Suv ostida sakson ming kilometr



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km

13 -  J.Vern

385


-  M atroslaringiz qanday qilib ko'm ir qazib olish- 

larini ko'ra olam anm i?

-   Yo'q,  bu  galcha  ko'rolm aysiz.  Men  jahon 

bo'ylab qiladigan  suvosti  sayohatni  davom ettirish- 

ga  shoshilyapm an.  Bu  yerda  saqlanayotgan  tayyor 

natriy zaxiralarini  olam an,  xolos.  Uni  kem aga ortib 

bo'lgach,  -   bunga  uzog'i  bilan  bir kun  kerak,  -   biz 

yana yo'lga tusham iz. Shuning uchun dengizdan aj- 

ralib  turgan  bu  g'or  bilan  yaxshilab  tanishm oqchi 

bo'lsangiz,  ixtiyorimizdagi  shu bir kundan  foydala- 

nib qoling, janob professor.

Kapitanga m innatdorchilik bildirdim -da, hali ka- 

yutalaridan chiqm agan o'rtoqlarim  oldiga ketdim .

Men  ularga  qayerda  turganim izni  bildirmay,  or- 

qam dan yurishlarini aytdim.

Ular  palubaga  chiqishdi.  Konsel  odaticha  hech 

narsaga  taajjublanm ay  suv  ostida  uxlab,  yer  o sti­

da  uyg'onganini  tabiiy bir hoi  deb  bildi.  Ned  Lend- 

ga  kelganda  shuni  aytish  kerakki,  uni  bir  n a r­

sa:  bu  g'ordan  ochiq  havoga  chiqadigan  biror  yo'l 

yo'qm ikan, degan savol qiziqtirib qoldi.

N onushtadan so 'n g  ertalabki soat o'nlarga yaqin 

biz sohilga tushdik.

-  Mana, biz yana yerdam iz! -  dedi Konsel.

-  Axir bu qanaqasiga yer bo'lsin!  -  e ’tiroz bildir­

di  kanadalik.  -   buning  ustiga,  biz  yerda  emas,  yer 

ostidam iz-ku.

Ko'l  bilan  g 'o r  devorining  etagi  orasi  qum loq 

bo'lib,  eng keng  joyining eni  besh yuz  futdan  osh- 

m as edi. Ana shu qumloq sohil bo'ylab b u tu n  ko'lni 

osonlik bilan aylanib chiqsa b o 'lar edi.

Devor  taglarida  vulqondan  otilib  chiqqan  par- 

chalar,  qoya bo'laklari va ulkan jilvir to sh lar tartib- 

siz uyulib y otar edi.

Yerosti  olovida erib,  so 'n g  qotib qolgan bu tosh-

386



larning yuzasi projektor nurida m ing xil rangda jilo- 

lan a re d i.  Oyog'imiz o stid an h av o g a k o 'tarilay o tg an  

shaffof  m inerallar  changi  son-sanoqsiz  yaltiroq 

q urtlar singari atrofga sochilardi.

K o'ldan  uzoqlashgan  sari  yer  narvon  pillapo- 

yalariga  o'xshab  ko'tarilib borar,  biroq juda ehtiyot 

bo'lib yurishga  to 'g 'ri  kelardi.  Chunki toshlar yopi- 

shib turm aganidan oyoq ostida liqillab yotar edi.

Bu ulkan g'orning bir vaqtlar vulqon ekanligi har 

qadam da tasdiqlanib borar edi.

Men bunga  ham rohlarim   diqqatini  ham   jalb  et- 

dim.


-   Bu  g'orning  ichi  qaynab  tu rg an   lava  bilan 

to 'la   suyuq  olov karnay  ichiga  eritilgan  tem ir  solib 

qo'yilganday  to g '  tuynugigacha  ko'tarilgan  paytini 

ta sa w u r qila olasizmi?

-  Juda yaxshi ta sa w u r qilam an,  -  deb javob b e r­

di  Konsel.  -   Ammo  xo'jam   aytolm aydilarm i,  nega 

erish  jarayoni  to 'x tab   qolib,  endilikda  qizib  yotgan 

vulqon ichiga suv tushib olgan?

-  Bu o'zgarish, Konsel, -  dedim  m e n ,- zilzila tu - 

fayli ro'y berib, buning natijasida tog' qiyaligi yoril- 

gan bo'lishi  ehtim oldan xoli  emas.  «Nautilus»  ham  

bu  g'orga  ana  shu yoriqdan  o'tgan.  Undan A tlantik 

okean  suvi 


Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish