Suv ostida sakson ming kilometr



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km



A m etist -

 binafsharang, qimmatbaho tosh.

421


shiga yetadigan darajada ulkan m arm ar bo'laklariga 

o'xshar edi.

Janubga  kirib  borgan  sari  biz  suzar  m uzlarni 

ko'proq uchrata boshladik,  ayrim m uz parchalari va 

aysberglar  tobora  yiriklashar  edi.  Arktika  qushlari 

ularda o'ziga m inglab in qurib olgan edilar.

Bular  o'zlarining  qiy-chuvlari  bilan  quloqlari- 

m izni  qom atga  keltirayotgan  tentakqushlar,  b o ‘- 

ron  qushlari,  puffinlar  edi.  Ulardan  b a’zi  birlari 

«Nautilus»ni kit nim tasi deb o'ylab, uning palubasi- 

ga  qo'nib  olib,  tum shuqlari bilan  tunukani  darang- 

latib ura boshladilar.

Muzliklar orasida hozirgi suzib borishim izda ka­

p itan   Nemo  palubaga  tez-tez  chiqar  va  uzoq  turib 

qolar  edi...  U bu  kimsasiz,  b o 'm -b o ‘sh  joylarni  zo'r 

diqqat bilan ko'zdan kechirar edi.  Men uning odat- 

dagi  sovuq  nigohi  b a ’zan  jonlanib  ketganini  k o'rar 

edim.  Balki  u  o 'sh a  dam larda  inson  qadam i yetm a- 

gan  shu  qutb  suvlarida  tan h o   o'zi  hukm ron  ekani- 

ni  o'ylayotgandir?  Ehtimol,  shundaydir.  Biroq  u bu 

haqda  ovoz  chiqarib  gapirm as  edi.  U  soatlab  qim ir 

etm ay  tu ra r  va  m uzlar  «Nautilus»ni  o'rab  olib,  bu 

tuzoqdan  chiqish  zarur bo'lib  qolgandagina,  uyqu- 

dan uyg'onganday o'ziga kelar edi.

O 'shanda  u  o'zi  shturvalda  turib  «Nautilus»ni 

m ahorat  bilan  boshqarar,  m uz  m aydonlari  va 

tog'lariga  chap  berib  o 'ta r  edi.  Ulardan  b a ’zilari, 

suv  sathiga  yetm ish-sakson  m etrga  chiqib  turadi- 

ganlarining  uzunligi  bir  necha  milyaga  cho'zilib 

ketgan edi.

K o'pincha  «Nautilus»  yo'lini  yaxlit  m uz  devori 

to 'sib   qo'yar edi.  Ammo kapitan Nemo  zudlik bilan 

torgina yoriq topib  olib,  ketidan  darhol yopilib  qo- 

lishini bilsa-da, unga dadil kirib ketar edi.

Shunday qilib, o'z kapitanining m ohir qo'li bilan

422



boshqarilayotgan  «Nautilus»  abadiy  m uzliklar  ora- 

sidan ilgarilab borar edi.

M uzlarni  uning  shakli  ham da  hajm iga  qarab 

aniq  tasniflash  m umkinligi  Konselga  juda  m a’qul 

tushdi  va  u  bu  ishni  tezda  o'zlashtirib  oldi:  ays- 

berglar  yoki  muz  tog'lari;  aysfildlar  yoki  m uz  ya- 

langligi;  drayftays  yoki  suzar  m uzlar;  peklar  yoki 

muz bo‘tqasi.

H avoning  harorati  ancha  p ast  edi:  simob  us- 

tunchasi  noldan  yuqori  ikki-uch  xonadan  nariga 

ko'tarilm as  edi.  Ammo  ustim izda  p o 'stin   bo'lgani 

uchun  sovqotm as  edik.  «Nautilus»ning  ichida- 

gi  havo  tashqaridagi  sovuqdan  q a t’i  nazar,  elektr 

pechlar yordam ida m o'tadil haroratda edi.

T o'satdan  pechlar  ishlam ay  qolgan  taqdir- 

da  ham   m o'tadil  h aro rat  vujudga  keltirish  uchun 

«Nautilus»ning bir necha m etr suvga sh o 'n g 'ish i ki- 

foya.


Agar  biz  bu  yerlarga  bir  oy  ilgari  kelganim izda 

edi,  quyoshning  kechasi-yu  kunduzi  sira  botm ay 

turishini  ko'rardik.  Biroq  biz  kechikkan  edik,  tu n  

u ch -to ‘rt soat vaqt olar va keyinchalik bu qutb yer- 

lariga olti oy soya tashlab tu rish  uchun u h a r kecha- 

kunduzda uzayib borar edi.

Biz  15-m artda  Yangi  Shetland  va  Janubiy  Ork­

ney orollari joylashgan parallelni kesib o'tdik. Kapi­

ta n   N em oning  aytishicha,  yaqin-yaqinlargacha  bu 

yerlar behisob  tulenlarga boshpana  bo'lgan,  am m o 

Angliya va Amerika sanoafchilari o 'zlarining boylik 

o rttirish   yo'lidagi  ko‘r-k o ‘rona  hirslarini  qondirish 

m aqsadida urg'ochisini ham ,  narini ham , bolalarini 

ham  qirib tashlashdi,  ana endi bu yerlar qabriston- 

day huvullab yotibdi.

16-m artda  ertalab  soat  sakkizga  yaqin  «N auti­



423


lus»  ellik  beshinchi  m eridian  bo'ylab  suzib  borib, 

Janubiy Outb doirasini kesib o'tdi.

Chor  atrofim izni  m uzliklar  o'rab,  ufq  ham  

to'silib  qoldi.  Shunga  qaram ay kapitan Nemo yoriq 

ketidan yoriq izlab,  o'tadigan joy to p ar va janub to ­

m on suzishni davom ettirar edi.

-   U  bizni  qayoqqa  olib  boryapti?  -   deb  o'z- 

o'zim dan ovoz chiqarib so'radim .

-   Boshi  oqqan to m o n g a,-  deb  javob  berdi  m en­

ga Konsel.  -  Boradigan yo'l qolm agach, to'xtaydi.

-   Bunga  kafil  bo'lolm aym an,  -   javob  berdim  

m en.


Gapning ochig'i  bu  xatarli  suzish m enga  m a’qul 

edi.  Bu  m uz  sahrosi  naqadar  ajoyib  m anzara  kashf 

etganini  so'z  bilan  ifodalay  olm aym an.  Bu  yerda- 

gi  m uzlar sira  kutilm agan  shakllar  hosil  etgan  edi­

lar.  Ba’zan muz m aydoni son-sanoqsiz m asjidlar va 

nayza uchli m inoralari bo'lgan k atta sharq shahriga 

o'xshab  ketar  edi.  Boshqa  bir  joyda  esa  m uzliklar 

zilziladan qulagan  shahar vayronalarini  eslatar edi. 

Biroq  quyosh  ufq  tom on  pastroqqa  tushib,  tik nur- 

lar  qiyalashgach,  m uzliklar  m anzarasi  sehrlangan 

kabi  tanib  bo'lm as  darajada  o'zgarar  edi.  Quyosh 

b u lut ortiga yashirinib, m uzlarni tu m an  qoplaganda 

yoki  ikki  muz  bo'lagi  bir-biriga  urilib,  m ingta  to 'p  

otilganday  gum burlaganda,  bu  afsonaviy  spektakl 

m anzarasi yanada tezroq o'zgarar edi.

Bunday  to 'q n ash u v   paytida  «Nautilus»  de­

ngiz  ostida  bo'lsa,  ovoz  suv  orqali  yanada  kuchli- 

roq eshitilar,  ulkan muz bo'laklari tushganda  suvni 

to'lqinlantirib,  xavfli  girdoblar  hosil  etar  edi.  Bun­

day kezlarda «Nautilus» suv ustida  suzadigan oddiy 

kem a  qattiq  b o 'ronda  uchraydigan  holatga  tushib, 

to 'lq in lar uni chayqatar va irg'itib tash lar edi.

K o'pincha  m uzlar  orasida  zarracha  ham   yoriq

424



ko'rm aganim da,  m uzliklar  orasida  qolib  ketdik, 

deb  o'ylar  edim.  Ammo  kapitan  Nemo  o'zidagi  ta- 

biiy  tuyg'u  tufayli  yangidan  yangi  o 'tish   joyla- 

rini  topardi.  U  sira  adashm as  edi;  aysberglar  yon 

bag'irlarida  oqadigan  ingichka  ko'kish  suv  jilg'asi 

unga  ko'rsatkich  vazifasini  o 'ta r  edi.  Shuning 

uchun u qutb dengizlarida birinchi bor suzayotgani 

yo'q, degan qarorga keldim.

Biroq  16-m artda  kechga  yaqin  m uzlar  yo'li- 

m izni  tam om an  to 'sib   q o y d i.  Bu  hali  abadiy  m uz­

liklar  m intaqasi  em as,  balki  yax  qoplangan  muz 

maydoni  edi,  xolos.  To'siq  kapitan  Nemoni  to 'x ta- 

tolm adi.  Uzoqdan kem a tezligini  oshirib  kelib,  k a t­

ta   kuch  bilan  muz  devom i  borib  urdi.  «Nautilus» 

pona kabi m o 'rt m uz  orasiga kirdi va uni qarsillatib 

parcha-parcha  qilib  tashladi.  Bu yerda  qadimiy  ta- 

ra n 1 usuli qo'llanildi, am m o hozirgi ta ra n  kuchining 

nihoyasi yo'q edi. Ko'kka ko'tarilgan m uz parchalari 

atrofim izga  do'lday yog'ildi.  Zarb  shu  qadar  kuchli 

bo'ldiki, kem a oldida o 'sh a zahoti yo'l ochildi.

Ba’zan  «Nautilus»  tez  suzib  kelib  o'z  inersiyasi 

bilan  muz  m aydoni  ustiga  chiqar  va  og'irligi  bilan 

uni  sindirar edi.  Bunda ham   pirovard-natijada  muz 

ikki tom onga  chekinib,  hosil bo'lgan b o 'g 'o zd an   il- 

garilab ketar edik.

Shu  kunlarda  biz  tez-tez  qattiq  bo'ronga  duch 

kelib turdik. Ba’zan m uzlam i shu qadar qalin tum an 

qoplardiki,  palubaning  bir  yog idan  ikkinchi  yog'i 

ko'rinm as  edi.  Shamol  juda  beqaror  esardi.  Tunda 

yog'gan  qor  ertalabgacha  zarang'bo'lib  qolar,  unga 

bel  o 'tm aganidan  cho'kich  bilan  tozalashga  to 'g 'ri 

kelardi.


Havo  harorati  noldan  besh  daraja  pastga  tu sh -


Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish