Suv ostida sakson ming kilometr


Suvaysh  va  Panama  kanallarini  qazish  ishlarini



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km

  Suvaysh  va  Panama  kanallarini  qazish  ishlarini

 

tashkil etgan kishi.



309


-   «Nautilus»  bizni  indinga  0 ‘rtayer  dengiziga 

olib borish uchun bosib  o'tadigan  juda katta tezlik! 

Axir  u  Yaxshi  Umid  buruni  yonidan  butun  Afrika 

sohillari boylab aylanib o'tishi kerak-ku!

-   Ammo  kim  sizga  «Nautilus»  butun  Afrikani 

aylanib  o'tadi  dedi? U Yaxshi Umid buruni yonidan 

o‘tadi, deb kim aytdi?

-   Ammo...  bordi-yu,  «Nautilus»  Suvaysh  bo'yni 

quruqligidan yoki osmondan uchib o'tmasa...

-   Nega  endi  uning  ostidan  o'tib  bo‘lmas  ekan, 

janob professor?

-  Bo'yin ostidan?

-   Albatta-da,  -   osoyishta  javob  berdi  kapitan 

Nemo.  -   Tabiat  ana  shu  tasmaday  tor  yer  ostida 

odamlar  uning  ustidan  zo‘r  berib  qilayotgan  ishni 

allaqachon amalga oshirib qo'ygan.

-  Qanday qilib! U yerdan o'tadigan joy bormi?

-   Ha,  men Arabiston  tunneli  deb  atagan  suvoSti 

yo'li. U Suvayshdan boshlanib, Port-Saidda tugaydi.

-   Biroq  Suvaysh  bo‘yini  ko'chma  qumlardan 

iborat-ku?

-   Faqat ma’lum joygacha. Ammo ellik metr chu- 

qurlikdan esa juda qattiq granit devor boshlanadi.

-   Demak,  siz  bu  tunnelni  tasodifan  topib  olgan 

ekansiz-da? -  so'radim men.

-  Tasodifan va ayni vaqtda ongli ravishda,  shuni 

ham  aytib  qo'yayki,  bu  tunnelni  ochishda  onglilik 

tasodifdan ko'ra ko'proq bo'lgan.

-   Men  sizni  juda  diqqat  bilan  eshityapman, 

kapitan,  ammo  idrokim  quloqlarimga  ishonmay 

qo'yyapti.

-   Oh,  nimasini  aytasiz,  janob  professor,  quloq- 

lar  bo'la  turib  eshitmaslik  barcha  davrlarga  taal- 

luqlidir!  Bu  o'tadigan  joy  mavjud  bo'libgina  qol- 

may,  balki  men  undan  bir  necha  marta  foydalan-

310



ganman ham.  Agar  shu yo'l bo'lmaganida,  men Oi- 

zil dengizning bu boshi berk joyiga kirmas edim!

-   Bu  tunnelni  qanday  ochdingiz  deb  so'rasam 

ezmalik bo'lmasmikin?

-   Bir-birlaridan  sira  ajralmaslik  nasib  etgan 

odamlar orasida qanday sir bo'lishi mumkin!  -  deya 

javob berdi kapitan Nemo.

Men  o'zimni  uning nimaga  shama  qilayotganini 

tushunmaganga  solib,  kapitan  Nemoning  so'zlari- 

ni eshitishga shaylandim.

-   Mantiq  yuzasidan  olib  borilgan  oddiy  mulo- 

haza  va  tabiatshunosga  xos  sinchkovlik  meni  tun­

nel  mavjud,  degan  fikrga  olib  keldi.  Men  Qizil  va 

O'rtayer  dengizlarida  ma’lum  miqdorda  tamoman 

bir xildagi  -   uchar,  ola  bug‘a,  yo‘l-yo‘1  qil  tishli  va 

boshqa baliqlarga e’tibor berdim. O'zimga-o'zim sa- 

vol  berdim:  bu  narsa  ikki  dengizni  birlashtiradigan 

yo‘l borligidan  dalolat bermasmikin? Agar  shunday 

yo'l  mavjud  bo'lsa,  yerosti  oqimining  yo'nalishi, 

albatta  Qizil  dengizdan  O'rtayer  dengiziga  bori- 

shi  kerak,  chunki  suv  sathi birinchisida keyingisiga 

nisbatan  baland.  Bu  masalani  yechish  uchun  men 

Suvaysh atrofidan ma’lum miqdorda baliq ovladim, 

har birining dumiga mis  halqa kiygizib,  yana  suvga 

tashladim.  Bir  necha  oylardan  keyin  Suriya  sohil- 

larida  to'rlarimga  men  dumiga  halqa  kiygizgan  bir 

necha baliq  ilindi.  Shunday qilib,  ikki  dengiz orasi­

da  yerostidan yo'l  borligiga  menda  shubha  qolma- 

di.  «Nautilus»da mana  shu o'tish joyini qidirib top- 

dim  va  tavakkal  qilib  kirdim...  Shunday  qilib,  bir- 

ikki kundan keyin,  janob professor, siz ham mening 

Arabiston tunnelim bilan tanishasiz.




Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish