga sirg'alib
tushib, unga ilinib qoldi. Bahaybat maxluqni kema
bortiga tortib olishga urinib ko'rishdi, ammo u shu
494
qadar og‘ir ediki, arqon uni ikkiga bo'lib, dumi uzil-
di va bu bezagidan ajrab qolgan bahaybat maxluq
to'lqinlar ichiga g'oyib bo'lib ketdi.
- Bo'lgan voqeami? - deb so'radi Ned.
- Shubha qilib bo'lmaydigan darajada aniq vo
qea, do'stim Ned. Bu sakkizoyoqni Buge sakkiz-
oyog'i deb nomlashni taklif etishgan.
- Uzunligi qancha bo'lgan? - deb so'radi kana
dalik.
- Olti metrcha bo'lsa kerak, to'g'rimi? - dedi de
raza oldida turib, yana suvosti qoyalaridagi yoriq-
lami ko'zdan kechira boshlagan Konsel.
- Juda to'g'ri, - javob berdim men.
- Bundan tashqari uning boshida, suvda ilon
iniday buralib turadigan sakkizta changali ham
bo'lganmi?
- Xuddi shunday.
- Ko'zlari kosasidan chiqqan.
- Ha, Konsel.
- Og'zi ham to'tiqushning tumshug'iga o'x-
shagan-u, faqat haddan tashqari kattami?
- Xuddi shunday.
- Juda soz! Xo'jamning ruxsatlari bilan, - ba-
maylixotir dedi Konsel, - mana, o'sha Buge sak-
kizoyog'i yoki juda bo'Imaganda uning eng yaqin
urug'laridan biri!
Men hayrat bilan Konselga qaradim. Ned Lend
deraza tomon shoshildi.
- Qanday dahshat! - qichqirib yubordi u.
Men derazaga qarab vahimadan yuzimni burish-
tirmay turolmadim. Ko'z oldimda har qanday eng
qo'rqinchli afsonada tilga olinsa bo'ladigan dah
shatli maxluq namoyon bo'ldi. Bu g'oyat ulkan,
sakkiz metrcha keladigan sakkizoyoq edi. U yirik
ko'kimtir ko'zlarini bizdan uzmay shiddat bilan
495
«Nautilus» tomon suzib kelayotgan edi. Uning sak-
kizta changali yoki oyoqlari xuddi boshidan chiqqa-
ni uchun ham shu xildagi hayvonlar boshoyoqlilar
deb atalib, - bu uning tanasini ham ikki baravar
kattaroq qilib ko'rsatar edi. Changallarining ichki
tomonidagi ikki yuz ellik so'rg'ichi yaqqol ko'rinib
turar va yarim aylana shaklidagi shishga o'xshardi.
Ba’zan ana shu changallar salon derazasiga yopi
shib qolganday bo'lar edi.
Bahaybat maxluqning to'ti tumshug'iga o'xshash
shoxsimon va qayrilma og'zi bir ochilib, bir yopi-
lardi. Shuningdek uning shoxsimon moddali o'tkir
o'simtalar bilan qoplangan tili shu beso'naqay om-
birlar orasidan qaltirab ko'rinib turar edi. Tabiat
ning injiqligini qarang! Molluskada qush tumshug'i!
Sakkizoyoqning urchuqsimon, o'rtasi shishgan
tanasi go'shtdor bo'lib, kamida yigirma yoki yigir
ma besh ming kilogramm kelar edi. U turg'un bir
rangda emas - tinmay to'q kulrangdan jigarrang-
qizg'ish bo'lib o'zgarib turar edi. Bu molluska ni-
madan jahli chiqayotgan edi? Shubhasiz, so'rg'ich
changallari va dahshatli jag'lari zig'ircha ham kor
qilmayotgan «Nautilus»dan darg'azab edi.
Bu sakkizoyoqlar naqadar dahshatli, tabiat ular
ga qanchalik kuch-qudrat baxsh etgan, ularning ha-
rakatlari naqadar shiddatli!
Tasodif bizni sakkizoyoqqa yo'liqtirdi, bino
barin men shu yakka-yu yagona imkoniyatdan foy-
dalanib, boshoyoqlilaming bu namunasi bilan at-
roflicha tanishmoqchi bo'ldim. Maxluqni ko'rgan-
dagi qo'rquvimni bosib, qo'limga qalam oldim va
uning suratini chiza boshladim.
-
Balki bu o'sha «Alekton» ushlagan sakkizoyoq-
dir? - dedi Konsel.
496
- Yo'q, - deya e’tiroz bildirdi kanadalik, - axir
bu bus-butun-ku, u esa dumidan ajralgan!
- Bu isbot bo'lolmaydi, - deya e’tiroz bildirdim
men. - Bu maxluqning changallari va dumi qay-
ta o'sib chiqaveradi, binobarin, menimcha Buge
sakkizoyog'ining dumi qayta o'sishi uchun yetarli
vaqt o'tdi.
- Modomiki, - dedi Ned, - bu nozanin sak
kizoyoq Bugeniki emas ekan, balki u mana bu yer
da, bular orasidamikin?
Darhaqiqat, shtirbort tomondan oynada yana bir
necha sakkizoyoq ko'rindi. Ular yettitacha edi. Sak
kizoyoqlar «Nautilus» atrofida tantanavor yurishar
va men ularning tumshuqlari kemaning temir qop-
lamasiga tegib g'ijirlayotganini eshitib turar edim.
Kuzatish uchun ajoyib fursat! Men o'z ishimni da
vom ettirdim. Maxluqlar bizdan bir qadam ham nari
ketishmas, go'yo harakatsiz turganday, - binobarin,
istasam ularning aksini oynaga tushirishim ham
mumkin edi, zero, juda osoyishta tezlikda suzardik.
, «Nautilus» to'satdan to'xtadi. Qattiq turtkidan
kema korpusi qaldirab ketdi.
- Biz biron narsaga urildikmi? - so'radim men.
- Nima bo'lganda ham bu to'siq ortda qolib ket
di, negaki biz yana suza boshladik, - deb javob ber
di kanadalik.
«Nautilus», shubhasiz, suzishga harakat qila-
yotgan edi, ammo o'rnidan qo'zg'ala olmas edi.
Uning vint parraklari to'lqinlarni kesolmayotgan
edi.
Bir daqiqadan so'ng kapitan Nemo yordamchisi
bilan salonga kirishdi.
Kapitanni anchadan buyon ko'rmayotgan edim.
Nazarimda u ancha ma’yus ko'rindi. Bizga sira
e’tibor bermay, ehtimol ko'rmagani uchundir, dera-
497
za yoniga bordi, sakkizoyoqlarga qarab olgach, yor-
damchisiga bir necha og‘iz so'z aytdi.
U chiqib ketdi. Ko‘p o'tmay to'sqichlar yopildi va
salon shipi yorishdi.
Men kapitan oldiga bordim.
- Sakkizoyoqlarning ajabtovur kolleksiyasi, -
dedim men nazar-pisand etmaganday soxtalik bi
lan.
- To'g'ri aytyapsiz, janob tabiatshunos va biz
ular bilan hayot uchun emas, o'limga yuzma-yuz
turib kurashamiz!
Men hayron bo'lib kapitanga qaradim. Eshi-
tilmaganday bo'lib tuyuldi menga.
- Hayot uchun emas, o'limga yuzma-yuz turib
deysizmi? - deb qaytardim.
- Ha, professor. Vint to'xtab qoldi. Menimcha,
bu sakkizoyoqlardan birontasining shox jaglari
parrakka tiqilib qolgan. Bu esa harakat qilishimizga
xalaqit beryapti.
- Xo'sh, endi nima qilmoqchisiz?
- Suv sathiga chiqib, bu la’natilarni bitta qol-
dirmay qirib tashlaymiz.
- Og'ir ish.
- Bilib turibman! Elektr o'qlari bu yumshoq
narsaga kor qilmaydi: o'qlar qarshilikka duch kel-
mayapti va shuning uchun portlay olmaydi. Ularga
bolta bilan hujum qilishga to'g'ri keladi.
- Garpun bilan ham, kapitan, ko'magimni qabul
etsangiz, - dedi kanadalik.
- Qabul etaman, mister Lend.
- Biz ham birga boramiz, - dedim men kapi
tanga.
Trap oldida o'n matros bolta ushlab turishardi.
Men bilan Konsel ham bittadan bolta olib oldik.
Ned Lend garpunini oldi.
498
«Nautilus» okean sathiga ko'tarildi. Dengizchi-
lardan biri trapning so'nggi zinapoyasida turib lyuk
qopqog'ining boltlarini buradi. Gaykalarni olishi
bilanoq sakkizoyoq changalidagi so'rg'ichlar yorda
mida bo'lsa kerak, lyuk qopqog'i zarb bilan ochildi.
O'sha zahotiyoq uning uzun oyoqlaridan biri ilon-
day to'lg'anib ichkariga kirdi.
Kapitan Nemo bu dahshatli changalni bolta bi
lan bo'lib tashlashi hamono zinadan sirg'alib va bu-
ralib pastga dumaladi...
Bir-birimizga turtinishib tez palubaga chiqa-
yotganimizda sakkizoyoqning boshqa ikkita chan-
gali yashin tezligida kapitan Nemo oldida turgan
dengizchiga o'ralib, uni zo'r kuch bilan siqa boshla
di. Kapitan Nemo qichqirib, o'zini oldinga tashladi.
Biz uning ketidan chopdik. Qanday dahshatli man
zara! So'rg'ichlar bilan qisib olingan sho'rlik havoga
ko'tarildi-da, xirillab, nafasi bo'g'ilgancha muallaq
osilib qoldi. U qichqirar edi:
- Yordam beringlar! Yordam beringlar!
Fransuz tilida aytilgan bu so'zlar meni g'oyat
taajjubga soldi. Demak, kema bortida mening va-
tandoshim bor ekan, balki ular bir necha kishidir?
Qalblarni zir titratadigan bu baqiriqni men bir umr
unutmayman!
Bechora halok bo'layotgan edi.
Bu zabardast changaldan uni kim ham qutqara
olardi? Kapitan Nemo sakkizoyoqqa tezda yaqin-
lashib, bolta bilan uning yana bir oyog'ini qirqib
tashladi. Uning yordamchisi jon-jahdi bilan «Na
utilus» bortiga o'rmalab chiqqan boshqa sakkiz
oyoqlar bilan kurashayotgan edi. Butun ekipaj
qo'llariga bolta ushlab jangga kirishdi. Kanadalik,
Konsel va men o'z qurolimizni yumshoq go'shtga
botirib olar edik. Havoni mushk hidi tutib ketdi.
499
Nazarimda bir zumgina sakkizoyoq ko'tarib tur-
gan o'sha sho'rlik uning dahshatli so‘rg‘ichlaridan
ajratib olinadiganday bo'lib tuyuldi. Uning sakkizta
oyogidan yettitasi qirqildi, ammo birgina changal
o‘z qurbonini kichik bir patday aylantirib havoda
buralib turar edi. Biroq kapitan Nemo bilan yor-
damchisi unga tashlanganda, maxluq oshqozonida
joylangan xaltachadan qoramtir suyuqlik purkab
yubordi. Bizlar hech narsani ko'rolmay qoldik. Ora-
dan bu parda ko'tarilganda, sakkizoyoq vatando-
shim bilan birga g'oyib bo'lgan edi...
0 ‘zimizni qoyarga joy topolmadik! G'azabdan
sher bo'lib ketgandik. 0 ‘n-o‘n ikkitacha sakkiz
oyoq «Nautilus» palubasiga chiqib olgan edi. Biz
palubada qon va qoramtir suyuqlik ichida to‘l-
g'onayotgan ilonsimon changallar orasida sakrab
yurardik. Bu shilimshiq changallar o‘n ikki boshli
ajdarniki kabi у ana о ‘sib chiqayotganday edi.
Lend garpunining har bir zarbi sakkizoyoqlar-
ning ko‘k-yashil ko'zlariga sanchilib teshib tash-
layotgan edi. Ammo to'satdan shijoatli o‘rtog‘i-
mizni maxluq changali o'rab oldi, bunga u chap be-
rolmay qolgan edi.
Dahshat va qo'rquvdan yuragim yorilib keti-
shiga sal qoldi! Sakkizoyoqning dahshatli tumshug'i
Ned Lend ustida ochildi. Yana bir sekund o‘tsa
sho'rlikni ikkiga bo'lib tashlaydi! Men unga yor-
damga otildim. Ammo kapitan Nemo mendan ol-
dinroq ulgurdi. U qo'lidagi boltasini maxluqning
jag'iga tushirdi va mo'jiza bilan omon qolgan kana-
dalik oyoqqa turib, sakkizoyoqning ulkan yuragiga
garpunini dastagigacha botirdi.
-
Sizning oldingizda qarzdor edim, - dedi kapi
tan Nemo kanadalikka.
Ned indamay ta’zim etdi.
500
Bu jang chorak soatdan ortiq davom etma-
di. Mag'lubiyatga uchragach, jarohatlangan sak-
kizoyoqlar jang maydonini tashlab, to‘lqinlar ichra
g'oyib bo'ldilar.
Hamma yog‘i qonga belangan kapitan Nemo
projektor do'ngi oldida qimir etmay turib, yoshli
ko'zlarini o'rtoqlaridan birini yutgan dengizga tik-
kan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |