Silindrlar va gilzalardagi yeyilishni aniqlash uchun o'lchash ishlari uchta tekislikda va o'zaro perpendikular bo'lgan ikki yo'nalishda bajariladi. Yo'nalishlardan birini tirsakli val o'qiga parallel qilib olinadi.
Birinchi tekislik blokning yuqorigi tekisligidan 5-10 mm pastda, ikkinchisi silindrning o'rta qismida va uchinchisi silindrning pastki qirrasidan 15-20 mm yuqorida joylashadi. O'lchash ishlari indikatorli nutromer vositasida amalga oshiriladi.O'lchashdan oldin nutromer trubkasining yuqori qismiga indicator shunday o'rnatiladiki, bunda uning katta strelkasi bir marta aylanishi lozim. Nazorat qilinadigan o'lcham-ga mos ravishda, almashtirilib turiladigan o'lchash kirgazmasi tanlab olinadi va uni nutromer kallagidagi teshikka burib mahkamlanadi.
Tutqich jag'lari orasiga qo'yilgan chetki o'l-cham bloki bo'yicha, asbob nolga to'g'rilanadi. Chetki o'l-cham bloki teshikning nominal o'lchamiga yoki joizlik may-donining o'rtasiga mos keltirib yig'iladi.
Indikatorli nutromerni nol holatga qo'yishda, shuning-dek, teshikni o'lchashda asbob-ni diametrial tekislik bo'yicha ikki tomonga og'dirib quriladi va indikatorning eng kichik ko'rsatgichi e'tiborga olinadi. Nutromer konstruktiv jihatdan shunday tuzilganki, o'lcha-nayotgan sirtlar orasidagi masofa ortganda indikatorning katta strelkasi soat miliga qar-shi tomonga, kamayganda esa soat mili bo'yicha buriladi. Indikator ko'rsatgichini shkala bo'yicha hisoblaganda, katta strelkani nol vaziyatdan og'ishi hamda uning aylanishlarini ko'rsatuvchi strelkaning vaziyati e'tiborga olinadi. Detaining o'lchami, indikator ko'rsatgichi bilan chetki o'lcham bloki (nol vaziyatta o'rnatishdagi) qiymatini algebraik yig'indisi sifatida aniqlanadi. O'lchash ishlarini tugallagandan so'ng, katta strelkani nol vaziyati tekshirib ko'riladi. Agar strelka, shkala bo'linmasining yarmisidan ko'p bo'lgan qiymatga surilib ketgan bo'lsa, u holda o'lchash natijalari noto'g'ri deb hisoblanadi. O'lchash chog'ida indikatorli nutromerni teshikka ehtiyotkorlik bilan kiritish yoki chiqarish lozim. Qachonki asbobni o'lchanayotgan detal teshigiga kiritish kerak bo'lganda, markazlovchi ko'prikcha (6) qo'l bilan ohista bosiladi.
Xuddi shunga o'xshab markazlovchi ko'prikchani ichki sirtga bosgan holda asbobni teshikdan ehtiyotlik bilan chiqarib olinadi. Yeyilish miqdoriga qarab, tiklash usuli belgilanadi. Odatda yo'nib kengaytirish so'ng o'lchamiga yetkazish ishlari yoki gilza o'rnatish (zichlab joylashtirish) amalga oshiriladi. Yo'nib kengaytirish silindrlar va gilzalarni tiklashning asosiy usuli hisoblanadi. Statsionar yoki ko'ch-ma turdagi yo'nib kengaytirish dastgohlarida silindrlarga (gilzalarga) ishlov berib, ularni ta'mirlash o'lchamiga keltiriladi. Gilzalarni, yo'nish dastgohining stoliga o'rnatilgan maxsus moslamaga mahkamlanadi. Gilza (6) moslama korpusida (1) joylashgan vtulkaga (7) o'rnatiladi va qisqichlar (3,5) yordamida mahkamlanadi. Qisib turish kuchi gilzaga ikkita sferik (qurrasimon) halqalar (4 va 2) orqali uzatiladi. Yo'nib kengaytirilgandan so'ng gilzalar xoninglanadi (silliqlanadi). Buning uchun gilza (6) (34.3-chizma, b) dastgoh stolidagi maxsus moslamaga mahkamlanadi. Bu moslama korpus (1), ikkita vtulka (7), itarib chiqarish qurilmasi (8), o'rnatish halqasi (9) va kesish boltidan (10) tashkil topgan. Ishlov berish chog'ida, dastgoh shpindeliga biriktirilgan xoninglash
Dastlabki xoninglash uchun sun'iy olmosdan tayyorlangan A10Mx50 brusoklar, yakuniy xoninglash uchun esa БХ- 100x11х9К38БС brusoklar ishlatish tavsiya etiladi. Ishlov berish quyidagi rejimda olib boriladi: Kallakning aylanish chastotasi - 280 min ' ilgarilanma-qaytma harakat tezligi - minutiga 90 ta qo'sh yurish. Quyim (pripusk) esa dastlabki xoninglash uchun 0,08 mm dan, yakuniy xoninglash uchun 0,04 mm dan ko'p bo'lmagan qilib belgilanadi.Dvigatel silindrlariga yakuniy ishlov berish, dumalatib ishlov beradigan zoldirli kallaklar vositasida ham amalga oshirilishi mumkin. Buning natijasida, talab etilgan aniqlikdagi va g'adir-budurlikdagi yuzalar olinadi. Ushbu jarayon yo'nib kengaytirishdan keyin amalga oshiriladi yoki bir paytni o'zida bir marta o'tishda teshikka ham keskichda, ham kallak zoldirida ishlov beriladi. Silindrlarga (gilzalarga) yakuniy ishlov berish usulidan qat'iy nazar ularning ichki diametrlari bir xildagi ta'mirlash o'lchamiga keltirilishi lozim.
O'zak podshipniklarning yyeyilgan va deformatsiyalangan uyalari nominal o'lchamga yo'niladi. Podshipniklarning yechib olingan qopqoqlarga albatta, belgi qo'yiladi (silindrlar blokining raqami va
qopqoqning tartib raqami yoziladi). Qopqoqning blokka yopishadigan tekisligini ma'lum bir miqdorga (0,6 - 0,8 mm) frezalanadi va indikatorli moslamada nazorat qilinadi. O'zak podshipniklarining oldingi qopqog'idagi tashqi ariqcha (paz) va orqa qopqog'idaga shakldor ariqcha ham frezalanadi. Ishlov berilgan hamda TNB tomonidan qabul qilingan qopqoqlar ularga qo'yilgan belgilarga mos holda silindrlar blokiga yig'iladi.
Klapan o'rindig'ining ishchi faskasi charxtosh yordamida mos burchak bilan jilvirlanadi. Masalan, ЗИЛ-130 dvigateli uchun yo'naltiruvchi vtulka o'qiga nisbatan kiritish klapanlari 60° burchak ostida,
chiqarish klapanlari esa 45° burchak ostida jilvirlanadi. ЗИЛ dvigatelida klapan o'rindig'ining ishchi faskasi eni 2,5 - 3,0 mm bo'lishi lozim. Klapan o'rindig'idagi yeyilishlar katta bo'lganda, ya'ni kalibrning botishi texnik shartlarda ko'rsatilgan ruxsat etilgan qiymatdan ortib ketganda klapan o'rindig'i yangisiga almashtiriladi. Buning uchun klapan o'rindig'ining eskisi yo'nib tashlanadi, yangisi esa maxsus moslama yordamida zarblab joylashtiriladi. Shundan keyin ishchi faskani talab etilgan o'lchamga keltirish uchun zenkerlanadi va jilvirlanadi. So'ng klapanning ishchi yuzasi bilan ishqalab moslashtirish amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |