Suv ostida sakson ming kilometr


B e s h i n c h i   b o b



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km

311


B e s h i n c h i   b o b

 

ARABISTON  TUNNELI

Men  o‘sha  kuniyoq  Konsel  va  Ned  Lendga  ka­

pitan  Nemo  bilan  bo'lgan  suhbatimning  bevosita 

ularni qiziqtiradigan yerlarni aytib berdim.

Men  ularga  ikki  kundan  keyin  0 ‘rtayer  de- 

ngizining  suvlarida  suzishimizni  aytganimda,  Kon­

sel  chapak chalib yubordi,  Ned  Lend  esa yelkalarini 

qisdi.

-   Suvosti  tunnelimi?  -   xitob  qildi  u.  -   Ikki  de- 



ngizni  birlashtiradigan  yo‘l?  Bu  haqda  hech  kim 

hech qachon eshitmagan!

-  Do‘stim Ned,  -  deb javob berdi unga Konsel,  -  

siz  «Nautilus»  haqida  sira  eshitganmidingiz?  Yo‘q. 

Shunga  qaramay,  u  mavjud  ekan.  Shuning  uchun 

bor  narsani  sira  eshitmaganingiz  uchun  inkor  etib, 

yelkalaringizni qismang!

-  Kim haq bo'lib chiqishini ko‘ramiz,  -   dedi Ned 

Lend  boshini  chayqab.  -   Men  bu  tunnelning  mav- 

judligiga  jilla  bo'lmasa  0 ‘rtayer  dengiziga  tezroq 

chiqib  olish uchun ham  jon  deb  ishonishga tayyor- 

man.


O'sha  kecha  dengiz  sathida  suzgan  «Nautilus» 

shimoliy  kenglikning  21-gradus  30-minutida  Ara- 

biston  sohiliga yaqinlashdi.  Men  Misr,  Suriya,  Tur- 

kiya va Hindiston bilan qizg'in savd'o olib boradigan 

muhim  savdo  markazi  liddani  ko'rdim.  Biz  turgan 

masofadan ham  shahardagi  imoratlarni,  suv sayoz- 

ligi  uchun  sohilga yaqin  kelolmagani  sababli  uning 

qulay  joylariga  bog'lab  qo'yilgan  kemalarni  juda 

aniq ko'rdim.

Botayotgan  quyosh  nuri  shaharning  oq  binolari 

ustida jilolanib, ko'zni qamashtirar edi.

Shaharning  bir  chekkasida  o'troq  arablarning



312


taxta  va  qamishdan  qilingan  kulbalari  joylashgan 

edi.  Ammo  ko'p  o'tmay  Jidda  tun  qorong'iligiga 

singib,  g'oyib bo'ldi va  «Nautilus» biroz  shu’lalanib 

turgan suvga sho'ng'idi.

Ertasi  kuni,  10-fevralda,  suv  sathiga  ko'tarilib, 

o'zimizdan  sal  narida  juda  ko'p  kemalarni  ko'rdik, 

shuning  uchun  «Nautilus»  zudlik  bilan  yana  suvga 

sho'ng'idi. Biroq peshinda, odatdagi kuzatuvlar olib 

boriladigan  paytda,  dengiz  bo'm -bo'sh  edi  va  biz- 

ning kemamiz yana suv sathiga ko'tarildi.

Men  Ned  Lend  va  Konsel  bilan  birga  paluba­

ga  chiqdim.  Sharqda,  tuman  ichida  pasttekis  sohil 

zo'rg'a ko'zga chalinar edi.

Biz  qayiqcha  do'ngagiga  suyanib,  undan  mun- 

dan  laqillab  turganimizda,  Ned  Lend  to'satdan 

dengizdagi  allaqanday  nuqtani  ko'rsatib,  mendan 

so'radi:

-   Siz  o'sha yoqda  hech  nimani  ko'rmayapsizmi, 

janob professor?

-   Yo'q,  -   javob  berdim.  -   Men  uzoqdagi  nar- 

salarni  sizchalik yaxshi  ko'rolmasligimni bilasiz-ku 

axir!


-   Yaxshilab  qarang,  -   deya  qistay  boshladi 

N ed,- huv ana, shtiribort to'g'risida, nahotki, biror- 

ta qimirlayotgan narsani ko'rmayotgan bo'lsangiz?

-   Ha,  to'g'ri,  -   dedim  men  diqqat  bilan  qara- 

gach,  -   dengiz  sathida  allaqanday  uzun  qoramtir 

narsani ko'ryapman.

-  Yana bitta «Nautilus»mikin? -  so'radi Konsel.

-  Yo'q,  -   javob berdi kanadalik,  -   ammo  adash- 

masam bu allaqanday dengiz maxluqi.

-  Qizil dengizda kit bo'ladimi? -  so'radi Konsel.

-   Ahyon-ahyonda  uchrab  turadi,  -   deb  javob 

berdim men.

Chindan  ham  uzunchoq  qora  jism  bizdan  nari

313



borsa  bir  milya  masofada  edi.  Uzoqdan  u  dengiz- 

dan  chiqib  turgan  katta  qoyaga  o'xshardi.  Ammo 

aslida  uning  nimaligini  aniqlay  olganimcha  yo'q 

edi.


-   Yo'q,  bu  kit  emas,  -   deb  ta’kidladi  ko'zini 

maxluqdan bir sekund ham uzmagan Ned Lend.

-   Kitlar  eski  tanishlarim va  men  ularning ham­

ma qiliqlarini yaxshi bilaman.

-   Sabr  qilaylik,  -   taklif  kiritdi  Konsel.  -   «Na­

utilus»  o'sha  yoqqa  boryapti,  bir  necha  minutdan 

so'ng biz uning nimaligini bilib olamiz.

-   Ha,  ha!  U  harakat  qilyapti...  U  suvga 

sho'ng'iydi!  -   xitob  qildi  Ned  Lend.  -   Ming la’nat! 

Nima  ekan  bu?  Uning  kitlar  yoki  kashalotlarga 

o'xshash ikkiga bo'lingan dumi yo'q, suzgichlari esa 

uchi kesilgan g'o'laga o'xshaydi.

-  Ammo...  -  deb so'z boshlagan edim men.

-   Qarang,  -   deya  so'zimni  bo'ldi  kanadalik,  -   u 

ko'kragini yuqoriga qilib yelkasiga ag'darilyapti.

-   Ha,  bu  allaqanday  vasvasachi  sirena1,  -   deb 

kuldi Konsel.

Konselning  so'zlari  meni  darhol  o'zimga  keltir- 

di.  Biz  yarim  ayol,  yarim  baliq  deb  afsona  tarqal- 

gan  sirenalar  turkumidan  namuna  ko'rib  turibmiz 

deb tushundim.

-   Yo'q,  -   dedim  men  Konselga,  -   bu  sirena 

emas,  o'sha  turkumdagi  boshqa  kam  uchraydigan 

maxluqlardan. Bu -  dyugon.

Bu orada Ned Lend maxluqdan ko'z uzmay qarab 

turar  edi.  Uning oshiqqan ko'zlari  chaqnab  turardi. 

U  birinchi  imkoniyatdayoq  dyugonga  hujum  qilish 

uchun  o'zini  dengizga  tashlashga  shaylanayotgan- 

day bo'lib tuyular edi.


Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish