Suv ostida sakson ming kilometr


 ‘n  b e  s hi n chi  b o b



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km

0 ‘n  b e  s hi n chi  b o b  

TUZOQDA


Keyingi  kuni,  22-martda,  ertalab  soat  oltida 

«Nautilus» koihandasi  qaytishga tayyorgarlik ko'ra



451


boshladi.  So'nggi  yog'du  tun  qorong'isiga  singib 

ketdi. Sovuq sezilarli darajada edi. Yulduz turkum- 

lari ko'kda g'oyat yorqin charaqlardi. Tikkada janu­

biy yarim sharda qutb yulduzi vazifasini bajarayot- 

gan Janub Buti ko'zni qamashtirar edi.

Termometr  noldan  pastki  o'n  ikki  darajani 

ko'rsatardi. Ayoz yuzni chimchilar edi. Dengizning 

qirg'oq  tomonlarini  yupqa  muz  qoplagan,  bir  ne­

cha soatdan so'ng butun dengiz muzlab qoladigan- 

day  edi.  Aftidan,  olti  oylik  janub  tuni  mobaynida 

qutb havzasi tamoman o'tib bo'lmas  darajaga yet- 

sa  kerak.  Kitlar  nima  qiladilar?  Ular  yax  ostidan 

muzlamaydigan dengizlarga ketsa  ajab  emas.  Qat­

tiq  sovuqqa  odatlanib  qolgan  tulenlar bilan  morj­

lar  shu  muzlar  olamida  qolishardi.  Bu  jonivorlar 

muz  yalangliklarini  teshishar  va  uning  butunlay 

qoplanishiga yo'l qo'yishmas edi.  Shu teshiklardan 

ular nafas  olishadi.  Qushlar  sovuqdan  qochib  shi- 

mol  tomonga,  issiqroq  o'lkalarga  ketganda,  morj­

lar bilan tulenlar qutb qit’asining yakka-yu yagona 

xo'jayinlari bo'lib qoladilar.

Shu  orada  «Nautilus»  rezervuarlarini  to'latib, 

asta  suvga  cho'ka  boshladi.  Ming  fut  chuqurlikda 

uning vintlari  ishlay boshladi va kema  soatiga  o'n 

besh  milya  tezlik bilan  shimol  tomon  suzib  ketdi. 

Kechga tomon biz uzluksiz yaxlit muzliklarning ul­

kan gumbazi ostida borar edik.

«Nautilus»  to'satdan  biror  suzar  muz  bilan 

to'qnashib  qolishi  ehtimoli  bo'lganidan  ehti- 

yot  shart  salon  derazalari  to'siqlar  bilan  berkitib 

qo'yilgan edi. Shuning uchun men kun bo'yi yozuv- 

larimni tartibga soldim. Xayolim tamoman qutb ha­

qidagi xotiralar bilan band edi.

Biz yer sharining inson qadami yetmaydigan bir 

yeriga sira charchamay, butun qulayliklar bilan ye-

452



tib oldik, suzar vagonimiz go‘yo temiryo'l izlari us- 

tidan yurib borardi.

Endilikda esa biz qulayliklar bilan kelgan izimiz- 

ga qaytmoqdamiz. Bu у o'Ida bizni yangi mo‘jizalar 

kutayotganmikin?  Bunga  ishonchim  komil,  zero, 

dengiz xazinasi bitmas-tuganmasdir!

Tasodif bizni suvosti kemasiga tashlagandan bu- 

yon o'tgan besh yarim oy davomida o'n to'rt ming 

lyo  yoki  ellik  olti  ming  kilometr  bosib  o'tdik  va 

yo'limizda ne-ne g'aroyib, kutilmagan va qo'rqinchli 

sarguzashtlarni boshimizdan kechirmadik!

Ko'rganlarim  tun  bo'yi  ko'z  oldimga  kelaverib, 

shishib qizargan qovoqlarimni bir zum ham yumol- 

madim.  Men  Krespo  orolidagi  suvosti  ovimizni, 

Torres  bo'g'ozida  beixtiyor  to'xtab  qolganimizni, 

okean  tubidagi  marjon  qabristonini,  Seylon  mar­

varid  konini,  Arabiston  tunnelini,  Vigo  ko'rfazi- 

dagi  sochma  oltinlarni,  Atlantidani,  Janubiy qutb- 

ni xotirlar edim.

Kechasi  soat  uchda  qattiq  silkinishdan  uyg'onib 

ketdim. O'rin ustida o'tirib olib diqqat bilan quloq so- 

layotganimda to'satdan «Nautilus» bir tomonga qiy- 

shayib, meni kayuta o'rtasiga polga itqitib tashladi.

Devorni  ushlab  salonga  kirib  oldim.  U  yerdagi 

butun  mebel  polda  ag'anab  yotar  edi.  Baxtimiz- 

ga  vitrinalar  yaxshi  mahkamlangan  ekan,  kollek- 

siyalar  zararlanmayapti.  Bakbortning  quyi  qismi 

devordan butun bir fut ochilib ketganiga qaramay, 

shtirbort qoplamasiga osib qo'yilgan suratlar yelim- 

lab qo'yilganday qimir etmay turar edi.

Yo'laklarda oyoq tovushlari va g'ala-g'ovur eshi- 

tilar edi. Biroq kapitan Nemo ko'rinmas edi. Salon- 

dan  chiqaman  deb  turganimda  u  yerga  Ned  Lend 

bilan Konsel kirib kelishdi.

- Nima bo'ldi? - o'sha zahoti ulardan so'radim.

453



- Buni xo'jamdan so‘rayman deb kelgan edim,- 

dedi Konsel.

-  Ming  la’nat!  -  xitob  qildi  kanadalik.  -  Men 

bilaman nima bo'lganini! «Nautilus» sayoz yerga ti­

qilib qoldi va uning og'ishiga qaraganda, o'tgan gal 

Torres bo'g'ozidagidan ko'ra chuqurroq tiqilgan.

-  Ammo,  nima  bo'lsa  ham,  biz  dengiz  sathi- 

damizmi? - so'radim men.

- Bilmadim, - dedi Konsel.

-  Buni  aniqlash  oson,  -  deya  manometrga  ya­

qinlashdim.  Uning  mili  uch  yuz  oltmish  metr 

chuqurlikni  ko'rsatayotganini  ko'rib  g'oyat  taaj- 

jublandim.

- Bu nimasi? - xitob qildim men.

-  Kapitan Nemodan so'rash kerak,  -  dedi  Kon­

sel.


-  Ammo  shu  topda  uni  qayoqdan  topasiz?  - 

e’tiroz bildirdi Ned Lend.

-  Orqamdan  yuringlar,  -  dedim  men  o'rtoq- 

larimga.


Biz  salondan  chiqdik.  Kutubxonada  hech  kim 

yo'q  edi.  Kapitan  Nemo  shturval  hujrasida  degan 

qarorga keldim. U yerda uni bezovta qilish noqulay 

edi, binobarin, salonga qaytdik.

Ned Lendning shikoyat va motamlarini qaytarib 

o'tirmayman.  Bu  gal  uning xunobi  oshishiga  asos 

bor edi. Hasratini aytib olib, biroz bo'shasin deb in- 

damadim, ammo savollariga javob ham bermadim.

Shu  alfozda  yigirma  minutcha  «Nautilus» 

yo'lagidagi  har  bir  ovozga  diqqat  bilan  quloq  so- 

lib turgan edik, to'satdan salonga kapitan Nemo ki­

rib keldi.  Aftidan,  u bizni ko'rmadi  shekilli.  Uning 

odatdagi osoyishta chehrasi bu gal qattiq hayajon- 

lanayotganini  ifoda  etib  turar  edi.  U  miq  etmay 

kompas oldiga, manometrga bordi va nihoyat karta

454



oldida turib, barmog'i bilan xaritaning Janubiy qutb 

dengizi ko'rsatilgan joyiga ishora qildi.

Uning xayolini  bo'lgim  kelmadi.  Ammo bir ne­

cha minutdan  so'ng men tomon  o'girilganida,  un­

dan so'radim:

- Yana biror ishkal chiqdimi, kapitan?

- Yo'q, - javob berdi u, - bu safar ko'ngilsiz vo­

qea.


- Jiddiymi?

- Ehtimol.

- Xavflimi?

- Yo'q.


- «Nautilus» sayozlikka tiqilib qoldimi?

-Ha.


- Qanday qilib?

-  Tabiatning  allaqanday  tushuntirib  bo'lmay- 

digan  tuzog'i,  bunda  rul  boshqaruvchining  aybi 

yo'q.  U  xatoga  yo'l  qo'ygani  yo'q.  Biroq  biz  tor- 

tish  qonuniga  xalaqit berishga  ojizlik  qilamiz.  In- 

son joriy qilgan  qonunlarni  nazar-pisand  etmaslik 

mumkin,  ammo  tabiat  qonunlari  bilan  o'ynashib 

bo'lmaydi!

Kapitan  Nemoning  falsafa  so'qishi  hozir  joiz 

emas edi. Ochig'i u o'z javobi bilan menga hech ni­

mani tushuntirib berolmadi.

- Bu hodisaga nima sabab bo'lganini aytolmay- 

sizmi, kapitan? - deb so'radim men.

- Juda katta muz bo'lagi, butun boshli muz tog'i 

ag'darilib ketdi... Aysberglar ostidan issiq oqim tek- 

kanda: og'irlik markazi bir o'rindan ikkinchi o'ringa 

ko'chadi,  binobarin,  ag'darilib  ketadi.  Suv  ostida 

suzayotgan  «Nautilus»ga  shunaqa  muz  tog'i  duch 

kelib qoldi. Ag'darilib ketgan aysbergning ostki qis­

mi o'zi bilan «Nautilus»ni ham tortib, uni ko'tardi- 

da, so'ng yonboshlatib qo'ydi.

455



-  Xo‘sh,  «Nautilus»  rezervuarlarini  bo'shatish 

yo‘li bilan uni yengillatib,  sayozlikdan  olib  chiqsa 

bo'lmaydimi?

-  Biz  ham  hozir xuddi  shunday  qilamiz,  janob 

professor.  Quloq  soling-a  -  u yoqda  nasoslar  ish- 

lab,  suvni  siqib  chiqaryapti.  Manometr  miliga  qa­

rang:  «Nautilus»  yuqoriga  suzib  chiqyapti,  ammo 

u  bilan  birga  muz  tog'i  ham  ko'tarilyapti.  Uning 

harakatini  biror  g'ov  to'smaguncha,  ahvolimiz 

o'zgarmaydi.

Chindan  ham  «Nautilus»  hamon  shtirbort  to- 

monga  og'ayotgan  edi.  Aysbergning yangi  og'irlik 

markazi  atrofida  harakati  to'xtagach,  «Nautilus» 

ko'tariladi.  Kim  biladi,  bordi-yu,  aysbergning  ay- 

lanishini  uzluksiz  yaxlit  muzlarning  ostki  sathi 

to'xtaguday bo'lsa,  biz  ikki  muz  sathi  orasida  qo­

lib katta kuch bilan siqilmasmikinmiz, bu-ku holva, 

pachog'imiz chiqmasmikin?

Men  «Nautilus»  duch  kelgan  ko'ngilsiz  hodisa- 

ning barcha oqibatlari haqida o'ylayotganimda, ka­

pitan Nemo manometr milidan ko'z uzmay turar edi. 

«Nautilus»  aysberg bilan  to'qnashgandagi  holatiga 

nisbatan yuz ellik futga ko'tarilgan edi, ammo uning 

og'ish burchagi hamon shtirbort tomonda edi.

To'satdan  suvosti  kemasining  korpusi  bir  qal- 

dirab  oldi.  «Nautilus»  ko'tarilayotgan  edi.  Salon 

devorida  osig'liq  turgan  suratlarning  turish  holati 

o'zgara  boshladi,  bugina  emas,  devorlarning  o'zi 

ham  sezilarli  ravishda  tik  holatga  kelayotgan  edi. 

Biz hammamiz shunga e’tibor berib jim turar edik. 

Asta-sekin  kema  korpusi  ko'tarilayotganini  nafas 

olmay  diqqat  bilan  kuzatar  edik.  Salon  poli  gori- 

zontal holga keldi.

- Xayriyat, mana, nihoyat tiklanib oldik! - xitob 

qildim men.

456



-  Ha,  xayriyat,  -  dedi kapitan Nemo  salonning 

chiqaverishiga bora turib.

- Xo‘sh, endi suzib ketamizmi? - so'radim men.

- Albatta, - javob berdi u, - rezervuarlar butun- 

lay bo'shatilgani yo'q, binobarin,  nasoslar ulardan 

hamma  suvni  siqib  chiqargach,  «Nautilus»  dengiz 

sathiga ko'tariladi...

Kapitan  chiqqan  zahoti  uning  buyrug'iga  bi- 

noan  nasoslarning ishlashi  to'xtatildi.  O'z-o'zidan 

ayonki «Nautilus» ham yuqoriga ko'tarilmay qoldi. 

Darhaqiqat, biz yana ko'tariladigan bo'lsak uzluksiz 

yaxlit  muzlarning  ostki  sathiga  borib  urilish  xavfi 

bor edi, binobarin, yaxshisi chuqurlikda ma’lum bir 

joyda turish kerak edi.

-  Baxtimizni qarang,  qutulganga o'xshaymiz!  - 

dedi Konsel.

- Ha. Bu muz parchalari bizni osongina pachoq- 

Iab  tashlashi,  juda  bo'lmaganda  asir  qilib  qo'yishi 

mumkin  edi.  Ana  unda,  havo  zaxirasini  yangilash 

imkoniyatidan  mahrum  bo'lgach...  Baxtimiz  bor 

ekan, eson-omon qutulib oldik!

-  Agar  chindan  ham  qutulib  olgan  bo'lsak!  - 

dedi past ovozda Ned Lend.

Men kanadalik bilan behudaga bahslashib o'tir- 

mafdim va uning luqmasiga javob ham bermadim.

Shu  payt  salon  to'siqlari  ochildi  va  biz  deraza 

oldiga yugurdik.

Projektor  yog'dusi  suvni  munawar  etib  turar 

edi.  Bizdan o'n  metrcha  narida  jimirlayotgan  muz 

devorlarning  yonlari  ko'tarilib  turgan  edi.  Yuqo- 

ridan  ham,  pastdan  ham  o'sha  devorlar!  Yuqorida 

boshimiz  uzra ulkan shipday bo'lib uzluksiz yaxlit 

muz bo'lagi osilib turar edi. Ag'anab,  og'irlik mar- 

kazi yon devorlariga ko'chgan va shu holatda mus- 

tahkam  o'rnashib  qolgan  aysberg pastda  pol vazi-

457



fasini о‘tar edi. Shunday qilib, «Nautilus» eni yigir­

ma  metr keladigan  chinakam  muz  tunneli  orasida 

qolgan edi. Biz yo oldinga yoki orqaga suzib, o'sha 

yerdan bir  necha  yuz  metr  chuqurlikka  sho'ng'ib, 

uzluksiz yaxlit muzliklar doirasidan bemalol chiqib 

ketishimiz mumkin edi.

Shipdagi lampalar yonmayotganiga qaramay, sa­

longa yorqin yog'du tushib turar edi. Bu «Nautilus» 

projektori nurlarining muz devorlarda sinib qayta- 

yotgan aks yog'dusi edi.

Men bu yog'duning sehrli jilosini so'z bilan ifo- 

da etolmayman,  zero, numing har bir sinishi, muz 

parchasining har bir do'ng yeri  kristall  tuzilishiga 

qarab turlicha rangda jilvalanar edi.

Bular go'yo son-sanoqsiz qimmatbaho toshlar - 

sapfir,  zumradlar xazinasiga  o'xshab,  bir-biri  bilan 

kesishayotgan yashil va ko'k ranglarda tovlanar edi. 

Qalin qabariq oyna ichiga o'matilgan lampa singari 

projektor yog'dusi ham yuz baravar oshgan edi.

-  Naqadar go'zal!  Ko'z qamashadigan chiroy!  - 

deya zavqlanib gapirdi Konsel.

-  Ha,  -  dedim  men,  -  bu  unutilmas  manzara! 

Shunday emasmi, Ned?

-  Ha,  ming la’nat,  haq gap!  -  deya e’tirof etdi 

kanadalik.  -  Men  bu  fikrga  qo'shilayotganimga 

ichimdan zil ketyapman. Bunaqasini sira ko'rmagan 

edim!  Ammo  bu  tomosha  bizga  qimmatga  tushsa 

kerak, deb о ylayman. Tabiat inson uning eng max- 

fiy sirlarigacha bilib olishini yoqtirmaydi.

Ned Lend haq edi. Bu manzara inson uchun had- 

dan  ziyod  ajoyib  edi.  To'satdan  Konselning  qich- 

qirig'idan u turgan tomonga qaradim.

- Nima bo'ldi? - deb so'radim.

- Xo'jam ko'zlarini yumib olsinlar! Xo'jam qara- 

masinlar!

458



Shunday deb  Konsel qo'lini ko'zlari  tomon olib 

bordi.


- Senga nima bo'ldi o'zi, og'ayni?

- Ko'zim qamashib ketdi!

Men beixtiyor  deraza  tomon  qaradim-u,  ammo 

uning  g'oyat  kuchli  yog'dusiga  bardosh  berolmay 

o'sha zahoti ko'zimni olib qochdim.

Nima bo'lgani ayon edi: «Nautilus» shitob bilan 

olg'a  suzib  ketdi.  Biz  bir  joyda turganimizda  oso- 

yishta  jimirlayotgan  projektor  yog'dusi  juda  yor­

qin yaxlit  nurlarga  aylandi.  Go'yo  jimirlab  turgan 

milliardlab brilyantlar bir dasta bo'lib  qo'shildi va 

«Nautilus»  charaqlab  kesishayotgan yashin  nurlari 

oralab uchib borar edi.

Salon  to'siqlari  yopildi.  Quyoshga  uzoqroq  ti- 

kilganda to'rsimon qobiqchalar paydo bo'lib jimir- 

lagani  kabi  oldimizdagi  yorqin  konsentrik1  duma­

loq  narsalar  yog'dusidan  qo'llarimizni  qamashib 

ketgan ko'zimizga bosdik.

Anchadan  keyingina  ko'zlarimiz  o'z  holiga  ke­

lib,  atrofni  ko'ra  boshladik.  Nihoyat  qo'llarimizni 

ko'zimizdan oldik.

-  Shunaqa  manzarani  ko'rganini  birov  menga 

gapirib bersa, - dedi Konsel,  - o'lsamam ishonmas 

edim!

-  Men esa bunga hozir ham ishonmayapman,- 



dedi kanadalik.

- Biz quruqlikka qaytganimizdan keyin, - so'zini 

davom  ettirdi  Konsel,  -  tabiatning bu  qadar  ko'p 

mo'jizalari  oldida  odamlar yashayotgan yer va  in- 

son qo'li bilan yaratilgan narsalar qanchalik ayan- 

chli  ko'rinarkin!  Yo'q,  endi  bizni  oddiy dunyo  qo- 

niqtirolmaydi!

Bizning  qanchalik  zavq-shavqqa  to'Iib-toshga-




Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish