Suv ostida sakson ming kilometr



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km

12  -  J.Vern

353


Yukim uncha ko'p  emas  edi  -   u yozuvlarimdan- 

gina iborat.

O'z-o'zimga  savol  berar  edim:  Ned  Lend  o'zi- 

ning  telbalik  bilan  ko'zlagan  ishini  amalga  oshira 

olgan  taqdirda  kapitan  Nemo  nima  deb  o'ylarkin? 

Bordi-yu, qocholmay qo'lgatushsak, «Nautilus»ning 

g'alati kapitani nima qilarkin?

Undan nolishimga,  shubhasiz,  hech qanday aso­

sim  yo'q  edi.  Aksincha!  Bundan  ham  oliyjanobroq 

va  yaxshi  mehmondo'stlik  haqida  o'ylash  o'rinsiz 

edi.  Ammo  ikkinchi  tomondan  qochganim  uchun 

u  meni  noshukurlikda  ayblashga  ham  haqsiz  edi. 

Men  qochishga  urinmaslikka  unga  so'z  berga- 

nim  yo'q.  Biz  so'z  olib  so'ng  ozodlikka  chiqarilgan 

bandilar  emas  edik,  -   kemada  qamab  saqlamayot- 

ganliklarining  birdan  bir  sababi  «Nautilus»dan  qo- 

chib  bo'lmaydi,  degan  qat’iy  ishonchlaridir.  Bun­

dan  tashqari,  kapitan  Nemoning  biz  uning  kema- 

sini  abadiy  tashlab  ketmasligimizni  qayta-qayta 

ta’kidlashi  ham  qochish  yo'lidagi  har  qanday  uri- 

nishimiz aybini bo'ynimizdan soqit qilar edi.

Men  kapitanni  Santorin  oroli  sohillariga  yaqin 

yerda  gaplashganimizdan  buyon  boshqa  uchrat- 

madim. Nahotki tasodif meni qochishimiz oldidan u 

bilan uchrashtirib qo'ysa? Men ayni vaqtda shunday 

bo'lishini ham istardim, ham bundan qo'rqar edim.

Meniki  bilan  yonma-yon  bo'lgan  kayutasida 

emasmikan,  deb  quloq  soldim.  Biroq  pardevordan 

hech  qanday  ovoz  eshitilmadi.  Kayutada  hech  kim 

yo'qqa o'xshardi.

Haqiqatan  ham  bu  g'alati  odam  «Nautilus»  bor- 

tidamikin,  deb  o'z-o'zimdan  so'radim.  Allaqanday 

sirli  topshiriqni  bajarish  uchun  qayiq  «Nautilus»ni 

tashlab  ketgan  o'sha  esda  qolgan  tundan  keyin 

kapitan  Nemo  to'g'risidagi  fikrim  biroz  o'zgardi.

354



Uning barcha  ta’kidlashlariga  qaramay,  baribir  qu- 

jruqlik  bilan  qandaydir  aloqa  bog‘lab  turadi,  degan 

xulosaga  keldim.  «Nautilus»dan  sira  chiqmagani 

aniqmikin?  Axir  ba’zan  men  u  bilan  haftalab  uch- 

rashmas  edim.  Shu vaqt ichida u nima qilar edi?  II- 

garilari men, u vaqt-vaqti bilan mizantropiya1 balo- 

siga  giriftor  bo'lib  yotadi,  deb  o'ylardim,  endilikda 

esa xayolimga  u  quruqlikka  chiqib,  menga  mutlaqo 

noma’lum biror vazifani bajaradi, degan fikr keldi.

Mana  shunga  o'xshash  ming  xil  xayol  men­

ga  tinchlik  bermay  qo'ydi.  Biz  o'zimizning  tutgan 

g'alati  mavqeyimiz  bilan  sira  haqiqatga  to'g'ri  kel- 

maydigan taxminlar qilishimiz tabiiy edi.

juda  qiynalib  ketdim.  Kutishimizning  poyoni 

yo'qday tuyulardi  menga.  Soat millari  juda  sekinlik 

bilan aylanardi.

Ovqatni  odatdagiday  kayutamga  olib  kirib  be- 

rishdi.  Bo'ladigan  voqealardan  hayajonlanayot- 

ganimdan  ishtaham  bo'g'ilgandi.  Dasturxon  usti- 

dan turganimda,  soat yetti bo'lgan edi.  Ned Lendga 

borib  qo'shiladigan  damgacha  bir  yuz  yigirma  mi­

nut bor -  men esa har minutni hisob-lab turardim.

Hayajonim  tobora  oshib  borar  edi.  Bir  joyda 

o'tirolmas  edim.  Men  tarang  tortilgan  asablarimni 

bosish  uchun  xonaning u  boshidan  bu  boshiga yu- 

rar  edim.  Yurak  yutib  qilgan  bu  ishimiz  halokatga 

olib boradi, degan fikr meni ortiqcha tashvishlantir- 

mas  edi;  rejamiz  «Nautilus»dan  chiqib  ketishimiz- 

dan  oldin  fosh  bo'lish  xavfi  va  bu  xiyonatimizdan 

g'azablangan  yoki  undan  ham  battarroq  ranjigan 

kapitan  Nemo  qarshisida  turishimiz  meni  ko'proq 

ezardi  va  shuni  o'ylaganimda  yuragim  qattiqroq 

urardi.

Salonni  so'nggi  bor  ko'zdan  kechirgim  keldi.




Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish