14 - J.Vem
417
shalotlar tom on uchib borib, ularni tilib yuborar
va badbashara m axluqning tirqirab qon oqayotgan
ikkiga bo'lingan gavdasini ortda qoldirib ketar edi.
«Nautilus» o'z qoplam asiga dum larning d ah sh at
li zarb bilan kelib urilayotganini, quturgan kasha-
lotlarning kuch bilan itarayotganini sezm as edi. U
b itta yirtqichni qulatgach, o 'zin i ikkinchisiga otar-
di, vaqtni bekor ketkizm aslik va m o'ljaldagi o'ljani
qo'ldan chiqarm aslik uchun o'qi atrofida aylanib
olg'a intilardi, orqaga qaytardi, bordi-yu, kashalot
u n dan qochib suvostiga tushsa, sho'ng'irdi, qaytib
chiqsa, yuzaga chiqib olib, yonidan, oldidan, orqa
tom ondan hujum qilardi va har qanday tezlikda
ham qaysi yoqdan urm asin - kashalotni bo'lib tash -
lar va burdalar edi.
Qanday dahshatli kushxona! Suv sathida qiy-
chuv! Q o'rqib ketgan kashalotlarning qattiq chin-
qirib nafas olishi! Ulkan dum lar harakatidan hatto'
suvning ham isha sokin pastki qatlam lari ham jun-
bishga keldi...
Bu qirg'in bir soatdan oshiqroq davom etib, b i
ro n ta kashalot ham om on qolmadi. K ashalotlar bir
necha bor o 'n ta -o 'n ikkitadan bo'lib to 'dalashib hu-
jumga o 'tish ar, birlashgan zarba bilan «Nautilus»ni
ag'darm oqchi bo'lardilar. Salon derazalaridan d ah
shatli tishlarini yalang'ochlab, og'izlarini k atta och-
ganlari, g'azab bilan yongan ko'zlari ko'rinib tu ra r
edi.
Ned Lend o'zini tutolm ay, ularni la’natlar,
m ushtum ini ko'rsatib dag'dag'a qilar edi.
K ashalotlar o'rm ondagi hayvonni quvib char-
chatgach, xippa bo'yniga yopishadigan itlar kabi
suvosti kem asi bortiga tishlari bilan yopishib olgan
edi.
Biroq «Nautilus» na biron og'irlik, na dush-
418
m anlarining zo'r berib urinishlarini sezardi. U
navbatdagi o'ljasini quvishni bir sekundga ham
to'xtatm ay, kashalotlarni yo orqasidan dengiz qa’riga
olib tushar yoki suv sathiga sudrab chiqarar edi.
Nihoyat kashalotlar galasi siyraklashdi. To'lqin
tindi. «Nautilus» suv sathiga ko'tarildi. Lyuk ochildi
va biz shoshilib palubaga chiqdik.
Dengiz burdalab tashlangan nim talar bilan
to 'lg an edi. Bordi-yu, suvda kashalotlar orasi
da juda k atta vayron etuvchi kuchga ega bo'lgan
snaryad portlagan taqdirda ham , u bu k atta g o 'sh t
bo'laklarini bundan ortiq yorib, burdalab, parcha-
parcha qilib tashlay olmas edi. Bir necha milya-
gacha b u tu n atrofda suv qizil rangga bo'yalgan va
«Nautilus» go'yo qon okeanida suzayotganday edi.
Kapitan Nemo bizning yonim izga keldi.
- Xo'sh, m ister Lend, bu yog'iga nim a deysiz?-
kanadalikka m urojaat qildi u.
- Hech narsa deyolm aym an, kapitan, - deb javob
berdi bu orada zavq-shavqi so'nib qolgan kanada
lik. - Siz bizga juda dahshatli tom osha ko'rsatdingiz,
bu shubhasiz. Ammo m en qassob emas, ovchiman,
siz bo'lsangiz bizga kushxonani ko'rsatdingiz...
- Bu yovuz va yirtqich hayvonlarga keltirilgan
qirg'in edi, - deya e ’tiroz bildirdi kapitan N em o,-
«Nautilus» ham qassob boltasi emas.
- Baribir m enga o'zim ning garpunim yaxshi,-
dedi kanadalik.
- Har kim ning o'z quroli I bo'ladi, - deb javob
berdi kapitan, Ned Lendga tikilib turib.
Men, Ned kapitanga qo'pol gapirib q o y m asin
deb qo'rqib turardim - buning oqibati bizning ham -
m am iz uchun yaxshi bo'lm as edi. Biroq hartugul,
shu daqiqada kanadalikning diqqatini «Nautilus»
oldiga suzib borayotgan kit o'ziga to rtib qoldi.
419
Bu jonivor kashalotlar hujum idan qochib qutu-
lishga ulgurolm ay qolgan. Uning janubiy kitligini
ko'rib turibm an, qop-qora, boshi yanchilgan. Ana-
tom ik jihatdan oddiy kitlardan farqi shuki, u lar
ning yettita b o ‘yin um urtqasi bo'ladi va shimoldagi
urug'lariga nisbatan qovurg'asi ikkita ortiqroq.
Sho'rlik kit yonboshlab yotar edi. Q ornining an-
chagina joylarini kashalotlar jarohatlagandi. U o'lik
edi. Qiym alangan suzgichi ostida tirik saqlab qolol-
m agan bolasi yotardi. O 'lgan urg'ochi kitning ochiq
qolgan og'zidan kit mo'ylovi plastinkalari orasidan
irm oqdan oqayotganday shildirab suv tu sh ar edi.
Kapitan Nemo «Nautilus»ni nim ta yonida to'x-
tatish n i buyurdi. Ikki m atros m axluqning biqiniga
chiqib olishdi va m en ularning sut beradigan bez-
laridan sut sog'ib olayotganlarini ko'rib hayron
qoldim. Shunday qilib ular uch bochkani to 'latib
olishdi.
Kapitan m enga hali sovum agan ana shu sut-
dan bir kosacha ichishni taklif etdi. Men bu tak-
lifni eshitishim bilanoq yuzim ni burishtirib, ijirg'a-
nayotganim ni yashirolm adim . Ammo u kit suti juda
m azali va sigirnikidan sira ajratib bo'lm aydi deb
ishontira boshladi.
Totib ko'rdim . Bu sut chindan ham juda ajoyib
ekan.
Bu uch bochka sut biz uchun g'oyat bebaho to-
pilm a bo'ldi, chunki u n dan olingan moy va pishloq
dasturxonim izdagi oziqamiz xilini ko'paytirdi.
Shu kundan boshlab Ned Lendning kapi
ta n Nemoga borgan sari yov qarash qilayotganini
ko'rib xafa bo'ldim va kit ovlovchi biror bem a’ni-
garchilikka y o'l qo'ym asin deb, uni kuzatib yurish-
ga jazm etdim .
Do'stlaringiz bilan baham: |