dan so‘ng yarim cho'kkan holda o‘z machtalari va
ekipajining to'rtdan uch qismini yo'qotgan kema
taslim bo'lishdan ko‘ra g‘arq bo'lishni afzal bildi...
Tirik qolgan uch yuz ellik olti jangchi: «Yashasin
Respublika!» - deya hayqirib g'arq bo'ldi.
- Bu «Qasoskorlar?!» - deya xitob qildim men.
- Ha, janob, bu - «Qasoskor». Ajoyib nom,-
deya shivirladi kapitan Nemo qo‘liar ini chambarak
qilar ekan.
Y i g i r т а b i r i nchi bob
«QASOSKOR»
To'satdan shunday bo'lishi, revolutsion kema
tarixining osoyishta va xolis boshlanib, pirovardida
allaqanday hayajonlanish bilan tugallanishi, mohi-
yati diqqat-e’tiborimni o‘ziga tortgan «Qasoskor»
degan nom - bularning bari meni g'oyat hayratda
qoldirdi. Men kapitandan ko‘z uzolmay qoldim. U
qo‘li bilan dengizga ishora qilib, o‘zi esa bu shonli
halokat qoldiqlariga suqlanib boqar edi.
Ehtimol, kapitan Nemoning kimligini, uning qa-
yerdan kelib, qayoqqa ketayotganini bilish menga
hech qachon nasib etmas, biroq undagi insoniy-
likl olimligiga nisbatan tobora yaqqolroq namoyon
bo'layotganini ko‘rdim.
Yo‘q, kapitan Nemo va uning o£rtoqlarini bu te-
mir devorlar ichiga insonlami shunchaki sevmaslik
emas, balki o‘tib ketgan damlar ham so'ndirishga
qodir bo'lolmagan kuchli va dahshatli nafrat bosh-
lab kelgan.
Balki u qasos olishga tashna bo'lib yurgandir?
Bu orada «Nautilus» shoshilmay yuqoriga ko‘-
tarildi va «Oasoskor» asta-sekin ko‘zdan g'oyib
bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay kema yengil chayqala boshladi,
525
bu dengiz sathida suzib borayotganimizni bildirar
edi. Shu payt men gumburlagan bo‘g‘iq ovoz eshit-
dim.
Kapitanga qaradim. U qimir etmadi.
- Kapitan! - dedim men.
U javobbermadi. Men uni yolgiz qoldirib, palu-
baga chiqdim.
Konsel bilan kanadalik o'sha yerda ekan.
- Bu qanday gumburlash? - so'radim men.
- To‘p ovozi, - deb javob berdi Ned Lend.
Men boya kema ko'ringan tomonga qaradim. U
shitob bilan «Nautilus»ga yaqinlashib kelayotgan
edi. Oramizdagi masofa olti milyadan ortiq emas
edi.
- Bu qanaqa kema, Ned?
- Garov oynashim mumkin, bu harbiy kema, -
javob berdi kanadalik. - Bu uning anjomlari va
machtalarining balandligidan yaqqol ko'rinib tu-
ribdi. Oh, qani edi u bizga hujum qilib, shu la’nati
«Nautilus»ni cho'ktirib yuborsa!
- Do'stim Ned, - deya javob berdi unga Kon
sel, - bu kema «Nautilus»ga biron ziyon yetkaza
olarmidi? Axir u bizning kemamizga na suv ostida
hujum qila oladi, na dengiz qa’rida o‘q uza oladi.
- Qani ayting-chi, Ned, - deb so'radim men,-
siz bu kemaning qaysi millatga mansubligini aniq-
lay olasizmi?
Kanadalik qoshlarini chimirib va ko'zlarini qisib
kema tarhiga sinchiklab qaradi.
- Yo‘q, professor, - deya javob berdi u nihoyat, -
uning qaysi millatga mansubligini aniqlay olmay-
man: bayrog'i yo‘q. Ammo yana bir karra aytishim
mumkinki, bu harbiy kema, negaki, uning grot-
machtasida uzun vimpel1 hilpirab turibdi.
1
Do'stlaringiz bilan baham: