rikani birlashtirib turgan bu bepoyon qit’aning
u boshidan bu boshigacha kezib chiqardim; men
dunyo toshqinidan ancha ilgari mavjud bo'lgan
qit’aning barcha shaharlarida bo'lardim. Bu sha-
harlarni yuz yillab yashagan shu qadar zabardast
pahlavonlar qurganki, ular bunyod etgan imoratlar
ming yillar davomida suvning vayron etuvchi ham-
lasiga ham bardosh berib turar edi!..
Balki vaqti kelib vulqon yoki yer qobig'ining
siljishi natijasida dengiz o'z qa’riga olgan bu vay
ronalar yana suv sathiga chiqib qolishi ham mum
kin. Axir biz okeanning bu qismida hali so'nmagan
bir necha vulqonlar borligini bilamiz-ku. Ana shu
chuqurliklari besaranjom suv sathida suzib yurgan-
da kemalari qattiq chayqalganini sezgan dengiz-
chilar oz bo'lmagan. Ulardan ba’zilari quturgan sti-
xiya kurashining bo'g'iq ovozini eshitgan bo'lsalar,
boshqalari suv sathida qalqib yurgan vulqon kuli-
ni ko'rganlar. Sayyoraning bu qismi ekvatorgacha
boshdan oyoq tinimsiz yonib turadigan vulqonlar
maskanidir. Kim biladi, balki chindan ham uzoq
kelajakda, lava qatlamlarining tez-tez otilib turi-
$hi natijasida to'planib, olovli tog' cho'qqilari yana
okean sathiga ko'tarilishi mumkindir?
Xayol og'ushiga g'arq bo'lib, ayni vaqtda bu
ulug'vor manzarani boricha xotiramda saqlab qo-
lishga intilayotgan paytimda, kapitan Nemo suv
o'tlari qoplagan ustunga suyanib, harakatsiz va
gung odamday turar edi. U yo'qolib ketgan avlod-
larni o'ylayotganmikin? Kelajak avlodlarning taq
diri to'g'risida o'ziga savol berayotganmikin? Yoki
zamonaviylikka nafrat bilan qarovchi shu g'alati
kishi tasawurida qadimgilar hayoti bilan yashab
ko'rish uchun bu yerga kelganmikin? Uning nima
377
haqda o'ylayotganini bilish uchun istagan narsani
berishga tayyor edim!
Bir soat mobaynida shu yerning o'zida lavaning
olov oqimlari quyoshday ravshan yoritib turgan be-
poyon tekislikni tomosha qildik.
Ichki qatlamlarida lava qaynashi natijasida
ba’zan tog* cho'qqilari qaldirab ketardi. Bo‘g‘iq
shovqin suv orqali aniq o'tib, dahshatli va dabda-
bali eshitilar edi.
Shu vaqt oy nurlari suv qatlamlaridan o'tib,
cho'kib qolgan qit’ani bir necha minut yoritib turdi.
Odamni lol qoldiradigan bu manzarani so'z bilan
ifodalab bo'lmaydi.
Kapitan Nemo to'satdan ustun yonidan nari ket
di, bepoyon yalanglikka so'nggi bor nazar tashladi
va shundan keyin menga orqasidan yurishni ishora
qildi.
Biz tezda tog'dan tushdik. Ko'mirga aylangah
o'rmondan chiqishimiz bilan uzoqdan «Nautilus»-
ning yulduzday charaqlab turgan projektorini
ko'rdim.
Kapitan to'g'ri o'shanga qarab yurdi. Biz bort-
ga qaytganimizda, tongning dastlabki nurlari okean
ustidagi ufqni yoritmoqda edi.
Do'stlaringiz bilan baham: