Suv ostida sakson ming kilometr


S a k k i z i n  chi  b o b



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km

S a k k i z i n  chi  b o b  

VIGO KO'RFAZI

Atlantik okean!  Sathi yigirma besh million kvad- 

rat  milyaga  yastanib  yotgan,  eni  o'rta  hisobda  ikki 

ming  yetti  yuz  milya  va  uzunligi  salkam  to'qqiz 

million milyaga cho'zilgan ulkan suv yalangligidir.

Bu  ulkan  dengiz  qadim  zamonlarda  deyarli 

noma’lum bo'lgan.  Ehtimol  faqat  qadimiy golland- 

lar hisoblangan korfagenlar o'zlarining savdo ishla- 

ri  bilan  Yevropa va  Afrikaning g'arbiy  qirg'oqlarini 

aylanib o'tgan bo'lishlari mumkin. 

f  Bu  okeanning ilon  izi  sohillari  juda  katta  maso- 

faga  cho'zilib  ketgan  bo'lib,  dunyodagi  eng  mash- 

hur avliyo Lavrentiy, Missisipi, Amazonka, La-Plata, 

Orinoko,  Niger,  Elba,  Luara,  Reyn  kabi  jahondagi 

eng  madaniylashgan  va  eng  yowoyi  mamlakatlar- 

dagi  yerlarni  sug'oradigan  daryolar  unga  quyiladi. 

Barcha  mamlakat  va  barcha  xalqlarning  kemalari 

hamma  tomonlarga  yuradigan va  dengizlarga  dah- 

shat  soluvchi  ikki  burun  -   Gorn  va  Bur  burunlari 

bilan tugaydigan ulug'vor suv sathi.

«Nautilus» o'tkir tumshug'i bilan Atlantik okean 

suvlarini kesib, uch yarim oy mobaynida salkam o'n

349



ming  lyo  masofani  -   Yer  ekvatorining  uzunligiga 

teng  keladigan  yo'lni  bosib  o‘tib,  suzishni  davom 

etar  edi.  Endi  u  qaysi  tomonga  yo'l  oladi?  Ertangi 

kun bizga qanaqa tasodiflar olib keladi?

«Nautilus» Gibraltar bo‘g‘ozidan chiqqach, ochiq 

okeanga yo'l  oldi.  U yana  suv  sathiga ko'tarildi,  bi- 

nobarin biz  uchun  ilgarigiday har kuni  ochiq havo- 

da sayr qilish imkoniyati tug'ildi.

Dastlab  suv  sathiga  ko'tarilganimizda  men,  Ned 

Lend va Konsel tezda palubaga chiqdik.

Yigirma milya narida Ispan yarimorolining janu- 

bi  g'arbi bilan tutashib ketgan avliyo Vinsent buru­

ni xiyol ko'rinib turar edi.

Anchagina  kuchli  janub  shamoli  marhamatsiz 

dengizda  katta  to'lqin  hosil  etdi.  «Nautilus»  qattiq 

chayqala boshladi.  Minut  sayin  shaloplab  sho'r  suv 

kelib tushayotgan palubada uzoq turib bo'lmas edi.

Biroz toza havoda turgach, kema ichiga tushish- 

ga oshiqdik.

Men  kayutamga  qaytdim.  Konsel  ham  kayutasi- 

ga  ketdi,  biroq  nimadandir  tashvishlangan  kana­

dalik  mening orqamdan yurdi.  O'rtayer  dengizidan 

tez  o'tilgani  sababli,  u  tuzgan  rejasini  ro'yobga 

chiqarolmadi  va  binobarin,  qattiq  iztirob  che- 

kayotganini yashirishga urinmas ham edi.

Kayuta  eshigini  yopishim  bilan  u  stulga  o'tirdi 

va jimgina menga qarab qoldi.

-  


Sizga  og'ir,  buni  tushunib  turibman,  do'stim 

Ned,  -   dedim  men  unga.  -   Ammo  tashvish  che- 

kavermang,  bu masalada  o'zingizni  ayblashga  o‘rin 

yo'q.  O'sha  biz  suzgan  sharoitda  qochish  haqida 

o'ylash telbalik bo'lur edi.

Ned Lend  javob bermadi.  Chimrilgan qoshlari va 

mahkam qisilgan lablari uning bir narsa haqida qat­

tiq o'ylayotganidan guvohlik berar edi.



350


-   Menga  qarang,  -   so'zimni  davom  ettirdim,  -  

aql bilan ish qiling!  Hech narsa yo'qotganimiz yo'q. 

Biz  hozir  Portugaliya  sohillari  bo'ylab  shimol  to ­

monga  ko'tarilamiz.  Fransiya  va  Angliya  yonidan 

o'tamiz,  u yerda ham osonlik bilan boshpana topsa 

bo'ladi.  Bordi-yu,  «Nautilus»  Gibraltar  bo'g'ozidan 

chiqib,  janubga, deyarli quruqlik bo'lmagan tomon­

ga yo'l tutganida edi, tashvishingizga men ham she- 

rik bo'lur edim.  Biroq endi kapitan Nemo  serqatnov 

dengizlarni  chetlab  o'tolmasligini  bilib  turibmiz, 

bunday  sharoitda  esa  bir  necha  kundan  so'ng  qo- 

chishning  mutlaqo  xavfsiz  rejasini  tuza  olishingiz- 

ga imonim komil.

Ned  Lend  menga  yana  ham  tikilibroq  turdi-da, 

so'ng qimtilgan lablari ochilib, so'z qotdi:

-  Bugun kechasi qochamiz!

Men  bir  narsa  chaqib  olganday  sapchib  ketdim. 

Ochig'ini  aytsam,  bu  xabarni  eshitishni  kutmagan 

edim.

Kanadalikka  e’tiroz  bildirmoqchi  edim,  ammo 



nima deyishimni bilolmay qoldim.

-   Biz siz bilan qulay fursatni kutamiz  deb shart- 

lashganmiz, -  deb so'zini davom ettirdi Ned Lend.- 

Shunday  fursat  keldi.  Bugun  kechasi  biz  ispan  so- 

hilidan  atigi  bir  necha  milya  masofada  bo'lamiz. 

Hozir kechalar qorong'i,  oy yo'q.  Shamol bor kuchi 

bilan quturmoqda.  Menga so'z bergansiz, professor, 

binobarin, sizga ishonaman.

Men indamay turar edim. Kanadalik o'rnidan tu­

rib, menga yaqinlashdi.

-   Bugun,  soat  to'qqizda!  -   dedi  u.  -   Bu  haq- 

da  Konselni  xabardor  qilganman.  Bu  vaqtda  kapi­

tan  Nemo  uyiga kirib  olsa  kerak,  balki  uxlashi  ham 

mumkin.  Bizlarni  na  mexanik,  na  matroslar  ko'ra 

oladi.  Konsel  bilan  men  palubaga  chiqadigan  trap

351



ostiga yashirinamiz.  Siz,  janob  professor,  signalim- 

ni kutubxonada kutib turasiz. Eshkaklar, machtalar, 

yelkan  qayiqda bo'ladi.  Men unga hatto biroz  oziq- 

ovqat ham olib borib qo'ydim.  Bundan tashqari, qa- 

yiqni  «Nautilus»  palubasidan bo'shatib olish uchun 

murvatlarni  buraydigan  ingliz  kalitini  ham  topib 

qoyganman.  Xullas,  hamma  narsa  taxt.  Kechgacha 

xayr!


-  Dengiz juda toshqin,  -  dedim men.

-   Gapingizga  qo'shilaman,  -   dedi  kanadalik,  -  

ammo  bunga  e ’tibor  bermaslikka  to ‘g‘ri  keladi. 

Ozodlikka  erishish  uchun  biroz  tavakkal  qilish  ke­

rak.  Aytganday,  «Nautilus»ning  qayig'i  mustah­

kam, binobarin, shunday havoda ham shamol oqimi 

bo'ylab bir necha milya  suzish hech gap  emas.  Kim 

biladi,  balki  ertaga  biz  Yevropa  sohilidan  yuzlab 

milya  narida  bo'larmiz?  Agar  omadimiz  kelib  qol- 

sa,  unda  kechasi  soat  o'n  bilan  o'n  bir  orasida  is- 

pan  sohilining biror-bir  joyiga yetib  olamiz.  Bordi- 

yu,  shunday  bo'lmasa,  unda  xuddi  shu  vaqtda  biz 

olamdan o'tgan bo'lamiz.  Shunday qilib, kechgacha 

xayr!


Kanadalik  shunday  dedi-yu,  meni  tamoman  sa- 

rosimada  qoldirib,  kayutadan  chiqib  ketdi.  Men 

nimagadir  qochishning  vaqt-soati  yetganda,  Ned 

Lend bilan hamma  narsani bafurja kelishib  olish va 

hatto bahslashish ham mumkin,  deb o'ylagan edim. 

Biroq  qaysar  kanadalik  menga  hatto  bir  so'z  ham 

ayttirmadi.  Sirasini  aytganda,  unga  nima  ham  deb 

e’tiroz bildirar edim?  Ned Lend har qanaqasiga haq 

edi.  Bu  darhaqiqat  boshqa  vaqtlardagiga  nisbatan 

qulay fursat va  u bundan foydalanib  qolishga  qaror 

qilgan edi...

O'z  shaxsiy  manfaatim  deb  bergan  so'zimdan 

qaytib,  o'rtoqlarimning  taqdiriga  befarq  qarashga

352



haqqim  bormidi?  Ertaga  kapitan  Nemo  bizni  yana 

har  qanday  yerdan  olis  bo'lgan  suv  sahrosiga  olib 

chiqsa-chi?

Shu  payt  qattiq  hushtak  ovozi  eshitildi.  «Nau­

tilus»  rezervuarlariga  suv  to'latib,  okean  qa’riga 

cho'kmoqchi edi.

Hayajonlanayotganimni  yuzimdan  sezib  qolma- 

sin  deb,  kapitan  Nemo  bilan  uchrashmaslik  uchun 

kayutadan chiqmadim.

Bir  tomondan  yana  ozodlikka  chiqish  istagi  va 

ikkinchi yoqdan  jahon  bo'ylab  suvosti  sayohatimni 

tugatmay bu ajoyib kemadan ajrash zarurligidan af- 

suslanish bilan o'sha kun naqadar og'ir kechdi!

Bu  okeanni,  ya’ni  Atlantikamni  Tinch  va  Hind 

okeanlari  singari  ocholmay  to'satdan  tashlab  ke- 

tish:  Dunyodagi  eng diqqatga  sazovor bu kitobning 

ikki  jildinigina o'qib,  qolgan jildlarini  o'qishdan  ix- 

tiyoriy ravishda voz kechish!

Kayutamda  naqadar  noxush  soatlarni  kechi- 

rar  edim!  Men  o'rtoqlarim bilan birga  quruqlikdagi 

havo  singari  ozod  bo'lishimni  ko'z  oldimga  kelti- 

rib,  o'zimga  shu  bilangina  tasalli  berishga  harakat 

qilardim-u,  ammo  ko'pincha  beixtiyor biror  ko'zda 

tutilmagan  to'siq  Ned  Lendning  rejalariga  xalaqit 

berishini orzu qilardim.

Men  «Nautilus»ning  qayoqqa  borayotganini  -  

quruqlikkami  yoki  undan  uzoqlashyaptimi  -   shuni 

bilish uchun kompasni ko'rishga ikki marta salonga 

kirdim.

Biroq ishlar joyida!  «Nautilus»  Portugaliya yoni- 

dan suzib borar edi.  Kema uning qirg'oqlari bo'ylab 

to'g'ri shimol tomon yo'l tutgan edi.

Boshqa  iloj  yo'q,  qochishga  hozirlik  ko'rish  ke­

rak.



Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish