Suv ostida sakson ming kilometr



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km

Konsentrik

 - umumiy markazli doiralar.

459



nimizni  flamandiyaliklar  ichida  o‘ta  tepsa-tebran- 

mas Konselday odamning shunchalik hayajon bilan 

gapirganiga qarab ham tasawur etsa bo'ladi! Ammo 

kanadalik shunday shirin tuyg'ularimizga ham zah- 

rini sochmay qololmadi.

-  Odamlar yashaydigan yer?  -  deya  qaytardi  u 

boshini likillatib. - Tashvishlanmang, do'stim Kon­

sel: biz endi u yerlarni sira ko'rolmaymiz!

Azonda,  soat  beshga  yaqin  kema  yana  bir  tur- 

tindi, bu gal turtki  old tomondan bo'ldi.  «Nautilus» 

tumshugi bilan muzga borib urilganini  sezdim. Af­

tidan,  rul boshqaruvchi muz bo'laklari to'lib yotgan 

va  kemani  olib yurish  oson bo'lmagan bu  tunnelda 

yaxshi  manyovr qilolmay qolganga o'xshaydi.  Kapi­

tan  Nemo  bu  to'siqdan  o'tgach,  kema  yo'nalishini 

o'zgartiradi va biz tunnelning ilon izi yo'llaridan yana 

olg'a  suzamiz  deb  o'ylagan  edim.  Ammo  men  kut- 

ganning aksi bo'lib, «Nautilus» orqaga suza boshladi.

- Orqaga qaytyapmizmi? - deb so'radi Konsel.

- Ha, - deb javob berdim men. - Tunnelning bu 

yog'idan yo'l bo'lmasa kerak.

- Demak...

-  Demak,  biz  orqaga  qaytib,  tunnelning  janub 

tomonidan chiqib ketamiz. Bu hech gap emas. Bun­

ga o'zimning ishonchim bo'lmasa ham, do'stlarimni 

ishontirishga harakat qildim.

Bu orada «Nautilus»ning orqaga suzishi tezlasha 

borib, nihoyat kema to'la tezlikka o'tdi.

-  Bu  vaqtni  behuda  o'tkazishdan  bo'lak  narsa 

emas, - dedi Ned Lend.

-  Bu  yerdan  chiqadigan  bo'lganimizdan  keyin, 

ortiqcha  bir necha  soatning bizga  nima  ahamiyati 

bor! - dedi Konsel.

- To'g'ri, - deb javob berdi Ned Lend, - agar biz 

chindan ham bu yerdan chiqa olsak.

460



Men  salondan  kutubxonaga  borib-kelib  turib- 

man.  O'rtoqlarim  bamaylixotir  divanda  o'tirishar 

edi.  Birozdan  so'ng  men  ham  divanga  o'tirib, 

o'zimni  o'qishga  majbur  qildim,  ammo  ko'zlarim 

harflarni shunchaki ko'rardi, xolos.

Oradan chorak soat o'tgach, Konsel oldimga ke­

lib so'radi:

- Xo'jam qiziq kitob o'qiyaptilarmi?

- Juda qiziq kitob, - deb javob berdim men.

-  Bunga  shubham yo'q.  Chunki,  xo'jam  o'z  ki- 

toblarini o'qiyaptilar.

- Darhaqiqat, men tamoman o'ylamaganim hol­

da  o'zimning  «Dengiz  qa’rining  sirlari»  kitobim- 

ni  ushlab  turar  edim.  Kitobni yopib,  yana  salonda 

yura  boshladim.  Ned  bilan  Konsel  menga  xalaqit 

bermaslik uchun divandan turib,  eshik tomon yur- 

dilar.

-  Do'stlarim,  ketmanglar,  -  dedim  ularga.  - 



Tunneldan chiqib olgunimizcha birga bo'laylik.

- Xo'jam shuni istasalar, marhamat, - dedi Kon­



sel.

Bir necha soat shu alfozda o'tdi. Men tez-tez sa­

lon devoriga osig'liq turgan asboblarga qarar edim.

I Manometr mili biz  muttasil  uch yuz metr chuqur­

likda suzayotganimizni ko'rsatib turar edi. Kompas 

birday  janub  tomonga  suzayotganimizni,  lag bun­

day  tor  joy  uchun  ortiqcharoq  bo'lsa-da,  soatiga 

yigirma  milya  tezlikda  borayotganimizni  ko'rsatar 

edi. Ammo har bir minutning qimmati yildan oshiq 

bo'lgan  hozirgi  sharoitda  kapitan  Nemo  har  qan­

day  shoshilinch  chora  ortiqcha  emasligini  chuqur 

his etar edi.

Soat  sakkizdan  yigirma  besh  minut  o'tganda 

kema  ikkinchi  bor  turtindi.  Bu  gal  turtki  quyruq 

tomondan  edi.  Rangim  quv  o'chdi.  O'rtoqlarim

461



o'rinlaridan  sapchib turishib,  menga yaqinlashish- 

di.  Men Konselning qo'lini  mahkam ushlab  oldim. 

Biz  savol  nazari  bilan  bir-birimizga  qaradik  va 

so'zsiz  so'zlashuv  har  qanday  boshqa  gapdan  tu- 

shunarliroq edi.

Shu daqiqada salonga kapitan Nemo kirib keldi. 

Men yugurib uning oldiga bordim.

- Janubda ham yo'l berkmi? - so'radim.

-  Ha,  janob professor. Ag'anagan aysberg bizni 

qamab qo'yibdi.

- Biz tuzoqdamizmi?

-Ha.



Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish