Sut, go’sht, tuxum va baliq mahsulotlari mikroflorasi


Atsidofil bulon kulturasi



Download 89 Kb.
bet8/14
Sana20.12.2022
Hajmi89 Kb.
#891901
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
1363876488 42740

Atsidofil bulon kulturasi (ABK) hayvonlardagi, asosan yosh hayvonlardagi oshqozon–ichak kasalliklarini profilaktika qilish uchun ishlatiladigan preparat. Bu preparatni tayyorlash uchun atsidofil bakteriyalar ishlatiladi. Atsidofil bakteriyalar harakatsiz, grammusbat tayoqchalar. Ular turli hajmda bo’lib, zanjirga o’xshab joylashadi. Oddiy zich oziq muhitlarida o’smaydi. Maxsus Bagdanov agarida o’sganda, mayda koloniyalar hosil qiladi. Sutni 8–12 soatda ivitib, zich tuppa va ozgina sut zardobini hosil qiladi.
Atsidofil bakteriyalarni o’stirish uchun achitqili–zardobli bulon ishlatiladi. Achitqi–zardobli bulonga achitqili suv, sut zardobi, mineral tuzlar kiradi.
Achitqili suvni quyidagicha tayyorlanadi: pivo achitqisini 48–50 darajada qizdirib (bijg’ishni to’xtatish uchun) 52–54 daraja issiqlikdagi avtoliz uchun termostatga 2 sutkaga quyiladi. So’ngra achitqili avtolizatli suyultirish kerak. Buning uchun bir litr avtolizatni uch litr suvga aralashtirilib, 10% suv bug’lanib ketishi uchun 30 minut qaynatiladi. 15 minut tindirib, paxta–doka filtridan 20 l li butilkalarga 15–16 l dan quyiladi. Paxta–doka tiqinlar bilan butillarning og’zi berkitiladi va ustidan pergament qog’oz bilan qoplanib, bir atmosfera bosimida 50 minut avtoklavda sterillanadi.
Atsidofil bakteriyalar uchun bir qismi achitqili suv, bir qismi sut zardob bilan aralashtirilib, so’ngra olti qismi suv bilan suyultirilgan oziq muhiti tayyorlanadi. Bunday tayyorlangan aralashma qaynaguncha isitiladi va natriy xlor, sulfat kislotali ammoniy va kobalt xlor qo’shilib, 30 minut 1,3 atmosfera bug’ bosimida avtoklavda sterillanadi va рН ni 7,0–7,2 ga olib boriladi. Oziq muhitida bir soat qoldiriladi. 20 litrli butilkalarga paxta–doka filtridan o’tkazib, 16–17 l dan quyiladi va paxta–doka tiqinidan rezinali naycha (sifon) o’tkazib, og’zi berkitiladi. 0,5–0,8 atmosfera bosimida 50 minut sterillanadi va 500 ml Atsidofil sof kulturasi qo’shiladi.
ABK ning aktivligi va zararsizligi tekshirilgach, mayda idishlarga quyiladi.
Preparatni yosh hayvonlarga sut berishdan oldin bir kunda 4 marta 30–50 ml dan ikki kun ichiriladi.
Xo’jalikdagi yosh hayvonlarda kolibakterioz, paratif va diplokokk infektsiyasi bo’lsa, ABK bo’g’oz sigirlarning tug’ishiga 10–12 kun qolganda, 350–400 ml dan kuniga uch martadan ikki kun beriladi.
Yangi tug’ilgan buzoqlarga esa yarim soatdan so’ng kuniga to’rt marta beriladi. Davolash buzoqlarning ichi o’tmaydigan bo’lguncha davom ettiriladi.



Download 89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish