Suv ostida sakson ming kilometr


P assat -  quruq tropik shamol. 502



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km

P assat -

 quruq tropik shamol.



502


shi  ta’sirida  tropik  quyoshi  isitgan  suv  sathining 

juda  katta  oqimi  Atlantik  okeanni  kesib  o'tib,  Ja- 

nubiy Amerika tomon shoshiladi. Uning sohillarida 

bu  qudratli  oqim  Golfstrim  nomini  olib  Antil  de- 

ngizining  issiq  suvlaridan  o'tgach,  yanada  qiziydi. 

Xuddi  mana  shu  yerda  yer yuzidagi  haroratni  bir 

me’yorda  saqlashi  kerak bo'lgan  Golfstrim  o‘z va- 

zifasini o'tashga kirishadi.

Meksika  qo‘ltig‘iga kelib,  deyarli  qaynash dara- 

jasiga  yetadigan  bu  oqim  shimol  tomon  Amerika 

sohillariga  ko'tarilib  Nyufaundlendgacha  boradi. 

Bu yerda Devisov bo‘g‘ozining sovuq oqimi ta’sirida 

yo'nalishini  o‘zgartiradi va yana katta  doira yasab 

okeanga oqadi.

Qirq  uchinchi  paralleda  Golfstrim  ikki  tarmoq- 

qa  bolinib  ketadi.  Ulardan  biri  shimoli  sharqiy 

passat  ta’sirida  Biskay  qo‘ltig‘i  va  Azor  orollariga 

qaytadi,  boshqasi  esa  Irlandiya  hamda  Norvegiya 

qirg'oqlarini  ilitib,  Shpitsbergen  tomon  boradi  va 

u  yerda  to‘rt  darajagacha  sovub,  Shimoliy  qutbda 

dengizni muzdan xoli etadi.

Bagam  kanalidan  chiqaverishda  Golfstrimning 

eni  o'ttiz  milya  va  chuqurligi  uch  yuz  ellik  metr- 

ga  yetib,  soatiga  sakkiz  kilometr  tezlikda  oqadi. 

Shimolga yaqinlasha borgan  sari bu  tezlik susaya- 

di.  Bu  esa  ayni  muddao.  Chunki  tezlik  va  oqim 

yo'nalishi  o'zgarsa,  Yevropa  iqlimi  aql  bovar  qil- 

maydigan darajada boshqacha bo'lib qoladi.

«Nautilus» okeandagi ana shu daryo boylab su- 

zib borar edi.

Peshinda  biz  Konsel  bilan  palubada  turar edik. 

Men  unga  Golfstrimning  ayrim  o'ziga  xos  xususi- 

yatlarini so'zlab berayotgan edim.

Bu haqda gapirib bo'lgach,  undan qo'lini  suvga 

tiqib ko'rishini so'radim.

503



Konsel suvda na issiq,  na sovuqni  sezmay,  juda 

taajjublandi.

Buning sababi shundaki, - dedim men unga.- 



Meksika  qo‘ltig‘idan  chiqqach,  Golfstrim  harorati 

odam badanidagi haroratdan deyarli farq qilmaydi. 

Golfstrim - bu juda katta issiqlik manbayi, u tufayli 

Yevropa  sohillari  hamisha  yam-yashil  gilam  bilan 

qoplangan.  Morining  hisobiga  ko‘ra,  tabiat  Golfs­

trim suvini ilitishga sarflagan issiqlik energiyasi bi­

lan  kattaligi  Amazonka yoki  Missuriday keladigan 

butun bir daryodagi temirni  eritilgan holda  saqlay 

olishi mumkin ekan.

Bu  yerda  Golfstrim  tezligi  sekundiga  ikki-yu 

chorak metrga yetar edi.  Bu  oqim  uni  o‘rab  olgan 

dengizdan keskin  farq qiladi.  Uning qoramtir,  ser- 

tuz suvi dengizdagi yashil to'lqinlar fonida o'zining 

tiniq, ko‘k rangi bilan yaqqol ajralib turadi.

Ularni  ajratib  turadigan  demarkatsiya1  chizigi 

shu  qadar  aniq  ediki,  Karolina  orollari  yaqinida 

«Nautilus»  bir  zumgina  tumshug'i  bilan  Golfstrim 

suvini  kesayotganda,  uning vinti  okean  to'lqinla- 

rini chayqatayotgani juda yaqqol ko‘zga tashlandi.

Golfstrim bir olam tirik mavjudotlami oqizib bo- 

radi. Uning suvida 0 ‘rtayer dengizida bo'ladigan ar- 

gonavtlarning katta to'dalari  sayr  qilib yurishardi. 

Bu yerdagi kemirchakli baliqlaming ko‘p uchraydi- 

gan namoyandalari  skatlar bo'lib, ularning dumla- 

ri tanalarining deyarli uch qismini tashkil etar edi; 

ular uzunligi  yigirma  besh  futcha  keladigan  ulkan 

to'rtburchakka  o'xshardi.  Yana  biz  boshi  katta, 

tumshug'i  esa  kalta  va  dumaloq,  bir  necha  qator 

o'tkir tishli, uzunligi bir metr keladigan kichik aku- 

lalarni ko'rdik;  ularning tanalari tangachalar bilan 

qoplanganday edi.




Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish