1
Ixtiologiya - baliqlar haqidagi fan.
340
chi bir xillarini esa tez suzganimizdan umuman
ko'rolmadim.
Shunday qilib, ularni ana shu fantastik tas-
niflash asosida yozaman, to ‘g‘rirog‘i, bu mening bir
lahzalik taassurotlarimnigina ko'rsatadi.
Projektorning yorqin nurlari bilan charog'on
bo'lib turgan qalin suv qatlamlarida uzunligi bir
metr keladigan ingichka, deyarli barcha dengiz-
larda uchraydigan ilonbaliqlar suzib yurishardi.
Yo‘g‘onligi besh fut keladigan, terisi gadir-budur,
yoshlari ayniqsa nafis, qarilari esa yirik va o'tkir ti-
kanaklar bilan qoplangan tikanli skatlar suv oqizib
ketayotgan katta ro'mollar singari chayqalishar-
di. Ko‘z oldimizda skatlarning boshqa xillari ham
o‘tib turar, men ularning qadimgi greklar dengiz
burgutlari degan nomga monandmi yoki hozirgi de-
ngizchilar irganib qoyishgan kalamush, qurbaqa va
ko'rshapalak laqablariga loyiqligini aniqlashga ham
ulgurolmay qoldim.
Baliqchilar uchun, ayniqsa, xavfli hisoblangan
delfin-akulalar oilasiga mansub seld akulalari biz
bilan kim o‘zarga o‘ynashardi. Shuningdek, biz aku
lalar bo'limi, selyaxiylar guruhiga kiradigan uzunli
gi sakkiz futdan oshadigan baliqlar - dengiz tul-
kilarini ham ko'rdik: bu dengiz jonivorlarida bilish
qobiliyati kuchli, ularning orqalari va biqinlari to‘q
havorang, tanasining pastki qismi oq qashqa.
Yana bizga spar baliqlari oilasiga mansub do-
radilar uchradi; ulardan ayrimlarining uzunligi bir
yuz o'ttiz santimetrga yetar edi; doradilarning ko‘k
kumushrang tanalari tovlanib turar, ayniqsa, sariq
rangli suzgichlari ularga alohida ko‘rk berar edi.
Uzunligi ikki-uch metr keladigan osyotralar sa
lon derazasiga tikilishar, tezlikda biz bilan bahs-
lasha olmagach, mayda jigarrang qashqalari bo‘l-
341
gan havorangga moyil yelkalarini ko'rsatishib qolib
ketishardi. Osyotralar tana tuzilishi bilan akulalar-
ga o'xshasalar-da, ammo kuchlilikda ularga teng
kelolmaydilar; hayotlarining ko‘p qismini ular de
ngizda o'tkazadi, bahorda esa daryolarga o'tadilar
va Volga, Dunay, Po, Reyn, Luara va Oder oqimla-
rida suzadilar; ular seld, makrel va boshqa kichik
baliqlar bilan oziqlanadilar.
Hammasidan ham O'rtayer dengizidagi suvda
yashaydigan tuneslar bilan yaxshilab tanishib ol-
dim. Ularning yelkalari to'q ko'k bo'lib, ko'krak qa-
fasi havorang, biqinlari bilan qorni oqish qashqali
kulrang. Aytishlariga qaraganda, tuneslar kemalar
soyasida borib, tropik quyoshining o'tli haroratidan
o'zlarini saqlar ekanlar va «Nautilus» bilan suzgan-
larida ham, bir vaqtlar Laperuz kemalariga hamroh
bo'lganlaridek, bu odatlarini tark etmadilar. Ular
soatlab «Nautilus»dan bir santimetr ham ortda qol-
may birga suzib bordilar.
Tabiat ularni kim o'zarga qatnashmoq uchun ya-
ratganday. Men bu baliqlarni qiziqish bilan ko'zdan
kechirdim: ularning boshi kichkina va cho'zinchoq,
urchuqsimon tanalarining uzunligi uch, hatto to'rt
metr, ko'krak va dum suzgichlari juda baquwat. Tu
neslar ayrim qushlar galasi singari tizilishib, to'g'ri
uchburchak hosil etib suzar edilar. Ana shunga
asoslanib qadimgilar tuneslarni geometriya va stra-
tegiya elementlarini biladilar deb ta’kidlar edilar.
Biroq tuneslarning «olimligi» ularni Provans ba-
liqchilaridan qutultirolmasdi. Ular tuneslarni qa-
dimiy Propontida va Ispaniya aholisi singari yuk-
sak baholar edilar. Har yili yuz minglab ana shu
ajoyib baliqlar ko'r-ko'rona va telbalarcha Marsel
to'rlariga ilinardi.
342
O'rtayer dengiziga xos bo'lgan spinoroglarni,
dengiz otchalarini, oybaliqlarni, kuzovkalarni, seld-
lami, bichoklarni, dengiz yorshlarini, gubanlarni,
qilichbardorlarni, ferinklami, ignabaliqlarni, an-
chouslarni va yuzlab boshqa xil baliqlarni ko'zdan
kechira olmaganimga meni emas, bu joylardan juda
katta tezlik bilan o'tib ketgan «Nautilus»ni aybla-
moq kerak.
Dengiz sutemizuvchilariga kelganda shuni ay-
tish kerakki, Adriatik dengizidan o'tayotganimizda
men ikkita kashalotni, so'ng bir necha delfinlarni va
nihoyat monax degan laqab olgan va chindan ham
dominikan monaxlariga o'xshab ketadigan, faqat
bo'yi uch metr keladigan oltitacha tulen ko'rdim.
Konsel eni olti fut, kosasining ustida yettita
uzunchoq do'ngligi yoki qovurg'alari bo'lgan juda
ulkan toshbaqani ko'ribdi. Mening o'zim bu toshba-
qani ko'rmaganimga juda achindim, chunki Konsel
ning ta’riflashicha, bu toshbaqaning juda kamdan
kam uchraydigan terili turi edi.
Zoofitlardan bir necha sekund davomida sa
lon derazasining oynasiga yopishib olgan galeo-
lyariyning ajoyib nusxasini ko'rishga muyas-
sar bo'ldim. U shoxlab ketgan jimjimador tolaga
o'xshardi, uning juda nozik shoxlari Flandriyaning
birorta kashtachisi tikolmaydigan nafis shakllar ho
sil etgan edi. Afsuski men bu ajoyib nusxani olol-
madim.
Agar shu kuni, 16-fevralda, kechqurun «Nau
tilus» to'satdan sekin suza boshlamaganida men
O'rtayer dengizida boshqa bironta ham zoofit
ko'rolmas edim.
Voqea bunday bo'lgan edi.
Biz Sitsiliya bilan Tunis orasidan borar edik. Bu
tor joyda dengiz tubi birdan ko'tarilgan. Bu yerdan
343
suvosti tizmasining cho'qqisi o'tgan bo'lib, uning
ustida suv chuqurligi arang o‘n yetti metrga yetadi,
vaholanki, bu joyning har ikki yoni taxminan yet-
mish metr chuqurcha. «Nautilus» ana shu suvosti
to‘sig‘iga o'zini urib olmaslik uchun juda ehtiyot-
korlik bilan suzib o'tdi.
Men Konselga xaritadan bu suvosti cho'qqilari
tizmasi qayerda joylashganini ko'rsatdim.
- Xo'jamning ruxsatlari bilan shuni aytmoq-
chimanki, bu tog' tizmasi menimcha, Yevropa bilan
Afrikani qo'shib turadigan bo‘yin bo'lishi kerak, -
dedi u.
- To'g'ri aytasan, do'stim, - dedim men, - u bu
tun Sitsiliya bo'g'ozini to'sib qo'ygan. Smit tadqi-
qotlarida ko'rsatilishicha, bir vaqtlar Addar buruni
bilan Marsala orasida bu qit’alarni birlashtiradigan
tasmaday qattiq yer bo'lgan.
- Bunga tamoman ishonaman, - dedi Konsel.
- Yana shuni qo'shimcha qilmoqchimanki, Gib
raltar bilan Seuta orasidan ham shunaqa to'siq
o'tgan. Qadimgi geologiya davrida bu to'siq O'rta-
yer dengizini tamoman bo'g'ib turgan.
- Agar, - so'z boshladi Konsel, - kunlardan bi-
rida yana vulqon otilib, bu bo'yinchani suv ostidan
ko'tarsa...
- Bunday bo'lishi ehtimoldan uzoq, - deya
uning so'zini bo'ldim men.
- Xo'jam ruxsat bersalar, fikrimni oxiriga yet-
kazsam: bordi-yu, bu voqea sodir bo'lganda ham
Suvaysh kanalini qazishga juda ko'p mehnat qilgan
sho'rlik Lessepsga achinaman!
- Albatta, Konsel, ammo tashvishlanmay qo'ya
qol, bunday bo'lmaydi! Yer ostidagi olovning ku-
chi asta-sekin so'nadi. Yer paydo bo'lgan dastlabki
paytlardagi nihoyat darajada ko'p vulqonlar birin-
344
ketin so'na boshlaydilar; yer ostidagi issiqlik kuch-
sizlanadi; yerning ostki qatlamlari harorati asr-
lar o'tishi bilan pasayib boradi, afsuski, bu issiqlik
hayot manbayi bo'lgan bizning sayyoramiz uchun
baxtsizlikdir...
- Biroq quyosh...
- Birgina quyoshning o'zi yetarli emas, Konsel.
U murda tanasiga issiqlik yugurtira oladimi?
- Menimcha, yo'q.
- Modomiki shunday ekan, do'stim, bir kun ke
lib Yer muzlab qolgan murdaga aylanadi. Unda ham
o'z hayot issiqligini allaqachon yo'qotgan Oy singa
ri hech zot yashamaydigan bo'ladi.
- Necha asrdan so'ng shunday bo'ladi? - so'radi
Konsel.
- Bir necha yuz ming yildan so'ng, - javob ber
dim men.
- Unday bo'lsa biz o'zimizning suvosti sa-
yohatimizni oxirigacha yetkazishga ulgurar ekan-
miz, faqat bunga Ned Lend xalaqit bermasa.
Yerning kelajagidan biroz tinchlangan Konsel
«Nautilus»ning o'rtacha tezlikda suzayotganidan
foydalanib, yana suvosti hayotini kuzata boshladi.
Vulqon otilishidan vujudga kelgan cho'qqilarda
Bugenvil meduzalari, bulutlar, goloturiy, kama-
lakning barcha ranglarida tovlanadigan dengiz bod-
ringlari ko'rinib turardi, yo'g'onligi bir metr kela
digan, qirmizi rangi atrofidagi suvga qizillik kirita-
yotgan komatullar; poyalari uzun gidroaktiniylar;
midiylarning juda ko'p yeyiladigan xillari; oyoqlari
kulrang, atrofi zaytun tukli hurpaygan qalin soch
bilan qoplangan yashil aktiniylar sayr qilishardi.
Konsel mollyuskalarni kuzata boshladi va ta-
roqsimon pektunkulyuslarning juda ko'p namu-
nalari - ustma-ust qalashib ketgan spondoliylar,
345
dengiz kapalaklari degan laqablariga mos tushadi-
gan sariq suzgichlari ro'molsimonlar, dengiz qu-
yonlari nomi bilan ma’lum bo'lgan chig'anoq va
apliziylarni; go'shtdor, yesa bo'ladigan yuraksi-
monlar, chig'anoqlari qimmatbaho sadaf bilan
qoplangan dengiz quloqchalarini; Langedokda ust-
ritsalarga qaraganda lazzatliroq taom hisoblanadi-
gan midiylarni; uchburchak donatsiylar, dengiz
xurmolari, zolidlar, daraxt yo'nuvchilar, g'altaklar,
sinerariylar va ko'pgina boshqalarini birma-bir sa-
nab chiqdi. Biroq Sitsiliya bo'g'ozidagi to'siqdan
o'tib olgach, «Nautilus» yana ilgarigi tezlikda suza
boshlagani sababli Konsel kuzatuvlarini oxiriga yet-
kaza olmadi.
Xayr sizga, molluskalar, zoofitlar, bo'g'in-
oyoqlilar! Endi salon oynasidan soyaday lipillab
o'tayotgan katta baliqlardan bo'lak hech narsani aj-
ratib bo'lmasdi.
16- dan 17-fevralga o'tar kechasi 0 ‘rtayer de-
ngizining eng chuqur joyi uch ming metrdan osh-
maydigan ikkinchi havzasiga kelib qoldik. Bu yerda
«Nautilus» to ‘satdan suv tubiga sho'ng'idi.
Biroq bu yerda bizni tabiat mo'jizalari bilan bir
ga hayajonlantiradigan ham qayg'urtiradigan man-
zara kutib turardi. Biz endi O'rtayer dengizining
juda ko'p kemalar halokatga uchragan joyida borar
edik. Jazoir bilan Provans oralig'ida qancha kema
halokatga uchragani yoki yo'qolganini kim sanay
oladi?
O'rtayer dengizi Tinch okeanning ko‘z ilg'amas
kengliklari oldida ko'lday bir gap. Ammo bu ko'l
injiq va asov, uning suvi pand beradigan va be-
qaror; bugun u o'zining ko'zni qamashtiradigan
to'lqinlarida suzayotgan mo'rtgina qayiqchani alla-
lab ardoqlasa, ertasi kuni esa oyoqqa turib asovlash-
346
gach, qisqa, ammo tez-tez urib turadigan po'rtanasi
bilan eng katta kemani ham parcha-parcha qilib it-
qitadi.
Chuqur suv qatlamlarida tez suzib borayotga-
nimizda ko'z oldimdan qanchadan qancha halokat-
ga uchragan kemalar o‘tmadi! Ba’zilari suv ostida
ko‘p yotganidan marjon bilan qoplanibdi; yaqinda
halokatga uchraganlari endi zanglay boshlabdi.
Bora-borguncha bizning yo'limizda langarlar,
to'plar, eshkak o'qlari, mashina qismlari, siniq si-
lindrlar, portlab ketgan qozonlar, ba’zi joylarda esa
kemalarning yaxlit korpuslari - ulardan ba’zilari
tumshug'i pastga qarab, boshqalari esa to'ntarilib
yotardi.
Bu kemalardan ayrimlari to'qnashuv natijasida,
ba’zilari esa qoyalarga urilib halokatga uchragan
edi. Men dengiz o'zaniga machtalari sinmay to ‘g ri
tushib, o‘z holicha but-butun turgan kemalarni ham
ko‘rdim... Ular go‘yo bir pana joyda langar tashlab,
suzishga farmoyish kutib turganday edi.
«Nautilus» projektorining yogdusini taratib,
ularning yonidan o‘tayotganida xuddi zum o‘tmay
flagshtokda bayroq hilpirab, ro‘paradagi kelayot-
gan kema bilan salomlashib, unga oq yo‘l tilaydi-
ganday bo'lib tuyular edi...
Ammo bayroq hilpiramadi: bu dengiz qabristo-
nida tanho o‘lim va sukunat hukmron edi...
«Nautilus» Gibraltar bo‘g‘oziga yaqinlashgan
sari dengiz o'zanida qayg'uli halokat qoldiqlari to-
bora ko'paya borgan ekan. Yevropa va Afrika so-
t>illari oralig'i yaqinlashgan sari kemalar halokati
ko'paya borgan. Bu yerda men ko'plab temir kor-
puslarni, tik yoki yonboshlab qolib, afsonaviy hay-
vonlarni eslatadigan pachoqlangan paroxod qoldiq-
larini ko'rdim.
347
Bitta g'ildirakli paroxod ayniqsa qattiq haya-
jonlantirdi; uning borti go'yo yirtib tashlangan-
day, mo'rilari egilgan, g'ildiraklaridan faqat pa-
choqlangan temir sinchgina qolgan, ruli quyruq-
dan ko'chib, zanjirda osilib turar edi, korpusi zang-
lagan... Ichida qancha odam halok bo'lgan ekan?
Bu dahshatli halokatni so'zlab berish uchun qancha
odam tirik qolgan? Yoki to'lqinlar bu sirni pinhon
saqlayotganmikin?..
Xayolimga bu o'sha yigirma yil oldin sirli ravish-
da yo'qolib, butun dunyoni hayajonlantirgan «At
las» paroxodi emasmikin, degan fikr keldi.
-
Qanchadan qancha boyliklar ko'milib yotgan,
qancha odamning so'nggi oromgohiga aylangan bu
ulkan qabriston - O'rtayer dengizi o'zanidagi sir-
lar haqida qanday dahshatli kitob yozish mumkin
edi-ya!
Bu orada jamiki narsaga parvoyi falak «Nau
tilus» suvosti poygasini davom ettirmoqda edi.
18-fevralda kechasi soat uchlarda u Gibraltar
bo'g'ozining kiraverishiga yetib keldi.
U yerda ikki oqim bor: yuqori oqim ilgaridan
ma’lum bo'lib, u Atlantik okean suvlarini O'rtayer
dengiziga olib kiradi va uning qarshisidan keladi
gan quyi oqimlaming mavjudligi mantiq yo'li bilan
isbotlangan edi.
Darhaqiqat, O'rtayer dengizi sathi unga Atlan
tik okeani va daryolardan uzluksiz quyiladigan suv
tufayli muttasil ko'tarilib borishi kerak edi, chun
ki uning bir me’yorda saqlanishi uchun birgina
bug'lanishning o'zi kifoya qilmaydi. Shunga qara-
may bu yerda suv sathi ko'tarilmaydi, binobarin ik-
kinchi oqimning mavjudligini faraz etish muqarrar
va u Gibraltar bo'g'ozining tubidan o'tib, O'rtayer
348
dengizidagi ortiqcha suvlarni Atlantik okeanga olib
ketishi kerak edi.
Bu haqiqatan ham shunday bo'lib chiqdi. «Na
utilus» ana shu yo'l-yo'lakay oqimdan foydalanib,
tor bo'g'ozdan tez suzib o'tdi.
Ko'z o'ngimdan bir lahzagina, Pliniyning ayti
shicha, orolcha bilan birga suvga cho'kkan hasha-
matli Gerkules ibodatxonasining vayronalari gav-
dalandi va bir necha daqiqadan so'ng biz Atlantik
okean sathiga ko'tarildik.
Do'stlaringiz bilan baham: |