Suv ostida sakson ming kilometr



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km

O'n  t o ' q q i z i n c h i   b o b  

GOLFSTRIM

Hech  qaysimizning  xotiramizdan  ko'tarilmay- 

digan bu dahshatli voqea  20-aprelda sodir bo'lgan 

edi.  Men uni qattiq hayajonlanayotgan holda yan- 

gi taassurot bilan yozdim.  So'ng qayta ko'rib chiq- 

qach,  Konsel bilan kanadalikka  o‘qib berdim.  Ular 

voqea bayoni juda aniq, ammo uncha ta’sirli chiq- 

magan,  deyishdi.  Bunaqa  manzarani  tasvirlash 

uchun  eng  mashhur  shoirlarimizdan biri,  «Dengiz 

zahmatkashlari»ning avtori Viktor Gyugoday qobi- 

liyat egasi bo'lish kerak.

Kapitan Nemo  dengizga  qarab yig'laganini  ayt- 

dim.  U  qattiq  qayg'urdi.  Birga  suza  boshlagani- 

mizdan  buyon  u  ikkinchi  o‘rtog‘idan  judo  bo‘ldi. 

Buning  ustiga,  qanday  mudhish  o'lim!  Bahaybat 

maxluq  changalida  ezilgan,  uning  temir  jaglariga 

yem  bo'lgan  o‘rtog‘i  hatto  marjon  qabristonining 

osoyishta suvlaridagi birodarlari bilan ham yonma- 

yon yotmaydi!

Mening  o‘zim  olishuv  vaqtida  to'satdan  eshit- 

gan  qichqiriqdan  yurak-bagrim  ezilib  ketdi.  Bu 

fransuz sho'rlik o‘zining shartli tilini unutib, halok 

bo'layotib ona tilida so'zladi!..

Shunday qilib, «Nautilus» matroslari orasida ka-



501


pitan Nemoga ham ruhan, ham jisman sodiq, uning 

o‘zi singari insoniyat bilan aloqasini uzganlar qatori- 

da mening vatandoshim ham bor ekan! Albatta, ular 

turli millat vakillaridan tashkil topgan bo'lsa kerak, 

bu galati to'dada u yolgizmikin? Bu oldimda turgan 

hal etilmagan muammolardan biri bo'lib qoldi.

Kapitan Nemo kayutasiga kirib ketdi va men uni 

bir necha kun ko'rmadim.

Ammo  men  suvosti  kemasining  holatiga  qarab 

uning  yuragi  hisoblangan  va  barcha  iztiroblarini 

o‘zida  aks  ettirishidan kapitan Nemoning qayg'usi 

naqadar  og‘ir  va  samimiy  ekanligini  tushundim. 

«Nautilus»  boshqarilmayotgan  edi.  U  murda  sin­

gari  to'lqinlar  surgan  tomonga  ketayotgan  edi. 

Uning  vinti  suv  kesib,  yo‘l  bosishdan  xoli,  ammo 

arang  aylanayotgan  edi.  Kapitan  olishuv  bo'lgan 

bu joydan sira ajralgisi kelmas, o'rtoqlaridan birini 

yutgan dengizdan ketolmay turar edi.

Shu alfozda o‘n kun o'tdi.

Faqat  1-mayda  «Nautilus»  shimolga,  Bagam 

orollari yonidan,  Bagam kanalining quyilish joyiga 

qarab qat’iy yo‘l oldi.

Biz  endi  sohillari,  hayvonot  olami va  o‘z  haro- 

rati bo'lgan okeanning katta daryo oqimidan suzib 

borar edik. Men Golfstrim haqida so'zlayapman.

Darhaqiqat,  bu  Atlantik  okeanning  o'rtasidan 

erkin  oqadigan  suvi  okeanniki bilan  sira  aralashib 

ketmaydigan chinakam daryo edi. Bu daryo suvi at- 

rofini o'rab olgan dengiznikidan sho'rroq edi. Uning 

o'rtacha chuqurligi - uch ming fut, o'rtacha kengli- 

gi esa oltmish milya, o'rta hisobdagi tezligi soatiga 

to‘rt kilometr.

Atlantik okeanning ekvatorial  qismida  shimoli- 

sharqiy  passatlarning1  doimiy  ravishda  esib  turi-




Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish