1 1 - J.Vern
321
Biz palubaga olib chiqadigan trapning o'rtasi-
gacha ko'tarildik. Bu yerda kapitan Nemo eshik -
ni ochdi va biz tor hamda pastak yo‘lakka chiqdik.
Yo‘lakning oxirida kema tumshug'ida do'ppayib tu-
radigan shturval hujrasi joylashgan edi.
Bu bo‘yi va eni olti futdan keladigan, ya’ni haj-
mi taxminan Missisipi va Gudzon boylab suzadi-
gan paroxodlardagichalik kayuta edi. Hujraning
o'rtasiga shturval o'rnatilgan bo'lib, u tumshuqda-
gi boshqariladigan rul bilan shturtroslar vositasida
ulangan edi. Kayutaning to'rttala devoridagi ikki
tomoni qabariq oyna solingan to'rtta illuminator-
dan rul boshqaruvchi to'rt tomonni ko'ra olardi.
Hujra qorong'i edi, ammo birozdan keyin
ko'zlarim bu qorong'ilikka o'rganib, men ikki qo'li
bilan shturvalni ushlab turgan rul boshqaruvchini
ko'rdim.
-
Endi, - dedi kapitan Nemo, - tunnelga ki-
radigan yo'lni qidiramiz.
Shturval hujrasi Bilan mashina bo'limi elektr
simlari bilan bog'langan bo'lib, kapitan bir necha
shartli signallar vositasida shu yerda turib, kema
tezligini oshirish yoki kamaytirish to'g'risida buy
ruq berishi mumkin edi.
Kapitan Nemo metall tugmachani bosishi bilan
kema parragining aylanish tezligi kamaydi.
Men jim turib qit’aning mustahkam etagi - biz
qariyb bir soatdan buyon yonidan bir necha metr
berida borayotganimiz tik granit devorga tikilib
qoldim.
Kapitan Nemo kompasdan ko'z uzmay turar va
rul boshqaruvchi uning ko'rsatmasi bilan shtur
valni burib, kema yo'nalishini muttasil o'zgartirib
borardi.
322
■ Soat 10 dan 15 minut o'tganda kapitan Nemo
o'zi shturvalda turib oldi.
Ko'z oldimizda keng va chuqur yo'lakka olib ki-
radigan teshik namoyon bo'ldi.
«Nautilus» unga dadillik bilan kirdi.
Kemaning temir qoplamasi odatdan tashqari
g'uvullay boshladi. Bu Oizil dengizning pastlikka -
O'rtayer dengiziga qarab shovullab tushayotgan
suvining shovqini edi. Harakatni sekinlashtirish
uchun mashina butun tezligi bilan parrakni teska-
ri aylantirayotganiga qaramay, suv oqimi kemani
o'qday olg'a surib ketdi.
Boshni aylantiradigan darajadagi bu tezlikda
tunnel devorlarida projektordan taralayotgan nur-
nigina ко‘rish mumkin edi. Yuragim qinidan chiq-
quday tez ura boshladi va men uning urishini se-
kinlatish uchun qo'lim bilan bosib turardim.
Soat 10 dan 35 minut o'tganda kapitan Nemo
shturvalni rul boshqaruvchiga berdida menga qarab
dedi:
- Biz O'rtayer dengizidamiz.
«Nautilus» suv oqimi bilan yigirma minutga qol-
may yer ostida Suvaysh bo'ynidan o'tdi...
О I t i n c hi b o b
GREK TIZMA OROLLARI
Keyingi kuni, 12-fevralda, erta tongda «Nau
tilus» suv sathiga ko'tarildi. Men palubaga chi-
qishga shoshildim.
Bizdan uch milya janubda ertalabki tuman ichi-
da qadimiy Peluzium g'ira-shira ko'rinib turardi.
Kuchli suv oqimi bizni zum o'tmay bir dengiz
dan ikkinchisiga olib o'tdi. Bu tomon pastlik bo'l
gani uchun tunneldan osonlik bilan kelindi-yu, u
323
orqali 0 ‘rtayer dengizidan Qizil dengizga qaytish
sira mumkin bo'lmasa kerak.
Ertalab soat yettilarga yaqin Ned Lend bilan
Konsel yonimga kelishdi. Bu ajralmas ikki do'st tuni
bilan bemalol uxlab, «Nautilus» ko'rsatgan jasorat-
dan bexabar qolgan edilar.
- Xo'sh, janob professor, - kinoya bilan so'radi
kanadalik, - va’da qilingan O'rtayer dengizi qani?
- Biz uning sathida suzib boryapmiz, do'stim
Ned, - deb javob berdim men.
- Nima! - xitob qildi Konsel. - Demak, tunda...
- Juda to'g'ri, shu tunda yigirma minut ichida
biz o'tib bo'lmas bo'yindan suzib chiqdik!
- Ishonmayman, - dedi Ned Lend.
- Bekor qilasiz, mister Lend, - deb javob berdim
men. - Siz janubda ko'rayotgan pasttekis sohil - bu
Misr sohili.
- Meni laqillatib bo'lmaydi, janob professor, -
e’tiroz bildirdi o'jar kanadalik.
- Xo'jam aytgandan keyin, unga ishonmoq ke
rak! - dedi Konsel.
- Ha, aytganday, N ed,- deya davom ettirdim
m en ,- kapitan Nemo tunnelini menga shaxsan o'zi
ko'rsatdi. «Nautilus»ni tor yo'lakdan o'zi boshqarib
o'tayotganida, men shturval hujrasida uning yonida
turdim.
- Eshityapsizmi, Ned? - deb so'radi Konsel.
- Ko'zingiz juda o'tkir, Ned, - deb qo'shib qo'y-
dim men - sizni aldamayotganimga osonlikcha
ishonch hosil qilishingiz mumkin. Qarang, o'sha
yoqda Port-Said gavani ko'rinayotgan bo'lishi ke
rak.
Kanadalik ko'zlarini ko'rsatilgan tomonga tikdi.
- Ha-ya, - dedi u, - haq ekansiz, janob pro
fessor, kapitaningiz ham ishiga pishiq ekan. Biz
324
0 ‘rtayer dengizidamiz. Juda soz. Keling, o'z ish-
larimiz haqida gaplashib olaylik, ammo hech kim
bizni poylamasligi kerak.
Kanadalik gapni qayoqqa burayotganini juda
yaxshi tushundim.
«Har holda Ned Lend talab qilgach, bu haqda
gaplashib olish shart», deb oyladim.
Shunday qilib, uchalamiz projektor do'ppayib
turgan joyga borib o'tirib oldik:
- Mana endi qulog'imiz sizda, Ned, - dedim
men. - Bizga nima demoqchi edingiz?
- Mening gapim juda qisqa bo'ladi, - deb javob
berdi kanadalik. - Yevropaga yaqinlashyapmiz va
kapitan Nemoning xayoliga bizni Qutb dengizi yoki
Okeaniya ostiga olib tushib ketish kelmasdan turib
«Nautilus» bilan xayrlashishni taklif etaman.
Ha, kanadalik bilan bu mavzuda bahslashib
o'tirgim kelmadi. Men hech qanaqasiga o'rtoq-
larimning ozodligiga tahdid solmoqchi emasman,
ammo ikkinchi tomondan esa kapitan Nemo bilan
bu qadar tez xayrlashish istagim ham yo'q. U tu-
fayli, uning ajoyib kemasi tufayli men har kuni o'z
bilimimni oshirib bordim, dengiz tubidagi hayot
haqidagi kitobimni, agar ta’bir joiz bo'lsa, shu ha
yot taraqqiyotining markazida turib qayta yozdim.
Okean mo'jizalarini bu qadar mukammal o'rganish
imkoniyatini boshqa qayerdan topa olaman? Shub-
hasiz, hech qayerdan! Shuning uchun ham yer yuzi
bo'ylab ilmiy ekspeditsiyamiz tugamaguncha suv
osti kemasini tashlab ketgim yo'q edi.
- Do'stim Ned, - dedim men, - ochig'ini ay-
ting-chi, shu suvosti kemasida nahotki zerikkan
bo'lsangiz? Nahotki, bizni shu yerga olib kelib tash-
lagan taqdirni la’natlasangiz?
325
Kanadalik darhol javob bermadi. Qo'llarini
ko'kragi ustida chambarak qilib turib aytdi:
- To'g'risini aytsam, suv ostida suzganimdan
achinayotganim yo'q. Vaqti kelib men buni mam-
nuniyat bilan xotirlayman. Biroq shunday bo'lishi
uchun suvosti sayohatimizga chek qo'yish kerak. Bu
haqdagi mening fikrim shu!
- Sayohat poyoniga yetadi, Ned.
- Oayerda? Qachon?
- Qayerda? Bilmayman. Qachon? Sizga aniq ayta
olmayman, biroq dengiz bizga o'zining oxirgi sirini
ochib bergan zahoti, deb o'ylayman. Bu dunyoda
har bir boshlangan ish ertami yoki kechmi poyoniga
yetishi kerak.
- Men xo'jamning aytganlariga tamoman qo‘-
shilaman, - deb qo'ydi Konsel. - Menimcha, ka
pitan Nemo birga butun dengiz va okeanlarni ay
lanib bo'lgach, bizni tashlab ketaverishi mumkin.
- Tashlab ketadi?- jahli chiqdi kanadalikning.-
Siz u bizni tashlab ketaverishi ham mumkin dedi-
ngizmi?
- Bu so'zlarga o'chakishavermang, Ned Lend,-
gapga aralashdim men. - Bizning kapitan Nemodan
qo'rqadigan joyimiz yo'q, bu masalada men Konsel-
ning fikriga qo'shila olmayman. Ammo ikkinchi to-
mondan, u bizni o'z xohishi bilan qo'yib yuboradi,
deb umid qilmasak ham bo'ladi. Biz «Nautilus»ning
barcha sirlarini bilamiz, binobarin u bu sirlarning
biz bilan birga butun dunyoga yoyilishiga yo'l
qo'yishiga aql bovar qilmaydi.
- Unday bo'lsa siz nimaga umid qilasiz? - so'
radi kanadalik.
- Ertami, kechmi biz foydalanib qolishimiz
mumkin bo'lgan qulay fursat kelishiga. Bu qulay
326
fursat olti-yetti oydan keyin ham xuddi hozirgidek
kelishi mumkin.
- Hm, - to'ng'illadi Ned Lend. - Marhamat qilib
ayting-chi, janob tabiatshunos, olti oydan keyin biz
qayerda bo'lishimizni oldindan bilasizmi?
- Balki yana shu yerda bo'larmiz, balki Xitoyda.
«Nautilus» juda tezyurar kema, buni bilasiz. U oke-
anda qaldirg'och havoda uchganday yoki tezyurar
poyezd yerda yurganday katta tezlikda suzib yuradi.
U serqatnov dengizlardan cho'chimaydi - biz bunga
amin bo'ldik. Olti oydan keyin yana Fransiya yoki
Angliya sohillariga qaytmaydi va qochishga bugun-
dagidan ko'ra qulayroq fursat bo‘lmaydi deb kim
ayta oladi?
- Janob professor, - dedi kanadalik, - sizning
dalillaringiz asossiz. Siz aytgan hamma gaplar ke-
lasi zamon: «Bu yerda bo'lamiz. U yerda bo'lamiz».
Men esa hozirgi zamonni gapiraman: «Biz bundan
shu yerda foydalanib qolamiz».
Ned Lendning mantiqan to‘g‘ri mulohazasi-
ga qarshi e’tiroz bildirishga asosim yo‘q edi, bino-
b arin bu b ah sd ao‘zim nim aglu bhis etdim. 0 ‘ztak-
lifimni himoya qiladigan boshqa asosim yo‘q edi.
- Janob professor, - deb so‘zini davom ettirdi
Ned, - bir daqiqagina sira aqlga sig'maydigan nar
sani kapitan Nemoning o‘zi bizga ozodlik berdi, deb
faraz qilaylik. Bunga siz rozi bo'larmidingiz?
- Bilmadim.
- Bordi-yu, bu taklifni boshqa sira qaytarmay-
■man desa-chi, - unda nima qilar edingiz? Men hech
narsa deyolmadim.
- Do'stim Konselning bu to ‘g‘ridagi fikri qa-
lay? - so'radi kanadalik.
- Do'stingiz Konsel bu to'g'rida aniq bir nar
sa aytolmaydi, - deb bamaylixotir javob berdi fla-
327
mandiyalik. - U masalaning u yoki bu tarzda hal
etilishidan manfaatdor emas. Xo'jayini, xuddi shu-
ningdek do'sti Ned Lend singari u ham bo'ydoq.
Uni vatanida na xotini, na bolalari, na qarindosh-
urug'lari kutadi. U xo'jasining qo'lida ishlaydi va
bu xizmatidan ketish niyati yo'q. U chuqur qayg'u
bilan shuni ma’lum qiladiki, bu masala ovozga
qo'yilganda qatnashib, o'z ovozi bilan uyoki bu to-
monning posangisini bosmoqchi emas. Duelda fa
qat ikki kishi ishtirok etadi: bir tomondan xo'jasi
va ikkinchi tomondan Ned Lend. Shunga ko'ra
do'stingiz Konsel jim turib, kim qancha zarba ber-
ganini hisoblaydi.
Konselning bu nutqini eshitib, o'zimni kulgidan
tiyolmadim. Aftidan, kanadalik Konsel unga qar-
shi chiqmaganidan ich-ichidan mamnun bo'lganga
o'xshardi.
- Konsel bu bahsda ishtirok etmas ekan. Biz uni
o'zaro hal etmog'imiz kerak. Men fikrimni aytdim.
Siz meni eshitdingiz. Siz nima deya olasiz? - dedi
Ned Lend.
Biron-bir fikrga kelish kerak edi. Gapni aylanti-
rib o'tirishni yomon ko'raman.
- Javobimni tinglang, do'stim Ned, - de
dim men. - Siz bahsda meni yengdingiz va dalil-
laringizni bosib tushadigan biror jiddiy e’tiroz bil-
dira olmayman. Kapitan Nemoning o'zi bizni qo'yib
yuborishini kutib o'tirish befoyda. Eng oddiy eh-
tiyotkorlik uchun ham u bunday qilmaydi. Ammo
o'sha ehtiyotkorlikning o'zi bizdan birinchi qulay
fursat kelishi bilanoq «Nautilus»ni tark etishni ta-
qozo etadi.
- Juda soz, janob professor! Mana endi oqilona
fikr aytdingiz!
- Biroq yana bir narsani aytib qo'yay, - dedim
328
men. - O'sha fursat chindan ham qulay bo'lishi ke
rak. Birinchi urinishdayoq ishimiz o'ngidan kelishi
kerak. Chunki bordi-yu, uddasidan chiqolmasak,
unda hech qachon qulay fursat bo'lmaydi va kapi
tan Nemo ham qochmoqchi bo'lganimiz uchun biz
ni sira kechirmaydi.
- Bu gapingiz to'g'ri, - dedi Ned Lend. - Ammo
siz ta ’kidlayotgan narsa hozir qochishimizga
qanchalik taalluqli bo'lsa, ikki yildan keyingisi-
ga ham shunchalik aloqadordir. Bundan rad etib
bo'lmaydigan shunday xulosaga kelish mumkin:
qochishga qulay fursat kelishi bilan undan darhol
foydalanish kerak.
- Men roziman. Qani, endi ayting-chi, Ned:
«Qulay fursat» deb nimani ko'zda tutyapsiz?
- «Nautilus» Yevropa sohillaridan birontasiga
yaqinlashgandagi qorong'i tunni.
- Suzib qutulib ketishni o'ylaysizmi?
- Ha, «Nautilus» suv sathida sohilga yaqin yer
da suzayotganida. Bordi-yu, kema suv ostida bo'lib,
qirg'oq olisda bo'lsa, unda...
- Shunday bo'lgan taqdirda-chi?..
- Shunday bo'lgan taqdirda qayiqni olish kerak.
Uni qanday qilib olishni men bilaman. Biz uning
ichiga kirib, boltlarni bo'shatamiz va suv sathiga
shu qadar ustalik bilan chiqib olamizki, hatto shtur
val hujrasidagi rul boshqaruvchi ham qanday qoch-
ganimizni payqamay qoladi.
- Mayli. Ned. Qulay fursatni poylayvering. Fa
qat esingizda bo'lsin, muvaffaqiyatsizlikka uchra-
sak, halok bo'ldik, deyavering!
- Esimda bo'ladi, janob professor!
- Mana, hamma narsani kelishib oldik, endi, Ned
Lend, loyihangiz haqidagi fikrimni bilishni istay-
sizmi?
329
- Albatta, janob professor.
- Men o'ylaymanki - yana ta ’kidlayman: umid
qilaman emas, o'ylaymanki - bunday qulay fursat
yaqin orada bo'lmaydi.
- Nega?
- Shuning uchunki, menimcha kapitan Nemo
bizning ozodlikka chiqish niyatidan qaytmagani-
mizni tushunib turibdi, binobarin, Yevropa sohil-
lariga yaqin yerdan o'tayotganimizda u ancha hush-
yor turishi tabiiy.
- Men xo'jamning fikriga qo'shilaman, - dedi
Konsel.
- Tirik bo'lsak - ko'ramiz, - deb javob berdi Ned
Lend boshini qaysarlik bilan liqillatib.
- Yaxshi, - dedim men, - endi bas qilaylik! Bu
haqda ortiqcha gapirishning hojati yo'q. Qochishga
qaror qilgan kunni ogohlantirib qo'ying va biz hech
narsani surishtirmay, sizga ergashib ketaveramiz.
Biz sizga ko‘r-ko‘rona ishonamiz, Ned!
Shunday qilib, juda muhim samaralar beradigan
bu gapga xotima berildi.
Vaqtida aytib qo'yay, kanadalikni qanchalik
ranjitmasin, bundan keyingi voqealar mening tax-
minlarim to'g'riligini ko'rsatdi. Kapitan Nemo bu
serqatnov dengizlarda yo bizga ishonmadi, yoki
0 ‘rtayer dengizi suvlarida suzadigan ko'pgina turli
millat kemalari bilan uchrashib qolishdan qo'rqdi,
har holda biz doim suv ostida va sohildan olis yer
dan yurdik. «Nautilus» yo suv sathiga faqat shtur-
val hujrasi ko'rinadigan darajada ko'tarilardi, yoki
katta chuqurliklarga tushib olardi. Ha, aytganday,
Grek tizma orollari bilan Kichik Osiyo oralig'ida biz
ikki ming metr chuqurlikka tushganda ham o'zanga
yetolmadik.
Biz Dodekanez guruhiga mansub bo'lgan Kar-
330
pafos oroli yonidan o'tganimizni men kapitan
Nemo uning qayerda joylashganini xaritadan ko'r-
satgandan keyingina bilib oldim.
Keyingi kuni, 14-fevralda, men bir necha
soat vaqtimni Grek tizma orollaridagi baliqlarni
o'rganishga bagishlam oqchi edim. Biroq negadir
salon derazalaridagi temir to'siq kuni bilan yopiq
turdi.
«Nautilus» qayerdaligini xaritadan kuzatib,
uning Krit oroli tomon borayotganini ко‘rdim.
Men «Avraam Linkoln» bortiga chiqqan paytimda
bu orol turklar zulmiga qarshi bosh ko'targan edi.
Qo'zg'olon ko'targan kritliklarning taqdiri nima
bo'lganini bilmayman, shubhasiz, insoniyat olami-
dan tamomila aloqasini uzgan kapitan Nemo bu
haqda menga biron narsa deyolmas edi.
Men kechqurun kapitan Nemo bilan salonda
uchrashganimda bu voqeani loaqal biron ishora bi
lan ham sezdirmadim. Kapitan nazarimda xomush
va nimadandir tashvishlanayotganday edi. Odatiga
xilof ravishda u to'satdan salondagi har ikki to'siqni
ochishni buyurdi va bir derazadan ikkinchisiga
o'tib, sinchiklab suvga tikildi. U nimani ko'rmoqchi
edi? Bunisini bilolmadim, shuning uchun ko'z ol-
dimdan o'tayotgan baliqlarni kuzata boshladim.
Boshqa ko'pgina baliqlar orasida men oddiy
xalq tilida bichok deb ataluvchi dengiz kolbenlarini
ko'rdim: bu baliqlar, ko'pincha Nil deltasi yaqinida-
gi sho'r suvda uchraydi.
Shundan so'ng men sparlar yoki dengiz tovon-
baliq oilasiga mansub bo'lgan shu’lalanuvchi pag-
ralarni ko'rdim. Misrliklar bu baliqlarni muqaddas
hisoblashar va ularning Nil suvlariga kirib kelishi
odatda daryoda suvning ko'payishi, ya’ni yaxshi
331
hosildorlik nishonasi sifatida katta dabdabali diniy
marosimlar bilan nishonlanardi.
Yonimizdan xeylinlar - uzunligi o‘ttiz san-
timetr, tangachalari tiniq ko'kish, unda-munda qizil
qashqalari bo'lgan qiltanoqli baliqlar to'dasi suzib
o'tdi. Bu baliqlar faqat suv o'tlari bilan oziqlanga-
ni uchun go'shti juda mazali edi. Xeylinlar qadimgi
Rimdayoq juda tansiq taom sifatida ustiga muren
suti, tovusning miyasi va qaldirg'och tili qo'yilib,
dasturxonga tortilar edi.
Bu dengizlarda yashaydigan yana bir baliq men
ga qadimiy Rim davrlarini eslatdi. Bu lotsman
bo'lib, bu baliqcha hamisha akulalarning yonida
yurar edi; qadimgilarning e ’tiqodicha, bu kichkina
baliqcha kemaning tagto'siniga yopishib olsa, uni
to'xtatishi mumkin emish.
Shuningdek, men qadimiy Gretsiyaning muqad-
das balig'i ajoyib anthiaslarni ko'rdim. Aqidalar-
ga ko'ra, bu baliq o'zi yashaydigan joydan bahay
bat maxluqlarni yo'q qila olarmish. Bu baliqlarning
nomi -
Do'stlaringiz bilan baham: |