Suv ostida sakson ming kilometr



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km

Travers -

 kema turgan yo'lga perpendikular yo'nalish.

479



- Ammo biz uni bu rejasini amalga oshirguncha 

jamiyatimizdan mahrum etishga harakat qilamiz, - 

deb qo'ydi kanadalik.

-  Nima bo'lganda ham,  -  dedi  Konsel,  -  o'sha 

kapitan  Nemo  qandini  ursin  va  men  u  bilan  ta- 

nishganimga achinmayman.

- Ayniqsa, undan judo bo'lganingizdan keyin, - 

deya kinoya bilan qo'shib qo'ydi kanadalik.

Ertasi  kuni,  1-aprelda,  «Nautilus»  tushdan  bir 

necha minut oldin dengiz sathiga ko'tarilganda, biz 

allaqanday sohil ko'rinib turgan joyda edik.

Bu  Olovli  Yer  edi.  Mahalliy aholi  kulbalarining 

tomlarida  behisob  tutun  burqsib  turganidan  uni 

dastlabki tadqiqotchilar shunday deb atashgan.

Janubiy  kenglikning  53-  va  56-gradusi  hamda 

g'arbiy  uzunlikning  67-gradus  50-minuti  va  77- 

gradus  15-minuti  oralig'ida  joylashgan  Olovli  Yer 

orollar tizmasidan iborat bo'lib, uzunligi bir yuz yi­

girma va eni uch yuz yigirma kilometr yerni ishg'ol 

etgan edi. Bizdan uncha uzoq bo'lmagan orol past- 

tekislik edi, biroq ufqda baland tog'lar ko'zga tash- 

landi. Sarmiento tog'iga o'xshatganday bo'ldim. Bu 

tog'ning  ingichkalashib  borgan  cho'qqisi  dengiz- 

chilarga ob-havoni oldindan bildirib turar edi. Yo- 

nidan arrasimon bo'lib ko'rinadigan tog' ko'm-ko'k 

osmon fonida yorqin aks etsa, havo yaxshi bo'ladi, 

tuman pardasiga o'ralib qolsa, demak yomon havo 

kutiladi. Ned Lend menga shunday deb tushuntirdi.

-  Xo'sh,  Ned,  bu  barometr  to'g'ri  ko'rsatadi- 

mi? - deb so'radim men.

- Juda to'g'ri, janob professor, - javob berdi ka­

nadalik.  Magellan  bo'g'ozidan  necha  marta  suzib 

o'tgan  bo'lsak,  u  bizni  biror  marta  ham  aldagani 

y o < q -

Shu  daqiqada  tog'  cho'qqisi  ko'm-ko'k  osmon

480



fonida  yaqqol  ko'zga  tashlanib  turar  edi.  Bu  yax­

shi  havo  bo'lishidan  dalolat berar  edi.  Darhaqiqat 

to'g'ri chiqdi.

«Nautilus» yana  suvostiga sho'ng'ib,  shimol to­

mon suzishini shitob bilan davom ettirdi.

Kechqurun  biz  Falklend  orollariga  yetib  keldik 

va  ertasi  kuni  tong pallasida  okean  sathiga  ko'ta- 

rilganimizda,  men  u  yerdagi  tog'larning  dahshat­

li  cho'qqilarini  ko'rdim.  Okeanning bu  joyi  uncha 

chuqur emas edi. Bu meni orollar tizmasining ikki- 

ta  asosiy  oroli  va  unga  tutashgan  boshqa  mayda 

orolchalar uzoq o'tmishda Magellan yerlarining bir 

qismini tashkil etgan, degan fikrga olib keldi.

Falklend orollari, aftidan, mashhur Jon Devis to­

monidan  ochilgan  bo'lishi  kerak,  u  Devis  janubiy 

orollari  deb  nomlangan  edi.  Ancha  vaqtdan  keyin 

uni  Bokira  ayol  orollari  deb,  XVIII  asrning  bosh- 

larida Sen Malo dengizchilari bu orollami o'z  sha- 

harlari  sharafiga  Maluin deb,  nihoyat orollar hozir 

ham hukmronliklarida bo'lgan inglizlar unga Falk­

lend deb nom qo'yishgan.

Yowoyi  g'oz  va  o'rdaklar  gala-gala  bo'lib,  pa- 

luba  ustida  charx urishardi va ulardan ko'pi  o'sha 

kuniyoq dasturxonimizni bezadi.

Baliqlardan  kolben  oilasining  turlari,  ayniqsa, 

uzunligi yigirma santimetr keladigan, hamma yogi 

qo'ng'iroq va sariq qashqa bilan qoplangan bichok- 

kolbenlarni ayniqsa sinchiklab ko'zdan kechirdim.

Falklend  orollaridagi  tog'  ko'zdan  g'oyib  bo'l- 

gach,  «Nautilus»  suvga  sho'ng'idi  va  yigirma- 

yigirma besh metr chuqurlikda Janubiy Amerika so­

hillari bo'ylab suzib ketdi.

Kapitan Nemo ilgarigiday ko'rinmas edi.

3-aprelgacha  biz  patagon  suvlarida  goh  oke­

an  qa’riga sho'ng'ib,  goh  sathiga ko'tarilib  suzdik.

16 - J.Vem



481


4-aprelda  «Nautilus»  La-Plata  deltasi  hosil  etgan 

keng liman1 yonidan o'tib,  sohildan ellik milyacha 

berida  Urugvay  traversiga  chiqdi.  Kapitan  Nemo 

Amerika  qit’asining  barcha  ilon  izi  sohillaridan 

o'tib,  hamon  shimol  tomon  yo'l  tutayotgan  edi. 

Suvosti  kemasiga  Yapon  dengizida  chiqqanimiz- 

dan buyon «Nautilus» o'n olti ming lyo yoki oltmish 

to'rt ming kilometr masofani bosib o'tgan edi.

Ertalab  soat  o'n  birlarga  yaqin  biz  o'ttiz  yet- 

tinchi  meridianda  Kozerog  tropigini  kesib  o'tdik. 

Aftidan,  kapitan  Nemoga,  Ned  Lendning  baxtiga 

qarshi, aholi yashaydigan bu joylarning Braziliyaga 

yaqinligi  yoqmadi  shekilli,  u  o'z  kemasini  kishini 

esankiratuvchi katta tezlik bilan haydadi.  Qancha­

lik  tez  harakat  qilmasin,  bironta baliq,  biror  qush 

«Nautilus»ni  quvib  yetolmasdi  va  shuning  uchun 

ham biz bu dengizlardagi hayvonot dunyosini kuza­

tish imkoniyatidan mahrum edik.

9-aprelgacha  o'sha  shiddatli  tezlikda  suzib 

bordik.  Shu  kuni  kechqurun  biz  Janubiy  Ameri­

ka  qit’asining  eng  sharqiy  nuqtasi  -  Rok  buru­

ni  yoniga  kelib  qoldik.  Biroq  bu  yerda  «Nautilus» 

yo'lini o'zgartirib,  ancha chuqurlikka sho'ng'idi va 

Rok  buruni  hamda  Afrika  sohilidagi  Leon  qoyasi 

oralig'idagi  suvosti  pastligi  tomon  suzib  ketdi.  Bu 

pastlik Antil  orollari balandligida ikkiga ajraydi va 

shimolga borib, to'qqiz ming metr ichkarida ulkan 

chuqurlik bilan tugaydi.  Bu yerlardan Kichik Antil 

orollarigacha  okean  tubining  geologik  kesimi  ba- 

landligi olti ming metrli tikka qoyalardan iboratdir. 

Yashil  Burun  orollari  yaqinida  balandligi  bundan 

kam  bo'lmagan  ikki  devor  o'tib,  u  janubda  suvga 

cho'kkan Atlantida  qit’asiga borib taqaladi.  Bu ul­

kan vodiy tubining ba’zi  yerlari  tog'lar bilan  qop-




Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish