Suv ostida sakson ming kilometr



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km

Y i g i r m a   и c h i n  chi   b o b  

XOTIMA

Shunday  qilib,  suvosti  sayohatimiz  ham  po- 

yoniga  yetdi.  0 ‘sha  dahshatli  tunda  nima  bo'ldi, 

qayiqchamiz  o‘lim  girdobidan  qanday qilib  chiqdi, 

Ned Lend, Konsel va men bu tubsiz joydan qay yo‘l 

bilan qutulib qoldik - bunisini aytolmayman. Lofo­

ten orollaridan biridagi baliqchi kulbasida hushim- 

ga  keldim.  Ikkala  do'stim  ham  eson-omon,  hech 

qanday  zarar  ко‘rmay  ro'paramda  turishar va  qu- 

vonchdan qo'llarimni siqishar edilar. Biz bir-birimiz 

bilan mahkam quchoqlashdik.

Yilning bu paytida Fransiyaga qaytishni xayolga 

ham keltirib bo'lmasdi.

Shimoliy va Janubiy Norvegiya o'rtasida yo‘l alo-



546


qalari yomon edi. Havo yurishib ketib, Shimoliy bu- 

runga qatnaydigan paroxod kelishini uzoq vaqt ku- 

tishga to‘g‘ri keldi.

Boshimdan kechirgan  sarguzashtlarim haqidagi 

hikoyani  shu  yerda,  bizni  topib  olgan  shu  sodda, 

ajoyib odamlar orasida qayta ko'rib chiqyapman. U 

ayni haqiqat. Bironta fakt tushirib qoldirilgani yo‘q. 

Bironta voqea ham o'zgartirilmadi. Bu inson oyogi 

tegmagan,  vaqti kelib  fan  erkin yo‘l  ochib  beradi- 

gan  stixiyaga  qilingan  juda  ajoyib  tarixiy  sayohat 

haqidagi haqiqatdir.

Menga  ishonisharmikin?  Bunisini  bilmayman. 

Sirasini aytganda, menga baribir emasmi?

Salkam o‘n oy davomida suv ostida sakson ming 

kilometr  suzganim, bu jahon boylab  sayohat vaq- 

tida  Qizil va  0 ‘rtayer  dengizlari,  Atlantika,  Tinch, 

Hind, Shimoliy va Janubiy Muz okeanlari o'zlarining 

eng nodir sirlarini ochganliklarining o‘zi menga ki- 

foyadir.

«Nautilus»ning taqdiri nima bo'ldi? U girdobdan 

qjutulib chiqdimikin? Kapitan Nemo tirikmikin? Qa- 

sos  olishdek dahshatli  ishini hozir ham davom et- 

tirayotganmikin yoki  o'sha  oxirgi  qurbonlari  bilan 

qanoatlanganmikin?  Vaqti  kelib  to'lqinlar  uning 

bjutun hayot tarixi yozilgan qo'lyozmalarini olib ke- 

larmikin?  Men  bu  odamning  otini  bila  olarmikin- 

man? Halok bo'lgan kemaning qaysi millatga man- 

subligidan  kapitan  Nemoning  millatini  bilib  olar- 

mikinmiz?

Bunga  umidvorman.  Shuningdek,  uning  ajoyib 

kemasi  eng dahshatli  dengiz  girdobida ham  g'olib 

chiqqan va  «Nautilus»  qanchadan  qancha  kemalar 

halok bo'lgan  joyda  ham  zararlanmay qolgan,  deb 

umid  qilaman!  Agar  shunday bo'lsa,  bordi-yu,  ka­

pitan Nemo vataniga aylangan okeanda hozir ham

547



suzayotgan bo'lsa,  uning shafqatsiz  qalbidagi  naf- 

rat yumshasin.  U  olam-jahon  mo'jizalarni  ko'radi, 

shu go'zalliklar undagi qasos alangasini so'ndirsin! 

Qahri qattiq sudya yo'qolib, o‘rnini dengizni tinch- 

lik  maqsadlari  uchun  tadqiq  etayotgan  olimga 

bersin.  Kapitan  Nemo  taqdiri  juda  qiziq,  ammo  u 

ko'tarinki  ruhda.  Buni  ana  shu  g‘alati  odam  bilan 

yelkama-yelka turib o‘n oy birga yashagan mendan 

boshqa kim bilsin!  Nihoyat endi bundan olti ming 

yil ilgari «Ekkleziast»1ning: «Tubsizlikning chuqur- 

ligini  qachondir  biron  kishi  o'lchaganmi?»  degan 

savoliga Yer yuzidagi  jamiki odamlar orasidan ikki 

kishi: «Men!» - deb javob berishga haqli.

Bu - kapitan Nemo bilan men.




Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish