Suv ostida sakson ming kilometr


Liman  -  daryo etaklaridagi ko’rfaz. 482



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km

Liman  -

 daryo etaklaridagi ko’rfaz.



482


langan  bo'lib,  suvosti  manzarasini  go'zallashtirib 

yuborgan edi. Men bu gapni asosan kapitan Nemo­

ning bevosita kuzatuvlari natijasida, o'z qo'li bilan 

tuzilgan bo'lsa ham ajab  emas,  kartaga qarab ayt- 

yapman.

Ikki kun  mobaynida bu  suvlarning barcha  chu- 

qurliklarida  bo'ldik.  «Nautilus»  o'zining  chuqurlik 

rullarini ishga solib, tikka holatda ortida ilon izi ho­

sil etib suzar edi.

Ammo  11-aprelda  u  to'satdan  suv  sathiga  ko'­

tarildi va biz Amazonka  daryosi  quyiladigan joyda 

yana  yerni  ko'rdik.  Bu  daryo  deltasidan  dengizga 

shu qadar ko'p suv quyilar ediki, sohildan juda ko'p 

milya  narida ham  okean  suvi  chuchuklashib borar 

edi.

Biz  ekvatordan  o'tdik.  juda  yaxshi  boshpana 



bo'la  oladigan  Fransiya  mustamlakasi  Gviana  biz- 

dan  yigirma  milyacha  g'arbda  qolib  ketdi.  Ammo 

kuchli  shamol  va  shiddatli  to'lqinlar  yengil  qa- 

yiqchani suvga tushirishni xayolga ham keltirishga 

qo'ymas edi. Bu Ned Lendga ham ayon bo'lsa kerak, 

qochish haqida og'iz ochmadi. Men ham oqibati al­

batta falokatga olib keladigan tentakona biror ishni 

boshlab  qolmasin  deb,  unga bu  haqda  hech  narsa 

flemadim.

Sirasini  aytganda,  bu  monelikdan  men  sira 

o'ksinmay,  o'zimni  ajoyib  kuzatuvlar  bilan  ovun- 

tirar edim.  Ikki kun davomida  -  11- va  12-aprelda 

«Nautilus» hamisha dengiz sathida bo'ldi va uning 

to'rlariga  juda  ko'p  zoofitlar,  baliqlar  va  o'rma- 

lovchilar tushdi.

To'rga tushgan baliqlardan biri Konselning xoti- 

rida yaxshi  saqlanib qoldi, hatto anchagacha eslab 

yurdi.


Voqea bunday bo'lgan edi.

483


Matroslar  tashlagan  to'rga  boshqa  baliqlar  qa- 

torida  yassi  va  agar  dumi  qirqib  tashlansa  dum- 

dumaloq  skatning  xili  tushdi.  Bu  skat  kattagi- 

na  bo'lib,  vazni  yigirma  kilogrammdan kam  emas 

edi;  uning  qorni  oq,  qo‘ng‘ir  yelkasida  marmarga 

o'xshash katta-katta qashqalari bor,  terisi  silliq va 

suzgichlari ikki parrakli edi.

To'rdan palubaga tashlangan skat jonholatda ti- 

pirchilab, qorniga ag'anab olmoqchi bo'ldi va chan- 

gak  bo'lib  paluba  chetiga  shu  qadar  yaqinlashib 

qoldiki,  suvga  dumalab  tushishiga  bir  sekundgina 

kifoya  edi.  Ammo  u  Konselning  diqqatini  jalb  et- 

gani uchun men uni to'xtatishga ulgurmay, baliqni 

ikki qo'llab ushlab oldi.

Shu zahotiyoq u yarim shol holatida o'zini palu­

baga tashladi.

U qichqirardi:

- Oh, xo'jam, xo'jaginam! Yordam bering!

Bu  -  men  u  bilan  tanishganimdan  buyon 

sho'rlikning  birinchi  bor  uchinchi  shaxsda  emas, 

ikkinchi shaxsda murojaat etishi edi.

Kanadalik  bilan  men  uni  oyoqqa  turg'izdik  va 

tez ishqalay boshladik. Konsel oyoq-qo'llarini idora 

etish darajasiga yetgach,  bu abadiy tasnifchi  uziq- 

yuliq ovozda shivirladi:

- Baliq sinfi, qiltanoqli baliqlar sinfchasi, skatlar 

guruhi,  elektr skatlar oilasi,  marmar elektr  skatlar 

turi...


-  Ha,  og'ayni,  -  dedim men,  -  xuddi shu mar­

mar elektr skat seni shu azobga solib qo'ydi.

- Xo'jamni ishontirib aytamanki,  - deya e’tiroz 

bildirdi Konsel, - men skatdan o'ch olaman.

- Qanday qilib?

- Men uni yeyman!

-  U o'sha kechasiyoq  skatning go'shti  juda be-

484



mazaligiga  qaramay,  aftidan,  faqat  o'ch  olish 

uchungina bo'lsa kerak, aytganini qildi.

Sho'rlik Konsel elektr skatlarning eng xavfli tu­

riga duch kelgan edi. Yaxshigina o'tkazgich hisob- 

langan suvda turib bu skat o'zidan bir necha metr 

masofadagi  baliqni  o'ldiradi:  uning  elektr  zaryadi 

shu qadar kuchli.

Ertasiga,  12-aprelda,  kunduzi  «Nautilus»  Ma- 

rona daryosi quyiladigan joyga yaqin yerga Gollan- 

diya mustamlakasiga yaqinlashdi.

Bu  yerda  biz  bir  necha  lamantinlar  oilasini 

ko'rdik.  Bu  manatlar  bo'lib,  dyugonlar  singari  si- 

renlar guruhiga kirar  edi.  Bu ulkan maxluqlarning 

uzunligi  olti-yetti  metr  bo'lib,  vazni  salkam  to'rt 

ming kilogrammga borar edi.

Men  Konselga  tadbirkor  tabiat  bu  sutemizuv- 

chilarga  foydali  ishni  topshirib  qo'yganini  gapi- 

rib berdim:  ular tulenlar bilan birga  suvosti keng- 

liklarida yashab,  tropik  daryolar  quyiladigan  joyni 

ifloslantiradigan o'tlardan tozalaydilar.

*  -  Bilasizmi,  -  deb  qo'shib  qo'ydim  men,  - 

odamzod  Janubiy  Amerika  sohillarida  bu  max- 

luqlarni  butunlay  qirib  tashlagandan  keyin  nima 

bo'lgan?  Daryolar  quyiladigan  joylardagi  chiri- 

gan  yo'sinlar  ham  suvni,  ham  havoni  zaharladi- 

lar, zaharlangan havoda esa bu ajoyib mamlakatlar 

uchun ofat bo'lgan sariq bezgak keng tarqaladi. Bu­

tun tropik dengizlaming sohillari zaharli o'simliklar 

bilan to'lib ketdi, binobarin, bu kasallik Rio-de-la- 

Platadan Floridagacha tarqaldi.

Tusnelning  fikricha,  so'nggi  tulenlar  va  kitlar 

qirib  bitkazilgach,  kelajak  avlod  boshiga  tushadi- 

gan falokatlar oldida bu hali hech gap emas. Unda 

dengizlar bemalol ko'paya oladigan meduza va kal­

marlar  bilan  to'lib-toshib,  turli  infeksiyalarning

485



katta o‘chog‘i bo'lib qoladi,  chunki «tabiat dengiz- 

larni tozalash vazifasini yuklagan bu katta qorinlar 

yo'qolib ketadi».

«Nautilus»  ekipaji  bu  nazariyalarga  unchalik 



ishonmaydiganga  o'xshaydi,  shuning  uchun  ham 

go'shti  molnikidan  ancha  mazaliroq  manatlarning 

oltitachasini ovlab oldi.

Bu  maxluqlarni  ovlashning hech  qanday qizig'i 

yo'q edi - manatlar o'zlarini himoya etmay, qochib 

qutulishga harakat ham qilmay,  o'limlariga tik qa­

rab turaverar edilar. Shunday qilib, «Nautilus» om- 

borxonalari bir necha ming kilogramm go'sht bilan 

to'ldi, bu esa keyinchalik quritilib,  bizga  anchaga- 

cha mazali taom bo'ldi.

O'sha kuni boyliklarga to'la bu  suvlardagi yana 

bir  antiqa  ov  «Nautilus»da  oziq-ovqat  miqdorini 

ko'paytirdi. Palubaga tortib olingan to'rlaming hal- 

qasida  boshi  chetlari  go'shtdor,  tuxumsimon  yas- 

si  shakldagi  plastinka  bilan  tugaydigan  bir  necha 

baliqlar  ilinib  qolgan  edi.  Bu  makrel  baliqlari  oi­

lasiga mansub bo'lgan prilipallar edi.  Ularning tu­

xumsimon  plastinkalari  harakat  qilib  turadigan 

ko'ndalang kemirchaklardan iborat bo'lib,  ana shu 

kemirchaklar oralig'ida baliqlar bo'shliq hosil etar- 

di, bu esa ularga istagan narsaning yuzasiga yopi- 

shib olish imkonini berar edi.

To'rlardagi  barcha  prilipallami  matroslarimiz 

o'sha zahotiyoq suv to'latilgan maxsus chelaklarga 

olib tashlashdi.

Baliq ovi  tugagach,  «Nautilus» suv sathida juda 

ko'p sonli yirik dengiz toshbaqalari mudrab yotgan 

sohilga yaqinlashib keldi.

Bu kamyob  dengiz  o'rmalovchilarini tutib  olish 

uncha oson emas edi, chunki ular tiq etgan tovush- 

dan  ham  uyg'onib  ketadilar,  mustahkam  kosala-

486



ri  esa  garpundan  saqlaydi.  Ammo  prilipallar  yor­

damida  toshbaqalarni  tutib  olish  juda  oson.  Bu 

baliq  -  tirik  qarmoq  har  qanday  baliqchiga  omad 

keltirar edi.

Matroslar  prilipallarning  har  birining  dumiga 

bittadan halqa kiygizishdi. Bu halqalar ularning er­

kin harakat qilishiga xalaqit bermaydigan darajada 

keng edi.  Ana  shu halqalarga  uzun  arqon bog'lab, 

uning  bir  uchini  paluba  panjarasiga  mahkamlab 

qo'ydilar.

Suvga  tushirilgan  prilipallar  o'sha  zahotiyoq 

toshbaqalar  oldiga  suzib  bordilar  va  ularning  ko- 

salariga  yopishib  oldilar.  Ular  shu  qadar  qattiq 

o'rnashib  olishdiki,  uzib  olishdan  ko'ra  burdalab 

yulish osonroq edi.  Endi ular yopishib olgan tosh­

baqalarni  palubaga  chiqarish  uchun  arqonni  tor- 

tish kifoya edi.

Bu  ov  saranjomlanishi  bilan  Amazonka  quyi- 

lishidan  jo'nab  ketdik  va  tunda  «Nautilus»  yana 

ochiq dengizda suzar edi.




Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish