Guttapercha
- ba’zi tropik o‘simliklarning kauchukka o‘xshab
qotib qoladigan shirasi; texnikada ishlatiladi.
520
day sudsiz kema bortidan uloqtirib tashlashga qaror
qildilar. Shundan keyin jinoiy urinishlar qayta sodir
bo'lmadi.
27-iyulda «Great Eastern» tumanni yorib o'tib,
Amerika sohiliga yetdi. Mo'ljaldagi ish xayrli tu-
gadi.
Men, albatta, elektr kabelni dastlabki yappa-
yangi holicha, ya’ni zavod ustaxonasidan chiqqani-
day ko‘rishga umid qilganim yo‘q.
Toshloq ustida cho'zilib yotgan temir ilon
ohak po'stloqqa o'ralgan bo'lib, bu uni parmachi-
molluskalardan muhofaza qilar edi.
Kabel dengiz tubida, to'lqinlardan xoli joyda yo-
tar va u orqali Yevropadan Amerikaga elektr sig
n a lin g yetib borishi uchun bir sekundning yuzdan
o'ttiz ikki ulushi kifoya edi. Guttapercha dengiz
suvi ta’sirida mustahkamlanishini hisobga olgan-
da, bu kabel abadiy saqlanib qoladi. Buning ustiga
kabel yo'nalishi shu qadar qulay tanlanganki, har
qanday sharoitda ham kuchli suv bosimidan uzilib
ketadigan darajadagi chuqurlikka tushib ketmaydi.
«Nautilus» kabel yotqizilgan eng chuqur joy-
lardan - to‘rt ming to‘rt yuz o'ttiz bir metr chuqur-
likdan o'tdi.
U yerdan biz 1863-yilda avariya sodir bo'lgan
joyga jo'nadik.
Bu yerda dengiz tubi kengligi bir yuz yigirma
metrli torgina vodiy hosil etgan edi. Agar Monblan-
ni shu yerga ko'chirish mumkin bo'lganida u butu-
nisicha suvga cho'kib turar edi. Bu vodiyning shar-
qiy qismi ikki ming metrli qoya devor bilan tugar
edi. Biz bu yerga 28-mayda yetib keldik. Endi «Na
utilus» Irlandiyadan bir yuz ellik kilometrdan ortiq
bo'lmagan masofada edi.
Balki kapitan Nemo Britaniya orollaridan yon-
2 7 - J.Vern
521
lab o'tib ketmoqchidir? Yo‘q. Meni taajjubga sol-
gan narsa shundaki, u yana janub tomon, Yevropa
dengizlari sari yo‘l olgan edi.
Biz Engleza orolini aylanib o'tayotganda, men
bir zumgina Glazgo yoki Liverpuldan kelayotgan
minglab kemalarning yo'lini yoritib turgan uning
mayoqlari chirog'ini ko'rdim.
Xayolimni muhim bir masala band etdi: «Nau
tilus» La-Manshga kirishga jur’at eta olarmikin?
Yerga yaqinlashishimiz bilan o‘z katagidan chiq-
qan Ned mendan tinmay shuni so'rar edi. Men unga
nima ham deya olar edim? Kapitan Nemo ilgarigi-
day ko'rinmas edi. U Amerika sohillarini ko'rsatib,
kanadalikning qitig'iga tegdi; endi u Fransiya sohil-
lari bilan mening jig'imga tegmoqchimikin?
Bu orada «Nautilus» janub tomon suzishini da-
vom ettirdi. 30-mayda u Britaniya orollariga yaqin,
Lend oroli ko'rinib turgan joydan o‘tdi.
Kapitan Nemo La-Manshga kirish niyati bo‘l-
ganida, sharq tomon yo‘l tutar edi.
Ammo u bunday qilmadi.
31-mayda «Nautilus» kun boyi meni g'oyat hay-
ratga solib, dengizda ilon izi qilib gir aylanib yurdi.
U biron qidirgan yerini topolmayotganga o'xshar
edi.
Peshinda kapitan Nemoning oczi kuzatuv olib
bordi. U men bilan bir ogiz ham gaplashmadi. U
har galgidan xomush edi. Nimadan bunchalik xafa
bo‘ldi ekan? 0 ‘zi tashlab ketgan vatani haqida bi
ror xotira uni qiynab qo'yayotganmikin? Xayolim
ni anchagacha shu fikr band etib turdi. Nima
bo'lganda ham biror voqea kapitan Nemoning si-
rini oshkor etishini oldindan sezgan edim.
Ertasi kuni, 1-iyunda «Nautilus» o'zining g'alati
manyovrlarini davom ettirdi. U okeanda muayyan
522
bir joyni qidirayotgani aniqday bo'lib qoldi. Peshin-
da kapitan Nemo oldingi galgiday, kuzatuvni yana
o'zi olib bordi.
Dengiz sokin, osmon tiniq edi.
Bizdan sakkiz milyacha sharqda, ufqda shitob
bilan kelayotgan katta kema ko'rindi. Unda hech
qanday bayroq bo‘lmaganidan qaysi millat kemasi
ekanligini aniqlay olmadim.
Quyosh meridiandan o'tayotganda kapitan
Nemo sekstantni olib diqqat bilan kuzata boshla-
di. Dengiz g'oyat sokin bo‘lgani uchun u bu ishni
osonlik bilan bajarayotgan edi. Qimir etmay turgan
«Nautilus»ni to'lqin yondan ham, quyruqdan ham
chayqamas edi.
Shu paytda men palubada edim. Pelengatsiya1
tugatilishi bilan kapitan Nemo:
- Shu yerda! - dedi.
U trapdan pastga tushdi. Yurishini sekinlatib,
bizga qarab kelayotganday bo'lib tuyulayotgan ke-
mani ko'rdimikin? Buni bilolmadim.
(Salonga qaytdim. Lyukni yopishdi va rezer-
vuarlarda suvning shovullashini eshitdim. «Nau
tilus» sho‘ng‘iy boshladi. Vint ishlamayotgani
uchun u tik yo'nalishda cho'kayotgan edi.
(Bir necha minutdan keyin u sakkiz yuz o'ttiz uch
metr chuqurlikda to'xtab, tumshug'i dengiz tubiga
tegdi.
Salonda chiroq o'chdi. To'siqlar ochilgach, men
deraza oynalaridan yarim milya masofada projek-
torimiz qattiq yoritib turgan dengizni ko'rdim.
Chap tomondagi derazada sokin suvdan bo'lak
hech narsani ko'rmadim. O'ng tomonda esa chuqur-
likdagi allaqanday qora narsa diqqatimni o'ziga jalb
1
Do'stlaringiz bilan baham: |