1
Fir’avn -
qadimgi Misr podshohlarining unvoni.
301
orolchalar naqadar xushmanzara! Ammo «Nauti
lus» ko'p o'tmay yetib kelgan sharqiy sohillarning
suvosti manzaralari undan ham go'zal va rang-
barang edi. Tixam yonida zoofitlar suv ostidagina
o'sib qolmay, ularning ajoyib chirmovuqlari dengiz
sathidan ham bir necha metrgacha ko'tarilgan edi.
Ammo, ochig'i, suv ustidagi zoofitlar suv ostidagi-
lariga nisbatan ancha rangsiz edi.
Qanchadan qancha unutilmas damlarni salon
derazasi yonida o'tirib o'tkazdim. Elektr projektor
yog'dusida suvosti o'simlik va hayvonot olamining
qanchadan qancha yangi namunalarini: appendi-
kulariylar, salplar, rangi qora mineralga o'xshagan
aktiniyalar, turkum-turkum bo'lib yashaydigan
son-sanoqsiz chig'anoqlar, nihoyat hozirgacha men
hech qayerda uchratmagan bulutlar sinfining ming
lab xillarini ko'rdim.
Bulutlar - hanuz ba’zi tabiatshunoslar o'yla-
yotgancha, o'simlik emas, balki boshlang'ich bos-
qichdagi jonivor, u hatto taraqqiyotda marjonlarga
nisbatan ham ancha past turadi.
Bulutlarning hayvonot olamiga mansubligiga
hech qanday shubha yo'q va shu bilan birga qadim-
gilarning izidan borib, ularni hayvonot va o'simlik
oralig'idagi allaqanday olamga taqash to'g'risida
so'z ham bo'lishi mumkin emas.
Shuni ham aytib qo'yay, tabiatshunoslar hanuz
bulutlarning tuzilishi masalasida muayyan bir fikr-
ga kelganlari yo'q.
Ba’zilar bu mayda jonivorlarning butun bir tur-
kumini, boshqalar, shu jumladan Miln-Edvards har
bir bulutni alohida bir jonivor deb hisoblashadi.
Bulutlar sinfi bir necha ming turdan iborat. Bu
lutlar barcha dengizlarda, shuningdek, ayrim dar-
yolar va ko'llarda ham yashaydi. Biroq ko'pincha
302
ular 0 ‘rtayer dengizi, Gretsiya dengizlarida, Suri-
ya sohillari va Qizil dengizda uchraydilar. Bu yerda
asosan har biri yuz ellik frankka sotiladigan juda
nafis, yumshoq, oqish Suriya va Tripolitan bulutlari
yashaydi.
Suvaysh bo'ynining o'tib bo'lmas devori to ‘sib
turgan Yaqin Sharq mamlakatlarida bulutlarni uch-
ratishgaum idboglabbo'lm asligi sababli men Qizil
dengizdagi bulutlarni zo‘r diqqat bilan ko'zdan ke-
chira boshladim.
«Nautilus» serqoya sharqiy sohildan sakkiz-o‘n
metr chuqurlikda suzayotganida, men Konselni
chaqirib, derazadan birgalashib qarab turar edik.
Bu yerda bulutlaming hamma: tanasimon, barg-
simon, sharsimon, panjasimon turlari bor edi. Fan-
dan ko‘ra poeziyaga moyilroq ovlovchilarning sa-
vatcha, bokal, yigiruvchi, sherpanja, tovusdum,
Neptun qo'lqopi deb bergan nomlari ularning tash-
qi ko'rinishiga tamoman monand edi. Kalla-pocha
sho'rvasining yaxnasiga o'xshagan yarim suyuq
modda bulutlarning tolasimon to'qimalariga ozuqa
berib, har bir hujayraga ingichka tola orqali hayot
bagishlaydi. Ozuqalangan hujayra tortilib, o'zidagi
ortiqcha suvni siqib chiqaradi. Polip o'lgach, yaxna-
ga oxshagan bu modda yo'qoladi; u aynib, o'zidan
ammiak ajratadi va jonivor havoda sariq tolalarga
aylanadi va undan egiluvchanligi, suv o'tkazish da-
rajasiga qarab turli maqsadlarda foydalaniladi.
Bulutlar qoyalarga, molluskalaming ch ig a-
noqlariga, hatto zoofitlarning tanasiga ham ila-
shadi.
Ular kichikkina yoriqqa ham, qoyalarning chu-
qurchalariga ham o‘rnashib olib, marvarid polip-
lari singari goh eniga, goh boyiga, goh pastga qa
rab o ‘sadi.
303
Men Konselga bulutlarni dragada ham, qo'lda
ham ovlashlarini, qo'lda ovlash afzalligi, chun
ki g'aw oslar uning hujayralarini uzmay, avay-
lab olishlarini, dragada esa bunga sira amal qilib
bo'lmasligini aytdim.
Bulutlar atrofida g‘ij-g ‘ij bo'lib yurgan boshqa
zoofitlar ichida o'zining chiroyli tashqi ko'rinishi
bilan ajralib turadigan meduzalar ayniqsa ko'p
edi. Molluskalardan bu yerda kalmarlar, o'rma-
lovchilarga oid dengiz toshbaqalaridan sho'rvabop
deb ataladigan xili yoki go‘shti so'yilgan kunning
o'zida ishtaha bilan yeyiladigan yashil toshbaqa bor
edi.
Baliqlar juda ko'p edi. O'sha kunlari «Nautilus»
o'ljasining turlari quyidagilardan iborat edi: skatlar,
shu jumladan, eni bir yarim metrgacha yetadigan,
vazni salkam o‘n ikki kilogrammlik burgutsimon
skat yoki dengiz burguti, to'rt qirrali suyak kosasi
va ko'zi ustida shoxga o'xshash nayzalari bo'lgan
shoxdor kuzovkalar; tanasi g'alati rangli, oldi och
sariq, orqasi qo'ng'irroq, usti esa bosh-oyoq mar-
mar naqshli ilonbaliqlar oilasiga mansub yirtqich
baliq murenlar; karang baliqlar oilasiga mansub
sariq rangli, atrofi esa qora hamda jigarrang tas-
ma bilan o'ralgan shoxdor zanklar; och qirmizi va
to'q tasmali kolbasimon cho'rtanbaliqlar oilasi
ga mansub so'rg'ichlar - bu baliqlar kemirchak
o'simtasidan hosil bo'lgan so'rg'ichlari yordamida
toshlar yoki chig'anoqlarga juda mahkam yopishib
oladilar va ov ko'ringanda o'zlarini tashlash yoki
dushmandan saqlanish uchungina harakatsiz holat-
dan chiqadilar. Bundan tashqari, to'rga biz boshqa
dengizlarda ko'rgan ko'plab turli baliqlar ham tush-
gan edi.
9-fevralda «Nautilus» Qizil dengizning eng ser-
304
bar joyidan, g'arbda Suakin va sharqda Yaman ora-
sidan suzib borar edi.
Peshinda, kapitan yordamchisi kuzatuv ishla-
rini tugatgach, kapitan Nemo yonimga, palubaga
chiqdi.
Men «Nautilus»ni qayoqqa boshlayotganini bi
lib olmagunimcha, uni qo'yib yubormaslikka ahd
qildim.
Kapitan Nemo meni ko'rishi bilan o'zi yaqinla-
shib, sigara tutdi va gap boshladi:
- Qizil dengiz sizga yoqdimi, professor? Uning
baliqlari, bulutlar va marjon o'rmonlarini ko'rib
bo'ldingizmi? Sohillarida joylashgan shaharlarni
ham tomosha qildingizmi?
- Minnatdorman, kapitan. Bu imkoniyatni men
ga «Nautilus» berdi. Qanday oqil kema!
- Ha, professor, oqil, dadil va mustahkam! U
Qizil dengizning na qo'rqinchli bo'ronlaridan, na
oqimlaridan, na qoyalaridan qo'rqadi.
- Darhaqiqat shunday, - dedim men, - bu eng
xavfli dengizlardan biri hisoblanadi; adashmasam,
u qadim zamonlardan badnom bo'lib qolgan.
- Ha, to'g'ri, u qadim zamonlardan yomonotliq.
Yunon, shu bilan birga Rim tarixchilari ham u haq-
da juda yomon fikrdalar. Strabonning aytishicha,
yog'ingarchilik va shimol shamollari ko'tarilgan
paytlarda u odam yoqtirmay qoladi. Uni Kolzum
^qo'ltig'i deb ataydigan arab tarixchisi Edridning hi-
,koya qilishicha, ko'pgina kemalar uning qumloq sa-
yozliklarida halok bo'ladi va tunda hech kim unda
suzishga jur’at etolmaydi. Uning aytishicha, bu
dengiz o'zining dahshatli dovullari bilan nom chi-
qargan, orollari mehmon yoqtirmaydigan va «sat-
hida ham, qa’rida ham diqqatni jalb etadigan hech
305
narsasi yo'q», Arrian, Agatarxid va Artemidorlar
ham shu fikrga qo'shildilar...1
- Ko'rinib turibdiki, bu tarixchilar «Nautilus»da
suzmaganlar, - deb qo'shib qo'ydim men.
- luda to'g'ri, - kuldi kapitan Nemo. - Ammo
sirasini aytganda, bu masalada hozirgi zamon tarix-
chilarining ham ahvoli qadimgilaridan farq qilmay-
di. Bug'da yashirinib yotgan mexanik kuchni aniq-
lash uchun juda ko'p asrlar kerak bo'ldi. Kim biladi,
loaqal yuz yildan so'ng jahon ikkinchi «Nautilus»ni
ko'ra olarmikin? Taraqqiyot, janob professor, sho-
shilayotgani yo'q!
- To'g'ri, - dedim men, - kemangiz o'z davrini
bir necha asr bo'lmagan taqdirda ham, butun bir asr
oldindan belgilab oldi. Ammo uning siri ixtirochisi
bilan birga dafn etilishi qanday katta baxtsizlik!
Kapitan Nemo javob bermadi. Bir necha daqiqa-
lik jimlikdan so'ng u yana so'zini davom ettirdi:
- Adashmasam, biz qadimgi tarixchilarning Qi
zil dengizda suzishning xavfli tomonlari haqidagi
fikrlari ustida gapirayotgan edik shekilli?
- Ha, - dedim men. - Ular xavfsirashni haddi-
dan oshirib yuborganlar, deb hisoblayapsizmi?
- Ha desa ham bo'ladi, yo'q desa ham, janob
professor, - deb javob berdi menga kapitan Nemo.
Aftidan u Qizil dengizni obdan o'rgangan. -
Puxta qurilgan, bo'ysundirilgan bug'ning sharo-
fati bilan erkin yo'l tanlay oladigan, hozirgi zamon
kemalari uchun sira xavfsiz hisoblangan narsa qa
dimgi dengizchilarning kemalari uchun kutilma-
gan tasodiflarga to'la bo'lishi mumkin edi. Palma
po'stlog'idan qilingan arqon bilan tortilib, teshik-
lariga qora moy yoki delfin moyi surilgan taxta ke-
malami tasaw ur qilish qiyin emas! Ularda kema-
Do'stlaringiz bilan baham: |