Suv ostida sakson ming kilometr


O' n  o l t i n c h i   b o b



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km

O' n  o l t i n c h i   b o b  

HAVO YETMAY QOLDI

Shunday  qilib,  «Nautilus»  hamma  tomondan 

o'tib bo'lmas  muz  devorlar bilan  o'ralib  qoldi.  Biz 

muzlarga asir bo'lib qolgan edik.

Kanadalik  ulkan  mushtumini  stolga  urdi.  Kon­

sel jim turar edi. Men kapitandan ko'z uzmas edim. 

Uning yuziga yana  sovuqqonlik yugurdi.  Qo'llarini 

ko'kragiga chambarak qilib o'yga toldi.

«Nautilus» qimir etmay turar edi.

Kapitan Nemo so'z boshladi.

-  Janoblar,  -  dedi  u  tamoman  osoyishtalik bi­

lan,  -  bizning hozirgi  ahvolimizda hayot bilan vi- 

dolashuvning ikki imkoniyati bor.

Bu  g'alati  odam  o'zini  bizning  oldimizda  ma- 

tematika  professori  talabalarga  ma’ruza  o'qi- 

yotganday tutar edi.

-  Birinchisi  -  bu  muz  siqib  qo'yishi,  ikkinchi- 

si  havo  yetmay  o'lish.  Men  ochlikdan  o'lishni  ta­

moman istisno etaman, chunki «Nautilus»da g'am- 

langan  ozuqa,  hech  shubhasiz,  bizdan  keyin  qol-



462


ganlarga ham yetadi. Shunday qilib, biz ana shu ikki 

imkoniyatni chamalab ko'ramiz.

-  Menimcha, havo yetmay o'lishdan cho'chish- 

ga sira hojat yo'q, kapitan,  - dedim men,  - negaki 

«Nautilus» rezervuarlariga siqiq havo to'latilgan.

-  Gapingiz to'g'ri,  - javob berdi kapitan,  - ular 

bizni  ikki kunga yetadigan havo bilan ta’minlaydi. 

Biz  esa  o'ttiz  olti  soatdan  buyon  suv  ostidamiz, 

kema ichida esa nafas olish tobora og'irlashib, ha- 

voni  yangilashga  zarurat  tug'ilmoqda.  Qirq  sakkiz 

soatdan keyin zaxira tugaydi.

-  Demak,  shu  muddat  tugamay  biz  ozodlikka 

chiqib olishimiz kerak, kapitan!

-  Biz  shunga  intilishimiz  kerak.  Muz  devorni 

parmalab ko'ramiz.

- Qaysi tomondan? - deb so'radim.

-  Buni  bizga  zond  ko'rsatib  beradi.  Men  hozir 

«Nautilus»ni  muz  katagimizning  tubiga  tushira- 

man va  matroslar  skafandr kiyib  olib,  muz  devor- 

laridan qaysi biri yupqaligini aniqlaymiz.

- Salon to'siqlarini ochsa bo'ladimi?

-  Albatta.  Axir  biz  endilikda  harakatsiz  turib- 

miz-ku.

Kapitan  Nemo  salondan  chiqib ketdi.  Ko'p  o't­

may  eshitila  boshlagan  hushtak  ovozi  rezervuar- 

larga  suv  quyilayotganidan  dalolat  berardi.  «Nau­

tilus»  asta-sekin  muz  katak  ostiga,  uch  yuz  ellik 

metr chuqurlikka tusha boshladi.

-  Do'stlarim,  -  dedim  men  Konsel  va  Ned 

Lendga,  -  og'ir  vaziyatga  tushib  qoldik,  ammo 

o'zlaringizga  xos  baland  ruh  va  shijoatlaringizni 

yo'qotmasliklaringizga aminman.

-  Janob  professor  xotirjam  bo'lsinlar,  bunaqa 

vaqtda men u kishiga nolimayman,  - dedi kanada-



463


lik.  -  Men hammamizning qutulishimiz  uchun ni- 

maiki zarur bo'lsa, bajarishga tayyorman.

-  Juda soz,  Ned!  -  javob berdim kanadalikning 

qo'lini siqib.

-  Shuni  ham  aytib  qo'yayki,  men  cho'kichni 

ham garpun singari yaxshi ishlata olaman, binoba­

rin, kapitan Nemoga zarur bo'lib qolsam, xizmatiga 

tayyorman.

-  Cho'zgan  yordam  qo'lingizni  bajonidil  qabul 

qilishiga shak-shubham yo'q. Yuring, Ned.

Men kanadalik bilan «Nautilus»  matroslari  ska­

fandr  kiyayotgan  xonaga  o'tdim.  Kanadalikning 

taklifini  kapitan  Nemoga  aytganimda  u  bajonidil 

qabul etdi.

Ned  Lend  boshqa  matroslar  bilan  bir  vaqtning 

o'zida skafandr kiyib oldi. Ulardan har biri yelkasi- 

ga rezervuarlardan toza havo to'latilgan Rukveyrol 

apparatlarini ilib oldi,  - bu «Nautilus»da havoning 

umumiy  miqdorini  kamaytirsa-da,  bu  sarfni  ortiq- 

cha deb bo'lmas edi.  Rumkorf lampalariga kelgan- 

da shuni aytish kerakki,  uning bu yaxshi yoritilgan 

yerda keragi yo'q edi.

Ned  skafandr  ichiga  kirib  olgandan  keyin  men 

salonga qaytdim, uning to'siqlari ochilgan edi. Kon­

sel  bilan  deraza  yonida  o'tirib,  «Nautilus»ni  o'rab 

olgan muz devorlarni ko'zdan kechira boshladim.

Bir necha minutdan so'ng o'n ikki  g'awos  muz 

ustiga  chiqib  olganlarini  ko'rdik.  Ular  orasida 

bo'ychanligi bilan ajralib turgan Ned Lendni oson- 

lik  bilan  tanib  olish  mumkin  edi.  Kapitan  Nemo 

ham shu to'da ichida edi.

Muzni  sindirishga  kirishishdan  oldin  u  yax- 

ni  qaysi  tomondan  yorish  qulay  bo'lishini  sinab 

ko'rish maqsadida bir necha quduq qazishni buyur- 

di.  Uzun parmalar yon devorlarga kirgizildi, ammo

464



o'n besh metrga borganda ham muzlamagan suvga 

yetmagan  edi.  Tunnelning  shipini  yorish  mutlaqo 

befoyda,  chunki  u  uzluksiz  yaxlit  muzning  pastki 

qatlamlari  bo'lib,  qalinligi  kamida  to'rt yuz  metr- 

cha kelardi.  Shunday keyin kapitan  Nemo  tunnel­

ning ostini parmalashga buyurdi.

Bu yo'nalishdagi  muz  qatlamining  qalinligi  o'n 

metrdan  oshmas  ekan.  Binobarin,  ana  shu  muz 

g'ori  ostidan  «Nautilus»  hajmidan  kattaroq  teshik 

ochish, ya’ni «Nautilus»ning muzdan xoli pastki suv 

qatlamlariga o'ta olishi uchun taxminan olti yarim 

ming kub metr yaxni yorish kerak edi.

G'awoslar  tezda  ishga  tushdilar  va  uni  sira 

bo'shashtirmay  g'ayrat  bilan  davom  ettirdi- 

lar.  Kapitan  Nemo  muzni  qiyin  bo'lmasin  uchun 

«Nautilus»ning  xuddi  ostidan  emas,  balki  kema 

korpusining chaprog'idan,  sakkiz  metr naridan te- 

shishni buyurdi.  G'awoslar muz ustiga teshadigan 

joylarining bichimini katta qilib chizib oldilar va bir 

necha  joyda  ish  boshladilar.  Ularning  cho'kichlari 

rrtuz  qatlamlariga  baravar tushib,  katta bo'laklarni 

ko'chirar edi.

Bu  ishning  qiziq  bir  tomoni  bor  edi:  ko'chirib 

olingan muz parchalari, suvdan yengil bo'lgani sa- 

babli shipga qalqib chiqardi va past qanchalik yup- 

qalashib  borsa,  g'or  shipi  shunchalik  qalinlashar 

edi.  Biroq bu  narsa bizni  sira  cho'chitmas,  chunki 

muzning pastki  qismi har holda kamayib  borayot- 

gan edi!

Ned Lend ikki  soatlik og'ir ishdan charchab  sa­

longa  kirdi.  U  va  uning  o'rtoqlari  o'rniga  mat- 

roslarning yangi  to'dasi  chiqdi.  Men  bilan  Konsel 

ham  ularga  qo'shildik.  Bizning  ishimizni  kapitan- 

ning yordamchisi boshqarib turdi.

Boshda suv menga juda sovuqday tuyuldi, ammo

465



cho'kich bilan ishlagach, tezda qizib  oldim.  Bosim 

o'ttiz atmosfera bo'lishiga qaramay, bemalol hara­

kat qilar edim.

Ikki  soat  ishlab,  ovqatlanish,  biroz  dam  olish 

uchun  «Nautilus»ga  qaytganimizda,  men  Rukvey- 

rol  apparatidagi  toza  havo  bilan  kemaning karbo- 

nat angidridi ko'payib og'irlashgan havosi orasida- 

gi keskin farqni sezdim. Kema ichidagi havo qariyb 

qirq sakkiz soatdan buyon yangilanmagan va nafas 

olish uchun deyarli yaroqsiz bo'lib qolgan edi.

O'n ikki soat tinimsiz ishlab, biz muzdagi chiziq 

ichida bir metrlik qatlamnigina olib tashlagan edik. 

Agar keyingi  har bir metr uchun  ham  o'n  ikki  so- 

atlik mehnat talab  etiladigan bo'lsa,  ishni  poyoni- 

ga yetkazish uchun bizga yana besh kecha-yu to'rt 

kunduz kerak bo'ladi.

-  Besh kecha-yu va to'rt kunduz!  -  dedim men 

o'rtoqlarimga.  -  Rezervuarlarimizdagi  havo  esa 

atigi ikki kecha-kunduzga yetadi!

-  Hali  bu  la’nati  qamoqdan  chiqqandan  keyin 

ham,  -  deb  qo'shib  qo'ydi  Ned  Lend,  -  ma’lum 

vaqtgacha  dengiz  sathiga  ko'tarilolmay  uzluksiz 

yaxlit muzliklar ostidan suzishimiz ham kerakligini 

hisobga olmaganda.

Ned  Lend  haq  edi.  Chindan  ham,  ochiq  joy- 

ga  chiqqunimizcha  qancha  vaqt  o'tishini  aniqlash 

qiyin  edi  va,  binobarin,  biz  «Nautilus»  suv  sathi­

ga  ko'tarilguncha  hammamiz  bo'g'ilib  o'lmasmi- 

kinmiz.  Hammamizga  g'or  muzliklardan  nasib  et- 

gan bo'lsa ham ajab emas...

Ahvolimiz chindan ham fojiali edi. Ammo ham­

mamiz  xavf-xatarga  tik  boqardik  va  burchimizni 

oxirigacha ado etishga ahd qilgandik.

Men  oldindan  aytganimday,  o'tgan  bir  kecha 

ichida muz yana bir metr chuqurlashibdi. Biroq er-

466



talab  skafandrni  kiyib,  muzga  chiqqach,  g'orning 

yon  devorlari  bir-biriga  ancha  yaqinlashib  qolga- 

nini ko'rib qoldim: unga tegib turgan bir qatlam suv 

g'awoslar ishlamayotgani uchun muzlab qolibdi.

Bu  bizning  qutulishga  bo'lgan  umidlarimiz- 

ni  puchga  chiqaruvchi yangi va  dahshatli  xavf edi. 

Suvning muzlab qolib, tunnel devorlarining yaqin­

lashib,  «Nautilus»ni mo'rt oynaday majaqlab tash- 

lash  xavfini  qanday  qilib  va  nima  bilan  daf  etish 

mumkin?


Men  o'rtoqlarimga  bu  yangi  xavf  haqida  hech 

nima  demadim.  Ularni  qutulish  uchun  qilayotgan 

ishidan  sovutishning  nima  keragi  bor?  Ammo  ke­

maga kelgach, bu jiddiy mushkullikdan kapitan Ne- 

moni ogoh etdim.

Ko'rdim,  - dedi u hayajondan asar ham sezil- 



maydigan vazmin ohangda. - Bu yangi xavf, ammo 

uni  to'xtatishga  ojizman.  Qutulishning  birdan  bir 

yo'li  shuki,  bu  tuzoqdan  suv  muzlaguncha  chiqib 

ketish kerak. Ana shunaqa.

i  «Ana shunaqa», dedi u. Uning gapirish uslubiga 

allaqachon ko'nikishim kerak edi!..

Kun  bo'yi  bir  necha  marta  muz  ustiga  chiqib, 

cho'kichni qo'limga olib astoydil ishladim. Ish meni 

ancha  tetiklashtirardi.  Bundan  tashqari,  ishlash  - 

bu  «Nautilus»dan  chiqib,  kemaning  kislorodi  siy- 

raklashib og'irlashib qolgan havosi o'rniga rezervu- 

arlarning toza  havosidan  nafas  olish  imkoniyatiga 

ega bo'lish degan gap edi.

Kechga  borib  o'ra  yana  bir  metrga  chuqur- 

lashdi.

Kemaga  qaytganimda  karbonatkislota  bilan 

to'lgan havoni  o'pkamga tortib bo'g'ilib  qolishim- 

ga  sal  qoldi.  Bizda  nafas  olishga  zararli  bu  gaz- 

ni  yo'q  qiladigan  kimyoviy  vosita  yo'qligini  qa-

467



rang-a?!  Kislorod  tanqisligiga  sira  duch  kelmagan 

bo'lardik.  U  bizni  o'rab  turgan  suvda  istagancha 

topiladi.  Batareyalarimizdagi  elektr  tokida  suvni 

parchalash yo'li bilan osonlikcha kislorod olishimiz 

mumkin edi. Men bu haqda oylab ko‘rdim-u, biroq 

keyinchalik bu fikrimdan qaytdim. Chunki biz nafas 

olayotganimizda  chiqarib,  butun  kemani  to'latgan 

karbonatkislotadan  havoni  qanday  tozalaymiz? 

Karbonatkislotani yo'q qilish uchun katta idishlar- 

ga  oyuvchi  natr  to'latib,  uni  tinmay  aralashtirish 

kerak edi. Biroq «Nautilus»da o'yuvchi natr yo'q edi 

va biz  uning o'rnini bosadigan boshqa hech  narsa 

bilan almashtirolmasdik.

Kechqurun  kapitan  Nemo  o'z  rezervuarlarining 

murvatini  ochib,  kemaga bir necha  kub metr havo 

chiqarishga  majbur bo'ldi.  Agar u  shunday qilma- 

ganda, biz ertalab turolmas edik.

Ertasi  kuni,  26-martda,  qazuvchilik ishimni  da­

vom  ettirib,  chuqurning  beshinchi  metriga  cho'­

kich urdim. Tunnelning yon devorlari va shipi sezi- 

larli  darajada  yaqinlashib  qolgan  edi.  Ish  sur’ati 

shunday  davom  etadigan  bo'lsa,  ular  «Nautilus» 

chiqib ketib ulgurmay qo'shilishi aniq edi.

Bir  zumgina  umidsizlikka  tushib  qoldim.  Cho'­

kich  qo'limdan  tushib  ketishiga  sal  qoldi.  Bari- 

bir havo yetishmasligidan bo'g'ilib  o'lishimiz  yoki 

toshga  aylangan  suv  ezib  tashlashi  aniq  bo'lgan- 

dan keyin muzni yorishning nima hojati bor?

Nazarimda  meni  allaqanday  dahshatli  maxluq 

jag'lari orasiga olib siqayotganday va u ortiq ochil- 

maydiganday bo'lib tuyuldi.

Xuddi  shu  daqiqada  bizga  boshchilik  qilayot- 

gan va o'zi ham chaqqonlik bilan cho'kich urayot- 

gan kapitan  Nemo yonimdan  o'tib  qoldi.  Men  uni 

to'xtatib,  qo'lim  bilan  qamoqxonamizning  devori-

468



ga ishora qildim. Kechasi u kema tomonga kamida 

to'rt metr yaqinlashibdi.

Kapitan Nemo nima demoqchiligimni tushunib, 

orqasidan yurishga ishora qildi.

Biz kemaga qaytdik.

Skafandrni  yechib,  uning  ketidan  salonga  kir- 

dim.

-  Janob  Aronaks,  -  dedi  u,  -  biz  biron  jasorat 



ko'rsatadigan  tadbir  qo'llashimiz  kerak,  aks  holda 

biz  muzda  sementlangandan  ham  mustahkamroq 

parchinlanib qolamiz.

-  Ha,  -  deya javob berdim men,  -  ammo nima 

ham qila olardik?

- Eh, - xitob qildi u, - agar «Nautilus»im bu bo­

simga dosh berib, parchalanib ketmaganida edi!

- Unda nima bo'lar edi? - so'radim kapitan Ne­

moning bu bilan nima demoqchi bo'lganini angla- 

may.


-  Nahotki,  siz  suvning muzlashi  bizga  qo'l  ke- 

lishini tushunmayotgan bo'lsangiz? Axir suv muzga 

aylangach,  u  ko'proq  joy  egallaydi  va  hech  shub- 

hasiz  bizni  asir  qilib  turgan  muz  maydonini,  eng 

mustahkam  toshlarni  ham  muzlab  yorganday  yo- 

rib  tashlaydi.  Nahotki,  siz  bu  bizning  haloka- 

timiz  emas,  qutulishimizga yo'l  ochishini  tushun- 

masangiz!

-  Ha,  kapitan,  bo'lishi  mumkin.  Ammo  «Nau­

tilus» qanchalik mustahkam bo'lmasin, u bu qadar 

dahshatli bosimga bardosh berolmaydi va muz de- 

vorlar uni yupqa yaproq qilib majaqlab tashlaydi.

-  Bunisini  bilaman,  professor.  Shuning  uchun 

ham  endilikda  tabiatdan  madad  kutayotganim 

yo'q,  balki  faqat  o'zimga  ishonyapman.  Qanday 

bo'lmasin  suvning  bundan  ortiq  muzlashiga  yo'l 

qo'ymaslik kerak!  Uni  to'xtatish  kerak!  Endi  faqat

469



yon  devorlargina  yaqinlashayotgani  yo'q:  «Nau- 

tilus»ning  tumshug'i  bilan  quyruq  tomonidan  har 

biri o'n futdan ortiq kelmaydigan suv bo'shlig'i qo- 

libdi...  Muz  katagimiz  hamma  tomondan  torayib 

kelyapti!

- Rezervuarlardagi havo zaxirasi qancha vaqtga 

yetadi? - deb so'radim. Kapitan Nemo ko'zimga tik 

qaradi.


- Indinga, - dedi u biroz jim turgach, - rezervu- 

arlar bo'shab qoladi!

Peshanamdan  sovuq  ter  chiqib  ketdi.  Sirasini 

aytganda, bu javob meni taajjublantirmasligi kerak 

edi:  22-martda  «Nautilus»  qutbdagi  ochiq  dengiz 

suvlariga  sho'ng'igan edi,  bugun  26-mart,  -  bino­

barin, biz besh kundan buyon kemadagi zaxira havo 

hisobiga yashayapmiz.  Bundan tashqari,  muzni te- 

shish uchun olib borilayotgan suvosti ishlariga an- 

chagina havo ketdi.

Hozir  mana  shu  satrlarni  yozar  ekanman,  bo- 

shimdan  kechirilgan  dahshat  xotiramda  xuddi  ke­

cha  bo'lib  o'tganday  shu  qadar  ravshan  turibdiki, 

qo'l va oyoqlarimning tomirlari tortishib ketadi va 

o'pkamga  nafas  kirmayotganday  jonholatda  havo 

yutaman...

Bu orada kapitan Nemo fikrini bir yerga to'plab, 

jimgina xayolga tolgan edi.

To'satdan  uning  xayoliga  allaqanday  fikr  kel- 

ganini  sezdim.  Boshda  u  bu  fikrni  xayolidan  quv- 

moqchiday bo'ldi, o'zi qoniqmagandir. Ammo keyin 

uning og'zidan:

-  Qaynoq suv! Qaynoq suv!  - degan so'zlar oti- 

lib chiqdi.

- Qaynoq suv? - qichqirdim men.

- Ha, professor. Biz juda tor joyda qamalib qol- 

ganmiz  «Nautilus»  nasoslaridan  muttasil  qaynoq

470



suv  purkab  turilsa,  u  atrofimizdagi  suv  haroratini 

ko‘taradi va muzlash jarayonini to'xtatadi!

- Bu vositani sinab ko‘rish kerak, - dedim men.

-  Ko'ramiz,  janob professor.  Kema tashqarisiga 

qo'yilgan  termometr  noldan  pastki  yetti  darajani 

ko'rsatib turar edi.

Kapitan  Nemo  ketidan  kema  oshxonasiga  kir- 

dim.  U  yerda  katta  qaynatkich  -  dengiz  suvining 

sho'rini ketkizadigan opresnitel turardi.

Qaynatkichga  to'latib  suv  quyildi  va  «Nau- 

tilus»ning elektr batareyalari butun kuchi bilan suv 

aylanib o'tgan spiral naychalarni qizitishga qo'yildi. 

Bir necha minut ichida suv qaynash nuqtasiga yet- 

di.  Nasoslar  uni  tashqariga  haydab  chiqara  bosh­

ladi, o'rniga esa o'sha zahoti yangi sovuq suv kirar 

edi.  Elektr  batareyalar  chiqarayotgan  issiqlik  shu 

qadar baland ediki, spiral naychalarga kirgan muz- 

day dengiz suvi undan yuz daraja harorat bilan chi- 

qar edi.

Uch soat davomida tinimsiz qaynoq suv purkash 

natijasida  simob  ustunchasi  bir  daraja  ko'tarilib, 

minus  oltini  ko'rsata  boshladi.  Oradan  yana  ikki 

soat o'tgach, u to'rt darajaga ko'tarildi.

-  Ta’sir  qildi!  -  dedim  men  termometr  ko'r- 

satkichini kuzata turib. - Endi g'alaba bizniki!

-  Ha,  -  dedi kapitan,  -  men ham shunday deb 

o'ylayman.  Biz  pachoqlanmaymiz.  Endi  havo  ye- 

tishmay  bo'g'ilib  qolish  xavfidan  qutulish  chora- 

sini ko'rishimiz kerak.

Butun tun davomida suv harorati noldan pastki 

bir darajagacha ko'tarildi. Biz uni yana ko'tarishga 

qanchalik  urinmaylik  bo'lmadi.  Sirasini  aytgan- 

da, muzlash jarayoni to'xtagani uchun bunga ehti- 

yoj ham yo'q edi. Keyingi kuni,  27-martda, ertalab 

o'raning chuqurligi  olti  metrga yetdi.  Shunday qi-

471



lib, yana atigi to'rt metr qazish qoldi, xolos. Buning 

uchun yana qirq sakkiz soat lozim edi.

Shu  kuni  «Nautilus»ning  ichida  havo  o'zgarti- 

rilmadi.  Kapitan  Nemo  rezervuarlarda  qolgan  ar- 

zimagan  havo  zaxirasini  suvosti  ishlariga  saqlab 

turardi.  Kemada  nafas  olish  soat  sayin  og'irlashib 

borar edi.

Zilday  narsa  butun  og'irligi  bilan  ko'kragimni 

ezayotganday  edi.  Peshindan  keyin  soat  uch- 

da  chidab  bo'lmaydigan  darajada  qiynala  boshla- 

dik. Men tinimsiz homuza tortar edim.  O'pkalarim 

«Nautilus»ning  og'irlashgan  atmosferasidan  jon- 

holatda hayotbaxsh kislorod  zarralarini  simirishga 

intilardi, ammo bu zarralar nafas olgan sari tobora 

kamaya borar edi.

Miyam  va  o'zim  harakat  qilolmay  dong  qotib 

qoldim. Darmonsizlanib deyarli hushsiz holda yotar 

edim.


Mehribon Konsel mendan kam azob chekmayot- 

ganiga  qaramay,  yonimdan  bir  dam  jilmadi.  U 

qo'limni  olib,  meni  tetiklashtirdi.  Qulog'imga  shi- 

virlagani kirdi:

Oh,  qani  edi  havoni  xo'jamga  ehtiyot  qilish 



uchun nafas olmasligimning iloji bo'lsa!

Bu so'zlarni eshitib ko'zlarimda yosh qalqidi.

Kema  ichida  nafas  olish  og'irlashgan  sari  ish- 

lash  navbati  yetganda  shunchalik  bajonidil  ska- 

fandrlami  kiyadigan  bo'ldik.  Cho'kichlar  muzga 

urilib,  jaranglardi.  Yelka  va  bellarimiz  charchoq- 

dan  zirqirab  og'rirdi,  qo'llarimiz  qadoq bo'lib ket­

di. Ammo ko'krakni to'ldirib toza havo simirganda 

charchoq va og'riqlar hech gap bo'lmay qolarkan.

Shunday bo'lsa-da,  hech kim suv ostida keragi- 

dan ortiqcha turmas edi.

Ikki  soat  ishlagach,  har  bir  kishi  toza  havo



472


to'latilgan qutqazuvchi rezervuarni kemaning og‘ir 

atmosferasida  bo'g'ilayotgan  o'rtog'iga  uzatishga 

oshiqar, bu esa unga yana hayot baxsh etar edi.

Kapitan  Nemo  qat’iy tartibga  rioya  qilishda bi­

rinchi bo‘lib namuna ko'rsatar edi. Suvda ish mud- 

dati  oxiriga  yetgach,  u  sobit  qadamlar  bilan  ke­

maga,  zaharli  atmosferaga  qaytar  edi.  Uning yuzi 

ilgarigiday  osoyishta va  og'zidan bitta  ham  noliy- 

digan so'z chiqmas edi.

O'sha  kuni  ish  odatdagidan  ham  ko'proq  qunt 

bilan davom etar edi. Bir kecha-kunduzda muz yana 

ikki  metr  chuqurlashtirilgan,  endilikda  biz  bilan 

muzdan xoli suvning oralig'i atigi ikki metr qolgan 

edi.


Biroq havo rezervuarlari tamoman bo'shagan va 

Rukveyrol  apparatlaridagi  zaxirasigina  qolgan  edi, 

xolos.

Kemaga  kelib,  skafandrni  yechganimda,  o'sha 



zahotiyoq  bo'g'ilishimga  sal  qoldi.  Tunni  qanday 

dahshat  bilan  o'tkazdim!  Uni  ifodalash  mumkin 

ema!s,  chunki  bunday  azob-uqubatlarni  so'z  bilan 

bayon etib bo'lmaydi.

Ertalab  nafas  olishim  yanada  og'irlashgan  edi. 

Bosh  og'rig'i ustiga tez-tez boshim aylanib,  mast- 

ga  o'xshab  kalovlanadigan  bo'ldim.  Yo'ldoshlarim 

ham  xuddi  shunday  qiynalishayotgan  edilar.  Mat- 

roslardan ba’zi birlari xirillay boshlagan edi.

Qamalib qolganimizning ana  shu  oltinchi kuni- 

da kapitan  Nemo  cho'kich bilan  ish nihoyat  dara­

jada  sust  ketayotganini  va  u  oxiriga  yetkazilmay 

havo  zaxirasi  tugab  qolishini  oylab,  bizni  ochiq 

suvdan  ajratib  turgan  muz  qatlamini  boshqa  yo'l 

bilan  teshishga  qaror  qildi.  Bu  odam  idrok  etish, 

g'ayrati va o'ziga xos  sovuqqonligini birday saqlab 

turar edi.  Iroda kuchi bilan u o'zini jismoniy azob-

473



larga ko'niktirardi. U idrok etar, ixtiro qilar, intilar 

edi.


Uning  buyrug'iga  binoan  «Nautilus»  rezer- 

vuarlaridan bir qism suv siqib chiqarildi.

Kema  muzdan  ko'tarilganda  uni  biz  qazigan 

ulkan  chuqurning  xuddi  markaziga  keltirishdi. 

So'ngra rezervuarlarga yana suv to'latildi va «Nau­

tilus» chuqurning tubiga borib o'rnashdi.

Butun ekipaj kemaga qaytdi va ikki qavatli eshik 

zich yopildi.

«Nautilus»  qalinligi  bir  metrdan  oshmaydigan, 

buning ustiga ming yeri parmalangan muz qatlami- 

da turar edi. Kapitan Nemo rezervuarlariga siqqancha 

suv  solishni va  shu yo'l  bilan  «Nautilus»  og'irligini 

yuz ming kilogrammga yetkazishni buyurdi.

Biz chekayotgan azoblarimizni ham unutib, qu- 

loq solib jon-jahdimiz bilan kutib turar edik. Qutu- 

lish uchun qilinayotgan tavakkal edi bu.

Quloqlarim  qattiq  g'uvullab  turganiga  qara- 

may,  ko'p  o'tmay  men  «Nautilus»  korpusi  ostida 

muz  sharaqlayotganini eshitdim.  Ovoz borgan sari 

kuchaymoqda  edi.  Biz  pastlashib  borardik.  Muz 

qog'ozni  yirtayotgandagiga  o'xshash  g'alati  ovoz 

chiqarib  yorilmoqda  edi.  «Nautilus»  pastga  tusha 

boshladi.

O'tayapmiz,  -  deya  qulog'imga  shivirladi 



Konsel. Unga javob berishga holim kelmadi. Uning 

qo'lini olib mahkam siqib qo'ydim.

«Nautilus»  og'ir  ballasi  bilan  bo'shliqda  ucha- 

yotgan  o'q  singari  dengiz  qa’riga  toshday  tushib 

ketdi.

Bir  zumda  batareyalardagi  butun  quwat  na- 



soslarga  berildi  va  rezervuarlardagi  suv  shuvullab 

chiqa boshladi.  Bir necha  minutdan  so'ng bizning 

pastlashuvimiz  sekinlashdi,  so'ngra  esa  tamoman

474



to'xtadi  va  manometr  mili  ko'tarila  boshlagani- 

mizni ko'rsatdi.

«Nautilus» vinti shu qadar tez ishlab ketdiki, bu­

tun kemaning korpusi zirillab, qaldiray boshladi va 

biz shimol tomon uchib ketdik.

Biroq bu muz ostidan ochiq dengizga suzib chiq- 

quncha qancha vaqt ketadi? Yana bir kunmi? Unda 

men bardosh berolmayman...

Men  kutubxonadagi  divanda  yonboshlab  o'tir- 

gan  edim.  Nafasim  bo'g'ilayotgan  edi.  Yuzim 

ko'karib,  lablarim  tamoman  qoraydi.  Barmoqla- 

rimni  qimirlatishga ham  darmonim  qolmagan  edi. 

Men  hech  narsani  ko'rmasdim,  quloqlarim  eshit- 

masdi, vaqtni idrok etishdan mahrum bo'lgan edim. 

Mushaklarim qotib qoldi...

Shu ahvolda necha soat yotganimni bilmayman. 

Biroq  o'qtin-o'qtin  hushimga  kelganimda  jon  tal- 

vasasi boshlanganini  sezdim.  Jon berishim muqar- 

rarligini bildim...

, To'satdan o'zimga keldim.  O'pkamni toza havo 

siypalab  o'tdi.  Nahotki,  suv  sathiga  chiqqan  bo'l- 

sak? Uzluksiz yaxlit  muzlar mintaqasidan  o'tgani- 

mizni qanday qilib sezmay qoldim ekan?

I Yo'q,  biz  hamon  muz  ostida  edik!  Bu  Konsel 

bilan  Ned  Lend,  sodiq  do'stlarim,  meni  qutqarish 

uchun  o'zlarini  qurbon  qilayotgan  edilar.  Rukvey- 

rol apparatlaridan birida biroz havo saqlanib qolgan 

ekan. O'zlari foydalanmay bo'g'ila turib, bu havoni 

in’om etib, menga hayot nafasini ufurdilar.

Hushimga  kelgach,  qutqaruv  apparatini  o'zim- 

dan nari itarmoqchi bo'ldim, ammo ular qo'llarim- 

ni  ushlab  turdilar  va  men  bir  necha  minut  davo­

mida hayotbaxsh gazni rohatlanib yutdim.

Soatga  qaradim.  Ertalabki  o'n  bir  edi.  28-mart 

boshlangan edi.

475



«Nautilus»  dahshatli  tezlik bilan  -  soatiga  qirq 

milya bosib, suvni o'qday yorib borar edi.

Kapitan  Nemo  qayerda qoldi  ekan?  Tirikmikin? 

Uning o'rtoqlari omon qolishdimikin?

Shu  daqiqada  manometr  mili  dengiz  sathidan 

atigi  yigirma  fut  pastda  ketayotganimizni  ko'rsa­

tar di.  Ochiq  havodan  bizni  faqat  yupqagina  muz 

yalangligi  ajratib  turar  edi.  Nahotki,  uni  yorib 

bo'lmasa?

Yo'q, mumkin! Har holda «Nautilus» shunga ho- 

zirlik ko'rayotgan edi.

U quyruq tomonini  pastlatib  o'tkir forshtevnini 

ko'tarayotganini  payqadim.  Kemani  bunday holat- 

ga  keltirish  uchun  quyruq  tomondagi  rezervuarga 

ozroq  suv quyish kifoya edi.  Shundan so'ng kuch­

li vintlar vositasida yuqoriga ko'tarildi va muz ya- 

langligiga ulkan taran singari hujum boshladi.

«Nautilus»  bir  joyning  o'ziga  bir  necha  marta 

uzoqdan tez suzib kelib muz qatlamini o'z og'irligi 

bilan teshib chiqqunimizcha ura boshladi.

Lyuk  ochiq,  to'g'rirog'i,  buzilgan,  binobarin 

«Nautilus»ning  burchak-burchaklarigacha 

toza 

havo oqimi kirib keldi...




Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish