Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi termiz tuman kasb-hunar maktabi
Nosir
Mavzu: Avtomobillarni ta’mirlash asoslari va ta’mirlashga oid qoidalar. Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash tizimi. Hozirgi vaqtgacha mustaqil davlatlar hamdo’stligi(MDX) va chet ellarda ishlab chiqarilgan va chiqarilayotgan avtomobillarga TXK va ularni T rejaviy- ogohlantiruvchi tizim asosida bajariladi, bu o’z navbatida TXK va T tizimiga quyidagi talablarni qo’yadi: a) moddiy va ishlash harajatlarini kam sarflagan holda. avtomobillarni ekspluatastion xususiyatlarini saqlab turish; b) TXK va T ni rejaviy va tashkil eta oluvchi rejaviy - me’yoriy xarakterga ega bo’lishi; v) barcha avtomobil ekspluatastiyasi korxonalari uchun majburiyligi; g) barcha muhandis-texnik xodimlar uchun aniq va yaqqol anglash mumkinligi; d) ishlash sharoitiga qarab aniq me’yorlarni bir maromdaligi va moslashuvchanligi; e) avtomobillarning har xil sharoitda ishlatilishini hisobga oluvchanligi. Respublikada TXK va T ishlarining me’yoriy asoslari va ularni tashkil etish "Avtomobil transporti harakatdagi tarkibiga TXK va T to’g’risidagi Nizom"i bo’yicha amalga oshiriladi. MDX davlatlarida ishlab chiqarilgan ko’pgina avtomobillarga TXK ishlari belgilangan me’yoriy davriylikda(1-TXK engil avtomobillar uchun-4000 km, yuk avtomobillari uchun 3000 km, avtobuslar uchun 3500 km va o’z navbatida 2-TX 16000, 12000, 14000 km)o’tkaziladi. Harakatdagi tarkibga TXK va T NIZOMI asosiy xujjat hisoblanib, unga asosan barcha ishlar rejalashtiriladi va tashkil etiladi hamda qo’shimcha me’yoriy texnologik xujjatlar ishlab chiqiladi. Nizom ikki qismdan iborat bo’lib: a) birinchi qism - harakatdagi tarkibga TXK va T asoslaridan iborat bo’lib, butun avtoransport tizimi va unda olib boriladigan texnik siyosatni aniqlaydi. Bunda TXK va T ning turlari, boshlang’ich ko’rsatgichlar, ekspluatastiya sharoitlari va me’yorlarni to’g’rilash turlari, TXK va Tni tashkil etish usullari va bajariladigan operastiyalarning nomlari keltirilgan; b)ikkinchi qismda har bir turdagi avtomobillar uchun alohida me’yoriy ko’rsatgichlar keltirilgan. "Avtomobil transporti harakatdagi tarkibiga TXK va T to’g’risidagi Nizom"ga ko’ra, harakatdagi tarkibga TXK ishlari bajarilish davri va mehnat hajmiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: -kundalik xizmat ko’rsatish – KXK, -birinchi texnik xizmat ko’rsatish – 1-TXK, -ikkinchi texnik xizmat ko’rsatish – 2-TXK, -mavsumiy xizmat ko’rsatish – MXK. KXK ishlari harakat havfsizligini ta’minlashga qaratilgan nazorat, tashqi ko’rinishni tegishlicha tozalash, yonilg’i quyish, moy va sovutish suyuqliklarini me’yoriga keltirish, maxsus avtomobillarning kuzovlariga sanitariya qoidalariga ko’ra ishlov berishdan iborat bo’lib, bu ishlar xarakatdagi tarkib safardan qaytgach bajariladi. 1 va 2–TXK ning asosiy vazifasi avtomobil detallarini eyilishi jadalligini pasaytirishdan iborat bo’lib unga diagnostikalash, mahkamlash, sozlash va harakat havfsizligi bilan bog’liq ishlar(25476-91 sonli davlat standarti). Avtotransport vositalari, harakat xavfsizligi shartlari bo’yicha texnik holatga talablarga muvofiq), yonilg’i energetika resurslarini tejab sarflash, atrof muhitni muhofaza qilish, buzilish va nosozliklarni aniqlash va oldini olish, ularni o’z vaqtida bartaraf etish ishlarini o’z ichiga oladi. Shu jumladan asosan tozalash, yuvish, quritish, tekshiruv diagnoz qo’yish, mahkamlash, sozlash, elektrotexnik, shina, akkumulyator, moylash va agregat, mexanizmlardagi moylarni me’yoriga keltirish va almashtirish ishlari bajariladi. MXK yiliga 2-marta o’tkaziladi va yilning sovuq hamda issiq vaqtida harakatdagi tarkibni ishlatishga tayyorlash ishlaridan iborat. Bizning sharoitda MXK ni 2-TXK bilan birga o’tkazish va ishni 50 foizga oshirish tavsiya etiladi. Ta’mirlash ishlari o’zining xarakteri va yo’nalishi bo’yicha qayta tiklash (QT) va joriy ta’mirlash (JT) kabi turlarga bo’linadi. QT ishlash qobiliyatini yo’qotgan avtomobil va uning agregatlarini keyingi qayta tiklash yoki safdan chiqqunga qadar buzilmasdan ishlashini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Avtomobillarni yoki uning agregatini qayta tiklashda bo’laklarga ajratish, tiklash va detallarni almashtirib qayta yig’ish, sozlash va sinash ishlari bajariladi. Avtomobil, agregat QTga, uning o’zak va asosiy detallari ta’mirtalab bo’lgan yoki me’yoriy yo’lni bosib o’tgan holda, ish samaradorligi talab darajasidan pasayib ketgan taqdirda jo’natiladi.JT, avtomobil va uning agregatlarida ekspluatastiya jarayonida paydo bo’lgan buzilishlarni, nosozliklarni bartaraf etish va qayta tiklashgacha bo’lgan me’yoriy davrni yurishini ta’minlash uchun bajariladi. Avtomobillarni JTning eng asosiy maqsadi quyidagilardan iborat: - avtomobilning ishonchliligini oshirish; - JT tannarxini kamaytirish. Avtomobillarni JT, ularni ishlab chiqarish, QT va TXK sifatiga bog’liqdir. Bajarilish joyi va ish xarakteri bo’yicha joriy ta’mirlash postlarida va ustaxonalarda bajariladigan ish turlariga bo’linadi. Postda bajariladigan ishlarga: tekshiruv-nazorat, sozlash, qotirish, ajratish- yig’ish kabi ishlar kiradi. Ustaxonalarda agregat, elektr jihozlari, ta’minot tizimi, akkumullyator, shina ta’mirlash, kamera yamash, qoplamachilik, kuzov va payvandlash, misgarlik, temirchilik, bo’yoqchilik va boshqa turdagi texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ishlari bajariladi. Yuk va yo‘lovchilarga namunaviy va sifatli xizmat etish uchun avtomobillardan foydalanishga kamroq mablag‘ sarflagan holda, ularning texnik tayyorligini yuqori darajada ta’minlab turish zarur. Buning uchun avtomobillarga muntazam ravishda texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash(TXK va T) ishlarini bajarish, ularni ishdan bo‘sh vaqtida saqlab turish, ehtiyot qism va avtoekspluatatsion materiallar bilan ta’minlash va boshqa xizmatlar majmuini amalga oshirish lozim. Hozirda foydalanilayotgan harakatdagi tarkibning ko‘payib borishi bilan, ularga TXK va T bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-harajatlar yanada oshadi. Shu bilan birga avtomobil transportiga ko‘p miqdorda ehtiyot qismlar va materiallar zarur hamda TXK va T uchun turli xildagi texnologik jihozlar, moslamalar ishlatilishi kerak. Ekspluatatsiyadagi avtomobillar sonining o‘sishi bilan ularning chiqindi gazlari tarkibidagi zaharli gazlar miqdori, yedirilish mahsulotlari va chiqitga chiqarilmagan o‘z resursini o‘tab bo‘lgan birikma va detallar ta’sirida atrof muhitni zaharlanishi oshadi. Atrof muhitga chiqarilayotgan zararli mahsulotlarning 40 foizi avtomobil transporti zimmasiga to‘g‘ri keladi. Avtomobillarning ta’minot yoki o‘t oldirish tizimining nosozligi, chiqarilayotgan chiqindi gazlar tarkibidagi zaharli gazlar miqdorini 2-7 barobar oshishiga olib keladi. Eski va nosoz avtomobillardan foydalanish o‘z navbatida ruhsat etilgan shovqin balandligini 15-20% ga oshiradi. Va nihoyat, nosoz avtomobillar yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lishini ko‘paytiradi, bu bilan insonlarga tan jaroxati yetkaziladi va tabiatga putur yetkaziladi. Avtomobil transporti yonilg‘i-energetik resurslarning eng yirik iste’molchisi hisoblanadi, shu sababli avtomobillarning ta’minot tizimi va elektr jihozlari, yurish qismi va boshqa agregatlarining sifatli ishlashi, hamda haydovchining malakasi ularni tejab ishlatishda muhim rol o‘ynaydi. Yangi jahon andozalariga mos keluvchi avtomobil yo‘llarining qurilishi, avtomobillarning tuzilishini takomillashtirish natijasida TXK va qayta tiklash davrlarining oshishi va mehnat hajmlarining pasayishi avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi(ATE)ga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Avtomobilning ekspluatatsion ishonchliligini oshirish, TXK va T xarajatlarini hamda turib qolish vaqtini kamaytirish, yuk tashishni samaradorligini oshirish va tashish tannarxini kamaytirish, ekologiyaga zarar yetkazmaslik avtomobillar texnik ekspluatatsiyasining asosiy vazifalardan hisoblanadi. Xavfsizlik texnikasini o‘rganish va tekshirish. Ishchi kiyimi Havo – bug‘ o‘tkazadigan, ishchini tashqi muhitning noqulay ta’siridan asrashi, xarakatga halaqit bermasligi kerak. Ish boshlash oldidan yeng tugmalar qadalgan, kiyim etaklari yoyilmagan, soch bosh kiyim ostiga olingan bo‘lishi zarur. Oyoq kiyim oyoqdan chiqmaydigan, sirpanmaydigan, ifloslanish va jarohatlanishdan saqlay olishi lozim. Umumiy qoidalar Avtomobilga TXK uchun turg‘un holatni ta’minlovchi maxsus moslama, aravacha yoki maxsus uskunalardan foydalaniladi. Ko‘tarish-tushirish jihozlari yaroqli, ishlashga qulay va xavfsiz bo‘lishi lozim. Agregat yoki mexanizm ko‘tarilgan holatda TXK man etiladi. Ilgak, zanjir, qamragich va yuk ko‘tarish mexanizmi bir yilda ikki marta tekshirilib, sinab ko‘riladi. Yukni ko‘tarishda og‘irlik markazini hisobga olish, aylanib ketishi yoki surilishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Ishlab chiqarishda sodir bo‘ladigan jarohatlanishlar Jarohatlanish (grekcha trauma-yara) deb odam organizmiga ishlab chiqarish omillarining xavfli ta’siri natijasida, ya’ni baxtsiz hodisa tufayli organizm to‘qimalarining jarohatlanishi va ishlash faoliyatini buzilishiga aytiladi. Ular beixtiyor (lat yeyish, kesib olish, sinish, chiqish va boshq), Kimyoviy (kislota va ishqorlar ta’sirida kuyish), Termik (odam organizmiga yuqori yoki past harorat ta’sir etib, kuyish, yoki sovuq urishi), elektrdan kuyish, to‘k urish va boshq, psixologik (qattiq hayajonlanish, qo‘rquv va boshq) bo‘lishi mumkin. Avtomobil va uning agregatlariga TXK va JT da quyidagilar bajarilishi shart Har qanday ishni bajarishdan oldin barcha qism va agregatlar ifloslikdan tozalanishi; Avtomobil qanday ko‘tarilishidan qat’iy nazar, tushib ketishidan saqlash vositalari bilan ta’minlansin; Dvigatel ishlab turganda tagida ishlamaslik; Dvigatelni ta’minlash tizimiga TXK da akkumulator klemmasi ajratib qo‘yilishi kerak; Yonilg‘i, moy va boshqa suyuqliklarni to‘kmaslik; Yong‘in kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik; Yaroqsiz asbob-uskunalarni ishlatmaslik; Ishchi kiyim, ish joyi va asbob uskunalarni toza va tartibli holatda ishlatish va joylashtirish; O‘lchash asboblarini ehtiyotkorlik bilan ishlatish, saqlash, tushib ketishi va zarbadan saqlanishi; Iflosliklarni tozalashda, (chang, suyuqlik va barcha sachrashi mumkin bo‘lgan holatlarda) himoya ko‘z oynagidan foydalanish; Siqilgan havo, suvdan foydalanishda himoya ko‘z oynagini taqib ishlanishi, suv va havo yo‘nalishi tanaga qarama-qarshi tomonga yo‘naltirilishi; Ish joyi, laboratoriya xonalari shamollatib turilishi; Biror xavf-hatar sezilsa muhandis-pedagogga murojat qilish; Ruxsat etilmagan ishga qo‘l urmaslik; Ishlayotganlarni fikrini bo‘lib, chalg‘itmaslik va halaqit qilmaslik; Bir ishni oxiriga yetkazib, keyin boshqasiga o‘tish; Elektr simlari va iste’molchilarni qisqa tutashishga yo‘l qo‘ymaslik; Akkumulatorga TXK da ko‘rsatilgan yo‘riqnomaga qat’iy rioya qilish; Elektr toki iste’molchilarini qayta ulashda qutblarini to‘g‘riligiga ishonch hosil qilib, tekshirib, keyin ishga tushirish; Laboratoriya, ustaxona va ishlash xonalarida tegishli plakat va himoya vositalari bilan ta’minlanishi; Yuvish-tozalash ashyolari, pastalar va surkov moylari nomi yozib qo‘yilgan idishlarda saqlanishi; Yuvish-tozalash ashyolari, pasta va surkov moylarini qo‘l bilan olish, surkash man etiladi, uning tarkibida har xil kimyoviy moddalar, kislota yoki ishqorlar mavjud; Aylanayotgan yoki harakatdagi detallarni moylash yoki rostlash man etiladi; Havo bilan harakatga keluvchi yoki mexanizatsiyalashtirilgan asboblar bilan ishlashda foydalanish qoidasini o‘rganib, xavfsizlik texnika qoidalariga rioya qilish shart; O‘rnatilgan asbobni to‘g‘ri joylashganligi va yaxshi mahkamlanganligiga ishonch hosil qilgach, ishni boshlash; Albatta bosh kiyim bilan ishlash maqsadga muvofiqdir; Barcha o‘tish joylari va yo‘laklar ochiq bo‘lishini doimo ta’minlanishi; Avtomobilga TXK va joriy ta’mirlashda, to‘xtatib turish tormozi, tormozlash yoki g‘ildiraklari ostida tirgak qo‘yilishini ta’minlanishi; Avtomobilni ko‘zdan kechirish chuquri yoritilmagan bo‘lsa 12 V li ko‘chma lampalarda foydalanish. Ekspluatastiya jarayonida, avtomobilga tashqi muhit ta’sir ko’rsatib, natijada uning detallarini yuklanishiga, holatini o’zgarishiga, edirilishiga, qizishiga, ximik va fizik xossalarini o’zgarishiga sabab bo’ladi. Natijada avtomobil ishlash qobiliyatini yo’qotadi. Yuqoridagi o’zgarishlar ekspluatastiya qilish sharoitlariga bog’liqdir. Bular yo’l, harakatlanish, transport, atrof-muhit, mavsumiy sharoitlar hisoblanadi. Bularning ta’siri avtomobil agregat va mexanizmlarini tezda ishdan chiqishiga yoki yaroqsiz bo’lib qolishiga olib keladi. Yuqorida aytib o’tilganidek, avtomobilning texnik xolati o’zgarishining asosiy sabablari ishqalanish natijasida uning mexanizm va detallarini eyilishidir. Ishqalanish bu mexanik qarshilik bo’lib, bir-biri bilan o’zaro birikkan detallar sirtini o’zaro harakatlanishidan, kuch hosil bo’lib, bu bir detalni ikkinchisiga nisbatan siqish jarayoni deb tushiniladi. Ishqalanish ikki turga bo’linadi: 1.Tebranib ishqalanish - bir jism sirtida ikkinchisining siljib tebranishi natijasida vujudga keladi. 2.Sirpanib ishqalanish - bir jismning ikkinchisiga nisbatan sirpanib harakatlanishidan hosil bo’ladi. Mexanizmlarning eyilish jarayonini anglash uchun, mavjud qonuniyatlar asosida, eyilishlarning turli ko’rinishlarga ajratishga to’g’ri keladi. O’zaro bog’langan juftlar uchun,mavjud turkumlash, eyilishlarning quyidagi turlarini o’rgatadi: - mexanik, - molekulyar mexanik, - zangli-mexanik, - charchashdan eyilish. Mexanik eyilish uch turga, ya’ni abraziv, plastik deformastiyali, mo’rt eyilishlarga bo’linadi. Abraziv eyilishlar - ikki sirt orasidagi o’tkir qirrali va tirnovchi zarrachalarning ishqalanishidan hosil bo’ladi. Plastik diformastiyali eyilish - detallarga zo’riqish bilan kuch ta’sir etib, og’irligini o’zgartirmay, o’lchamlarini o’zgartirishi natijasida sodir bo’ladi. Mo’rt eyilish - o’zaro bog’langan detallar sirtidagi metall qobig’i ishqalanishi va plastik diformastiya natijasida parchalanib, uning ostidagi uchidan o’zak qismining ezilishi natijasida hosil bo’ladi. Molekulyar mexanik eyilish - ishqalanuvchi detallar sirtlarining, molekulyar bir biriga ilashishi natijasida hosil bo’ladi. O’zaro bog’langan detallar ishqalanuvchi sirtiga notekis ishlov berilishi natijasida metallning o’tkir qirrali qismi bir - biri bilan o’zaro to’qnashadi. Bu to’qnashuv natijasida sirtdagi zarrachalar bir - biridan bo’linib ajraladi. Avtomobil texnik holatini o’zgarishiga uning tuzilishi, ashyo sifati va ishlab chiqarish texnologiyasi, yonilg’i, moylash ashyolarining sifati, avtomobillarni ishlatish sharoiti va TXK va T ishlarining sifati katta ta’sir ko’rsatadi. Avtomobillar tuzilishini takomillashtirish detallarni eyilishini kamaytiradi, ishonchliligini va uzoq ishlashini oshiradi. Masalan: dvigatelga inerstion moy tozalagichining o’rnatilishi 98-99% changni ushlab qolishni ta’minlaydi va xizmat muddatini 2 barobariga oshiradi. Ashyo sifati, unga mexanik va issiqlik ta’sirida ishlov berilishi eyilishning kamayishiga, avtomobildan foydalanish muddati va davrining uzayishiga sabab bo’ladi. Masalan: dvigatel silindri devorlarini eyilishga chidamliligini oshirish uchun legirlangan cho’yandan tayyorlangan va yuqori darajadagi zanglashga chidamlilik xossasiga ega bo’lgan kalta gilzalardan foydalanilganda, silindrlar devorini eyilishi 2-2.5 barobarga kamayadi. Detallarni tayyorlashda ligerlangan po’latlardan foydalanish va sifatli ashyolarni ishlatish eyilishga chidamlilikni hamda, dinamik zo’riqib ishlashga qarshilikni kuchaytiradi va charchash chegarasini o’zgartiradi. Yonilg’i, moy va sovutish suyuqliklarining sifati barcha standart talablariga javob berishi zarur. Bu ashyolarning sifati avtomobillarni ishlatish va iqlim sharoiti, mexanizmlarning tuzilishlariga bog’liq holda baholanadi va tanlanadi. Yonilg’i va moy mahsulotlarining sifati ishlatish xossalarini ifodalovchi ko’rsatgichlar bilan baholanadi. Benzinning asosiy ko’rsatgichlari: mexanik qo’shimchalar borligi, quyqa hosil bo’lish imkoniyati, zanglashni hosil qiluvchanlik, detonastiyaga turg’unlik va frakstion tarkibilari hisoblanadi. Dizel yonilg’ilarining qovushqoqligi, metan soni, mexanik qo’shimchalarning yo’qligi asosiy ko’rsatgichlar hisoblanadi. Dvigatel va transmissiya uchun qo’llaniladigan moylarning asosiy ko’rsatgichlari: qovushqoqlik va uning o’zgarish harorati bo’lib, bunga bog’liq holda ishqalanuvchi sirtlarga moylarning o’z vaqtida kelishi katta ahamiyatga egadir. Foydalanish sharoiti - ish tartibi, iqlim va yo’l sharoiti, haydash va TXK sifati bilan ifodalanuvchi tashqi omillar yig’indisini ifodalaydi. Avtomobil ish tartibi - uning ishlashini turli harakat tezliklarida va yuklanishlarda vaqt orqali ifodalaydi. Avtomobil ishida ko’p marotaba qisman tezlikning oshishi va sekinlashishi kuzatilib, bu hol o’zgaruvchan rejim deyiladi. Agar belgilangan masofadagi avtomobil harakatida etaklovchi g’ildiraklarga qo’yilayotgan tortish kuchi va tezligi o’zgarmas bo’lsa, bunday ish rejimi o’zgarmas deyiladi. Avtomobilning o’zgaruvchan rejimda ishlashi, detallarni tez eyilishiga va yonilg’i sarfi ortib ketishiga olib keladi. Yo’l sharoiti - harakat tezlashishini, burilish radiusi, qoplamalarining tekisligini, balandlik va qiyaliklarning kattaligini, yo’lning (to’g’ri) qurilish sifatini ifodalaydi. Avtomobil asfalt yo’lda yurmay, tuproqli, notekis yo’lda yurganda, tirsak valining aylanishlar soni ortib, shu bilan bir qatorda ilashish muftasini ulashlar soni, harakat tezligini qo’shib ajratishlar, harakatni to’xtatish (tormozlash) lar sonining ortishi natijasida yonilg’i sarfi ham (asfaltli yo’lda yurganga qaraganda) o’n barobar va undan ham oshib ketadi. Buning natijasida avtomobil (agregat, mexanizm va detal) larning eyilish jarayoni tezlashadi. Iqlim sharoiti - havo harorati, barometrik bosim va namlik bilan ifodalanadi. Mustaqil davlatlar xamdo’stligi hududini yarmidan ko’prog’i sovuq mintaqali hisoblanib (yarim yildan ko’proq vaqt mobaynida harorat - 20 0S bo’lib), bu havoni past harorati, avtomobilni texnik holatiga katta ta’sir ko’rsatadi. Avtomobillarni bunday sharoitda ishlashi hamma agregat mexanizmlarni o’ta sovib ketishga olib keladi. Buning natijasida, sovuq dvigatelni yurgizish qiyinlashadi, sovutish tizimidagi suyuqlik muzlaydi, akkumulyatorlar batareyasidagi elektroliti o’ta soviydi. Muhitdagi havo haroratining oshishi radiatordan ajralib chiqayotgan issiqlikni kamaytiradi, dvigatelni qizib ishlashiga olib keladi. Bunday holatda dvigatel siltanish (detonastiya) bilan ishlab, uning quvvati, tejamkorligi va uzoq ishlashligi kamayadi. Dvigatelning qizib ishlashi, yonilg’i hamda uning chala yonib chiqishi atrof muhitga zaharli gazlar chiqishini oshiradi. Avtomobilni haydash sifati-ma’lum yo’l sharoitida haydash uslubini ifodalaydi. Avtomobilni haydashning quyidagi uslublari mavjud: beixtiyor yoki harakat inerstiyasi bilan olg’a siljib haydash, (to’siqlaridan o’tib), to’siqlarsiz belgilangan tezlik bilan haydash va murakkab (kombinirovanno’y). Avtomobil beixtiyor (impulsiv) uslub bilan haydalganda, harakat to’g’ri uzatma (pryamaya peredacha) lar bilan (vaqti-vaqti bilan to’siqlardan o’tib) tezlatib, inerstiya asosida haydash tushuniladi. Avtomobillarni haydash uslublarini kuzatish natijalari shuni ko’rsatadiki, to’siqlardan o’tib, tezlatish (razgon va nakat) uslubida haydashda yonilg’i sarfi 5- 6% ga tejaladi, ammo dvigatel detallarining eyilishi (boshqa uslublardagi haydashlarga qaraganda) jadallashadi. Bunday uslubda ilashish muftasi va uzatmalar qutisi (boshqa agregatlarga qaraganda) ko’proq ishlaydi. Ikkinchi uslubning kamchiligi shundan iboratki, nishab yo’ldan tushishda, bevosita to’xtash ko’p marta tormozlanishlar natijasida, dvigatelning eyilishi ortadi. Tajribalardan ko’rinishicha, haydashda (ularni uslubiy afzalliklarini nazarda tutib, haydash) uslublarni almashtirib turish maqsadga muvofiqdir, bu ta’mirlararo bosib o’tiladigan yo’lni - masofani 60% gacha oshiradi va yonilg’i sarfini 30 % gacha kamaytiradi. Avtomobilning ishonchlilik ko’rsatgichlari murakkab hisoblanib, ular buzilmasdan ishlash (bezotkaznost), uzoq ishlashlik (dolgovechnost), ta’mirlashga moyillik (remontoprigodnost) va saqlanuvchanlik (soxranyaemost) hisoblanadi. Buzilmasdan ishlash - bu ma’lum vaqt yoki yurish yo’li davrida o’zining texnik holatini saqlab turish demakdir. Uzoq ishlashlik - bu avtomobillarni ma’lum vaqt kelguncha va TXK, JT ishlari bajarilguncha texnik holatini saqlab turish. Ta’mirga moyillik - bu avtomobilni tekshiruv-nazorat, TXK va JT davrida buzilishlarni nazorat va bartaraf etishga qulayligini, imkoniyatini va moyilligini bildiradi. Saqlanuvchanlik - avtomobilni ishdan bo’sh yoki ishlash davrida o’zining texnik soz holatini saqlab tura olishi demakdir. Avtomobillarga TXK va ta’mirlash. TXK-sifati avtomobil texnik holatiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Izlanishlar shuni ko’rsatadiki, TXK sifati bilan avtomobil texnik holati orasida uzviy bog’lanish bo’lib, o’z vaqtida TXK hisobiga avtomobillardan unumli foydalanish oshadi. Download 4,12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |